Ijodiy merosi
Cho‘lpon bizga qoldirgan adabiy merosining umumiy ko‘lami bir qadar ma’lum bulsa-da, ular hali bir joyga to‘planishi u yoqda tursin, ayrimlari aniqlanish bosqichida turibdi. Shunga qaramasdan, shoir asarlari uch tomligining nashr qilinishi va bulardan ikkitasining o‘quvchilar qo‘liga tekkanligi muhim hodisa bo‘lib, muallif ijodi haqida fikr yuritishga bemalol imkoniyat beradi. Jumladan, 1-jildidan shoirning «O‘zbek yosh shoirlari» (1922) to‘plamiga kirgan 14 she’ri va «Uyg‘onish» (1922), «Buloqlar» (1923), «Tong sirlari» (1926), «Soz» (1935) va turli davr matbuotida e’lon qilingan she’rlar, jami — 252 she’r o‘rin olgan. Bu shoir she’rlarining tugal nashri emas, albatta. Masalan, B. Do‘stqorayev bosmaga tayyorlagan «Go‘zal Turkiston» (1997) to‘plamida yuqoridagi nashrga kirmay qolgan she’rlari bor, izohlar bilan chop etdi. Goh-goh matbuotda yangi topilgan she’rlari e’lon qilinib turibdi. Bu, tabiiy hol, albatta.
Cho‘lpon nosir sifatida ham adabiyotimizda salmoqli o‘rin tutadi. Adib uch jiddligining 2-jildiga uning mashhur «Kecha va kunduz» romani bilan birgaliqda turli davrlarda yozilib chop etilgan 13 hikoyasi kiritilgan. Ular orasida 1914 yilda e’lon qilingan ilk hikoyalari «Qurboni jaholat» va «Do‘xtur Muhammadyor»dan sovet davrida bosilgan «Kileo‘patra» (1923) gacha bor.
«Qurboni jaholat»da Eshmurod degan yigitning fojiali taqdiri hikoya qilinadi. Eshmurod — o‘qimishli yigit, lekin atrof zimiston. Hammayoqda jaholat. Hatto o‘z otasi uni gazeta o‘qigani uchun masxara qiladi. Maktab, ilm-fan, ibrat olish degan gaplarga millatning toqati yo‘q — Eshmurodga mana shu tashvishlar tinchlik bermaydi. Uning ustiga bir voqea yuz beradi-yu Eshmurodning hayoti ostin-ustin bo‘lib ketadi. Eshmurodlarnikiga uning yoshlikdagi tanishlaridan Mo‘minjon kelgan edi. Ko‘zini shamg‘alat qilib, otasining soatini o‘marib ketibdi. Otasiga esa yaqin do‘sti Nazarali so‘fi hadya qilgan edi. Mo‘minjon ketishi bilan izma-iz ular kirib keladilar. Gap aylanib soatga kelib taqaladi-yu, uning yo‘qolgani ma’lum bo‘lib qoladi. Izza bo‘lgan ota o‘g‘liga dashnom berish bilan kifoyalanmaydi, kaltaklaydi. Esh-murod nomus kuchidan yotib qoladi. Bir oycha yotib, bir oz tuzalgach, qo‘shnisi mingboshining bog‘chasiga chiqib, gazeta varaqlab o‘tirganda yana shunday voqea yuz beradi. Mingboshi uni gazeta o‘qitish uchun mehmonxonasiga taklif qiladi. O‘yinqaroq yoshlardan biri kelib, bu gal mingboshining qoziqqa osib qo‘yilgan tilla soatini o‘g‘irlaydi va uning tuhmati Eshmurodga tushadi. Hech bir gap-so‘z yo‘q, mirshablar bostirib kelib, uni qamamoqchi bo‘ladilar. Bularga chiday olmagan Eshmurod o‘zini otib, nobud qiladi. Bir-ikki kundan keyin taftishlar chog‘ida o‘g‘ri aniqla-nadi, lekin vaqt kech edi. Shu tariqa u jaholat qurboni bo‘ladi.
Asar badiiy jihatdan zaif, albatta: voqealar sun’iy, til ishlanmagan, dramatizm nochor va hokazo. Lekin dastlabki hikoyasidayoq voqelikni mahzun, faje’ idrok etish, Turkiston musi-batini teran anglashga intilish seziladi.
«Do‘xtur Muhammadyor»da bir oz nur bor. Muallif ma’rifatchiligi bir qadar yorug‘ bo‘yoqlarda aks etgan. Hikoya markazida Muhammadyor taqdiri turadi. U 15 yoshida otasi bilan hajga borib, bir dunyo sarguzashtni boshidan kechirgan Hoji Ahmadning o‘g‘li. Hoji Ahmad inson saodati ilm-ma’rifatda ekanligini yaxshi anglaydi, bir guruh johil qimorbozlar qo‘lida jon berarkan, o‘g‘liga o‘qishini tayinlaydi. Muhammadyor otasi qotillaridan o‘ch olmaydi. Hammasiga aybdor jaholat ekanligini tushunib yetadi va bor kuchi bilan o‘qishga beriladi. Jamiyati xay-riya vositasi bilan dastlab Bokuda gimnaziyada, so‘ng Petrograd universitetida, nihoyat 7 yil Shveydariyada dorilfununning tibbiyot fakultetida o‘qiydi. Yurtiga qaytib kelib, bilimi orqasidan obro‘-e’tibor topadi. Xususiy shifoxona ochib, kamba-g‘allarni tekin davolaydi. «Vatan» nomli jurnalni, «Xabar» degan gazetani yo‘lga qo‘yadi. Oddiy Muhammadyordan «Do‘qtur xodimi millat Muhammadyor»ga aylanadi.
Muhammadyor do‘xturgina emas, qalam egasi hamdir. Petrogradda ekan, aziz umrlari samarsiz kechayotgan madrasa talabalari turmushidan «Umrlik shogirdlar» degan roman yozadi va rus tiliga tarjima qilinadi. Talabaligining so‘nggi yilida esa, Mosk-va va Petrograddagi turkistonli maskovchi boylar hayotidan «Poytaxt mehmonlari» nomli bir teatr kitobi yozib, «tilsiz», ilmsiz, madaniyatdan uzoq boyonlarimizning ko‘cha-ko‘yda, mehmonxo-na nomerlarida ajnabiylar tomonidan haqorat qilinishlarini ko‘rsatib beradi. Uni o‘zi ruschaga tarjima qiladi. Poytaxt teatrlaridan birini ijaraga olib, talaba o‘rtoqlari bilan sahnaga qo‘yadi. Bosh rol — xo‘jayinni o‘zi o‘ynab, olqishlar oladi. Ko‘ri-nayaptiki, Cho‘lpon XX asr boshidagi Turkistonning peshqadam kishisi deganda, zamonning mana shunday hamma masalalariga javob bera oladigan, barcha jabhada elning koriga yaraydigan shaxsni tasavvur etadi.
Muhammadyorning barcha xatgi-harakatlarini boshqarib turgan kuch uning el-yurtiga muhabbatidir. Bir tomonda, pul topib, aql topmagan boylarimizning o‘z sarvatlarini qimor va fahshga sarflab, mol-mulklarining ajnabiy kelgindilar qo‘liga o‘tib borishi, ilmsiz mast-alast boyvachchalarning o‘zaro talashib, burnilaridan narini ko‘ra olmasliklari, ikkinchi yoqda, tahqirlar, haqoratlar Muhammadyorni qatgiq iztirobga soladi. Darhaqiqat, uning nazdida millatni mahv etgan eng buyuk illat jaholatdir. U poyezdda Vatanidan olislab ketar ekan, buyuk bobolarini ko‘rgan bobo tog‘larga qarata nido qiladi. Ularni ko‘zlarini ochishga u zamon bilan baravar qadam tashlashga chaqiradi:
«Ey vatandoshlarim! Qachongacha bu g‘aflat? Nimaga buncha xush-yoqmassizlar? Axir, sizlar ham odam-ku! Odamlardek harakat qilingizlar! Ko‘z oldingizg‘a kelub turg‘on ilm va ma’rifat mevasidan foydalanmasdan nimaga og‘izlaringizni ochub qarab turasizlar? Nimaga bu ishlarga kirishmaysizlar? Uyqudan ko‘z ochinglar! Uyqudan qo‘z ochinglar! Urininglar! Ilm, ma’rifat va hunar izlanglar! Vaqt yetdi, balki o‘tdi!»
Uzoq yillar Yevropada yurib, Turkistonga qaytar ekan, poyezdda yana o‘sha eski manzaraga duch keladi: «vagon ichida pish-pish uxlagan va bilet yo‘qotub kandukto‘rlardan tayoq yegan betartib» millatdoshlari… Muhammadyor chiday olmay, tanburga chiqadi. Ko‘ziga maftunkor vatanning manzaralari uriladi. Yo‘q, bular Shveydariyadan mutlaqo qolishmaydi. Mahsuldor tuproqlarining esa, Amerikanikidan hech bir kamligi yo‘q…
Uning xayolidan shular o‘tadi: «Xalq o‘z foydasini anglasa, milliy maktab va madrasalar ochsa, Ovrupo dorilfununlarig‘a bolalarini yuborsa, do‘qtur, advokat, muharrir va hunarmand, savdogarlar va muhandis(injener)lar chiqsa, bunlarning har biri o‘z vazifalarida turub ishlarin tartibi ila yurguzsalar va xalqimizning foydasini kuzatsalar, naqadar oliy va naqadar go‘zal bo‘lur edi…» Lekin bu xayollar shu ondayoq shubhaga g‘arq bo‘ladi, yana jonlanadi. Agar shunday fikrli odamlar har shaharda bo‘lsalar, albatta, amalga oshadi, deb o‘ylaydi. Vataniga qaytgach, g‘ayrat bilan ishga kirishadi va ko‘p narsaga erishadi. Xususiy shifoxona va magazinlarga mehnati, tadbirkorligi bilan qonuniy asoslarda erishadi.
Ko‘ringanidek, hikoya ma’rifiy darajada qolgan, badiiylikka ko‘tarilgan emas. Asosiy sababi bayonchiligida. Tasvir deyarli yo‘q.
20-yillarda nashr etilgan hikoyalari, xususan, o‘zbek ayollari takdiridan so‘z ochgan «Qor qo‘ynida lola», «Oydin kechalarda», «Nonushta», «Gavharoy» kabi hikoyalari badiiy saviyasi bilan 10-yillardagi asarlaridan keskin ajralib turadi.
Cho‘lponning eng mashhur nasriy asari, shubhasiz, «Kecha va kunduz» romanidir.
Cho‘lpon teatrchilik bilan ham shug‘ullandi. Ayniqsa, Buxoro va Moskvada ekanligida. Bir qator dramalar yozdi. Mutaxassislar uning «Boy» (1914), «Xalil farang» (1917), «Yorqinoy» (1920), «Cho‘pon sevgisi», «Cho‘rining isyoni», «Mushtumzo‘r», «O‘rtoq Qarshiboyev», «Hujum» (V.Yan bilan hamkorlikda) kabi sahna asarlari yozganligi haqida ma’lumotlar beradilar. Lekin, afsuski, ularning aksariyati matni yo‘q, taqdiri noma’lum. Ayrimlarininggina mazmuni va yo‘nalishi haqida qaydlar bor. Masalan, Zaki Validiy «Cho‘rining isyoni», «Mushtumzo‘r», «O‘rtoq Karshiboyev» o‘zbek inqilobiy harakati tarixidan olingandir», deb yozadi. «Hujum» nomidan ko‘rinib turganidek, xotin-qizlar ozodligi mavzuiga bag‘ishlangan.
Cho‘lpon uch jildligining 2-jildiga 1923 yilda chop etilgan «Gunoh» nomli ixcham bir «kulgu tomosha»si bilan «Yorqinoy» kiritilgan. Demak, yuqorida nomlari keltirilgan 8 asarning 2 tasininggina matni bor.
«Yorqinoy»ning 3 jildlikdagi nashri 1926 yilgi Moskva bosmasi asosida amalga oshirilgan. O.Sharafiddinovning aniqlashicha, o‘zbek dramteatri repertuarida eng uzoq, salkam o‘n yil saqlangan asarlardan. Asarning markazida Yorqinoy obrazi turadi. U xonning sarkardasi O‘lmas botirning yakka-yu yagona qizi. O‘lmas botir qizini o‘g‘ilday tarbiya qilgan, yoshlikdan qilich-bozlik hunarini o‘rgatgan. Kiz otasining bog‘boni Po‘latni se-vadi. Po‘latning ham unda ko‘ngli bor. O‘lmas botir esa qizini xonning o‘g‘liga bermoqchi. Bu orada Nishabsoy hokimi ham odam qo‘ygan. Muallif asar voqealariga ijtimoiy (oq-qora) bo‘yoq beradi. Masalaga shu davrda shitob bilan adabiyotga ham kirib kelayotgan faqirparvarlik maslagidan yondashadi. Chunonchi, qizning otasi bilan Po‘lat o‘rtasida o‘tib bo‘lmas choh bor. Po‘latning barcha qarindoshlari xon va uning sarkardasi O‘lmas botir tomonidan o‘ldirilib, o‘zi xizmatkorlikka olingan. Xonlik saltanati bilan xalq o‘rtasidagi nizo avjda. Xalq junbushga kelib, ko‘tarilgan. Po‘lat xalq ishonchini Yorqinoyga muhabbatidan ustun qo‘yib, ular bilan tog‘larga chiqib ketadi va O‘lmas botir qo‘shiniga qarshi urushga kiradi. «Urush orqasida»gi voqealar ham shiddatli kechadi. Nishabsoy hokimi vaziyatdan foydalanib, makr-hiyla bilan Po‘latning nomini o‘rtaga qo‘yib, qizni qo‘lga tushiradi. Yorqinoy tadbirkorlik bilan Nishabsoy hokimi qo‘lidan o‘zini qutqaradi. Bugina emas, xalq bilan xon orasidagi urushni yarashga aylantiradi. Po‘lat xon ko‘tariladi, adolat qaror topadi.
O. Sharafiddinov Cho‘lponning Yorqinoy obrazini yaratishida «Oloy malikasi» nomini olgan Qurbonjon dodxoh (1811— 1907) ni ko‘zda tutgan bo‘lishi ehtimolini qayd etadi. Bizga ham bu ancha mantiqli ko‘rinadi. Bunga shuni qo‘shimcha qilish mumkinki, 1875 yilda Xudoyorxon qochib, Nasriddinbek taxtga chiqqanida xalq g‘alayonlari avj olib, bir muddat Andijonning Bo‘taqora qishlog‘idan Po‘latxon xon ko‘tarilgan edi. Cho‘lponning o‘z qahramonini yaratishida bu voqea ham turtki bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Cho‘lponning adabiy-tanqidiy merosi va tarjimalaridan ham namunalar chop etilgan. Masalan, 1994 yilda uning adabiy-tanqidiy maqolalaridan bir dastasi «Adabiyot nadir?» nomi ostida «Cho‘lpon» nashriyoti tomonidan chop etildi. I.S.Turgenev, N.V.Go-gol, L.Andreevdan qilingan ayrim tarjimalari 3 jildlik asarlarining 2-jildida bosildi. Umuman olganda, ziyolilar shoir tarjimalaridan sobiq sho‘ro davrida ham xabardor edilar. Masalan, I. A. Krilovning:
Daraxtning bo‘shini qurt yeydi doim
Tarihda misollar juda ko‘p bunga… —
satrlari bilan boshlanadigan mashhur «Bo‘ri bilan qo‘zichoq» ma-salini bilmaydigan yo‘q. Yoki necha o‘n yillar davomida Hamza teatri sahnasidan tushmay kelgan «Hamlet»ni oling. Bu tarjimalar allaqachon xalq mulkiga aylangan edi, faqat ularning tarjimoni ko‘rsatilmas edi. Shuningdek, adibning adabiy-tanqidiy asarlari ham estetik tafakkurimiz rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |