2.5. Dizel yoqilg‘isi tarkibidagi arenlarning sifat va miqdor tarkibini o‘rganish
Olib borilgan tadqiqotlar natijasida dizel yoqilg‘isi tarkibidagi aromatik birikmalarni desorbsiyalash uchun toza holdagi 99,8% li “Lyuks” markali etil spirtidan foydalanildi. Olingan arenlarga boy bo‘lgan aralashmadan etil spirti haydab olinib, arenlar konsentrasiyasi oshirildi. Hosil qilingan arenlarga boy konsentrat yuqorida keltirilgan va maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan silikagelda kalonkali xromatografik usulda ajratildi. Xuddi yuqoridagi kabi arenlar konsentratini kolonkaga solishdan oldin kolonkaga 120 g silikagel joylanib yaxshilab zichlandi. Shundan so‘ng adsorbentning ho‘llanish issiqligini yo‘qotish maqsadida 40-45 0C haroratda olingan petroley efiri bilan ho‘llandi. Olingan arenlarning konsentrati ya’ni summasi xromatografik kalonkaga solindi. Arenlarning xromatografik kolonkada taqsimlanishi uchun quyidagi nisbatdagi erituvchi–desorbentlardan foydalanildi. Petroley efiri va etil spirtining aralashmasi 80:20 nisbatda va petroley efiri va etil spirtining aralashmasi 50:50 nisbatida olindi. Har ikkala holatda olingan nisbatdagi aralashmada ham kolonkadan chiqayotgan elyuentning tezligi 1 tomchisi 1 sekund oralig‘ida olindi. Bu esa kolonkaning oxirgi pastki uchidagi jumrak vositasida nazorat qilish orqali amalga oshirildi. Ajralishning aniqligi desorbentlarning nur sindirish ko‘rsatkichini IRF-22 refraktometrida nazorat qilish orqali amalga oshirildi. Kalonkada taqsimlangan fraksiyalardan har biridan 25 ml hajmda yig‘ib olindi. Olingan fraksiyalar tarkibidan erituvchi (petroley efiri va etil spirti) suv hammomida haydab olindi va qoldiqning nur sindirish ko‘rsatkichi aniqlandi. Arenlar konsentrati fraksiyasining adsorbsiyadan keyingi fraksiyalari nur sindirish ko‘rsatkichi chegaralariga muvofiq grularga birlashtirildi:
Refraksiya koeffisiyenti Aromatik uglevodorodlar gruhi
1,49-1,53 monohalqali
1,53-1,59 bihalqali
> 1,5 9 polihalqali
Monohalqali-, bihalqali- va polihalqaliaromatik uglevodorodlar-ning unumi quyidagicha (% mass):
Monohalqali aromatik uglevodorodlar 3,40
Bihalqali aromatik uglevodorodlar 5,54
Polihalqali aromatik uglevodorodlar 10,80
Dizel yoqilg‘isidan ajratilgan aromatik uglevodorodlarning sifat va miqdor tarkibi gaz-suyuq xromatografik metod orqali tasdiqlandi
Tadqiqotlar quyidagi ishchi rejimda olib borildi: Chexoslovakiyada ishlab chiqarilgan «Xrom-5» qurilmasi, DIP detektori, kolonka: uzunligi – 2500 mm, diametr – 3 mm, material – shisha, xromatografik sorbent N-AW-DMCS xromatondagi 5% SE-52.
Do'stlaringiz bilan baham: |