Edit kiritish qatori. Edit kiritish qatori matnni bir qatordan kiritish va uni tahrirlash uchun ishlatiladi. M atn kiritish qatorini ekranga joylash uchun Delphining Standart palitrasi (uskunalar paneli) dan «ab» piktogrammasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda matn kiritilishi lozim bolgan joy ajratiladi. Natijada Editl matn kiritish maydoni hosil qilinadi. Matnni kiritish dasturi ishchi holatiga o‘tilganda bajariladi. M atn qatoriga kiritilgan m a’lumot faqat matn, ya’ni String (qator) bo‘lib hisoblanadi. Edit kiritish qatoriga kiritilgan m a’lu-m otni dasturda o‘qib va uni raqamga o‘tkazish uchun ko‘p hollarda Val funksiyasidan foydalaniladi.Bu funksiya Turbo Pascalda quyidagicha yoziladi.Val(Editl.Text,a,cod) — bu yerda a: Real; — o‘zgaruvchisi bo‘lib. Editl.Text maydonidagi m a’lumotni raqam qilib o‘zlashtiradi. cod: Integer; deb e’lon qilinadi.
Memo matn chiqarish qatori. Memo matnlam i bir necha qator qilib chiqarish uchun ishlatiladi. Memo matn chiqarish qatorini ekranga joylash uchun Delphining Standart palitrasi (uskunalar paneli) dan «ab» piktogrammasi yonidagi Memo tugmasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda matn chiqarilishi lozim bo‘lgan joy ajratiladi. Natijada Memol matn chiqarish maydoni hosil qilinadi. Bu matn chiqarish maydoni dasturda natijalami chiqarishda qo‘l keladi. Natijani chiqarishda u dastur ichida quyidagicha ishlatiladi. Memol.Lines.add('Yechim='+S); Memo maydonini tozalash esa natijani chiqarishdan oldin modulda Memol.Clear; buyrug‘ini berish bilan amalga oshiriladi. Button tugmachasi. Button tugmachasi bosilishi natijasida kutilishi lozim bo‘lgan jarayonlar (masalan, hisoblashlar yoki bajarilishi lozim bolgan operatsiyalar) bajarilishga tushiriladi. Button tugmachasini ekranga joylash uchun Delphining Standart palitrasi (uskunalar paneli) dan «Ok» piktogrammasi belgilanib forma ustiga kelinadi va sichqoncha tugmachasini bosgan holda tugmacha qo‘yilishi lozim bolgan joy ajratiladi. Natijada Bottoml tugmachasi hosil qilinadi. Tugmacha nomini o‘zgartirish Caption xossasiga kirilib o‘zgartiriladi. Dasturdagi hisoblash jarayonlari, kiritish va chiqarish operatsiyalari hosil qilingan tugmachani ikki marta tez -tez bosish bilan «co6HTHani qaytaishlash » darchasiga o‘tilib,u yerdan modulichiga kerakli operatorlarni yozish bilan amalga oshiriladi.