O‘ZBEKISTONRESPUBLIKASI
OLIYVAO‘RTAMAXSUSTA’LIMVAZIRLIGI
MIRZOULUG‘BEKNOMIDAGI
O‘ZBEKISTONMILLIYUNIVERSITETI
GEOGRAFIYAVATABIIYRESURSLARFAKULTETI
GEODEZIYA,KARTOGRAFIYAVAKADASTRYO‘NALISHI GEOGRAFIKAXBOROTTIZIMLARIFANIDAN
3-LABORATORIYAISHI
RELYEFNING RAQAMLI MODELI ASOSIDA SUV OQIMINI MODELLASHTIRISH VA BERILGAN OBYEKTGA SUV OQIMI TA’SIRINI O’RGANISH.
Bajardi: Jurayev D.
Qabul qildi: Abdullaev I.
Toshkent2022
Reja:
1. Kirish. Fazoviy tahlil mohiyati va qo’llanilishi
2. Fazoviy tahlil uchun ma'lumotlarni olish
3. Fill modulidan foydalanib, kichik xatoliklar va noaniqliklarni olib tashlash uchun rastr sirtini to’ldirish
4. Flow Accumulation va Flow Direction modullaridan foydalanib har bir yacheyka bo’yicha suv to’planib, oqim hosil bo’lishini va uning yo’nalishini aniqlash
5. Stream Order modulidan foydalanib, hosil qilingan oqim yo’nalishlarini qiymatlariga qarab tartibga solish
6.Stream to Feature modulidan foydalanib, chiziqlarni vektor formatga o’tkazish
7. SQL so’rovlari yordamida cheklovlar o’rnatish va tanlab olish masalalarini olib borish
8. Berilgan koordinata asosida ob'ektni (uy) joylashgan o’rnini aniqlash Bajarilgan ishlar bo’yicha xulosa yozish, jumladan olib borilgan ishni amaliy ahamiyatini ochib berish, va natijalarni qanday vazifalarni yechishda qo’llash bo’yicha tavsiyalar berish
Adabiyotlar
Kirish. Fazoviy tahlil mohiyati va qo’llanilishi
“Geoaxborot tizimi – bu asosiy vazifalari tabiat va jamiyat hodisalarining geofazoviy ma’lumotlarini maxsus vositalar yordamida toʻplash, saqlash, boshqarish, tahlil qilish, modellashtirish va tasvirlashdan iborat boʻlgan mutaxassis va tahlilchilar boshqaruvi ostidagi umumlashgan dasturiy tizimdir”
Geografik axborot tizimi — asosiy vazifalari fazoviy-geografik maʼlumotlarni toʻplash, saqlash, boshqarish, tahlil qilish, modellashtirish va tasvirlashdan iborat boʻlgan mutaxassis tahlilchilar boshqaruvi ostidagi umumlashgan kompyuter tizimidir.
Geofazoviy ma’lumotlar tahlili GATda ma’lumotni geofazoviy ma’lumot deb atasak, birmuncha toʻgʻri boʻladi. Chunki bu tizimda asosan har bir nuqta va har bir chiziq oʻzining joylashuviga qarab turli koordinatalarga ega boʻladi hamda bu koordinatalar jamlanib, joy toʻgʻrisida umumiy tushuncha hosil qilinadi. Kelgusida esa u fazoviy tahlil va boshqa turdagi tahliliy ishlarga asos boʻlib xizmat qiladi. Geofazoviy ma’lumotlarning manbayi bu raqamlangan kartalar, aerofotosuratlar, kosmik suratlar, statistik jadvallar va GATga bogʻliq boʻlgan boshqa ma’lumotlar boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, geofazoviy ma’lumotlar bevosita syomka (GPS syomka, geodezik asboblar yordamidagi syomka) natijalaridan ham atribut ma’lumot sifatida olinishi mumkin. Oldingi boblarda aytilganidek, ma’lumot olishning yana bir qulay yoʻli bu ma’lumotni sotib olishdir. Geografik ma’lumotlarni olgandan soʻng bu ma’lumotlar oʻzaro bir-biriga ma’lumotlar bazasi orqali bogʻlanishi kerak. Bu esa, oʻz navbatida, kartadagi va bazadagi ma’lumotlarni bir-biriga bogʻlab, yagona va umumiy ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Fazoviy yoki geofazoviy tahlil bu modellashtirish, aniqlash va model natijalarini oʻzgartirish jarayonidir. Model tasvirlash va boshqarish mumkin boʻlgan raqamli formatning joy toʻgʻrisidagi haqiqiy tushunchasini namoyon qiladi. Fazoviy tahlil jarayoni moslikni aniqlash, baholash va prognozlash, oʻzgartirish va tushunish kabi ishlarda muhim sanaladi. GATning eng muhim vazifalaridan biri ham geofazoviy ma’lumotlar va ularning atributlarini qaror qabul qilish uchun tahlil qilishdir. Geofazoviy ma’lumotlar joy toʻgʻrisidagi haqiqiy axborotlarga ega boʻlish va ma’lumotlarni tahlil qilish hamda oʻzgartirish uchun qoʻllaniladi. Shuning uchun ham geofazoviy tahlil oddiy arifmetik amallardan mantiqiy model tahlillariga boʻlinadi. Tahliliy imkoniyat GATning yutugʻi hisoblanadi. Fazoviy tahlil ishlarining mavjudligi GATni boshqa axborot tizimlaridan farqlovchi muhim omillardan biridir. Boshqa axborot tizimlaridagidek ma’lumot olish yoʻllari bir xil boʻlsa-da, Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 93 tahliliy ishlar va unga ketadigan vaqt eng katta farqlovchi omil hisoblanadi. Geotahlil natijalari keyinchalik karta, hisobot, diagramma orqali tasvirlanib, foydalanuvchiga yetkaziladi. Geofazoviy tahlil usullari. Windows uchun moʻljallangan AtlasGIS dasturi Strategic Mapping Inc. (Santa Clara, USA) kompaniyasiga tegishli boʻlib, interaktiv geografik axborot tizimi koʻrinishida boʻladi va Desktop GIS sinfi dasturlari qatoriga kiradi. AtlasGIS – bu ishchi dasturlar yordamida tez va oson universal kartografiyaning tahliliy va tasviriy imkoniyatlarini oʻz ichiga olgan koʻp funksiyali axborot kartografik tizimdir. GAT orqali ma’lum bir sohaga yoʻnaltirilgan tahliliy ishlarni olib borish mumkin. Bu sohalarga yoʻnaltirilgan tahliliy ishlarning texnik vositalari ishlab chiqilgan va ular asosan oʻsimlikshunoslik, hayvonot olami, ekologiya, geostatistika, landshaftshunoslik, geografiya, amaliy statistika va boshqa sohalarga moʻljallangan. Yuqoridagi tahliliy sohalar quyidagi umumiy oltita kategoriya (toifa)ga boʻlinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |