Kirish. Elektr jixozlarini avtomobillarning samarali



Download 186,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana03.05.2023
Hajmi186,19 Kb.
#934320
  1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu



Ma’ruza № 1 
KIRISH. ELEKTR JIXOZLARINI AVTOMOBILLARNING SAMARALI 
ISHLATISHDAGI AHAMIYATI VA O’RNI 
Ma’ruza rejasi: 
1. Avtomobil va traktor elektr jixozlarining rivojlanish bosqichlari. 
2. Avtomobillarni samarali ishlatishda elektr jixozlarining tutgan o’rni. 
3. Elektr jixozlariga qo’yiladigan Davlat standarti talablari. 
Tayanch iboralar
: elektr jihozlar, harakat xavfsizligi, atrof muhit himoyasi, 
ishonchlilik, samarali ishlatish, elektr ta’minot tizimi, generator, akkumulyator, rele-
rostlagich, ishga tushirish tizimi, startyor, o’t oldirish tizimi, nazorat-yolchov asboblari, 
yoritish tizimi, elektron boshqarish tizimlari, nominal kuchlanish, bir o’tkazgichli tizim
 
1. Avtomobil va traktor elektr jixozlarining rivojlanish bosqichlari 
Avtomobilsozlikni rivojlanish istiqbollari avtomobillarda elektr va elektron 
jixozlarni keng ko’lamda ishlatilishi bilan bevosita bog’liqdir. Hozirgi zamon 
avtomobillarining elektr jixozlari ishchi jarayonlarni avtomatlashtirish, xarakat 
xavfsizligini va xaydovchilar ish sharoitini yaxshilash tadbirlarini ta’minlovchi murakkab 
tizim bo’lib, avtomobillarni samarali ishlatish darajasi ko’p jixatdan aynan elektr 
jixozlarning ishonchliligiga bog’lik bo’ladi. 
Elektr energiya dastlab, 1860 yilda ichki yonuv dvigatellarida yonilg’i ara-
lashmasini O’t oldirish uchun ishlatilgan. Yonilg’i aralashmasini yuqori kuchlanishli 
elektr uchquni yordamida. O’t oldirilishi, o’t oldirish daqiqasini aniq rostlash va bu o’z 
navbatida ichki yonuv dvigatellarining (IYOD) quvvatini va tejamliligini sezilarli 
darajada oshirish imkonini berdi. Shuning uchun yonilg’ini elektr uchqun vositasida o’t 
oldirish boshqa usullarni siqib chiqardi va hozirgi kunda karbyuratorli dvigatellar uchun 
yagona sistema hisoblanadi. 
Elektr energiya dvigatelni ishga tushirish, yoritish va turli hil asboblarni tok bilan 
ta’minlash uchun ishlatilishi avtomobillarda elektr ta’minot, ishga tushirish va yoritish 
tizimlarini vujudga keltirdi. 
Elektr ta’minot tizimi akkumulyator batareyasi, generator va rele-rostlagichlardan 
iborat. qariyib 50 yil davomida avtomobillarda asosan o’zgarmas tok generatorlari 
ishlatildi. Elektron sanoatning rivojlanishi va bu sohada erishilgan muvaffaqiyatlar 
avtomobillarda yarim o’tkazgichli to’g’rilagichlarga ega bo’lgan o’zgaruvchan tok 
generatorlarini ishlatish imkonini berdi. O’zgaruvchan tok generatorlari o’zgarmas tok 
generatorlariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo’lib, xususan ularning ishlatish 
jarayonidagi ishonchlilik va chidamlilik darajasi ancha yuqori, o’lchamlari nisbatan 
kichik bo’lgan holda katta quvvatga ega, tannarxi ancha past va hokazo. 
Avtomobil dvigatellarining ishga tushirish tizimi akkumulyatorlar batareyasi, 
starter, kommutatsiya jixozlari, dvigatelni ishga tushirishni yengillatuvchi mosla-
malardan tashkil topgan. Akkumulyatorlar batareyasi avtomobil elektr jixozlarining zarur 
qismlaridan biriga aylandi. Avtomobillarda dizel dvigatellari qo’llanilishi ishga tushirish 
tizimining qo’vvati ancha oshirilishini talab qildi. Bu, o’z navbatida, sig’imi 200-250 
A

soat bo’lgan, takomillashgan akkumulyator batareyalarni, quvvati 10-15 kVt gacha 
bo’lgan starterlarni ishlab chiqishga olib keldi. 
Hozirgi zamon avtomobil dvigatellarida siqish darajasi, aylanishlar chastotasi 
o’sishi bilan birga tejamkorligini oshirish, chiqindi gazlarni zaharliligini kamaytirish 
masalalariga bo’lgan talabning kuchayishi o’t oldirish sistemalaridagi yuqori kuchlanish 
qiymatini 1,5-2 baravar oshirish zaruratini tug’dirdi. Klassik yoki kontaktli o’t oldirish 
tizimining imkoniyati cheklanganligi sababli bu muammoni hal qilish uchun o’t 


oldirishning yangi sistemalari ishlab chiqildi, xususan kontakt-tranzistorli, kontaktsiz-
tranzistorli, mikroprotsessorli o’t oldirish sistemalari shular jumlasidandir. 
Avtomobillarning yoritish tizimi bir tomondan harakat havfsizligini ta’minlashda 
katta axamiyatga ega bo’lsa, ikkinchi tomondan haydovchi va yo’lovchilarga ma’lum 
qulaylik yaratish vazifasini ham bajaradi. Avtomobil transporti vositalarining soni ortib 
borishi va ularning harakati tobora tig’izlashishi yo’l-transport xodisalari keskin 
ko’payishiga olib keldi. Davlat avtomobil nazorati to’plagan ma’lumotlarga ko’ra bu 
noxush xodisalarning 60% dan ortiqrog’i ko’rinish yaxshi bo’lmagan sharoitlarda (ya’ni 
tun, tuman) sodir bo’ladi. Bu, avtomobillarda to’rt farali va yoritishni avtomatik 
rostlovchi sistemalar, gomofokal (ko’p fokusli), ellipssimon va tumanga qarshi faralar, 
galogen, ksenon va qizil linzali lampalar joriy qilinishiga olib keldi. Yaqin kelajakda 
avtomobillarning yoritish tizimida yarim o’tkazgichli yorug’lik chiqaruvchi elementlar, 
suyuq kristallar va boshqa turdagi yangi yorug’lik jihozlarning ishlatish 
mo’ljallanmoqda. 
Avtomobil va uning asosiy qismlari ishonchli ishlashini ta’minlashda nazorat-
o’lchov asboblari alohida ahamiyatga ega. Nazorat-o’lchov asboblari avtomobilning eng 
qimmatbaho va mas’uliyatli agregat va qismlari(dvigatel, generator, tormoz, yoritish-
darak berish sistemalari va hokazo) holatini va me’yorida ishlashini nazorat qilib turish 
imkoniyatini beradi. Hozirgi vaqtda, harakat havfsizligini ta’minlash va haydovchining 
diqqatini bo’lmaslik maqsadida nazorat-o’lchov asboblarning ko’rsatuvchi turlarini 
kamaytirib, ko’proq darak beruvchi turlarini o’rnatish maqsadga muvofiq deb 
hisoblanmoqda. 
Avtomobillarda elektr va elektron jihozlari rivojlanishining keyingi bosqichlari 
elektron texnikasining taraqqiyoti bilan bevosita bog’liq bo’lib, u asosan 
avtomobillarning harakat havfsizligini yanada to’laroq ta’minlashga, dvigateldagi ishchi 
jarayonlarni samaradorligini, tormoz tizimi ishonchliligini oshirishga yo’naltirilmoqda. 
Masalan, haydovchi holatini uzluksiz ko’zatib, zarurat bo’yicha avtomatik ravishda 
harakat havfsizligini ta’minlovchi choralarni amalga oshiruvchi diagnostika asbobini 
yaratish borasida izchil ish olib borilmoqda. 
Elektronika va mikroprotsessor texnikasining qo’llanishi dvigatel va transmissiya 
ishini avtomatik boshqarish sistemalarini ishlab chiqish imkonini berdi. Xususan, hozirgi 
zamon avtomobillarida o’rnatilgan elektron antiblokirovkali tormoz sistemalari, 
dvigatelga yonilg’i miqdori aniq me’yorda uzatilishini ta’minlovchi elektron tizimi shular 
jumlasidandir. 
Shunday qilib, hozirgi zamon avtomobillarining elektr jihozlari, malakali xizmat 
ko’rsatilishini talab qiluvchi, doimo rivojlanuvchi murakkab sistemaga aylandi. 
Avtomobillar me’yorida va daromadli (rentabelli) ishlatilishi ko’p jihatdan elektr jihozlar 
shayligiga bog’lik. Hozirgi zamon avtomobillaridagi elektr jihozlarining narxi ancha 
baland bo’lib, avtomobil to’la qiymatini 25-30% ni tashkil qiladi. Elektr jihozlarni 
ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatishga ketadigan mablag’ xam taxminan shu 
ko’rsatkich doirasida bo’ladi. Demak, avtomobillar to’g’ri va daromadli ishlatilishini 
ta’minlash uchun ularning elektr va elektron jihozlari tuzilishini, ishlash prinsipini, 
tavsifnomalarini, ishlatilishining o’ziga xos tomonlarini har tomonlama va chuqur 
o’rganish juda muximdir. 

Download 186,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish