I.5.TAJRIBA QISM.
Neftni qayta ishlash zavodlarining deyarli barcha qurilmalarida butan va ancha miqdorda yengil uglevodorod gazlari olinadi. Gazlarni qayta ishlash juda qulay texnologiya asosida bormaydi. Bu jarayonda "yog‘li moy", "yog‘sizroq moy", ajratuvchi absorber va boshqa shu kabi kam uchraydigan iboralar qollanadi. Umuman gazlarni qayta ishlash qurilmasi "Gazlarni fraksiyalarga ajratish qurilmasi" (GFAgh) (ruschada GFU) deyiladi.
Hozirgi vaqtda qayta ishlash korxonalaridagi barcha qurilmalarda hosil boluvchi gazlar GFAga yuboriladi. Gazlarni qayta ishlashdan oldin birinchi navbatda tarkibidagi oltingugurt birikmalarini tozalash va gazni quritish jarayonlari bajariladi. GFAdan olinadigan har xil frak-siyalarni maqsadli ishlatish yolga qoyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |