Bog'liq Kirish. Ekologiya kursi, maqsadi, vazifasi, tuzilmasi va tarixi.
1.4 Hozirgi zamon ekologiya fani tuzilmasi. Ekologik hamqorlik Hozirgi zamon ekologiyasi odam va biosfera o`rtasidagi o`zaro munosabat masalalarini jadal o`rganmoqda.
Hozirgi zamon ekologiyasining yana muhim vazifalaridan biri bu biologik resurslardan oqilona foydalanish, odam faoliyati ta`sirida tabiat o`zgarishlarini oldindan ko`ra bilish, tabiatda kechayotgan jarayonlarni boshqarish yo`llarini o`rganish, zararkunandalarga qarshi kurashning zararsiz va samarador usullarini yaratish, sanoat korxonalarida chiqindisiz texnologiyani ishlab chiqish va joriy etish.
Ekologiya umumiy vaxususiy yoki tarmoqli bo`ladi. Umumiy ekologiya yoki sinekologiya har xil sistemalar (populyatsiyalar, jamoalar va ekosistemalar) ning tuzilishini, xossalarini hamda ularning funktsional printsiplarini, xususiy ekologiya yoki autekologiya esa ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o`zaro munosabatini, turlarning muhitga ko`proq va uzviy moslashganligini o`rganadi. Xususiy ekologiya – o`simlik va hayvonlar ekologiyasidan iborat.
Bugungi kunda ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib, mazmuni kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta`siri natijasida ekologiya tushunchasi o`ta kengayib ketdi. Inson ekologiyasi degan tushuncha paydo bo`ldi.
Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921 yil Amerikalik olimlar Borjes va Park tomonidan kiritildi. Inson ekologiyasi insonning atrof-muhitga va aksincha, atrof-muhitning insonga ko`rsatayotgan ta`sirini o`rgatadi. Insonning tabiatga ko`rsatayotgan ta`sir doirasi beqiyosdir, chunki hozirgi kunda insonning tabiatga nisbatan o`tkazayotgan salbiy ta`sirlari natijasida unumdor erlar eroziyaga uchrab unumsiz erlarga aylanmoqda, dasht ekosistemasi degan tabiiy ekosistemalar deyarli yo`qolib bormoqda, inson qo`li tegmagan o`rmonlar ham juda kam qolgan. er yuzi quruqligidagi o`rmonlar maydoni 75 % dan 25 % gacha kamaygan.
Agar yashil o`simliklar maydoni kengaytirilmasa, gidroenergiya va atom energiyasidan keng foydalanishga o`tilmasa, yana 100 yildan so`ng atmosferada kislorod kamayib, karbonat angidrit miqdori ko`payib kishi organizmining yashashai uchun xavf tug`diradi.
Qurg`oqchil mintaqalarda kishilarning xo`jalikdan noto`g`ri foydalanishi natijasida qayta cho`llanish xodisasi yil sayin kuchayib bormoqda. Hozir er qurrasi bo`yicha cho`llashgan maydonlar 30 mln km2 ga etgan bo`lib, bu sayyoramiz quruqlik maydonining 20 % ni egallaydi.
Fan va texnika taraqqiy etgan sari insonning tabiatga ta`sir etish yo`llari va shakllari ko`payib, ular tabiatda bo`ladigan miqdor o`zgarishgagina emas, balki sifat o`zgarishlarga ham olib keladi.
Ekologiya tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bog`lanishini ifoda etar ekan, u shubhasiz tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi.
Hozirgi kunda ekologiyaning asosiy vazifalari quyidagilardir.
1.Hayotning tashkil topish qonuniyatlarini inson ta'sirini hisobga olgan holda o`rganish;
Biosferadagi jarayonlarni o`rganish, boshqarish, bashorat qilish, insonning yashash muhitini saqlash;
Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini yaratish va boshqalardir.