Kirish. Fanning maqsad va vazifalari


O'qituvchining bosh vazifasi



Download 497,45 Kb.
bet4/5
Sana29.06.2021
Hajmi497,45 Kb.
#104462
1   2   3   4   5
Bog'liq
KIRISH

O'qituvchining bosh vazifasi o'quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarni xosil qilishdan iborat.

Odatda, xar bir fanda bo’lganidek tarix fanida xam ma'lum o'quv yurtida

o'quv rejasiga asoslangan ilmiy-metodologik va uslubiy-didaktik taalablarni xisobga olgan holda dastur tayyorlanadi. Mustaqillik sharofati bilan Respublikamiz umumta'lim maktablarida o’qitiladigan tarix fanining asosiy mazmuni ikki yo’nalishda: Jaxon tarixi va O’zbekistan tarixi bosqichlarini o'rganishni tashkil etadi. Kishilik jamiyati taraqqiyotidagi tarixiy xoodisalar va voqealarni o'rganishga qo’yilgan talablar (5-9 sinflar) o'quvchilarning yoshi bilm saviyasi, ruhiy xususiyatlari, jismonii rivojlanishi darajalariga mos bo’lishi lozim.

Jahon va O’zbekiston tarixining davrlari, ijtimoiy tuzumlar, ularning atalishi ularaga mos xususiyatlar xakida tasavvurga ega bo’lish

Asr va yil xisobotini bilish, tarixiy voqea va xrdisalarning davomiyligi,

ularni qaysi davrga mansubligini ayta olish, eramizdan oldingi asrlarni xisoblay olish

Insoniyat doimo oldinga intilganligi, bu esa tarixiy taraqqiyotning asosi bo’lganligini isbotlash

Jamiyatda va kechayotgan jarayonlarga o’zining mustaqil munosabatini bildira olish

Tarixiy manbalarni mustaqil o'rganish asosida xulosalar chiqara olish

Jaxon va O’zbekiston tarixining yangi davri xaqida ma'lumotga ega bo’lish

xarita ustida ishlay olish, tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil muloxaza yurita olish, bayon qila olish, munozara va baxslarda faol ishtirok eta olish

O’quvchilar tarix ta'limi jarayonida quyidagi bilim, ko’nikma va malakalarni egallashlari shart

O`qitish jarayonining ob`ektiv suratda amal qilinadigan o`z qonuniyatlari bor. Ularni bilib olish va ta`lim-tarbiya jarayonida bu qonuniyatlarga amal qilish, ulardan oqilona foydalanish maktabda tarix o`qitishni ilmiy asosda olib borishning muhim shartidir. Oxirgi yillardagi siyosiy, iqtisodiy, o`quv va ilmiy o`zgarishlar tarix o`qitishni yanada takomillashtirib borish, zamon talabiga mos mutaxassislar tayyorlashni talab etmoqda

Tarix o`qitish jarayonining tarkibiy qismlari (ya`ni, maqsadi, mazmuni, o`qitishning metod va usullari, natijalari) o`rtasidagi qonuniyatli aloqalar quуidagida namoyon bo`ladi: maktab tarix kursining maqsadi, ta`lim-tarbiya vazifalarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi o`qitishning mazmuniga, uning g`oyaviy-siyosiy va nazariy jihatdan pishiq bo`lishiga bog`liq bo`lganidek, o`quvchilarning tarix kursini o`zlashtirish darajasi ham o`z navbatida o`qitishning ilmiy asosda, maqsadga muvofiq tashkil qilishiga, o`qituvchining o`rganiladigan mavzuning maqsadi, ta`lim-tarbiya vazifalari va mazmuniga mos keladigan ta`lim shakllari, o`qitish metod va usullari hamda vositalardan qay darajada maqsadga muvofiq foydalana bilishiga bog`liqdir. Shuningdek, o`qitishning natijalari ham o`qituvchining o`qitishdan ko`zlagan maqsadni, uning ta`lim-tarbiyaviy vazifalarini belgilab olishga, kursning mazmuniga mos tarzda amalga oshirishga yordam beradigan metod va usullardan ilmiy asosda foydalana bilishga bog`liqdir. Tarix o`qitish jarayonining tarkibiy qismlari o`rtasidagi bu o`zaro dialektik bog`lanish natijasida ular bir-biriga uzluksiz ta`sir ko`rsatib boradi. Tarix o`qitishda ana shu qonuniyatlarga suyanmasdan, ularni e`tiborga olmasdan turib yaxshi natijaga erishib bo`lmaydi.

O`qitish metodlarini ilmiy asosda klassifikatsiyalash masalasi pedagogika fanida o`qitishning turli bosqichlarida turlicha hal qilib qilindi. O`qitish metodlarini klassifikatsiyasiga ba’zan analiz va sintez, deduktsiya va induktsiya kabi mantiqiy operatsiyalar asos qilib olinib, o`qitish metodlari induktiv, analitik va boshqa mantiqiy usullar sifatida harekterlanadi.

O`qitish metodlarini ba’zan o`quvchilarning bilish faoliyati faollik darajasiga qarab turkumlash tavsiya qilinadi. Bu tarzda ajratish o`qitish metodlaridan ko`ra ko`proq o`qitishning umumiy harekterlariga ta’luqlidir.

XX asrning 60- yillarda tarix o`qitish metodlari va ularni turkumlash turlicha hal qilindi. Metodist A.I.Strajev «Tarix o`qitishning tashkil etilishi metodlari va vositalari tarix fanining ta’lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiladi» deydi. Biroq ham o`qitishning asosiy metodlarini tarixiy jarayonning o`zini o`rganish metodidan iborat qilib qo`yib, masalada noaniqlikka yo`l qo`yadi.

A.I.Strajev quyidagi o`qitish metodlarini tavsiya etadi

Tarixiy faktlarni o`rganish metodlari

Asosiy tarixiy tushunchalarni shakllantirish metodlari

Sabab-natija aloqalarni o`rganish metodlari

Xronologiyani o`rganish metodlari

Tarixiy jarayonning qonuniyatlarini ochib berish meto

Mahalliy tarixiy voqealarni o`rganish metod

I.YA.Lerner fikricha o`qitish metodi

Bayon metodi

Reproduktiv metod

Qisman izlanish yoki evristik metod

Ilmiy-tadqiqot metodi

Maktab tarix kursi ta`lim tarbiyaviy jihatdan juda muhim bo`lgan keng va obrazli qilib yoritilgan. Faktorlardan tashqari, ular o`rtasidagi bog`lanishlarni aniqlashga yordam beradigan ma`lumotlar ham beriladi. Ular juda qisqa ba`zan spravka shaklida bo`lsada, tarixiy jarayonni bir butun yaxlit tasavvur etish, tushunchalar tizimini va ijtimoiy rivojlanishning qonuniyatlarini to`lik o`zlashtirishga yordam beradi. Shunday qilib o`quvchilar xotirasida saqlanib qolinishi kerak bo`lgan tarixiy materiallar tarixiy bo`limning ikkinchi muhim tarkibiy qismini tashkil etadi.

Tarix o`qitishning tajribasida tarixiy materiallarni puxta va mustahkam o`zlashtirishga yordam beradigan ko`pgina samarali usullar bor. Materialni bayon qilib borishda o`qituvchi va o`quvchilarning o`quv materiali yuzasidan og`zaki va yozma reja, voqealar qalendari va xronologik jadvallar tuzishlari, raqamlarni yozish, grafik yozuvlarini olib borishlari diagrammalar chizish, kontur xarita va daftarda yozuv-chizuv ishlarini olib borishlari shular jumlasidandir.

SHuni aytish kerakki, obrazli tarixiy tasavvurlarni shakllantirish, tarixiy faktlar xronologiya va boshqalarni xotirada mustahkam saqlab qolish tarixni o`rganishning birinchi bosqichini tashkil etadi. Uning eng muhim ikkinchi bosqichi tarixiy tushunchalarni shakllantirishdir. Tarixiy tushunchalarni o`zlashtirish juda katta ta`lim va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Tushunchalar o`quvchilarda keng dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi, ularni tafakkur faoliyatini, bilish malakalari va qobiliyatlarini o`stiradi. Tafakkur qilishning psixik jarayoniga suyanadigan bu usullar har qaysi tarix o`qitish metodiga metodik usullarning uchinchi guruxi bo`lib kirishi mumkin. Ular birinchi navbatda o`qituvchining tushuntirib berishi, muammoli bayoni, o`qituvchi rahbarligida o`quvchilarning tarixiy hujjatlarni tahlil qilishi mantiqiy vazifalarni yechishi va evristik suhbatdan iboratdir.

Ta`lim-tarbiya jarayonida bu usullar va bilimlarning barchasi tarkibiy qismlari bir-biri bilan o`zaro bog`liq holda ishtirok etadi.

Amaliy savol va topshiriqlar

  • Tarixdan dars berish metodikasi fani nimani o’rganadi?
  • Tarix fani o’rta maktablarda qanday tartibda o’qitiladi?
  • Tarix fanidan dars berishning muammolari nimada?
  • Tarixdan dars berish jarayoni qanday usullarga asoslanadi?
  • Tarix fanini o’qitish qanday tashkil etiladi?
  • Tarixdan dars berish metodikasi boshqa qanday fanlar bilan qanday aloqada?
  • Tarixdan dars berish jarayonini yaxshilash uchun nimalarga e’tibor berish zarur?
  • Yangi pedagogik texnalogiyalar haqida nimalarni bilasiz?


Download 497,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish