birinchidan, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali tizimini yaratish, ushbu sohada normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
Xususan, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning yer maydonlaridan samarali foydalanish borasidagi mas’uliyatini oshirish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlariga, shu jumladan Yer kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi;
ikkinchidan, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan samarali foydalanishdagi shaxsiy manfaatdorligi va mas’uliyatini oshirish, bu borada parlament, vakillik va jamoatchilik nazoratining ta’sirchan tizimini yaratish.
Ushbu yo‘nalishda mutasaddi tashkilotlar aniq maqsadga yo‘naltirilgan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahalliy xalq deputatlari Kengashlari hamda Oliy Majlis palatalari tomonidan yerlardan samarali foydalanish ustidan doimiy nazorat va monitoring olib boriladi;
uchinchidan, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ekin yer maydonlaridan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha vazifalarini aniq belgilash hamda ularning javobgarligini kuchaytirish.
Farmonda belgilangan vazifalarning to‘liq va so‘zsiz ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasiga, tegishli vazirlik va idoralarga qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish mexanizmini yaratish bo‘yicha aniq topshiriqlar beriladi;
to‘rtinchidan, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini kuchaytirish.
Mazkur yo‘nalishda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining huquqiy maqomini belgilash, ularga zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi, fermer xo‘jaliklarini bosqichma-bosqich ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga aylantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
beshinchidan, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, ularning tayyorlov, qayta ishlash, ta’minot va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarida zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish.
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning yerlarini sug‘orish uchun doimiy ravishda yetarli miqdorlardagi suv bilan ta’minlash, agrofirmalar, tayyorlov tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar qabul qilinadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |