III. Iqtisodiy qism
Hozirda mavjud informatsiyalarni (axborotlarni) insoniyat maxsus texnologiya vositasiz qayta ishlash imkoniyatga ega emas. Mutaxassislarni fikricha xozir har besh yilda mavjud informatsiya taxminan ikki marotaba ortib bormoqda.
Har bir soha mutaxassisiz sohasi bo'yicha mavjud informatsiyalarga ma'lum darajalarda ega bo'lmasa u xozirgi jamiyat talablariga jovob bera olmaydi. Demak u o'z sohasida faoliyat kursatishi uchun mavjud informatsiyalarni o'zlashtirib borishi, tez suratlar bilan ortib borayotgan informatsiyalarni o'z vaqtida o'zlashtirib borish texnologiyasiga ega bo'lishi zarur.
4
Informatsiyalar oqimini o'zlashtirish, qabul qilish va uzatish jamiyatni rivojlanishida muxim ahamiyatga ega, chunki jamiyatni (davlatni) boshoqarishda bo'laYotgan xodisa va voqealar tog’riisida to'la va tez informatsiya olish davlatni rivojlanishini strategik yo'nalishlarini aniqlash, zaruriy qarorlar ishlab chiqish imkoniyatini beradi.
Misol uchun oddiy bir korxonani olaylik. Korxona maxsulot ishlab chiqarishi uchun xozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida, birgina o'ziga zarur bo'lgan xom oshyoni qisqa vaqt davrida turli narxlarda sotib olishi mumkin. Ma'lumki u ishlab chiqarayotgan maxsulot tannarxi birinchi o'rinda xom ashyo narxiga bog'liq. Agar korxona o'z vaqtida chiqarayotgan maxsulotini tannarxini to'g'ri baxolay olmasa u normal ishlashga xech qachon eirasha olmaydi. Yoki etarli darajada katta miqdorda maxsulot ishlab chiqaruvchi korxonada kunlik, oylik xisob ishlarini to'g'ri olib borilmasa oddiy soliq miqdorini ham to'g’ri aniqlay olmaydi. Bu ishlarni bajarishda ham informatsion texnologiyaga murojat qilishga majbur bo'ladi.
Davlat ichki bozorini kuzatib turishda ham katta miqdordagi informatsiyalarni qayta ishlashga majbur bo’linadi. Chunki bunda davlat chegarasidan olib chiqib ketilayotgan, olib kirilayotgan maxsulotlar turlari, miqdori, olib chiqish yoki olib kirish, intesivligni o’zgarishi va bosq'alar to’g’risidagi katta midordagi informatsiyani umumlashtirish, qayta ishlash va uzatish zarur bo’ladi. Bunda ham informatsion texnologiyasiz biror ish qilish qiyin.
Informatsion texnologiya deyilganda informatsiya oqimlarini qabul qilish, qayta ishlash, uzatish texnologiyasini o’rganuvchi fan tushuniladi. Bu fan "Informatika" fanini mantiqiy davomi xisoblanib undagi bilimlarga tayanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |