Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. Nazariy tahlil, umumlashtirish, pedagogik kuzatish, suhbat, anketa, pedagogik tajriba, matematik statistika.
Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Umumta’lim maktabida shug‘ullanuvchi sportchilar bilan olib borilgan nazariy va amaliy o‘tkazilgan suhbatlar mashqlar va treninglar ijobiy natija berilganligi aniqlandi. Olib borilgan ilmiy ishlar natijasidan shu narsa ayon bo‘ldiki, Bolalar va o‘smirlar sport maktablarida shug‘ullanuvchi yosh voleybolchilar bilan mashgu’lotlarni tashkillashda, o‘quv trenirovka jarayonlarida, o‘rta maxsus va oliy oq’uv yurtlaridagi talabalarga ma’ruzalar o‘qishda, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat yo‘nalishiga oid o‘quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratishda, jismoniy tarbiya dasturini takomillashtirishda foydalanish mumkin.
Umumiy maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalari trenirovka jarayoniga xos xolda ishlab chiqildi.
Volleybol trenirovkasi jarayonida qo’llash uchun vositalar xaqida tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi bevosita olingan natijalarni taxlil qilish asosida uning amaliyotga tadbiq etilishida o‘z ifodasini topdi. Morfofunksional ko`rsatkichlarini inobatga olgan xolda, umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik vositalari sport turiga mos xolda aniqlanadi.
Pedagogik jarayonda yosh volleybolchilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda morfofunksional ko`rsatkichlariga alohida etibor beriladi.
Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi. Dissertatsiya «Kirish», 3 ta bob, «Xulosa va amaliy tavsiyalar», «Adabiyotlar ro‘yxati» kabi bo‘limlardan iborat bo‘lib, uning hajmi 77 betni tashkil qiladi. Ishda 16 ta rasm, 11 ta jadval va 3 ta diagrammadan foydalanilgan.
I-BOB. YOSH VOLEYBOLCHILARNI RIVOJLANISHIDA MORFOLOGIK USLUBLARNI AHAMIYATI
Yosh voleybolchilar organizmining morfologik va fiziologik xususiyatlari
Hozirgi zamon "Jismoniy tarbiya va sportning morfo-funksional asoslari"
ikki yo’nalish bo’yicha rivojlanmoqda. Birinchi yo’nalishi esa sport tanlovini
samaradorligini oshirish uchun konstatatsiya yoki ta’kidlash va tashxis qilish
uslublarini va uning shakllarini ishlab chiqarishga bag’ishlangan. Bu yo’nalish
alohida sport morfologiya fani sifatida rivoj topgan.
Ikkinchi mustaqil ilmiy yo’nalish funksional xarakterga ega bo’lib, sport
va jismoniy faoliyat natijasida organizmda rivojlanadigan adaptatsion jarayonlarni
o’rgatadi. Bu yo’nalish jismoniy mashg’ulotlar fiziologiyasi nazariy va
amaliy dalillarga asoslangan.
Adaptatsiya muammosi shu kunga qadar hali to’liq ishlab chiqilmagan,
chunki sport tanlovi o’tkazishda turli belgilarni moslasha olish qobiliyati, ularni
o’zgaruvchanlik xususiyatiga e’tibor berilmagan. Ikkinchidan, tezlik bilan yoki
sustlik bilan kechuvchi adaptatsiya jarayonlarini qaysi sport turlariga tavsiya
etish lozim; uchinchidan, mashqlanish jarayonida qaysi jismoniy sifatlarni
oldindan rivojlantirish lozim: model standartlariga javob beradigan sifatni yana
kuchaytirishga qaratilgan tadbirlarni o’tkazish yoki zaif rivojlangan jismoniy
sifatni rivojlantirish ustida ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |