Muskul to’qimasi Organizmda morfologik tuzilishi va joylashgan o’rniga ko’ra ikki xil, ya'ni silliq va ko’ndalang yo’lli muskul to’qimalari uchraydi. Silliq muskul to’qimasi duksimon muskul hujayralaridan, ko’ndalang yo’lli muskul to’qimasi silindrsimon muskul tolachalaridan tarkib topgan. Muskullarning asosiy vazifasi organizmning tashqi va ichki organlari harakatini ta'minlashdan iborat.
Silliq muskul asosan ichki organlarning muskul qavatini tashkil qiladi va ritmik holda qisqarib turarkan, hеch qachon charchamaydi, odam yoki hayvon ixtiyorisiz harakatlanib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |