Kirish. Ekologiya kursi, maqsadi, vazifasi, tuzilmasi va tarixi. Reja


Sho`rlanish, cho`llashish sabablari, oldini olish chora tadbirlari. Pestitsidlar muammosi



Download 314,57 Kb.
bet69/93
Sana12.01.2022
Hajmi314,57 Kb.
#353758
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   93
Bog'liq
Kirish. Ekologiya kursi, maqsadi, vazifasi, tuzilmasi va tarixi.

10.4 Sho`rlanish, cho`llashish sabablari, oldini olish chora tadbirlari. Pestitsidlar muammosi.

O’simlikni normal o’sishi va rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi, tuproqning yuza qatlamida natriy, kaltsiy, magniy, tuzlarining to’planishi sho’rlanish deyiladi.



Sho’rlanish Misr, Iroq, Hindiston, Tojikiston, Markaziy Osiyova boshqa qurg’oqchil rayonlarida keng tarqalgan.

Har yili Yer shari bo’yicha tuproqni sho’rlanishi natijasida 200-300000 ga sug’oriladigan erlar ishdan chiqadi. O’zbekiston bo’yicha tuproqning sho’rlanish darajasi nisbatan barqaror.

Cho`llashish qit`a miqyosidagi ekologik muammo bo`lib, 100 dan ortiq mamlakatlarga bevosita dahldordir.

Cho`llashishning bosh sababi inson, uning mehnati natijasida er mahsuldorligi o`zgaradi. Cho`llashishning ikkinchi sababi qurg`oqchil, yarim qurg`oqchil yoki namgarchilik kam bo`lgan rayonlarda kuzatiladigan uzoq va qisqa muddatli iqlim tebranishlaridir. Quruqlikning deyarli uchdan bir qismini qurg`oqchilikka uchragan erlar tashkil etadi va bu er­larda yer yuzi aholisining oltidan bir qismi hayot kechiradi.

Cho`llashish issiqxona samarasining kuchayishi natijasida iqlimning o`zgarishi, biologik turlar xilma-xilligining kamayishi va xalqaro suvlarning ifloslanishi kabi boshqa ekologik muammolar bi­lan bog`langan. Agar haroratning global ortishi bug`lanishning o`sishi yoki yog`inlarning kamayishiga olib kelsa, o`z navbatida iqlimning glo­bal o`zgarishi cho`llashishni tezlashtirishi mumkin.

Cho`llashishning asosiy sababi inson va inson faoliyatidir. Qurg`oqchil erlardan intensiv foydalanish, o`simliklar dunyosidan ayov­siz foydalanish, tuproq va shamol eroziyalarining oldini olmaslik asta-sekin cho`llashishga olib keladi. Iqlimning tabiiy o`zgaruvchanligi cho`llashish jarayonini tezlashtiradi. Qurg`oqchilikning tez - tez bo`lib tu­rishi tuproqning emirilishiga va qurg`oqchil iqlimli rayonlarning cho`llashishiga kuchli ta`sir ko`rsatadi.

Tuproq emirilishi sharoitida, so`nggi o`n yilliklar ichida yog`inlar miqdori 20-40 % kamaygan Shimoliy Afrikaning Saxel mintaqasida cho`llashish ayniqsa, yaqqol namoyon bo`ldi. Yog`inlarning kamayishi o`sim­liklardagi o`zgarishga sabab bo`ladi. Ko`p yillik o`tlar bir yillik o`sim­liklar bilan almashinadi, butalar o`z o`rnini o`t o`simliklarga be­radi va hokazo.

Cho`llashish iqlim o`zgarishlariga ham regional, ham global miqyosda ta`sir ko`rsatadi.

O`simlik qoplamining siyraklanishi va tuproq sifatining yomonla­shuvi mahalliy iqlimga ta`sir ko`rsatishi mumkin, chunki uning natija­sida harorat oshadi va tuproqning namlik darajasi pasayadi.

Ushbu oqibatlarning ta`siri cho`llashishga uchragan rayon chegarasi­dan tashqariga chiqadi, u regional iqlim va atmosfera tsirkulyatsiyasini o`zgartiradi. Bu o`z navbatida qurg`oqchil iqlimli rayonlarning degrada­tsiyasini tezlashtirib yuborishi mumkin. Cho`llashish iqlimning global o`zgarishiga ham ta`sir qilishi mumkin. Masalan, o`simlik qoplamining siyraklanishi, tuproq sifatining pasayishi uglerodning ko`proq hosil bo`lishiga olib keladi, natijada o`simliklar ko`paygan uglerodlarni qayta qabul qilib uning biomassa tarkibida ko`payishiga olib keladi. Iqlimning global o`zgarishi cho`llashishga ta`sir ko`rsatishi mumkin ha­rorat, bug`lanish va yog`inlarning o`zgarishi rayon­lar bo`yicha turlicha ke­chadi. Natijada cho`llashish ba`zi rayonlarda ku­chayishi, boshqalarida su­sayishi mumkin.

Tuproq mineral va qoyatosh bo’laklarining aralashmasi hisoblanib, qolgan qismi esa notirik organizmlar, suv va havodan tashkil topgan. Tuproq shakllanishga ega, qisman qoyatoshlar mayda bo’laklarga bo’linib, ular vaqti bilan tuproq hosil bo’lishida qatnashadi.

Demak, tuproq ham abiotik omillar sirasiga kirib, jonsiz qoyatoshlar va mineral bo’laklardan tashkil topishi ma’lum qonuniyatga asoslangan. Tuproq o’z tarkibiga bakteriya, zamburug’, hashoratlar va chuvalchanglarni ham oladi. Tuproqning hosidor qismi uning tarkibidagi gumus bilan bog’liq. Tuproq qum, loy va gumusning turli komponentlarini bir biri yuilan bog’laydi.

Rachel Carson (1907–1964) mashhur atrof muhit yozuvchilaridan sanalib, AQSH dagi Baliq va yovvoyi tabiat nashriyotidagi 15 yillik faoliyatidan so’ng o’zining ijodini yozuvchilikka bag’ishladi. U tomonidan “Silent Spring” nomli kitob nashrdan chiqadi. Unda pestitsidlarning zarari va ular olib keladigan kasalliklar zikr etilgan.


Download 314,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish