Bog'liq Kirish. Ekologiya kursi, maqsadi, vazifasi, tuzilmasi va tarixi.
O’rmon ekotizimi boylab sayohatni tasavur qilib ko’raylik. U daraxtlar, butalar, mayda o’simliklardan iborat. Bu yerda biz olmaxon, qushlar va hasharotlarni korishimiz va ularning ovozini eshitishimiz mumkin. Yana maymunni uchratishingiz va qo’ziqorinlarni topsangiz bo’ladi. Bu yerda yuzlab turlar yashaydi. Hozir esa bug’doy dalasini tasavvur qiling. Siz bu yerda bir nechtagina turni uchratishingiz mumkin: bug’doy o’simligi, hashoratlar va begona o’tlar. O’rmon bug’doy dalasidan ko’ra ko’proq turdagi o’simliklardan iborat. O’rmon yuqori darajadagi biologik xilma-xillikdan iborat. Bioxilma-xillik ekotizimda hayotning turli tumanligini anglatadi.