Metall va qotishmalarni xossalari.
Metall va qotishmalardan tayyorlangan detallarni ishlatilishiga qarab, turlicha talablar qo`yiladi.Misol(kesuvchi asbob, elektir simlari va boshqalar )
Metallarni xossalarini quyidagi 4 gruppaga bo`lish mumkin:
Fizik xossalar.
Ximiyaviy xossalar.
Mexanik xossalar.
Texnologik xossalar.
Fizik xossalariga: metallarni rangi, solishtirma og`irligi, elektr o`tkazuvchanligi, magnitli xususiyati, issiqlik o`tkazuvchanligi, issiqdan kengayishi, issiqlik sig`imi va boshqalar.
Ximiyaviy xossalariga: metallni oksidlanishi, eruvchanligi, karroziyaga chidamliligi va boshqalar.
Mexanik xossalariga: metallni mustahkamligi, qattiqligi, egiluvchanligi, silliqligi va boshqalar kiradi.
Texnologik xossalariga: quyiluvchanligi, kesiluvchanligi payvandlanishligi, bolg`alanuvchanlik, toblanuvchanlik, oquvchanligi va boshqalar.
Metallarni rangi shaffof bo`lmaydi, har bir metal o`ziga xos yaltiroqlikka va rangga ega. Mis-qizil, rux-kulrang, temir-kumushsimon va xakozo.
Solishtirma og`irligi-moddani hajmi birligiga to`g`ri keladigan metallarni miqdori quyidagicha aniqlanadi
Hamma metallarni solishtirma og`irligi D. I. Mendeleyev davriy sistemasida berilgan.
Erish temperaturasi. Metalni batamom suyuq holga utadigan temperaturasi erish temperaturasi deb ataladi. Har qaysi metalni erish temperaturasi jadvallarda berilgan.
Issiqlik o`tkazuvchanlik. Metallarni qizdirganda yoki sovutganda o`zidan issiqlikni qanchalik tezlik bilan o`tkazishga aytiladi.
Issiqlik o`tkazuvchanligini taqqoslash uchun shartli belgilardan foydalaniladi. Metallarni issiqlik o`tkazuvchanligi koeffitsiyent bilan belgilanadi. Misol mis 0.9, alyuminiy 0.5, temir 0.15, simob 0.02 va xakozo.
Issiqlikdan kengayish. Ma'lumki issiqlikdan metallarni hajmi va o`lchamlari o`zgaradi.
Metall va qotishmalarning elektr o`tkazuvchanligi.
Metall va qotishmalarning elektr tokini o`tkazish darajasi ularning elektr o`tkazuvchanligi deb ataladi.
Elektr tokiga qarshilik ko`rsatish xossasi eng past bo`lgan metallarning elektr o`tkazuvchanligi eng yuqoridir.Demak metall va qotishmalarning elektr qarshiligiga qarab ularning elektr o`tkazuvchanligi haqida ma'lumot olish mumkin. Metall va qotishmalarning elektr qarshiligini xarakterlash uchun esa solishtirma elektr qarshiligidan foydalaniladi. Uzunligi 1 m va ko`ndalang kesim yuzi 1 mm2 bo`lgan simning qarshiligi uning solishtirma elektr qarshiligi deb ataladi va ( bilan belgilanadi. Solishtirma elektr qarshilik hisobida, SI da esa om m hisobida o`lchanadi va qo`yidagi formula bilan ifodalanadi:
Bu yerda r-metall va qotishmaning elektr qarshiligi; l-metall va qotishmalarning uzunligi;s-metall va qotishmalarning kundalang kesim yuzasi.
Metall va qotishmalarning elektr xossalarini xarakterlash uchun, ko`pincha solishtirma elektr qarshilikka teskari kattalikdan, ya'ni dan foydalaniladi.Bu kattalik solishtirma elektr o`tkazuvchanlik deb ataladi.
Texnikada ishlatiladigan metall va qotishmalarning elektr o`tkazuvchanligi va , demak elektr qarshiligi turlicha bo`ladi. Masalan, toza metallarning elektr o`tkazuvchanligi yuqori va elektr qarshiligi past, qotishmalarning esa elektr o`tkazuvchanligi past va elektr qarshiligi yuqori bo`ladi.Solishtirma elektr o`tkazuvchanligi yuqori metallardan elektr energiyasini olisdagi iste'molchilarga uzatish uchun simlar tayyorlanadi. Reostat, elektr lampalarning cho`g`lanma tolalari, elektr bilan qizdirish asboblarining elementlarini tayyorlash uchun solishtirma elektr qarshiligi eng katta bo`lgan qotishmalardan foydalaniladi.
Metallarni temperaturasi oshishi bilan elektr o`tkazuvchanligi kamayadi va aksincha. Metalni ayusolyut nol (-273) ga sovutilganda elektr qarshiligi nolga teng bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |