Kirish I. Asosiy qism Bozor iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli


Bozor Iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli



Download 0,56 Mb.
bet2/7
Sana18.07.2022
Hajmi0,56 Mb.
#818600
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BOZOR IQTISODIYOTINI BOSHQARISH USULLARI

Bozor Iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli
Bozor munosabatlariga asoslangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solish borasida davlat muhim vazifalarni bajaradi. Davlat iqtisodiyotga faol aralashib, bozor mexanizmining amal qilishiga ko`maklashadi, raqobatchilik muhitini yaratib, aholini salbiy oqibatlardan himoyalash chora-tadbirlarini ko`radi. Bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishdan ko`zlangan asosiy maqsad bozor munosabatlarini muayyan va ma`lum yo`nalishlar asosida rivojlantirib, iqtisodiy taraqqiyot sur`atlarini jadallashtirish va aholi turmush darajasini oshirish choralarini ko`rishdan iboratdir.
Rejali iqtisodiyot tizimidan xalos bo`lgan O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish davlatning bosh vazifasi hisoblanadi. Shu munosabat bilan o`tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonini davlat bosh islohotchi sifatida boshqarib bormoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov: “Murakkab o`tish davrida davlatning o`zi bosh islohotchi bo`lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko`zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori bo`lishi, iqtisodiy taraqqiyotning etakchi yo`nalishlarini belgilashi, iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada va suveren davlatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida tub o`zgarishlarni amalga oshirish siyosatini ishlab chiqishi va izchil ruyobga chiqarishi kerak”, – deb ta`kidlagan edi.
Davlatimizning bozor iqtisodiyotini tartibga solish bo`yicha rivojlangan mamlakatlarda hozirgacha to`plangan boy tajribalarni o`rganishi va ularni respublikamizning o`ziga xos xususiyatlarini e`tiborga olgan holda tadbiq etishining maqsadga muvofiqligi bugungi kunda hech kimda shubha tug`dirmaydi.

Bozor munosabatlari sharoitida baho (narx)lar iqtisodiyotni tartibga solishning muhim vositasi bo`lib xizmat qiladi. Bunda baho bozor pasangisi, regulyatori bo`lib, ikki asosiy vazifani bajaradi. Birinchidan, u resurslar, tovarlar va xizmatlar iste`molini cheklaydi va ikkinchidan, tovar ishlab chiqarish (xizmat ko`rsatish) uchun rag`bat vazifasini o`taydi.
Ishlab chiqarish jarayonida iste`mol tovarlari, ko`rsatiladigan xizmatlar qanchalik kamyob bo`lsa, ularning bahosi shunchalik yuqori bo`lib, shunga muvofiq ravishda ularni xarid qilish cheklangan bo`ladi. Boshqacha aytganda, tovarlar va xizmatlar ularning narxlariga binoan iste`mol qilinadi, taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Narxlarning o`zgarib turishi, ya`ni ko`tarilib yoki pasayib turishi ishlab chiqaruvchilarning xatti-harakatiga ta`sir ko`rsatadi. Binobarin, biron-bir tovar (xizmat) narxining o`sishi, uni ishlab chiqarish hajmining ko`payishiga, ushbu tarmoqqa muayyan tovar bozoriga yangi ishlab chiqaruvchilarning kirib kelishiga sabab bo`ladi. Bozor iqtisodiyotida faqat foyda olishni ta`minlaydigan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqariladi. Ishlab chiqaruvchi uchun foyda keltirmaydigan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilmaydi. Muayyan tovar narxining pasayishi, uni ishlab chiqarish foydani ta`minlay olmay qolganligidan dalolat beradi. Bunday tovarlarni ishlab chiqarish kamayib boradi, ushbu tarmoq va bozorni ishlab chiqaruvchilar tark eta boshlaydilar. Demak, narxning bozor pasangisi, regulyatori vazifasini o`tashi tufayli ishlab chiqaruvchilar foydasiz yoki kam foyda keltiradigan tarmoqdan yuqori foyda keltiradigan tarmoqqa, sohaga o`tib turadi. Yuqori foyda keltirayotgan tarmoq yoki bozorlardagi iqtisodiy sub`ektlar o`zgalarning kirib kelishiga to`sqinlik qiladilar. Iqtisodiy sub`ektlar aniq tovarlar bozorida o`z mavqelarini saqlash, mustahkamlash, yaxshilash maqsadlarida o`zaro raqobatga kirishadilar.
Ko`p sonli o`zaro raqobatlashuvchi iqtisodiy sub`ektlarning faoliyati natijasida bozor munosabati buzilib, undagi talab va taklif o`rtasida nomutanosiblik paydo bo`ladi. Bu nomutanosiblik ishlab chiqarish bilan iste`mol o`rtasidagi ziddiyatda o`z ifodasini topadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish ijtimoiy iste`molga nisbatan o`sib ketishi natijasida davriy tanglik paydo bo`lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, bozor mexanizmi bozordagi muvozanatni muttasil saqlab turishga qodir bo`lmay qoladi. Ana shu holat iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmidan ta shqari davlat mexanizmiga zarurat tug`diradi.
Davlat iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmi to`liq bajara olmagan vazifalarni o`z zimmasiga oladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy muvozanatga erishish asosida tushkunlik va tanglikning oldini olish, ijtimoiy ishlab chiqarishning barqaror o`sishini ta`minlash, milliy iqtisodiyot ravnaqi uchun imkoniyatlar yaratish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish choralarini amalga oshirishdir.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda bozor mexanizmining samarali ishlashi uchun sharoit yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun davlat raqobatni rag`batlantirish orqali bozor tizimini saqlashni o`z zimmasiga oladi. Chunki erkin tadbirkorlik va uni boshqaruvchi talab va taklif qonunlarining amal qilishi ko`p jihatdan raqobatga bog`liq bo`ladi. Raqobatchilik muhitini rag`batlantirish va himoya qilishning davlat mexanizmi quyidagilarni nazarda tutadi:
-iqtisodiy sub`ektlarning faoliyat qoidalarini belgilash;
-aholini bozor sharoitlari, iqtisodiyotning holati to`g`risidagi axborotlardan xabardor qilish;
-iqtisodiyot sub`ektlari o`rtasidagi baxs va ziddiyatlarni hal qilishga ko`maklashish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Bozor mexanizmi xususiy tadbirkorlar uchun foyda kelishini ta`minlaydigan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni rag`batlantiradi. Ammo jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo`lgan, aholining ko`pchiligi foydalanadigan ijtimoiy tovarlar va xizmatlar xususiy tadbirkorlik doirasida ishlab chiqarilishi mumkin emas. Bunday ijtimoiy tovarlar va xizmatlarga: maktablar, yo`llar, yong`indan himoya qilish, mudofaa, milliy xavfsizlik va boshqalar kiradi. Binobarin, ularni ishlab chiqarishni va ulardan foydalanishni davlatning o`zi tashkil qilishi, tartibga solishi zarur bo`ladi.
Iqtisodiyotni tartibga solishning davlat mexanizmini taqozo etuvchi sabablardan biri aholini inson salomatligiga va tabiatga ziyon etkazuvchi omillardan himoya qilish zaruratidir. Masalaning mohiyati shundaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo`jalik yurituvchi tadbirkor, avvalo, o`zini o`ylaydi, o`z manfaati yo`lida faoliyat ko`rsatadi. Bu faoliyat ayrim hollarda tabiatga yoki inson salomatligiga ziyon etkazishi, davlat manfaatlariga zid kelishi mumkin. Bunday holatlar ham iqtisodiyotga davlatning aralashuvini, ko`p sonli tadbirkorlarning manfaatlarini barcha jamiyat a`zolari manfaatlariga mushtarakligini ta`minlash choralarini ko`rishni taqozo etadi.
Xo`sh, davlat iqtisodiyotni qanday vositalar yordamida tartibga soladi? Buning uchun davlat ixtiyorida turli xil huquqiy va iqtisodiy vositalar mavjud bo`lib, ulardan konkret vaziyat va vazifalardan kelib chiqib foydalaniladi.
Iqtisodiyotni tartibga solishning eng muhim va asosiy vositasi amaldagi qonunchilik hisoblanadi. Mamlakatimizda qonun ustivorligi, ya`ni uning barcha uchun bab-baravar kuchga ega ekanligi va unga barcha xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning so`zsiz amal qilishi shart ekanini yana bir bor ta`kidlab o`tish zarur. Hozirga qadar iqtisodiy hayotga taalluqli bo`lgan yuzlab qonunlarning qabul qilingani iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Shu bilan birgalikda davlat ixtiyorida bir qator moliyaviy, ya`ni iqtisodiy vositalar ham mavjudki, ular yordamida davlat xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning manfaatlariga bevosita ta`sir ko`rsata oladi. Soliqlar, sanatsiya va subsidiyalar ana shunday vositalarga kiradi.
Soliqlar davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning eng kuchli va ta`sirchan vositasi hisoblanadi. Ular har qanday ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritiladi. Shuning uchun soliq stavkasi ko`tarilsa, korxona (firma) foydasi kamayadi va aksincha, bu stavkalar kamaysa, olinayotgan foyda ko`payadi. Demak, tovar ishlab chiqaruvchilarning moddiy manfaatdorligi ko`p jihatdan undirilayotgan soliqlar stavkasiga bevosita bog`liq. Soliqlar stavkasini oshirish yoki kamaytirish orqali muayyan ishlab chiqarish tarmoqlari rivojini sekinlashtirish (hatto to`xtatish), boshqa tarmoqlar rivojini esa rag`batlantirish mumkin.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning moliyaviy vositalaridan biri sanatsiya hisoblanadi. U asosan umumdavlat manfaatlaridan kelib chiqib, davlat korxonalariga ko`rsatiladigan moliyaviy yordamdir. Korxona qarzini kechib yuborish yoki uni o`zga sub`ektlar hisobidan qoplash, qarzni to`lash muddatlarini kechiktirish, qarz uchun to`lanadigan foizlarni kamaytirish, korxonaga buyurtma berib, uning haqini oldindan to`lab qo`yish va hokazolar sanatsiya shakllari hisoblanadi.
Davlat tomonidan aniq maqsadlar uchun qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladigan moliya mablag`lari subsidiyalar deb yuritiladi. Iqtisodiyotni tarkiban o`zgartirish (diversifikatsiyalash), eksport va import muvozanatini ta`minlash, ayrim hududlarga yordam berish kabi maqsadlar uchun ajratiladigan mablag`lar (subsidiyalar) ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish