Kirish error: Reference source not found


O’zbekiston Respublikasida mahalliy byudjet daromad bazalarini takomillashtirish bo’yicha xorij tajribasi



Download 108,46 Kb.
bet7/8
Sana12.04.2022
Hajmi108,46 Kb.
#546973
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
malumotlar yangi

3.3 O’zbekiston Respublikasida mahalliy byudjet daromad bazalarini takomillashtirish bo’yicha xorij tajribasi

Rivojlangan davlatlarda mahalliy soliqlar mexanizmi va Respublikamiz iqtisodiyotidagi holati o’rtasidagi umumiy o’xshashliklar mavjud bo’lib, bu o’xshashliklar chet davlatlarda ham hududlarning moliyaviy resurslarning asosiy manbai bu soliqlar va soliqsiz to’lovlar, yuqori byudjetdan ajratiladigan ajratmalar (dotatsiya,subventsiya) tashkil etsada, biroq, har bir davlatda markazlashtirilgan va hududiy moliyaviy resurslarni shakllantirishning o’ziga xos farqli jihatlari ham mavjuddir.


AQSh va boshqa bir qator g’arb davlatlarning hududlar moliyaviy resurslarini turli guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga bu hududlarning o’ziga tegishli biriktirilgan va shu hududdan undiriladigan soliqlar sifatidagi moliyaviy resurslar bo’lib, ular to’g’ri va egri soliqlardan iborat bo’ladi. Ikkinchi guruhga shunday moliyaviy resurslar kiradiki, bu xuddi bizning Respublikamizda amalda bo’lgani kabi umudavlat soliqlardan mahalliy hududlarga muayyan foizda ajratmalardan iborat bo’ladi. Respublikamiz byudjet tizimida bo’lgani kabi yuqori byudjetlardan qo’yi byudjetlarga subsidiyalar ajratish boshqa bir qator davlatlarga xususan, AQSh moliya tizimiga ham xosdir. Chunonchi, Vashington mahalliy byudjeti 84 foizi biriktirilgan moliyaviy resurslar hisobiga shakllansa, qolgan 16 foizini federal byudjetdan ajratilgan subsidiyalar tashkil etadi. Shuningdek Nyu-York mahalliy byudjetida subsidiyaning ulushi 32 foizga tengdir. AQShda ham xuddi bizdagi singari hukumat subsidiya, subventsiya va dotatsiyalarni yuqori byudjetlardan qo’yi byudjetlarga ajratish orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ta’sir etib turadi.13 Amerika Qo’shma Shtatlari iqtisodiy siyosati erkin bozor munosabatlariga asoslanadi. Oddiy Amerikaliklar va Amerika kompaniyalarining nima sotib olish, nimaga pul solish, uni tejash yoki sarflashni o’zlari hal qilishi ularning iqtisodiy tizimi uchun juda katta ahamiyatga ega. Mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarida ularning siyosati chet el bozorlarini o’zlashtirishni rag’batlantirishdan iborat. Bu eng yirik eksportchi bo’lgan Qo’shma Shtatlar uchun ham, butun dunyo uchun ham juda katta foyda keltiradi. Sarmoya erkin ravishda bir joydan ikkinchi joyga o’tib turishi natijasida ish o’rinlari va boylik yaratiladi.
AQSh iqtisodiyoti 90-yillarning boshlarida jiddiy pasayish davrini boshidan kechirgan edi. 1993 yilning ikkinchi yarmidan boshlab kutilmaganda tez sur’atlar bilan iqtisodiy o’sish boshlandi. Bunga 1992 yil fevral oyida Prezident B. Klintonning Kongressga kiritgan iqtisodiy dasturini amalga oshirish yordam berdi. Dasturda rivojlanishning uchta asosiy yo’nalishi belgilangan edi;
 ish bilan bandlikning zudlik bilan o’sishini ta’minlashi kerak bo’lgan qisqa muddatli iqtisodiy rag’batlantirish choralarini ishga solish;
 infratuzilmaga, energetikaga, yangi texnologiyalarga, atrof-muhit muhofazasiga, sog’liqni saqlashga, ta’limga, ishchi kuchini tayyorlashga hamda mamlakat iqtisodiyoti uchun hayotiy muhim bo’lgan boshqa sohalarga uzoq muddatli aniq maqsadga qaratilgan investitsiyalar bo’yicha bir turkum takliflarni amalga oshirish;
 soliqlarni ko’paytirish va hukumat xarajatlarini, shu jumladan, harbiy ehtiyojlar, ijtimoiy dasturlar va davlat apparatini saqlab turish xarajatlarini kamaytirish hisobiga byudjet taqchilligini qisqartirish.
AQSh – federal davlatdir. Shu sababli, mamlakatda soliq tizimi uch bosqichli bo’lib, federal soliqlar, shtatlarning soliqlari va mahalliy soliqlarni o’z ichiga oladi.
Mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirish jarayonidagi AQShdagi eng muhim va boshqalardan xususan respublikamizdan farq qiluvchi jihatlaridan biri bu u yoki bu soliq turlarining xududlar bo’yicha tabaqalashtirilgan stavkalarining qo’llanilishi hamda ayrim soliqlarning ba’zi hududlarda amal qilishi boshqa hududlarda esa amal qilmasligi bilan farqlanadi. Masalan, hududlarning asosiy moliyaviy resurslaridan biri hisoblangan savdo-sotiq uchun solig’i ayrim hududlar uchun 6 foiz bo’lsa, boshqasida 1 foiz va shu kabi tartibda undiriladi. Bundan tashqari iqtisodiy (ishbilarmonlik) faollik solig’i Kaliforniya shtatida qo’llanilsa, boshqa bir hududlarda qo’llanilmasligi holati ham mavjuddir. Savdo-sotiq solig’i shuningdek, ayrim hududlarda xususan, Alyaska, Delaver, Nyu-Djersi shtatlarida amal qilmasada, boshqa hududlarda esa mahalliy hokimiyatlarning o’zlari belgilagan stavkalari asosida tebranib turishi mumkin14 . Qayd etish joizki, AQShda hududlarning moliyaviy resurslarining shakllanishida mulk solig’i katta salmoqni egallaydi. Masalan, Nyu-York shtati mahalliy byudjetida bu soliq hisobiga jami moliyaviy resurslarning 40 foizra yaqini shakllanadi, o’z navbatida, bu soliq turi ham barcha hududlar uchun bir xil tartibda belgilanmaydi. AQShda mulk solig’ining o’rtacha stavkasi 1,4 foizni tashkil etsada, bu Illinoys shtatida uning stavka miqdori 6,7 foizga tengdir. Bundan tashqari AQShda hududlarning moliyaviy resurslari ayrim turdagi mahsulotlarni sotish uchun litsenziyalar, uy hayvonlarini saqlash uchun ruxsatnomalar va shu kabilardan tushgan yig’imlardan ham shakllanadi. Ayni bu holatning ko’pchiligi respublikamiz iqtisodiyoti uchun xosdir.Federal byudjet tarkibida yuridik va jismoniy shaxslarda olinadigan daromad solig’i 54,3 foizni (yuridik shaxslarda 9,3 foiz, jismoniy shaxslardan 45 foiz), aktsizlar 6,3 foizni, sovg’alar va merosdan olinadigan soliq 1 foizni, ish beruvchilar bilan oqimlar tomonidan baravar to’lanadigan ijtimoiy ta’minotga ajratmalar 27,6 foizni, bepul tibbiy yordamga ajratmalar 7 foizni, ish beruvchilar tomonidan to’lanadigan ishsizlik nafaqalariga ajratmalar 2 foizni tashkil qiladi. Federal byudjetning xarajatlar qismi 20 ta asosiy byudjet toifalariga, shu jumladan, milliy mudofaa, xalqaro ishlar, qishloq xo’jaligi, transport, energetikani rivojlantirish, sog’liqni saqlash, ijtimoiy sug’urta xarajatlariga, davlat qarzi bo’yicha foizlar to’lashga va hokazolarga bo’linadi.
Shtatlarning byudjetlariga soliq tushumlarining umumiy xajmida jismoniy va yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig’i 39 foizni, mahsulot sotishdan olinadigan soliq 49 foizni, yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mulk solig’i 2 foizni, foydali qazilmalarni qazib chiqarganlik uchun tabiiy resurslarning mulkdorlari tomonidan to’lanadigan soliq 2 foizni, litsenziyalanadigan faoliyat bilan shug’ullanish huquqni berganlik uchun olinadigan litsenziya yig’imlari 6 foizni tashkil qiladi.
Munitsipal ma’murlar jismoniy shaxslarga daromad soliqlari, aksizlar, kompaniyalardan litsenziya yig’imlari, kasb uchun soliq, foydali qazilmalarni qazib chiqarganlik uchun soliq, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkiga soliq solishlari mumkin.Bu soliqlar ba’zi mahalliy byudjetlarda 75 foizga yetadi. AQShda esa mol-mulk solig’i mahalliy soliq sifatida asosiy o’rinni egallagani holda, 100 ga yaqin turli xil mahalliy soliq turlari ham mavjud. Har bir shtatda turfa soliq turlarini uchratish mumkin: masalan Koliforniyada faol ishbilarmonlik solig’i olinadi, bu soliq ob’ektlari yillik oborot (2,5 foizgacha) va korxona ish haqi fondi (1,6 foiz) hisoblanadi.
Ko’rishimiz mumkinki, dunyoning ko’pgina mamlakatlarida, jumladan Germaniyada soliqlar davlatning asosiy iqtisodiyotga ta’sir etuvchi muhim vosita hisoblanadi. Shuning uchun mamlakat iqtisodiyotida ko’p tarmoqli va turli tuman soliqlar tizimi amal qiladi. Umumiy holda 50 dan ortiq soliq turlari mavjud. Germaniyada turli darajadagi byudjetlarni to’ldiruvchi daromad manbasi sifatida soliqlar federal, zemel, hamkorlikdagi (federal va zemel), munitsipal va cherkov soliqlarga bo’linadi. Federal soliqlardan boshqa byudjetlarga ajratmalar qilinmaydi. Germaniya Respublikasida byudjet tizimining asosiy daromad manbai bo’lib jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, korporatsiyadan olinadigan soliq qo’shilgan qiymat solig’i, tadbirkorlik (xunarmandchilik) solig’i, mol-mulk solig’i, yer solig’i, yer uchastkalarini sotish jarayonidan undiriladigan soliq, sug’urta badallari, merosdan olinadigan soliq, transport solig’i, bojxona bojlari va davlat yig’imlari hamda ayrim turdagi mahsulotlar uchun aktsiz soliqlari va shu kabilar hisoblanadi. Bu davlatda ham hududlarning moliyaviy resurslarini shakllanishida yuqori byudjet bo’g’inlaridan ajratiladigan subsidiya, subventsiya va dotatsiyalar ham alohida o’rin egallaydi. Shuningdek, umumdavlat soliqlaridan xuddi O’zbekiston Respublikasidagi kabi qo’yi byudjetlarga muayyan foizlarda ajratmalar qilinadi. Masalan, korporatsiyadan olinadigan soliqning 50 foizi federal byudjetga, 50 foizi hududlarga. Davlat byudjeti daromadlarini shakllanishida eng katta salmoqqa ega bo’lgan ushbu soliqlardan tushadigan tushumlarning 42,5 foizi federal byudjetga, qolgan 57,55 foizi esa turli xil darajadagi va makomdagi mahalliy byudjetlar ixtiyoriga yo’naltiriladi.
Zemellar byudjetlarini shakllantirishda zemel soliqlari, federatsiya bilan hamkorlikdagi soliqlardan ulushlar, hamda faoliyat (promisl) soliqlaridan ulushlar hisoblanadi.
Buyuk Britaniyada esa mahalliy byudjetlar daromadlarining asosiy manbai bo’lib kuchmas mulklar, yer, uy-joy, magazinlar, zavod va fabrikalardan undiriladigan soliq hisoblanadi. Mol-mulk qiymati muntazam qayta baholab boriladi. Soliqqa tortish maqsadlarida mol-mulkni baholashni ichki daromadlar Boshqarmasi qoshidagi maxsus baholash komissiyasi amalga oshiradi, O’zgaruvchan inflyatsiya sharoit soliqqa tortish maqsadida mulkni muntazam qayta baholab borish O’zbekiston soliq tizimi uchun ham foydadan xoli bo’lmaydi. Shuningdek, mol-mulkni qayta baholashni soliqqa tortish maqsadlariga muvofiqlashtirish uchun qayta baholash organlarining soliq xizmati qoshida tuzish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ispaniyada har bir ma’muriy - hududiy birliklardagi jon boshiga to’g’ri keladigan daromadlardan kelib chiqqan holda, markaziy hokimiyatlar byudjetdagi soliq tushumlari sohasi bo’yicha hududiy organlar byudjetlarini korrektirovka qilishda ham ishtirok etadi. Jon boshiga o’rtacha daromadi yuqori bo’lgan hududiy organlar byudjetlaridagi soliq tushumlarining bir qismi markaziy hokimiyat organlari tomonidan olinib daromad darajasi past bo’lgan hududlarga yo’naltirilishi mumkin.
Hududiy byudjet daromadlari mahalliy soliqlar va yig’imlar, soliqdan tashqari to’lovlar, yuqori byudjetdan ajratmalar hisobidan shakllanadi. Ushbu daromadlar manbalari o’rtasidagi mutanosiblik hududiy boshqaruv organlariga yuklatilayotgan vazifalar, ular tomonidan mahalliy soliqlarni yig’ish imkoniyati, shuningdek markaziy hokimiyat organlari tomonidan hududlarga moliyaviy yordam ko’rsatish imkoniyatiga bog’liq bo’ladi. Xalqaro tajriba shuni ko’rsatadiki, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda hududiy byudjetlar ulushi davlatning umumiy resurslari hajmida yuqori ulushni tashkil etadi. Masalan, Portugaliyada bu ko’rsatgich YaIM ga nisbatan 3 foiz, Norvegiyada - 15 foiz, Shvetsiyada esa 31 foizni tashkil etadi.
Soliqlar – hududiy byudjetlar daromadining asosiy manbayi hisoblanadi. Byudjetlarga tushadigan barcha soliqlarni ikki guruhga bo’lish mumkin: mahalliy soliqlar va yuqori byudjetdan keladigan ajratmalar.
Har bir mamlakatning soliq qonunchiligiga asosan mahalliy soliqlar hududiy byudjetlarning muayyan turlariga biriktirilgan. Ushbu soliq stavkalari odatda mahalliy boshqaruv organlari tomonidan belgilanadi. Turli davlatlarda bunday soliqlarning soni 20 tadan 100 tagacha, ularning ulushi esa hududiy byudjetlar daromadlaridagi ulushi esa 30 foizdan 70 foizgacha bo’lgan ulushni tashkil etadi.
Mahalliy soliqlar ham to’g’ri va egri soliqlardan iborat bo’ladi. To’g’ri soliqlarga soliq to’lovchining daromadidan yoki mulkidan olinadigan soliqlar kiradi. Egri soliqlar esa tovar va xizmatlarni sotish (sotib olish) vaqtida olinadigan soliqlardan iborat.
G’arbiy Evropada mahalliy soliqlar tizimida to’g’ri soliqlar katta ulushini tashkil etadi: jami soliq tushumlarning70-75 foiz daromad, foyda va mulk hisobidan olinadigan soliqlar ulushiga to’g’ri keladi. Iste’moldan olinadigan soliqlar 3-4 foizni tashkil etadi, boshqa soliqlar 20 foizni tashkil etadi. Yaponiyada to’g’ri soliqlar ulushi 85 foizni, egri soliqlar esa 15 foizni tashkil etadi.
To’g’ri soliqlar ichida foyda va daromad hamda turli mulk soliqlari tarkibi ancha farq qiladi: Skandinaviya mamlakatlarida barcha soliq tushumlarining 80-90 foiz daromad va foyda solig’i hissasiga to’g’ri keladi; Belgiya, Germaniya, Avstriyada bu ko’rsatgich esa 50 foizdan oshmaydi. Boshqa mamlakatlarda esa hududiy organlar byudjetlaridagi soliq tushumlarning asosiy qismi turli shakldagi mulklardan olinadigan soliqlar hisobidan shakllantiriladi. Jumladan, Irlandiyada yagona mahalliy soliq hisoblanadi; Niderlandiyada jami soliq daromadlarining 2/3 qismini shu soliqlar tashkil etadi; Yaponiyada 48 foiz soliq daromadlarini turar binolari uchun soliqlar va 21 foizni ko’chmas mulk uchun soliqlar tashkil etadi.
Shuningdek, mahalliy soliqlarga yuqori byudjetlarga biriktirilgan soliq turlariga hududiy boshqaruv organlari tomonidan qo’llaniladigan ustamalar ham kiradi. Ustamalar miqdorini hududiy boshqaruv organlari belgilaydi. Ko’pincha bunday ustamalar daromad solig’iga, yer solig’iga, qo’shilgan qiymat solig’iga nisbatan qo’llaniladi.
Daromad, foyda va mulk solig’i bilan bir qatorda byudjet to’ldiruvchi boshqa soliq va to’lovlarni ham joriy etadilar. Bunday soliqlar stavkalari yuqori bo’lmasada munitsipialitetlar uchun bu daromad manbalari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ko’pincha ko’chmas mulk bilan bog’liq bitimlarni rasmiylashtirish uchun soliq; peshtaxta va ko’chadagi reklama uchun; itlar uchun; madaniy tadbirlar uchun (festivallar, sport musobaqalari va boshqalar); o’yin avtomatlari uchun; hisoblash texnikasini qayta sotishdan soliq kabi qo’shimcha mahalliy soliq turlari ham qo’llaniladi.
Fransiyada ko’pchilik shaharlarida kommunal jamoat transportiga soliq belgilangan. Odatda u aholi soni 30 mingdan yuqori bo’lgan shaharlarda qo’llaniladi. Bu soliqni yollanib ishlovchilar soni to’qqiztadan yuqori bo’lgan barcha korxonalar to’laydi. Mahalliy hokimiyat organlari aholi bilan kelishilgan holda boshqa vaqtinchalik va doimiy soliqlar - yo’llar quvvati uchun, yo’llar qurish uchun, ko’chalarni supurish uchun va boshqa soliqlar ham joriy etishlari mumkin.
Umumiy qilib aytadigan bo’lsak, Respublikamiz soliq tizimida mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirish mexanizmi bilan chet davlatlar xususan Amerika, G’arbiy Evropa davlatlari, Yaponiya va shu kabi iqtisodiy rivojlangan davlatlarda ushbu jarayonlarning holati va harakati o’rtasida umumiy o’xshashliklar mavjuddir. Bu o’xshashliklar federal va hududlarning byudjet daromad soliqlar va soliqsiz to’lovlardan shakllanishi, umumdavlat soliqlardan hududlarga muayyan foizlarda subventsiya, subsidiya va dotatsiyalar shaklida ajratmalar qilinishi byudjet tizimi o’rtasida o’zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish va shu kabilardan iboratdir.
Iqtisodiyotning barcha sohalaridagi jarayonlarning kuchayishi, dunyodagi iqtisodiy globallashuv darajasining ortib borishi bilan moliyaviy qarorlar qabul qilishda so’nggi ma’lumotlarni qabul qilish, yig’ish, qayta ishlash va ularni chuqur tahlil etishni muhim ahamiyatga egaligidan dalolat bermoqda. Shundan xulosa qilish mumkinki, mamlakatdagi mahalliy va umumdavlat moliyasining holatini real baxolash bilan bir vaqtda, xorijiy mamlakatlarda yuzaga chiqayotgan moliyaviy jarayonlarni o’rganib, ular bilan uyg’unlashgan holda dinamik tarzda amal qilishi, biz yuqorida ishlab chiqqan takliflarning hayotiylik darajasini oshiradi, deb hisoblaymiz.
Shuningdek, yuqoridagilardan kelib chiqib tuman (shahar) miqyosidagi subventsiyalardan voz kechish uchun subventsiyadan chiqarish dasturida ko’zda tutilgan bir qator tadbirlar bilan bir qatorda hududlarning investitsion jozibadorligini oshirish va rag’batlantirish orqali soliq to’lovchilarni ko’paytirish hamda soliq bazasini kengaytirish masalalariga yanada e’tibor qaratilishi lozim.

Download 108,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish