«Qizilqumsement» Aksiyadorlik Jamiyatining asosiy ishlab chiqarish mahsulotlari sement shefr va boshqa qurilish mahsulotlaridir.
«Qizilqumsement» AJ Navoiy shahridan 7-8 km janubiy-g‘arb kismida, Toshkent-Samarkand-Buxoro magistral temir yo’lidan 3 km janub tomonida joylashgan. Rayonning iklimi keskin uzgaruvchan, urtacha temperaturaning uzgarishi 24 S dan + 47 Sgacha, joylashuv urniga kura korxona tog’oldi nishablik bilan shimol tomonga yunalgan. Zavod uzining xom-ashyo bazasiga ega bulib, bular sanoat zonasidan 7 km uzoklikda joylashgan oxaktosh koni, 10 km uzoklikda joylashgan tuprokli slanets koni, 2 km uzoklikda joylashgan tuffit konidan iborat. Sement va klinkerning xom-ashyo aralashmasi tayyorlashda kushimcha maxsulotlar kul, shlaklari va temir ma’danlari Respublikamiz viloyatlaridan (Toshkent, Samarkand, Jizzax) keltiriladi.
«Qizilqumsement» AJning 1- ishlab chikarish liniyasi 1977 yilda, 2-liniya 1978 yilda va 3-liniyasi 1989 yilda ishga tushirilgan.
Aksiyadorlik jamiyatida xozirgi kunda ishchi-xizmatchi 3527 faoliyat ko‘rsatmokda.
«Qizilqumsement» AJ egallagan maydon 1203,31ga ni tashkil kiladi, shundan 35,5 ga er kukalamzorlashtirilgan kolgani ishlab chikarish va ma’muriy binolar xamda yullardan iborat. Jamiyat tizimida sement ishlab chikarish zavodi, tog‘-kon bulinmasi va unga qarashli oxaktosh, slanets va tuffit, diabaz – peroksinit, kvarsli kum konlari, yordamchi ishlab chiqarish sexlari, avtotransport va temir yo‘l bulinmalari shuningdek ijtimoiy-madaniy ob’ektlar mavjud.
Jamiyatda avvalgi tekshirish Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining 2008 yil 7 iyuldagi №06-6360-sonli qarori bilan tasdiqlangan reja jadvaliga asosan va Navoiy viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining 2008 yilning 7-iyulidagi №208-P- sonli buyrug‘iga asosan 2008 yilning 7 iyulidan 9 iyuliga qadar «Qizilqumsement» aksionerlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhit muhofazasi borasidagi qonunchilikga rioya etilishi yuzasidan rejali tekshirish o‘tkazilgan bo‘lib, ushbu tekshirishda 8 ta talabnoma berilgan bo‘lib, hozirda ushbu talabnomalarning bajarilishi to‘liq ta’minlangan. Atrof tabiiy muhitga avariyali va yalpi tashlamalar tashlanganligini aniqlashda viloyat “Gidrometeorologiya” boshqarmasi bilan shartnomaga asosan boshqarma tomonidan noquloy meteorologik sharoit bo‘yicha xabar berib borilgan. Ogoxlantirishni qabul qilgan mas’ul shaxs zudlik bilan vaqtincha chiqindilarni kamaytirish tadbirlarini tashkil qilish buyicha mas’ul shaxslarga etkazadi. Ushbu mas’ul shaxslar tomonidan bo‘linmalarda tayyorlov ishlarini olib borib, chiqindilarni tashlash miqdorini kamaytirish tadbirlarini bajarish maxsus jurnallarga tadbirlarni bajarish vaqti va ularni ekologik samaradorligi (kg/soat) yozib boriladi.
Atrof muxit muxofazasi bilan asosan ekologiya bulimi va unga qarashli ekoanalitik laboratoriyasi shug‘ullanadi. Bulimda belgilangan limit buyicha 5 ish urni mavjud bo‘lib, tuliq mutaxassislar bilan ta’minlangan. Bo‘lim uz nizomiga, ish-rejasiga va vazifa taqsimotiga ega. Belgilangan ichki tartib bo‘yicha bo‘lim, bosh muxandis o‘rinbosari orqali bosh muxandisga buysunadi. SHuningdek ishlab chiqarish xududida atmosferaga tashlanadigan chang miqdorini kamaytirish bo‘yicha maxsus gurux tuzilgan va faoliyat ko‘rsatmokda.
Asboblar yordamida o‘lchash ishlarini olib borish uchun reja-jadval ishlab chiqilgan va qo‘mita bilan kelishilgan. Jamiyat tomonidan atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni idoraviy nazorat ishlari olib boriladi.
Laboratoriyada nazorat o‘lchov ishlarini olib borish uchun kerakli asbob va uskunlar bilan ta’minlangan. Asbob uskunalar Davlat standarti qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Korxonaning sanitar himoya zonasi 1000 metrni tashkil qiladi.
«Qizilqumsement» AJ ning sement ishlab chikarish loyixa quvvati bir yilda 3 080 000 tn. bulib, xar bir tarmoq aylanma pech quvvati bir sutkada 3000 tn. klinker ishlab chiqarishga muljallangan.
Jamiyatda 1,2,3-Aylanma pechlardagi EGA elektrofiltrlar kapital ta’mirlangan. Jamiyat tomonidan 2013 yilda 19 ta atrof muhit muhofazasi bo‘yicha belgilangan tadbirlarga 2 254 480 ming so‘m sarflanishi rejalashtirilgan bo‘lib natijada 20 ta (1 ta qo‘shimcha)tadbir bajarilishiga 2 771 159,66 ming so‘m sarflangan. 2014 yilda 18 ta atrof muhit muhofazasi bo‘yicha belgilangan tadbirlarga 3 369 760 ming so‘m sarflanishi rejalashtirilgan bo‘lib natijada 18 ta tadbir bajarilishiga 3 777 933,847 ming so‘m sarflangan. 2015 yilning 6 oyida 14 ta atrof muhit muhofazasi bo‘yicha belgilangan tadbirlarga 17 246 721,874 ming so‘m sarflangan.
Jamiyatda atmosfera havosiga tashlanadigan jami 220 ta manba, shundan 109 tasi tashkillatirilgan, 111 tasi tashkil kilinmagan, 85 ta tashkillashtirilgan manbalar 116 ta chang-gaz tozalash qurilmalari bilan jixozlangan.
Korxonada chang-gaz tozalash kurilmalari (PGO) jami 120 bulib shundan 8-siklonlar, 80 ta sanoat filtrlari (FRKI), 14 ta elektrofiltrlar bulib, umumiy tozalash kuvvati 5493,6 ming m3/soatni tashkil kiladi. Jamiyatdagi mavjud 220 ta manbadan 44 turdagi 29785,9477 ton/yildagi ifloslantiruvchi moddalar atmosfera havosiga tashlanishi Ekologik me’yoriy xujjat (PDV)da belgilangan. YAlpi tashlamalar miqdori 945,2132 t/yilni tashkil etadi.
Atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarning asosiy qismini 7 turdagi ya’ni:
1.Oksid uglerod -17452,4695 t/y yoki 61%.
2.Azot ikki oksidi -5035,3020 t/y yoki 17%.
3.Azot oksidi – 818,1317t/y yoki 3%.
4.Oltingugurt oksidi -633,6063 t/y yoki 2%.
5.Xom ashyo changi -2803,7460t/y yoki 8%.
6.Klinker changi – 1255,7278 t/y yoki 4%.
7.Sement changi -365,7077 t/y yoki 1%.
iborat moddalar tashkil etadi.
Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqaradigan salmoqli manbalar 3 ta kuydirish klinker pechlari xisoblanadi, bu manbalardan -26708,2889 t/y yoki 93% zararli moddalar atmosfera havosiga tashlanadi.
Korxonadagi mavjud manbalardan atmosfera xavosiga chiqariladigan moddalar uchun belgilangan me’yor kursatkichlariga rioya etilishi yuqori tashkilot «Stromenergo LITI» taxlilxonasi tomonidan xar chorakda 1 marta olib borilmokda.
Statsionar manbalarlar tashlanadigan zararli moddalar mikdori va belgilangan me’yorga rioya qilishini korxonaning ekoanalitik laboratoriyasi tomonidan belgilangan va qo‘mitada tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi.
CHang-gaz tozalash uskunalarining ishlash samaradorligi belgilangan reja asosida nazorat qilinib, natijalari qo‘mitaga muntazam ravishda yuborilmokda,barcha chang-gaz tozalash uskunalari pasportlarini ishlash ishlari korxona tomonidan olib borilmokda.
Jamiyatdagi 70,71,72- salmokli manbalaridan tashlanayotgan zararli moddalar mikdori Analitik nazoratga ixtisoslashgan inspeksiya taxlillari asosida belgilangan reja asosida monitoring utkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 15, 25-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 31 dekabrdagi 491-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risida»gi Qaroriga ko‘ra korxona 1-toifa xavflilik darajasiga mansub.
Avtokorxona
Hozirgi kunda jamiyatning avtokorxonasida jami 212 ta avtotransport vositasi mavjud bo‘lib, shundan 212 tasi dizel avtotransporti, 41 tasi benzin avtotransporti, 1 tasi suyultirilgan neft gazi, 18tasi siqilgan tabiiy gaz bilan ishlovchi avtotransport vositalari mavjud. Ushbu avtotransport vositalarining tutun miqdori qo‘mitaning Analitik nazoratga ixtisoslashtirilgan tahlilxona xodimlari tomonidan 120 ta dezil hamda 20 ta benzin avtotransport vositasi o‘lchanganda tutun miqdori belgilangan me’yordaligi aniqlandi.
Avtokorxona balansida avtoulovlar chikindi SO gazini ulchash 121-FA-01 asbobi va tutun mikdorini ulchash «Tazal-D» asbobi yordamida o‘lchov ishlari olib borilgan. YOqilg‘i apparaturasini ta’mirlash diagnostika posti ishlab turibdi. Hozirda avtokorxonaning avtotransport vositalari tutun miqdorini doimiy o‘lchash maqsadida jamiyat qo‘mitaning Analitik nazoratga ixtisoslashtirilgan tahlilxonasi bilan 2015 yil 6 martdagi №6/01-sonli shartnoma imzolangan va birlamchi jurnallar yuritilish ishlari tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |