Tizimli yondashuv degan tushuncha mavjud. Siz do‘stlaringizning xatti-harakatlariga munosabat bildirib, tegishli baho berasiz. Bu tasnifga qay darajada aloqador?
Siz bir kunlik faoliyatingizni rejalashtirdingiz. Bunda harakatlaringizni qanday qonuniyat asosida tartibladingiz?
Pul topish oson, lekin uni sarflash qiyin deyishadi. Bu fikrning tasnifga aloqasi bormi?
Tasnif haqida umumiy tushuncha. Tasnif (arabcha “saralash”, “tartibga solish”) narsa va predmetlarni aniq va doimiy o‘ringa ega bo‘lgan guruh (sinf)larga bo‘lishdir. Agar tasnif barqaror asosga ega bo‘lsa, u uzoq davr mobaynida amal qiladi. Masalan, kimyoviy elementlar tasnifi, bugungi kunda garchi
ular soni 200 dan oshib ketayotgan bo‘lsa-da, o‘zgarmasdan amal qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |