MA‟NAVIY-AXLOQIY TARBIYA MAZMUNI
Insonparvar – inson zotiga faqat yaxshiliklar qilishni o‟ylovchi (javonmardlik tariqati)
Jasorat – har bir ishga qo‟rqmasdan kirishib oxiriga yetkazuvchi (Temuriylar tarbiyasi bilan uyg‟unlashgan) farzandlari, qarindoshlari, xullas butun oila a‟zolari, qo‟ni-qo‟shnilari, mahallako‟yi, hamqishloqlari va butun mamlakat xalqi farovonligi haqida qayg‟uradi; tevarak atrofni o‟rab olgan insonlar unga kerak bo‟lgani sari, o‟zi ham ularga kerakli kishi bo‟lishga intiladi; odob-axloqi, fe‟l-atvori yoqimli bo‟lishini insoniy burch deb hisoblaydi; ota-bobolarimizdan meros bo‟lib qolgan madaniy merosni qadrlaydi; milliy qadriyatlarni e‟zozlaydi va ularga sodiq bo‟lib qoladi; vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg‟ulari barqaror bo‟ladi; o‟zaro muomala-munosabatda o‟rnak bo‟lishga moyil bo‟ladi; birovning og‟irini yengil qilishni odat qiladi; umumxalq ma‟qullagan Konstitusiyani hurmat qiladi va unga sadoqat namunalarini amalda ko‟rsatadi; Vatanni himoya qilish, boshqacha aytganda harbiy vatanparvarlik tuyg‟ulari bilan yashaydi; diyonat va adolat, mehrshavqat va ezgulikni himoya qiladi, va‟daga vafodor bo‟lishni o‟ziga kasb qilib oladi» [38, 3-b.]. Ma‟lumki, sobiq sovet tarbiya nazariyasida tarbiya jarayonini o‟zini tashkil etish, o‟tkazish muhim hisoblanib, uning natijasi e‟tibordan chetda qolardi, ya‟ni butun tarbiyaviy ishning natijasi deyarli nazorat qilinmasdi, o‟lchanmasdi. Chunki mazkur tarbiya nazariyasida «Tarbiya maqsadi» masalasiga kam e‟tibor berilib, u odatda noaniq ifodalanardi hamda unga erishish darajasi subyektiv hisoblanardi. O‟quvchilar ma‟naviyatini shakllantirish o‟z navbatida, pedagoglarning o‟zlarini ham ma‟nan yetuk bo‟lishlarini, ma‟naviy-axloqiy tarbiya nazariyasini hamda maktab ta‟lim-tarbiya jarayonida ma‟naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirish metodikasini chuqur o‟zlashtirib olishlarini taqozo etadi. O‟quvchi shaxsi ma‟naviyatini shakllantiruvchi omillarni tahlil qilib, R.Safarova ona tili omiliga alohida o‟rin bergan. Muallifning ta‟kidlashicha, o‟z ona tilini yaxshi bilmaydigan yoshlar xalqimizning kiyinish madaniyati, urfodatlari, qadriyatlari, tarixi, turmush-tarziga bepisandlik bilan mensimasdan qarar ekanlar. Ularda o‟zga, ya‟ni o‟zgalar tilini yaxshi bilgan millat ruhiyatiga yaqinlik, shu millatning madaniyatiga urf-odatlariga intilish, o‟zi mansub bo‟lgan millat ruhiyatidan esa uzoqlashish vujudga kelar ekan. Shu boisdan muallif oilada, maktab ta‟limi jarayonida o‟quvchilarga ona tili boyliklarini har tomonlama chuqur o‟rgatishni, maktab ona tili ta‟lim mazmuniga tilning amaliy o‟rgatish bo‟yicha yo‟nalishni kuchaytirishni, o‟quvchilarni Alisher Navoiy, Bobur, Mahmud Koshg‟ariy kabi mumtoz adabiyotimiz namoyondalarining asarlari tilini tushunishga, lug‟at bilan ishlashga, mutolaa-tahlil, tahlil-mutolaaga, qiroat bilan o‟qishga alohida e‟tibor berishni tavsiya qiladi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq ta‟lim mazmunini milliylashtirish barobarida, darslik va o‟quv qo‟llanmalarining matnini xalqimizning asrlar sinovidan o‟tgan urf-odatlari, axloqiy qarashlari ifodalangan qonun, qoidalar, pand-nasihatlar, hadislar bilan boyitish orqali o‟quvchi shaxsi ma‟naviyatini shakllantirish bo‟yicha keng imkoniyatlar mavjudligini yoddan chiqarmaslik kerak. Shu munosabat bilan ta‟limning ilk bosqichidan boshlab o‟quvchilarga ma‟naviy-axloqiy tarbiya berishning izchil tizimini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. I-IV sinflarda o‟quvchilar ma‟naviyatini yaxlit tizim asosida shakllantirish uchun o‟quv materiallari mazmunini boyitish, ularga ko‟proq bolalarning ma‟naviy olamini boyitadigan badiiy, tarixiy asarlar, o‟zbek va jahon xalqlari ertaklari, qissa va hikoyalar o‟qishni tavsiya etish, tarixiy yodgorliklarga ekskursiyalar uyushtirish, yozuvchi, shoirlar, olimlar bilan uchrashuvlar o‟tkazish maqsadga muvofiqdir. O‟zPFITI tadqiqotchisi T.Niyozmetova yosh avlodni ma‟naviy-axloqiy tarbiyalashda qadriyatlarning rolini o‟rgangan. Bunda u oilaviy qadriyatlarga to‟xtalib shunday yozadi: «Oiladagi munosabatlar, ota-onaning o‟zaro hurmati, muomala madaniyati qanchalik yuqori bo‟lsa, bola ham yaxshi tarbiya oladi. Yoshligidan ertaklar eshitgan, kitobga mehr qo‟ygan bola yaxshilik bilan yomonlikning farqiga boradigan bo‟lib o‟sadi. Kitobga, san‟atga qiziqadigan bolalarning dilida, ko‟pincha pok tuyg‟ular, tabiatga va hayotga muhabbat shakllanadi...
Qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni o‟quvchilar ongiga singdirib borishda har xil muammoli o‟yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‟ladi. Ular o‟quvchilarni o‟ylashga, boshqotirishga, mustaqil fikrlashga o‟rgatadi». O‟quvchi ma‟naviy qiyofasini shakllantirishda o‟qituvchi shaxsi muhim ahamiyatga ega ekanligi R.Keldiyorov va Ya.Ovloqulov tomonidan ochib berilgan [39, 133-135]. Mualliflarning ko‟rsatishicha, o‟quvchi ma‟naviy qiyofasini shakllantirishning samarasi o‟qituvchidan quyidagi ma‟naviy fazilatlarga ega bo‟lishni taqozo etadi. - ochiq ko‟ngillik, xushmuomalilik, mehribonlik, bola qanday bo‟lsa shundayligicha seva olish; - bolaning his-tuyg‟ularini qadrlash, ruhiy holatini tushuna bilish; - bolalarni ruhlantirish, qiziqtirish, o‟zini tuta bilish, kechirimli bo‟lish, shirinsuxanlik; - ezgu sifatlari bilan namuna bo‟la olish, olijanobligi, odamiyligi bilan o‟quvchilar idealiga aylanish; - so‟z va ish birligi bilan bolalar talabiga javob bera olish; - muomala – munosabatda bola xohish-istagi, qiziqishi, yosh xususiyati, ruhiyati bilan hisoblashish, bolalarning har birini alohida va hammasini birgalikda tushunish; - o‟quvchilar yutug‟idan quvonish, hayratlanish, dardiga sherik bo‟lish va hokazo. Ma‟naviyat milliy xususiyatga ega bo‟lib, u milliy urf-odatlar, tarbiya, an‟analar, axloq-odob aqidalari, qadriyatlari, din, e‟tiqod, madaniy-ma‟rifiy qarashlar, ruhiy-psixologik jarayonlar majmuasidir. O‟quvchilarga rivoyatlar orqali ma‟naviy-axloqiy tarbiya berishda faqatgina ularda insonlar o‟rtasidagi ijobiy munosabatlar bayon qilinganlarini emas, balki salbiy tomonlari hikoya qilib berilganlariga to‟xtash lozimdir. Chunki yuqorida bayon qilingan rivoyatlar boshlang‟ich sinf o‟quvchilari uchun o‟ziga xos saboq maktabi bo‟lishi darkor.
Shunga binoan ota-ona va bola munosabatiga bag‟ishlangan tarbiyaviy soat, kecha, kitobxonliklar, o‟quvchini yagona va to‟g‟ri – o‟z ota-onanga qanday hurmat-e‟tiborda bo‟lsang yoki bepisandlik qilsang, kelajakda sening farzandlaringdan ham senga shunday hurmat e‟tibor bo‟ladi yoki bepisandlik qaytadi degan – xulosaga olib kelishiga erishish zarur. Boshlang‟ich sinf o‟quvchilariga ma‟naviy-axloqiy tarbiya berishning mazkur samarali usulidan boshlang‟ich maktab o‟quv rejasiga kiritilgan barcha predmetlarini o‟rganish jarayonida oqilona foydalanish imkoniyatlarini ishlab chiqish lozimligini alohida ta‟kidlaymiz. Ma‟lumki, ochiqko‟ngillik, xushmuomalilik, mehribonlik, bola qanday bo‟lsa uni shundayligicha sevish kabi fazilatlar inson ma‟naviy sifatlaridir. Shu boisdan ham o‟quvchi ma‟naviyatini shakllantirishda bolalarga mehr-muhabbat ko‟rsatish, o‟z mehrini bolalarga bab-barobar bera olish, har bir o‟quvchini ta‟lim oluvchi deb emas, balki uni inson deb his qila olish va unga xuddi o‟ziday teng inson sifatida yondashish hamkorlik pedagogikasining o‟qituvchi shaxsiga qo‟yadigan talablarini hisobga olib ish ko‟rish juda muhimdir. Boshlang‟ich sinf o‟quvchilari shaxsida yaxshilik, mehribonlik qilish, shirinso‟zlik bilan muomalada bo‟lish kabi ma‟naviy sifatlarni shakllantirishda o‟qish, ona tili, musiqa darslarining imkoniyatlari juda kattadir. Chunki mazkur predmetlar bo‟yicha darslar tuyg‟ular va hissiyotlar asosida qurilayotgan mashg‟ulotlardir. Shuning uchun ham darslarda bolalarni tushunish, ularni his qilish, his tuyg‟ularini qadrlashni o‟qituvchi diqqat markazida turishi kerak. Baxtga qarshi kundalik amaliyotda ko‟pchilik boshlang‟ich sinf o‟qituvchilari bu ochiq haqiqatni unitib qo‟yadilar, o‟quvchi shaxsini chetga surib qo‟yib, uning shaxsi muhim siymo ekanligini yodidan chiqarib yuboradilar. Natijada dars jarayoni o‟zining jozibaligini, qiziqarliligini yo‟qotib qo‟yadi. Mazkur kamchilikdan qutilish uchun yuqorida zikr etilgan fanlar bo‟yicha darslarda turli didaktik, tarqatma material, ko‟rgazmali vositalar yordamida bolalarning o‟zaro so‟zlashishiga, fikr almashuviga imkon yaratish zarur.
Boshlang‟ich sinf o‟quvchisida ma‟naviyatni shakllantirish bo‟yicha ishlar samaradorligini oshirish vazifasi ular uchun chop etilayotgan barcha darslik va o‟quv qo‟llanmalarning matnini xalqimizning asrlar sinovidan o‟tgan urf-odatlari, axloqiy qarashlarini ifodalovchi qonun, qoidalar, pand-nasihatlar, hadislar bilan izchil boyitib borishini taqozo etadi. Ayni paytda boshlang‟ich sinflardan boshlaboq, o‟quvchilarda jahondagi boshqa xalqlarning qadriyatlari, urf-odatlariga ham hurmat va qiziqishni shakllantirish maqsadi ustuvorlik qilishi zarur. Shuning uchun ham darsliklrada boshqa xalqlarning tarixi, urf-odatlari, qarashlari ifodalangan matnlari o‟rin olishi, agar shunday materiallar bayon etilgan o‟quv vositalari yaratilgan bo‟lmasa, ularni o‟quvchini o‟zi tayyorlashga burchli bo‟lishi maqsadga muvofiqdir. Eng muhimi, mazkur xalqlarning taraqqiyot darajasini, yuksalishini tan olishga, ularning turmush tarzidagi ijobiy jihatlarni ijodiy o‟zlashtirishga o‟quvchilarni pastki sinflardan boshlab odatlantirib borish, bag‟rikenglikni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. O‟quvchi shaxsi ma‟naviy qiyofasini belgilashda fidoiylik tushunchasi bosh omil ekanligini hisobga olib har bir boshlang‟ich maktab o‟qituvchisi ta‟limtarbiya jarayonida Amir Temur, Ulug‟bek, Navoiy, Bobur kabi buyuk shaxslarning adabiyot, san‟at, fan, madaniyat, Vatan mudofaasi yurt obodligi sohasida ko‟rsatgan fidokoronaligi, jonbozligi bilan tanishtirib borish zarur. Boshlang‟ich sinflarda o‟quvchilar ma‟naviyatini yaxlit tizim asosida shakllantirish vazifasi nafaqat I-IV sinflarda o‟qitiladigan o‟quv materiallar mazmunini boy merosimiz bilan boyitish, o‟quvchilarga ko‟proq ularning ma‟naviy olamini boyitadigan badiiy, tarixiy, memorial asarlari, o‟zbek va jahon xalqlari ertaklari, qissa, hikoyalar o‟qishni tavsiya etish, tarixiy yodgorliklar, muqaddas qadamjohlar, osoru-atiqalar, ularning tarixi, bunyod etilishi bilan, balki zamonamiz qahramonlari, fidoiy insonlar, yozuvchi, olimlar, san‟atkorlar, sportchilar ularning bevosita mehnat jarayonlari natijalari bilan tanishtirib borishni ko‟zda tutadi. Boshlang‟ich ta‟lim o‟quv rejasida «Musiqa madaniyati» o‟quv faniga alohida e‟tibor berilgan bo‟lib, u yosh avlodni ma‟naviy, axloqiy tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki xalqimizning milliy kuy va qo‟shiqlari odamlarning orzu-umidlari, hayotiy kechinmalari, boy ma‟naviy dunyosini o‟zida aks ettirgan. O‟zbek milliy musiqa madaniyatining bu sohadagi imkoniyatini nihoyatda katta ekanligini birgina ona allasi qo‟shig‟ida o‟rsatamiz, «Alla» ashulasida onaning naqadar sodda, mazmunan boy, o‟z bolasiga cheksiz mehrmuhabbati, uning istiqbolini o‟zining dil izhori bilan tarannum etgan orzu-umidlari yotadi. «Alla»da ilgari surilgan yuksak g‟oyani farzandning ongli, aqlli, eslixushli, shirinsuxan, oqibatli, mehribon, kelgusida ota-ona suyanchig‟i, madadkori bo‟lish istagi ifoda etilganligi uni qanchadan qancha avlodlarni yuksak ma‟naviyatli bo‟lib shakllanishida muhim vositalaridan biriga aylantirdi. Shu munosabat bilan musiqiy merosimiz, qadriyatlarimiz, ustozshogirdchilik an‟analarini, milliy musiqa san‟atimizning rivoji uchun beqiyos xizmatlarini ayamagan buyuk musiqiy allomalarimizning hayoti va ijodiy faoliyatlarini o‟quv dastur va o‟quv-metodik komplekslarga muntazam kiritish maqsadga muvofiqdir. Boshlang‟ich talim tizimida va maktabdan tashqari ta‟lim muassasalarida atoqli bastakorlarimiz – M.Mirzayev, K.Jabborov, F.Sodiqov, S.Kolonov, N.Hasanov, Yu.Rajabiy kabi bastakorlarning musiqiy merosini targ‟ib etish maqsadida o‟tkaziladigan ko‟rik-tanlov hamda tadbirlarda o‟quvchilarni bevosita ishtirok etishlariga erishish, shubhasiz ularda milliy qadriyatlarimizga, buyuk milliy musiqiy merosimizga bo‟lgan mehr-muhabbat tuyg‟ularini shakllantirish uning muhim vositasi bo‟lib xizmat qiladi. Milliy mafkura jamiyatni ezgu maqsadlarga intilish sari birlashtirib, o‟z maqsadlariga erishish uchun ma‟naviy ruhiy kuch-quvvat beradigan manba vazifasini o‟taydi. Prezident I.A.Karimov «Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch» nomli kitobida «Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma‟naviyatini uning tarixi, o‟ziga xos urf-odat va an‟analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‟lmaydi. Bu borada, tabiiyki, madaniy meros, madaniy meros, madaniy boyliklar, ko‟hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‟lib xizmat qiladi» [2, 29-30] - deb ma‟naviy-axloqiy tarbiyaning asosiy mezonlarini ko‟rsatib bergan edi. Boshlang‟ich maktabda ta‟lim-tarbiya berish orqali o‟quvchilarning rivojlanishinga yordam beradigan asosiy omillarga: dars mashg‟ulotlari, darsdan tashqari tadbirlar, jamoat topshiriqlari va o‟quvchilarning dam olishlarini reja asosida tashkil qilish va hokazolar kiradi. Boshlang‟ich sinflarda o‟quvchilarga ma‟naviyatni singdirishni amalga oshirishda uchraydigan qiyinchiliklarga quyidagilarni ko‟rsatish mumkin: - boshlang‟ich sinf o‟quvchilariga ma‟naviyatdan dars o‟tishga doir ilmiy jihatdan asoslangan maxsus qo‟llanmalarning yetarli darajada emasligi; - boshlang‟ich sinflarda fanlararo uzviylik va ma‟naviy-axloqiy tarbiyalash omillari keng o‟qituvchilar jamoasiga tushunarli tarzda yetkazilmagan; bu sinflarda ishlayotgan o‟qituvchilar bilan o‟quvchilar, ota-onalar o‟rtasidagi aloqa muayyan pedagogik tizimga solinmagan, nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilmagan; - boshlang‟ich maktabda o‟quv mashg‟ulotlari va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish uchun yetarli sharoitlar yaratilmagan; - ma‟naviy-axloqiy tarbiya borasida sinfdan tashqari ishlarni o‟tkazishda jamoatchilikning yetarli darajadagi ishtiroki ta‟minlanmagan; - boshlang‟ich maktabda ma‟naviyatdan ta‟lim-tarbiya ishlarini tashkil etish bo‟yicha olib borilgan maxsus ilmiy izlanishlar zamon talabiga ko‟ra qayta ishlab chiqilmagan. Boshlang‟ich maktabda o‟quvchilarning ma‟naviy-axloqiy tarbiyasi samaradorligini oshirish quyidagilarni ko‟zda tutadi: - boshlang‟ich sinflarda ma‟naviy ta‟lim-tarbiyani amalga oshirishning hamda fanlararo uzviylikning o‟ziga xos maqsadi va vazifalari to‟g‟ri belgilanishiga erishish; - boshlang‟ich sinf o‟quvchilarining jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi o‟ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda yaratilgan pedagogik tizim asosida ish olib borish; - o‟zbek xalqining milliy qadriyatlari, urf-odatlari, psixologiyasi, tursushtarzi hamda har bir maktabning mahalliy sharoitini hisobga olgan holda ma‟naviy ta‟lim-tarbiya ishlarini tashkil etish jarayonining o‟ziga xosligini hisobga olish; - boshlang‟ich sinf ta‟lim-tarbiya jarayoniga shaxsga yo‟naltirilgan o‟qitish texnologiyalarini joriy etish va hokazo. Maqollar xalqimizning nodir ma‟naviy boyligi bo‟lib, o‟quvchilarda milliylikni tarbiyalashga, ularni o‟zligini anglashga da‟vat etadi hamda yosh bolalarning fikrlarini chuqur, ixcham, aniq va obrazli qilib ifodalashga o‟rgatadi. Maqollarda o‟zbek xalqining turmush-tarzi, ma‟naviy qiyofasi, e‟tiqodi, odamlarga, tabiatga munosabati o‟z ifodasini topgan. O‟zbek xalqi doimo Vatanga sodiqlik, mardlik, qag‟ramonlik, kamtarlik, samimiylik kabi yuksak axloqiy fazilatlarni yosh avlodga singdirishga alohida e‟tibor berib kelgan; «Vataning tinch – sen tinch», «Botirdan o‟lim ham qo‟rqar», «Yigitning botirini maydonda sina», «Kamtarga kamol – manmanga zavol». Xalqimiz ayrim odamlarda uchraydigan nodonlik, qo‟rqoqlik, yalqovlik, ochko‟zlik kabi salbiy sifatlarni keskin qoralash orqali ham yosh avlodni ma‟naviy barkamol etib tarbiyalashda ham boy tajriba to‟plagan; «Amal tegsa nodonga, o‟zini urar har yonga», «Axmoqqa javob sukunat», «Yolg‟onchi yolchimas, o‟g‟ri boyimas», «Insofsizga erk bersang, elni talar». Oila ma‟naviy-axloqiy tarbiyaning muhim ijtimoiy omillaridan biridir. Prezident I.A.Karimovning ta‟biri bilan aytganda, «Oila jamiyat negizi bo‟lib, ko‟p asrlik mustahkam ma‟naviy tayanchlarga ega. Milliy ma‟naviyatimizga xos bo‟lgan ilk tushunchalar, avvalo, oila muhitida singadi» [1]. Oiladagi sog‟lom muhit – sog‟lom mafkurani shakllantirish manbai. Sog‟lom mafkura yoshlarga oilada kun tartibiga rioya qilish, ertalabki badan tarbiyani muntazam bajarish, turli oilaviy o‟yin, sport musobaqalarda ishtirok etishni tarbiyalash orqali singdiriladi. Demak, boshlang‟ich sinf o‟quvchilarida ma‟naviy-axloqiy tarbiya elementlarini tarkib toptirish faqatgina maktabda ta‟lim-tarbiya jarayonining bu sohadagi imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqoza qilib qolmasdan, balki ta‟lim muassasasining oila, mahalla bilan hamkorlikda ish ko‟rishni kun tartibiga qo‟ymoqda. Mahallalarda dostonchilik, navoyxonlik, xalq maqollari, aytishuv, topishmoq va hokazolarning mazmun-mohiyatini chuqur tushunadigan va ularni yosh avlodga yetkazishga moyil otaxon, onaxonlar juda ko‟p. Vazifa mahalla pedagoglari o‟qituvchilar hamkorligida uchrashuv, suhbatlar tashkil qilishdan iboratdir. «Avesto» umuman koinot va zamin, inson va hayot, o‟lim va abadiyat singari butun insoniyatga mushtarak va savoblar haqida hikoya qiladi. «Avesto»da dunyoning yaratilishi, insonning xalq bo‟lib kamol topishi, ezgulik uchun yovuz kuchlar bilan kurashi, erkinlik, ijodkorlik va bunyodkorlik yo‟lidagi orzular o‟z ifodasini topgan. «Avesto»da faqat odamnigina emas, balki bir hovuch tuproq, bir qultum suv, bir nafaslik havoning ham muqaddas ekanligi haqida gi kitob. Avesto yerning, daryolaru bog‟lar, tog‟laru buloqlar, ko‟lu sahrolar, otu tuyalar uyuri, molu itlar, o‟simligu giyohlarning bunyod etish tarixiga doir asar. Zaratushtra ta‟limoti Avestoda olg‟a surilgan ezgu fikrat, ezgu kalom va ezgu amal xamon insoniyatni ezgulikka chorlab, odamlarni ruhan poklab, ma‟naviyat chamani tomon yetaklay kelmoqda. Zardushtiylikda ekin yerlarini ko‟paytirish, shudgor qilingan joylarni asrabavaylab, uni muqaddas hisoblab sajda qilish ilohiy nizom tusini olgan. Olovga sig‟inish, yer va olov xudosi Mitraga, yaylov xudosi Romanoga ibodat qilish, uyjoy qurish, uni olov bilan, uy hayvonlari, xotin, bola-chaqa bilan to‟ldirish, o‟simlik va daraxt ko‟kartirish, katta-kichik uy hayvonlarini ko‟paytirish, yerni parvarish qilish zardushtiylik asosini tashkil qiladi.
Zardushtiylik ta‟limotiga e‟tiqod qo‟ygan odam tozalik va poklikka rioya qilib, hayvonlarga ozor bermasligi kerak. Zardushtiylarda tabiat muhofazasi va muhit tozaligini saqlash, turli kasalliklarning oldini olish maqsadida – sanitariya-gigiyena qoidalari amalga oshirilgan. Axlatlarni bekitish, ifloslangan joylarni tuproq, tosh, kul bilan ko‟mib tashlash, olov, issiqlik va sovuqlik yo‟li bilan kiyim-kechaklar va oziq-ovqatlarni zararsizlantirish, kul, sirko, sharob, turli giyohlar tutatish. Yer, suv, havo hamda barcha o‟simliklarni e‟zozlash natijasi o‟laroq tabiatning xayotiyligi va gullab-yashnashidan dalolat beruvchi baxoriy go‟zallik – «Navro‟z»ni shodu xurramlik bilan kutib olish ham zardushtiylik zamonlaridan buyon bizga meros bo‟lib kelayotgan bayramdir. Otashparastlarning asosiy mashg‟ulotlari chorvachilik va dehqonchilik bo‟lgani uchun ular uy hayvonlariga o‟zgacha munosabatda bo‟lganlar. Shunday qilib, poklik otashparastlar uchun hamma narsadan ustun axloqiy burch sanalgan. Ular boshdan oyoqqacha vinishni odat qilganlar. Daryoni juda hurmat qilishgan. Unga qarab siymaganlar, tupurmaganlar va qo‟lini tiqib turib yuvmaganlar. Otashparastlar dunyoqarashiga ko‟ra yaxshilik doimo tozalik, yorug‟lik va hayot bilan bog‟liq, yomonlik esa ifloslik, qorong‟ulik va xarobazor ramzi. Zardushtiylik ta‟limoti odamlarda hayotga, yashashga ishtiyoq va ishonch bag‟ishlagan, ko‟pgina qonunlashtirilgan odatlardan forig‟ bo‟lgan dunyoviy quvonch va rasm-rusumlarni o‟z ichiga olgan, to‟laqonli ma‟naviy hayot kechirish imkonini bergan. Bu ta‟limotning barxayotlik asosi odamlarni yorug‟ dunyodan voz kechishga emas, undan bahramand bo‟lishga qaratilgan. Yuqorida bayon qilinganlar «Avesto» adabiyotini o‟quvchilarning o‟zligini angalashiga, tarixiy xotiramizga sadoqat, milliy g‟urur, ona-Vatanga mehrmuhabbat tuyg‟usini tarkib toptirishda tengi yo‟q manba ekanligidan dalolat beradi.
Respublikamiz rivojlanishini hozirgi shiddatkor taraqqiyot bosqichida «Avesto»dagi odob-axloq, mehnatsevarlik, bunyodkorlik, nonni muqaddasligi, xalq farovonligi, yurt tinchligi haqidagi pand-nasihatlar, da‟vatlar boringki, musulmonni haqiqiy musulmon etib tarbiyalaydigan kitob. Insoniyatni ezgulikka chorlab, odamlarni ruhan poklab ma‟naviyat chamani tomon yetaklab kelayotgan muqaddas kitobni takror va takror mutoala qilish va amaliyotga tatbiq etish har bir O‟zbekistonlikning muqaddas burchidir. Zardushtiylik dini va «Avesto» kishilarga madaniy turmushga da‟vat etadi. Urf-odat, e‟tiqod, ibodat paytida qiroat qiladigan oyatlari, marosimlarda ijro etiladigan qo‟shiqlar, minglab xalq ohanglari haqida ma‟lumot olamiz. Bundan tashqari kitobda qadimgi xalq og‟zaki ijodiga taalluqli yagona syujetlar – dostonlardan parchalar mavjud. Qayumars, Jamshidlar faqat adolat uchun, yerni gul-gul yashnatish, barcha jonzotlarni osoyishtalikda saqlash uchun kurashadilar. Avestoda kishilarni madaniy turmushini rivojlantirish va oila mustahkamligi, farzand tarbiyasi xususida ham qimmatli mulohazalar ifodalangan. Avestoda qadimgi Xorazm zaminida yashagan xalqlarning axloq-odobiga, ta‟lim-tarbiyasiga, kasb o‟rganishga doir fikr mulohazalar o‟z ifodasini topgan. Atrof-muhit va uning shaxs ma‟naviy dunyosiga ta‟siri. Yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an‟ana va udumlarni qayta tiklash, ularga e‟tiborni kuchaytirish, bolalarda ekologiya xususidagi tasavvurlarni kengaytirida tarix fanining imkoniyati katta. Bundan 500 yil, 5 ming va 10 ming yil avval o‟lkamiz tabiati, o‟simliklar va hayvonot olami qanday bo‟lganligi haqida ma‟lumotlarni «Avesto»dan topish mumkin. Ona tili mashg‟ulotlarida «Avesto»dan tanlab olingan ko‟plab mashqlar o‟quvchilarda tabiatga mehr uyg‟otishda qo‟l keladi. Mashqlardan suv va havo, o‟simlik va hayvonot olamiga taalluqli fikrlar ifodalangan. «Avesto»dan olingan matnlarni tahlil qilish orqali ham ularda tabiatga mehr uyg‟otish mumkin. Adabiyot fanidan o‟qitilayotgan xalq og‟zaki ijodini – «Avesto» misolida hayvonlar va o‟simliklarning xususiyatlari, ularning tabiatdagi o‟rni ochib beriladi.
O‟zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‟lga kiritgandan so‟ng xalqimizning qalb to‟rida mudrab yotgan, o‟z o‟rnini topishga yo‟l topa olmayotgan qadimiy qadriyatlarimizga tanshanalik tuyg‟ularining gurkirab o‟sayotganligi hamda mazkur chanqoqlikni ilmiy ravishda qondirishga bo‟lgan tabiiy ehtiyojni qondirish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, vatandoshimiz shayx, imom va xofiz (Qur‟on va payg‟ambar hadislarini yoddan bilib, xalq orasida targ‟ibot etuvchi) Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug‟iyra al-Buxoriyning «Al-Jome‟ as-Sahih» («Ishonchli to‟plam») asarida (mazkur asar IV jildan iborat) faqatgina o‟tmish ajdodlarimizgina emas, balki kelajak avlodlarimizni ham chin insoniy hislatlar egasi qilib tarbiyalashning pedagogik asoslari ham nazariy va amaliy jihatdan sarhisob qilib berilgan. Bu yerda biz ulug‟ mutafakkirning hadislar to‟plamidagi tarbiyaviy javohirlar haqida to‟xtalamiz. Ota-bobolarimizning azal-azaldan tabiatga yuksak mehr va ehtirom ko‟rsatganini «Avesto»da bir hovuch tuproq, bir qultum suv, bir nafaslik havoning muqaddas ekanligini tasdiqlab ularni ko‟klarga ko‟targanligini uning sahifalarida bitilgan quyidagi so‟zlardan bilib olish qiyin emas. Toza suv bilan bog‟liq ko‟l, quduq va buloqlarga har qanday nopok narsalar yaqinlashmasligi kerak. Poklik otashparastlar uchun hamma narsadan ustun turgan. Unda tabiatni muhofaza qilish haqida diqqatga sazovor fikrlar aytilgan. Tabiat muhofazasi va muhit tozaligini saqlash, turli kasalliklarni oldini olish haqida diqqatga sazovor fikrlar aytilgan. Ajdodlarimiz tomonidan yangi yilning boshlanishini zargarona astronomik aniqlik bilan belgilanganligini, ming yillar o‟tganligiga qaramay, bu haqiqatni o‟zgartirib bo‟lmasligiga o‟quvchilar diqqatini jalb qilish, ular o‟z xalqi tarixi, uning madaniyati bilan faxrlanish tuyg‟ularini shallantiradi. «Avesto»da o‟tmish ajdodlarimiz bolani o‟qimishli, bilimdon bo‟lishiga alohida e‟tibor bilan qaraganliklari va bu borada ibratli an‟analarni vujudga keltirganliklarini unda bayon qilingan quyidagi mulohazalar orqali guvohi bo‟lamiz. «... U kunning ibtidosi va intixosida, tunning avvali va oxirida bilim olmog‟i, tafakkur va donishga limmo-lim bo‟lmog‟i, nihoyat ashavonlik yo‟lida shunday manzalatga yetmog‟i kerakki, ilohlar shaniga hamdusanolar aytsin, ularni ezgu kalomlar bilan ardoqlasin. Va shu yo‟sinda o‟z bilimini ziyoda qilsin. ... U kunning o‟rtasi va tunning o‟rtasida juda rohatlanib, sirli og‟ushlarda mast bo‟lgancha orom olmog‟i, shundan so‟ng ilm ortida shu qadar jiddu-jahd etmog‟i kerakki, o‟tmish donishmandlar qoldirgan hamma narsani jonu dildan o‟rganib olsin». «Avesto» o‟z davrining ta‟lim-tarbiya muammolari bilan bog‟liq ilg‟or g‟oyalarni ham ilgari suradi. Masalan, bu kitob ta‟limoticha, yoshlar faqat jismoniy baquvvat bo‟lishi yetarli emas, ular teran ma‟rifatli bo‟lishi, ma‟naviy komillikka intilishi, mehnatsevar, muruvvatli bo‟lmoqlari kerak. Bu ayni biz bugun o‟zimizning yangi avlodlarimizda ko‟rishni niyat qilayotgan komil insoniylik sifatlarining xuddi o‟zginasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |