Xulosa va takliflar
Kurs ishining oxirida men aytmoqchiman, men ushbu mavzuni o'rganishda juda yaxshi kotta ish qildim. O‘zim uchun juda ko‘p yangi va qiziqarli narsalarni kashf etdim, chizmachilik tilini puxta egalladim, bu fanning paydo bo‘lish tarixi bilan tanishdim. Kurs ishini bajarish juda ko'p bilim talab qilsa ham, menga yoqdi. Mavzuni o'rganish jarayonida chizmalar maxsus qoidalarga muvofiq amalga oshirilishini bilib oldim. Chizilgan chiziqlar uchun standart mavjud, har bir chiziq qiymat bo'yicha qo'llaniladi; hatto harflar va raqamlarning o'ziga xos o'lchami va uslubi va yana ko'p turli xil qoidalari bor. Ushbu mavzu bo'yicha ishlaganimdan so'ng, men endi deyarli har qanday rasmni qurishim mumkin. Bu mavzu ustida ishlash menga juda yoqdi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan xulosa shuki, talabalarga boshlang`ich kurslardan boshlab chizmachilik chizma geometriya, mashinasozlik chizmachiligi arxitektura chizmachiligi, tappagrafik chizmachiligi kabi mutaxassislik fanlarining asosi bo`lgan boshlang`ich proeksion chizmachilik mashg`ulotlari ham amaliy, ham ilmiy–nazariy jihatdan yaxshi o`qitilishi shart.
O`tmish tarixdan aniq ma`lumki, qadimda buyuk muhandislar chizmalarning ilmiy asoslarini qo`llash natijasida, katta yutuqlarga erishganlar.
Bularni talabalarga o`qitishda didaktiv prinsiplarning asosiysi hisoblangan– ilmiylik prinsipi yetakchi o`rin egallashi lozim.
Mеn o`zimning kurs ishimda chizmachilik haqidagi umumiy tushunchalarni bayon etdim, ishlash usullarini misollar kеltirish bilan yoritdim. Shu bilan birga chizmalarga o`lcham qo`yishga doir bir nеchta misollarni ko`rsatdim. Mеn o`z kurs ishimda oldimga qo`ygan maqsadimga erishdim.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishda chizma alohida o‘rin tutadi. Chunki har kuni zavodlarimizda turli stanoklar, mashina va mexanizmlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari va ko‘plab boshqa narsalar tayyorlanadi. Ularni esa chizmalarsiz yasab bo‘lmaydi. Chizmalarga qarab mashina va asboblarning alohida detallari tayyorlanadi, tayyor detallardan murakkab mexanizmlar yig‘iladi.
Chizma o‘ziga xos grafik baynalminal (internatsional) til bo‘lib, texnika sohasida savodli har bir kishi uchun u qanday tilda gapirishidan qat’iy nazar, tushunarlidir.
Asosan, chizma informatsiya uzatishning grafik vositasi hisoblanib, u texnik g‘oyani ifodalashning eng tushunarli vositasi hisoblanadi.
Chizmalar bir zavoddan ikkinchi zavodga, bir mamlakatdan boshqa mamlakatga yuboriladi. Chizmani o‘qiy oladigan har qanday ixtisosli kishi ularni tushunadi, ularga qarab eng murakkab mashinaning tuzilishini o‘rganadi. Shuning uchun texnika sohasida savodli bo‘lishni istagan har bir kishi chizmachilikni yaxshi bilishi va o‘zlashtirishi lozim. Biroq chizmalar faqat texnikadagina zarur bo‘lib qolmay, insonning ko‘p kasblari uchun ham doimiy yo‘ldoshdir.
Chizmalarga qarab turar joy binolari, to‘g‘onlar, shaxtalar, elektr stansiyalari, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari quriladi, kiyim-bosh, poyafzallar tikiladi, mebel yasaladi, shahar va qishloqlar ko‘kalamzorlashtiriladi. Texnikani o‘zlashtirish va uni rivojlantirish uchun malakali ishchi, muhandis, konstruktor va musavvirdizaynni ham chizmani bajarishi va uni o‘qiy olishi kerak, chunki chizma atrofimizdagi, mavjud olamdagi narsalarni o‘rganish vositalaridan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |