Ekologik hamkorlik. Tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro hamkorlik O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosat strategiyasi bilan belgilanadi va uning muhim tamoyillari quyidagilar hisoblanadi:
teng huquqlik va o’zaro foyda, o’zga davlatlar ichki ishlariga aralashmaslik;
hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, tinchlik va xavfsizlikni saqlash;
tashqi aloqalarni ikki tomonlama va ko’p tomonlama rivojlantirishga kelishish.
Milliy siyosatning shakllanishi va xalqaro hamkorlikning asosiy yo’nalishlari mamlakat ekologik salohiyatini saqlashga asoslanadi.
Ekologik muammolarning ko’lami va murakkabligi, tabiiy resurslarning qo’llanilishi va ulardan to’liq foydalanishni yo’lga qo’yish bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim masaladir. SHu sababli bu sohalarni moliyalashtirish resurslardan hamkorona foydalanish va mavjud ekologik muammolarni hamkorlikda echishni taqozo etadi. SHunga bog’liq tarzda O’zbekiston xalqaro ekologik makonda xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro hamkorlik asosida integratsiya jaryoniga qo’shilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
O’zbekiston Respublikasi 1992 yil BMT ga a’zo bo’ldi. 1993-2004 yillar mobaynida quyidagi xalqaro tashkilotlar bilan ishga aloqador bog’lanishlar o’rnatildi: BMT, TASIS, BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’yicha departamenti, KUROON, YUNIDO, YUNeSKO, VOZ, VMO, er Kengashi, Konventsiya Kotibiyati, Butun Jahon banki, GEF. 2001 yilda O’zbekiston Respublikasi KUROONga a’zolikka saylandi.
Bulardan tashqari O’zbekiston evropa hamkorligi doirasida «evropada xavfsizlik va hamkorlik bo’yicha tashkilot, iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OESR), NATO kabi xalqaro tuzilmalar bilan faol aloqa bog’lagan. O’zbekiston evropa uchun Iqtisodiy komissiya bilan hamkorlik o’rnatib, uning «evropa uchun atrof-muhit» jarayonida ishtirok etmoqda.
Atrof-muhit muhofazasi sohasida Osiyo mintaqasidagi xalqaro tashkilotlar, xususan BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi, EKO va boshqa qator mamlakatlar bilan uzviy aloqa bog’lagan. SHuningdek, soha bo’yicha AQSH, Hamdo’stlik mamlakatlari bilan ham aloqa mavjud.
YUNeP tashabbusi bilan Markaziy Osiyoda Hududiy ekologik markaz tashkil etilib, har bir respublikada uning milliy ofislari faoliyat ko’rsatmoqda.
John Harper tabiatdagi o’zgarishlarni izohlar ekan, “tabiat barcha narsani hazm qilishi mumkin, biroq uning sog’lom muhiti yo’qolishi muqarrar” deydi. Ekologiyaningtarixihaqidaquyidagiolimlartadqiqot olib borganlar. Jumladan, Jonathan Anderson, Mike Bonsall, Angela Douglas, Chris Elphick, Valerie Eviner, Andy Foggo, Jerry Franklin, Kevin Gaston, Charles Godfray, Sue Hartley, Marcel Holyoak, Jim Hone, Peter Hudson, Johannes Knops, Xavier Lambin, Svata Louda, Peter Morin, Steve Ormerod, Richard Sibly, Andrew Watkinson, Jacob Weiner, and David Wharton. Shuningdek, Jane Andrew, Elizabeth Frank, Rosie Hayden, Delia Sandford and Nancy Whilton kabilartabiatnimuhofazaqilishningilmiynazariy asoslari haqidafikryuritishagan.Ekologiya biologiya fanlari qatoridagi mustaqil fan hisoblanadi. Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo’lib 1869 - yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan.
Ekologiya – yunoncha so’z bo’lib, uning ma’nosi tirik organizmlarning yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o’zaro munosabatini bildiradi. “Ekologiya” – yunoncha so‘z bo‘lib, “oykos” – uy, vatan, makon va “logos” – ta’limot, - degan ma’nolarni bildiradi.
Ekologiya bu - organizmlar va ularning atrof- muhit bilan o’zaro sodir bo’layotgan hamkorligini o’rganadigan soha hisoblanadi.Ekologlar esa mana shu hamkorlikni o’rganadigan olimlardir.1
Do'stlaringiz bilan baham: |