10 MAVZU
ELEKTR YURITMALAR BOSHKARISH TIZIMINING KURISHNI UMUMIY PRINSIPLARI. MAVZUNI O‘QITISH USLUBIYATINI URGATISH.
Ixtieriy dinamik momentli turg‘un xarakati
V) Ixtiyoriy dinamik momentdagi turg‘unmas harakat
Bu ko‘rinishdagi o‘tish jarayonlari, dvigatel va ishchi mexanizmining momentlari turlicha, shu jumladan tezlik, vaqt yoki joy o‘rnining nochiziqli funksiyasi bo‘lgan xolatlar uchun tegishlidir. Qidirilayotgan (t) va M(t) bog‘lanishlarni aniqlashdagi asosiy qiyinchilik harakat tenglamasini integrallash bilan bog‘liq bo‘lib, bunda u mumkin bo‘lgan variantlarni juda ko‘pligi sababli, yagona universal echim usuliga ega emasdir. Talab qilinayotgan aniqlik va dastlabki berilgan boshlang‘ich qiymatlarga ko‘ra, o‘tish jarayonining xarakteristikalari quyida keltirilgan usullardan biri orqali topiladi.
Dvigatel va ish mexanizmining nochiziqli mexanik xarakteristikalarini chiziqlashtirish. Bu usul mexanik xarakteristikani yoki uning bapzi qismlarini to‘g‘ri chiziqli bog‘lanishga ega bo‘lgan ko‘rinishga keltirishga asoslangan.
Bu xolatda, o‘tish jarayonlarining egri chiziqlarini qurish uchun yoki uning davomiyligini xisoblash uchun (2.20), (2.25) va (2.27) formulalardan foydalanish mumkin. Agar mexanik xarakteristika to‘g‘ri chiziqning bir necha bo‘laklari orqali approksimatsiya qilingan bo‘lsa, unda o‘tish jarayoni bu bo‘laklar bo‘yicha aloxida quriladi va o‘zgaruvchilarning oldingi bo‘lakdagi oxirgi qiymati keyingi bo‘lakdagi boshlang‘ich qiymat xisoblanadi.
Harakat tenglamasini aniq integrallash. Bu usulni, dvigatel va ishchi mexanizmining momentlari analitik (formula ko‘rinishida) xolda tezlik, vaqt yoki joy o‘rnini funksiyasi sifatida berilsa, ishlatish mumkin. (t) va M(t) bog‘lanishlarini aniqlash, bu funksiyalarni (2.14) tenglamaga qo‘yish va nazariy jixatdan aniq bo‘lgan uning echimini topish orqali amalga oshiriladi.
Harakat tenglamasini raqamli integrallash usullari. Ko‘p uchraydigan xollarda, yaHni dvigatel va ishchi mexanizmini xarakteristikasi grafik tarzda yoki jadval ko‘rinishida berilgan bo‘lsa, unda differensial tenglamalarni (harakat tenglamasi xam bu turga kiradi) integrallashni chiziqli usullaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu usullarning eng soddasi Eyler usuli bo‘lib, bunda (2.14) tenglamadagi differensial o‘zgaruvchilar ularning ortirmasi bilan almashtiriladi, natijada bu tenglama quyidagi ko‘rinishda yozilishi mumkin
t = J / (M - Mc) (2.30)
Bu tenglamadan foydalanish uchun, tezlik ko‘rsatilgan o‘q bir necha bo‘laklarga bo‘linadi, bunda AD va yuklama (ventilyator) momenti o‘zgarmas deb qabul qilinadi (2.11, a-rasm).
So‘ngra, xisoblashda qulaylik yaratish uchun, 2.1 jadval tuziladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |