|
|
bet | 173/200 | Sana | 26.06.2021 | Hajmi | 213,06 Kb. | | #102320 |
| Bog'liq Kirish, fonetik sath, leksik-semantik sath
Leksik-semantik munosabat – leksemalarlarning o‘zaro ma’no asosidagi o‘xshashlik va farqlari
leksik-shakliy munosabat – leksemalarning o‘zaro shakl asosidagi o‘xshashlik va farqlari
sinonimik munosabat – bir turkumga mansub leksemalarning atash semalari asosida farqlanib, ifoda semalari asosidagi birlashish munosabati
sinonim – bir turkumga mansub atash semalari asosida tuzilgan leksik qatordagi ifoda semasi bilan farqlanuvchi leksema
antonimik munosabat – bir turkumga mansub leksemalarning zid denotativ semalar asosida qarama-qarshi qo‘yilishi
antonim – zid denotativ semalar asosida qarama-qarshi qo‘yilgan bir turkumga mansub ikki leksemadan biri
graduonimik munosabat – bir turkumga mansub ikkitadan ortiq leksemalarning o‘zaro biror belgining oshib yoki kamayib borishiga asoslangan munosabati
graduonim – darajalanish qatoriga kiruvchi leksema
giponimik munosabat – bir turkumga mansub ikkitadan ortiq leksemalarning o‘zaro tur-jins belgisiga asoslangan munosabati
giponim – biror turga kiruvchi jinsni ifodalovchi leksema
Do'stlaringiz bilan baham: |
|
|