Kirish I bob: Davlat va Nodavlat moliyaviy muassasalarining mohiyati va ularning faoliyati


Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki



Download 41,65 Kb.
bet7/7
Sana30.12.2021
Hajmi41,65 Kb.
#192156
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlat va Nodavlat moliyaviy muassasalarining iqtisodiyotda tutgan o’rni

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, XTTB (IBRD, International Bank for Reconstruction and Development) — BMTning ixtisoslashgan muassasasi, Jahon banki guruhiga kiradi. Xalqaro valyuta fondi bilan bir vaqtda, BMTning 1944 yilda BrettonVuds (AQSH)da oʻtkazilgan xalqaro valyutamoliya konferensiyasi qaroriga koʻra tashkil etilgan. 1946 yildan oʻz faoliyatini boshlagan. Aʼzo davlat soni — 181 ta (1999). Unga faqat davlatlargina aʼzo boʻlishi mumkin. Shtabkvartirasi Vashingtonda.

Bank daromadi oʻrtacha va daromadi past mamlakatlarga karz beradi va yordam koʻrsatadi. Bankning rasmiy maqsadlari: i.ch. maqsadlari uchun kapital qoʻyilmalarni ragʻbatlantirish yoʻli bilan aʼzo davlatlarning tiklanish va taraqqiyotiga koʻmaklashish; i.ch. maqsadlaridagi xususiy chet el investitsiyalarini ragʻbatlantirish; uzoq muddatli muvozanatlangan oʻsishni va bank aʼzolari boʻlgan davlatlarning i.ch. resurslarini rivojlantirish uchun xalqaro investitsiyalarni ragʻbatlantirish yoʻli bilan toʻlov balansining barqarorligini saqlashga koʻmaklashish va boshqa Bank ustav kapitali aʼzo davlatlarning bank aksiyalarini sotib olishi hisobiga shakllanadi. Bankda paylarning 40% dan koʻprogʻi yetakchi rivojlangan mamlakatlar — AQSH, Yaponiya, GFR, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada va Italiya hissasiga toʻgʻri keladi. XTTBning oliy organi — Boshqaruvchilar kengashi. Har bir aʼzo davlat Kengashda moliya yoki rejalashtirish vaziri darajasidagi va 5 yilga tayinlanadigan bir boshqaruvchi (va bir oʻrinbosar)ga ega.

Bosh ijroiya organ — ijrochi direktorlar kengashi. 24 ijrochi direktordan 5 tasi Bankning yirik aksiyadorlari boʻlgan mamlakatlar (AKTL, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya) tomonidan, qolgan 19 tasi mamlakatlar guruhlari tomonidan tayinlanadi. Bankni prezident boshqaradi. Boshkaruvchilar kengashi sessiyalari yilda 1 marta oʻtkaziladi. Mamlakatlar XTTB kapitalidagi oʻz payi salmogʻiga mutanosib ovoz huquqiga ega. Bankda rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy resurslar ajratish masalalari boʻyicha Taraqqiyot qoʻmitasi — XXTB va XVF Boshqaruvchilar Kengashlarining qoʻshma qoʻmitasi mavjud.

Bank kreditlarini moliyalashtirishning asosiy manbai — ssuda kapitali bozorlarida mablagʻlarni jalb etishdir. Xususiy banklar va boshqa kredit muassasalari amalda kredit xatari boʻlmagan yuqori foiz stavkalari (6% dan ortiq) evaziga Bank obligatsiyalarini sotib oladilar. Bank hukumatlarga va davlat kafolati bilan xususiy korxonalarga qarz beradi, ayni paytda muttasil sof daromad ham oladi. 1994 yilda Vashington, London, Parij, Tokioda aʼzo mamlakatlardagi loyihalar toʻgʻrisida axborotlar beradigan yangi axborot markazlari tashkil etdi. 1998 yilda bank 21,1 mlrd. dollar qarz berib, uning sof foydasi 1,2 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Odatda, bank obʼyekt qiymatining 30% ga yaqin qismini qoplaydigan kreditlar beradi, uning qolgan qismi ichki yoki boshka tashki manbalar hisobiga qoplanishi lozim. Kreditlar ssuda kapitali bozoridagi foiz stavkalari darajasi bilan belgilanadigan yuqori foizlarda 20 yilgacha muddatga beriladi. Bank kreditlarining asosiy qismi energetika, transport, aloqa va infratuzilmaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga moʻljallanadi. Bank oʻz faoliyatini boshlaganidan beri (1998 yilning 30 iyuniga qadar) eng koʻp qarz olgan mamlakatlar (mlrd. dollar): Meksika (29,1), Braziliya (25,7), Hindiston (25,4), Indoneziya (24,4), Xitoy (21,4), Argentina (14,5), Koreya Respublikasi (13,5), Turkiya (13,2), Filippin (9,9), Rossiya (9,8).

Bank kreditlar ajratishdan tashkari mamlakatlarga loyihalarni tayyorlashda yordam koʻrsatadi.

1992 y. Oʻzbekiston XTTB ga aʼzo boʻlib kirdi va 1993 yilda uning vakolatxonasi Toshkent shahrida faoliyat koʻrsata boshladi. 1993 y. noyabr oyida Oʻzbekiston uchun mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, moliyaviy sektorni rivojlantirish boʻiicha tarkibiy yoʻnalish va dasturlarni ishlab chikishni moliyalashtirish uchun 21,0 mln. AQSH dollari miqdorida dastlabki qarz mablagʻlari ajratdi. 1994—2000 yillarda bank tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida turli loyihalarni moliyalashtirish maqsadida jami 458,0 mln. dollar miqdorida qarz mablagʻlari ajratildi. Ulardan eng yiriklari mamlakatimizda paxtachilikni rivojlantirishga (66,0 mln. dollar) va suv taʼminoti, sanitariya va salomatlik tadbirlarini moliyalashtirishga (75,0 mln. dollar) sarflandi.

2003 yilda Jahonbankining Direktorlar kengashi Oʻzbekistonga 60,0 mln. dollar miqdorida (uning yarmi XTTB tomonidan 20 y. muddatga imtiyozli foiz stavkalarida) kredit mablagʻlari ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.




Download 41,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish