Kirish Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbliligi


Voleybolchilarning jismoniy qobiliyatlarini oshirish



Download 370 Kb.
bet11/19
Sana13.06.2022
Hajmi370 Kb.
#665569
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Рахимова С.МД (2)

1.5.Voleybolchilarning jismoniy qobiliyatlarini oshirish
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni va bir qator qarolrlari yoshlarimizning jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan mehri, havasi, dunyoqarashi yana bir karra o‘sdi.
Sportning voleybol turi Respublikamizdagi maktablarda, akademik litsey, kasb-xunar kollejlarida, Oliy o‘quv yurtlarida va bir qator tashkilot va muassasalarida talaba yoshlar va shug‘ullanuvchilar dars va darsdan tashqari shakllarda olib boriladigan o‘quv – mashq mashg‘ulotlarini samarali olib borish maqsadga muvofiqdir.
Voleybolchilarning sport mashg‘ulotlarini yaxshi o‘tkazish ko‘p jihatdan ular tayyorgarligini o‘sishini to‘g‘ri nazorat qilib borish bilan bog‘liqdir [20].
Keyingi yillarda sportchilarning qanday tayyorgarlik ko‘rayotganlarini kuzatish metodikasiga katta ahamiyat berilmoqda. Murabbiy nazorat tizimiga mashg‘ulotlarning eng kerakli tomonlarini kiritadi, ba’zi vaqtlarda u buning uchun maxsus mashqlardan foydalanadi.
Voleybol jamoalarining o‘quv – mashq mashg‘ulotlari tayyorlov va asosiy qismlarida 120 soat yillik mashg‘ulot jarayoni davrida quyidagi maxsus mashqlar olib borildi:

  1. 2 marta 2 x 9 metrga yo‘nalishni o‘zgartirib yugurish.

  2. 2 marta 4 x 9 yo‘nalishni o‘zgartirib yugurish.

  3. 5 marta 6 m mokkisimon, yo‘nalishni o‘zgartirib yugurish.

  4. 9 x 3 x 6 x 3 x 9, 30 metrga yo‘nalishni o‘zgartirib yugurish.

  5. 92 metrga “archasimon” yo‘nalishni o‘zgartirib yugurish.

Ushbu maxsus mashqlarni sifatli, tez va aniq bajargan shug‘ullanuvchi to‘garaklarga doimiy ishtirok etishini tavsiya etdik [20].
Pedagogik nazorat, tezkorlik sifatlari kuch, umumiy va maxsus, jismoniy chiniqish, epchillik, texnik usullarini egallash. Bir necha umumiy va maxsus mashqlar hamda o‘yinlar davomida pedagogik kuzatishlar olib borish, saralab olishning asosiy usullaridan biri hisoblanadi. Shunday qilib yuqori darajadagi voleybolchilarni tayyorlash tizimida uzluksiz bo‘lishi lozim. Tanlashni to‘g‘ri tashkil etish va yosh voleybolchilarni o‘qitish, o‘quv mashq-mashg‘ulotlari jarayonini takomillashtirishga hamda yuqori malakali voleybolchilarni musobaqalarda ishtirok etishlariga xizmat qildi.
Voleybolchilar birgina ushbu sport turi bilan cheklanib qolmasdan balki ular yengil atletika, basketbol, qo‘l to‘pi va shunga o‘xshash sport turlari bilan shug‘ullanishlari shart. Chunki ushbu turlar ham chidamlilikka, tezkorlikka, egiluvchanlikni rivojlantirishga, muskul kuchini rivojlantirishga, bo‘g‘imlarda harakatchanlikni oshirishda, harakatni boshqara olish qobiliyatini yaxshilashga katta yordam beradi.
Jismoniy sifat (fazilat)lar (chaqqonlik, chidamlilik, tezkorlik, kuch, egiluvchanlik, muvozanat va koordinatsiya (harakatlarni muvofiqlashtirish) kabi turlarga bo‘linadi.
Jismoniy barkamol, aqlan pok, estetik didli, e’tiqodli, sadoqatli, texnika ilmining zamonaviy asoslarini puxta egallagan, har taraflama ma’naviy yetuk, jismonan garmonik rivojlangan insonni tarbiyalash xozirgi kundagi davrimizning asosiy vazifalardan biri deb hisoblab kelindi. Hozir ham bu dastur o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Tezkorlik sifati va uni rivojlantirish metodikasi.
Tezkorlik deganda, individ harakatlarining tezlik xarakteristikasi, asosan harakat reaksiyasining vaqtini belgilovchi funksional xususiyatlarning majmuasi (kompleksi) tushuniladi..
Tezlikni namoyon bo‘lishining 3 ta asosiy shakli bor:

  1. Yakka harakat tezligi (kichik tashqi qarshilikni yengish bilan);

  2. Harakatlar chastotasi;

  3. Harakatlar reaksiyasi (tezligi yashirin, latent davri)

Shug‘ullanuvchining yoshi va individual (yaxlit) xususiyatlari tezlikni rivojlantirish imkoniyatlarini chegaralaydi. Qizlarda qulay yosh 11-12, o‘g‘il bolalarda 12-13 yosh hisoblanadi. Mashqlarni standart ravishda takrorlash yoshlikdanoq “tezlikning to‘sig‘ini” vujudga keltiradi. Kichik maktab yoshidagi harakatli va milliy xalq o‘yinlari, o‘rta va katta maktab yoshida sport o‘yinlari, tezkorlik bilan bajariladigan standart yugurishlardan foydalanish foydalidir.
Kuch va uni rivojlantirish uslubiyati.
Har qaysi individ tashqi ta’sir yoki qarshilikni yengish uchun o‘z jismidagi ma’lum sifatni namoyon qiladi. Tashqi ta’sirga qarshi muskul zo‘riqishi orqali harakat faoliyatini shaxsning kuchi, uning kuch qobiliyati deb atash qabul qilingan.
Shug‘ullanuvchi mashg‘ulot paytida o‘z teng turgan holda sport jixoziga (snaryadiga, uloqtirish), o‘z tanasini harakatlantirish maqsadida (gimnastika mashqlari va boshqalar) aylantirish, siljitish, ko‘tarishga intilsa, ayrim hollarda uning teskarisi, tananing o‘zi, yoki uni bilagiga tashqi kuch ta’sir etishi bilan uning statik holatini buzib o‘z gavdasini oldingi (dastlabki) holatini ushlab turishga urinadi. Bokschining raqibi mushtining zarbi, kurashchining raqibi tomonidan kuch ishlatib uni tanasini ayrim bo‘laklarini egishga dosh berishi tana holatini o‘zgartirmaslik orqali ro‘y beradi. Bunda shug‘ullanuvchi va raqibi ma’lum darajada qarshilikni, og‘irlikni yengish va ko‘tarishda ma’lum darajada kuch sifatini namoyon qiladi.
Ilmiy tushuncha tarzida kuch imkoniyati boricha o‘zining aniq ta’rifiga ega bo‘lishi va farqlanishi lozim:

    1. Harakatning mexanik xarakteristikasi sifatidagi kuch (“tana “M” massasidagi “F” kuchning ta’siri...”);

    2. Inson jismidagi jismoniy sifat tarzidagi kuch (M: yoshning ulg‘ayishi bilan kuchning rivojlanishi; sportchi kuchini sport bilan shug‘ullanmaydiganlarga nisbatan ko‘p bo‘lishi va h.k.)

Umuman, muskul tarangligi, zo‘riqishi (kuch namoyon qila olishi) quyidagilarga qarab aniqlanadi;

  1. Markazdan muskullarga kelayotgan qo‘zg‘olishlarning chastotasiga (chastota qancha katta bo‘lsa, muskul shunchalik zo‘r darajadagi o‘zining tarangligini oshiradi) ko‘ra;

  2. Zo‘riqishiga qo‘shilgan harakat birligining soni bilan;

  3. Muskulning qo‘zg‘aluvchanligi va undagi quvvatning manbai miqdoriga qarab.

Muskul kuch namoyon qiluvchi uch hil rejimda zo‘riqadi:
A) o‘zining uzunligini o‘zgartirmay (statik izometrik rejimda). Tanani turlicha holatlarda ushlash va x.k.lar bilan
B) muskul uzunligini kamaytirishi hisobiga bardosh berishi bilan (miometrik). Zo‘riqish birday o‘zgarmay turadi, bunday rejim siklik va folostik harakatlardagi muskul qisqarishi fazalari evaziga sodir bo‘ladi
V) muskulni o‘zgarish vaqtida uning uzayishi hisobiga (yon berish, bo‘sh kelish - pliometrik) kuch yuzaga keladi, o‘tirib turish, uloqtirish, depsinishda muskul qisqarishi orqali shu kuch namoyon bo‘ladi.
Voleybolchilar ya’ni barcha sportchilar kuch va tezkorlikni rivojlantirishda ko‘proq yugurib turishlari lozim. Yugurib birgina kuch va tezkorlikni rivojlantiribgina qolmay, yugurish insonni sog‘lom, go‘zal, umri uzoq bo‘lishiga ham katta xissa qo‘shadi. Yugurish davomida sportchining egiluvchanligini, chidamliligini, qon tomir, yurak faoliyatini, bo‘g‘inlarning harakatlanishini va muskullarning yanada yaxshi rivojlanishini kuzatishimiz mumkin.
Bu hol albatta organizmga ijobiy ta’sir etadi. Shu bilan birgalikda saralash jarayonida ham qulaylik tug‘diradi.


Download 370 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish