Tilda nega boshqa tillardan nutq tovushi o‘zlashtirilmaydi? 2.Bir kishi o‘z nutqida o‘zlashma so‘zlarni aslidagidek talaffuz
qiladi. Nega biz uni fonetik o‘zlashmaga misol qilmaymiz?
3.Grammatikada o‘zlashtirilgan hodisalar bormi? 4.O‘zbeklarning o‘zga tillar fonetikasini o‘zlashtirishi nisbatan
yengil kechadi. Buning sababi nimada?
Leksema va so‘z. Lisonning borliq hodisalarini nomlash, ifodalash, ko‘rsatish uchun xizmat qiluvchi birligi – leksema. Leksema borliq hodisalarini nomlab, ularni kishilarning muloqoti uchun tayyorlaydi. Til egasi sezgan narsa, albatta, nom oladi. Hech bo‘lmaganda so‘z birikmasi bilan nomlanadi.
Leksema tilning asosiy va markaziy birligi. So‘z termini leksema ma’nosida ham qo‘llanadi. Shaxsning tili bilimi uning fonetik yoki grammatik bilimi bilan emas, balki leksik zaxirasining boyligi bilan o‘lchanadi. Ona tili o‘qitishning asosiy vazifasi ham leksema, ya’ni so‘z ta’limidir. Bejiz so‘z tilga tenglashtirilmaydi: Xalqaro anjumanda o‘zbek so‘zi jarangladi. Buyuk sharq mutafakkirlari ham so‘z deganda ko‘p hollarda tilni nazarda tutishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |