MUNDARIJA Kirish……………………………………………………………………3
I bob. Avtomatika elementlari…………………………………………..4
Signal kuchaytiruvchi elementlar………………………………..4
Rostlovchi elementlar……………………………………………5
Ijrochi elementlar………………………………………………...9
II bob. Avtomobilarda o'rnatiladigan o'lchash vositalari……………….10
2.1. Spidametr…………………………………………………………..10
2.2. Tovush signali qurilmasi…………………………………………...17
Xulosa…………………………………………………………………..28
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………...29
KIRISH Avtomobillarning deyarli birinchi seriyali ishlab chiqarilishi bilan ular kerakli asboblar bilan jihozlana boshladilar, ular orasida tezlik o'lchagich ham bor. Avtomobil qurilmalari kerakli jarayonlarni, texnik holatini, suyuqlik darajasi va haroratini boshqarishga yordam beradi.
Mexanik tezlik o'lchagichining asosi sifatida qabul qilingan magnit induktsiya yig'indisi qo'zg'aysan miliga ulangan doimiy magnitni, shuningdek silindrsimon alyuminiy spiralni ham o'z ichiga oladi. Markaz rulman bilan quvvatlanadi. O'qishdagi xatolarni oldini olish uchun rulonning yuqori qismi magnit maydon ta'siridan himoya qiluvchi alyuminiy ekran bilan qoplangan.
Vites qutisida vites qutisi uzatmalaridan biri bilan aloqa qiladigan va simi orqali birlamchi ma'lumotlarni uzatadigan plastik tishli quti yoki viteslar to'plami mavjud.
Spidometr shunday ishlaydi: spiral aylanayotganda, oqim oqimlari hosil bo'ladi, chunki u ma'lum bir burchakka burila boshlaydi, bu esa o'z navbatida avtomobilning tezligiga bog'liq.
Spidometr torkni sensor va moslashuvchan val orqali vites qutisiga etkazish orqali boshqariladi. Minimal o'qish xatosi qo'zg'aysan g'ildiraklarining aylanishi bilan to'g'ridan-to'g'ri ulanish orqali ta'minlanadi.
I bob. Avtomobilarda o'rnatiladigan o'lchash vositalari 1.1. Signal kuchaytiruvchi elementlar Kirish signalini bir necha o’n va yuz marta kuchaytirish uchun xizmat qiluvchi element signal kuchaytirgich deb ataladi. Qurilmaga kiruvchi va undan chiquvchi signallarning fizik tabiati o’zgarmaydi. Bunday element vositasida kirish signali quvvatini kuchaytirish tashqi energiya manbaini talab etadi. Bu signal kuchaytirgichlar elementlarini avtomatik sistemalarni qo’llashning asosiy sababi datchiklardan olinadigan chiqish signallarining juda zaifligidir. Sezgichlarning chiqish signali avtomatik sistemalardagi ijrochi elementlarni ishga tushira olmaydi.
Signal kuchaytirgich tashqi energiya manbaining turiga qarab elektrik, pnevmatik, gidravlik va boshqa tiplarga bo’linadi. Bunday kuchaytirgichlar statik xarakteristikasi va kuchaytirish koeffisientlari bilan bir-biridan farq qiladi.
Kuchaytirish koeffisienti va tashqi energiya manbaining quvvati kuchaytirgichlarni xarakterlovchi asosiy parametrlar hisoblanadi.
Kuchaytirish koeffisienti quyidagicha ifodalanadi:
K=Xch / Xk Bunda
Xch – kuchaytirgichning chiqishdagi signal,
Xk – kirishdagi signal.
Elektrik signal kuchaytirgichlarning kuchaytirish koeffisienti signalning quvvati R, toki 1 yoki kuchlanish orqali ifodalanishi mumkin, ular mos ravishda quvvat bo’yicha kuchaytirish koeffisienti, tok bo’yicha kuchaytirish koeffisienti va kuchlanish bo’yicha kuchaytirish koeffisienti deb ataladi.
Signal kuchaytirgich elementlariga quyidagi talablar qo’yiladi:
1. Kuchaytirgichning chiquvchi signali ijrochi elementni ishga tushirish uchun etarli.
2. Sezgirligi yuqori.
3. Inersionligi kam.
4. Xarakteristikasi to’g’ri chiziqqa yaqin bo’lishi kerak.
Pnevmatik va gidravlik signal kuchaytirgichlar tuzilishi va ishlash prinsipi jihatidan bir xil bo’lib, chiqish signalining quvvati katta bo’lgani uchun ular ijrochi elementlarga bevosita ta’sir qila oladi va ko’pincha ijrochi elementlar bir korpusda tayyorlanadi.
Yuqori bosimli havo bosim tushirgich drosseldan o’tib kamerada pastroqbosimda aylanadi. To’siqqa ta’sir qiluvchi signal Xk bo’lmasa, naycha ochiq bo’ladi, bosim atmosferaga chiqib ketada. Shunda kamera ichidagi bosim atmosfera bosimiga teng bo’lib qolishi ham mumkin.
Kirish signali Xk ning to’siqqa ta’siri natijasida to’siq naychani berkita boshlaydi, shunda havo bosimi boshqarish kanali orqali ijrochi mexanizm kamerasiga o’tadi va undagi porshendagi prujinaning kuchini yengib, porshen shtogini kuch bilan suradi.