Chizg‘ich. Chizg‘ich qalam bilan to‘g‘ri chiziqlarni chizish uchun ishlatiladi.
Uchburchakliklar. Uchburchakliklar (2.2-shakl) chizmalar chizishda zarur bo‘lgan asboblardan hisoblanadi. Ularning yordamida perpendikulyar va parallel chiziqlarni aniq va tez o‘tkazish mumkin. Ular to‘g‘ri burchakli uchburchak shaklida yog‘ochdan, plastmassadan va selluloiddan ishlab chiqariladi. Chizmalar chizishda o‘tkir burchaklari 45 li hamda 30 va 60 li ikkita uchburchaklik bo‘lishi kerak.
a) b) c)
2.2-shakl
Uchburchaklikni chizma qog‘ozi ustida chizg‘ich (reysshina) bilan birgalikda
2 .2-shakl, a, b, c da ko‘rsatilganidek joylashtiriladi va reysshina chap qo‘l bilan ushlab turiladi. Qirralari butun va tekis bo‘lgan uchburchakliklarni ishlatishdan oldin, ulardagi to‘g‘ri burchakning aniqligi tekshirilgan bo‘lishi lozim. Buning uchun uchburchakning bir kateti reysshinaning ustki qirrasiga jips qilib qo‘yiladi (2.2-shakl, а). So‘ngra vertikal chiziq o‘tkaziladi. Shundan keyin uchburchaklikni 180ga ag‘darib, yana vertikal chiziq o‘tkaziladi. Agar vertikal chiziqlar ustma-ust tushsa, uchburchaklikning ishlab chiqarilishi aniqlik darajasida bo‘ladi (2.2-shakl, b), aks holda noto‘g‘ri bo‘ladi (2.2-shakl, c).
Chizma taxtasi. Chizma taxtalari GOST 6671-85 ga muvofiq chizma qog‘ozining A3, A2, A1 formatlariga mo‘ljallanib, yumshoq daraxt navlaridan tayyorlanadi. 1
Chizmani sifatli va unumli chizish uchun chizma qog‘ozini chizma taxtasiga mahkamlash zarur. Avval chizma qog‘ozining yuqoridagi chap burchagi bitta qadoq bilan mahkamlanadi. So‘ngra qog‘ozning yuqori chetiga reysshina qo‘yiladi. Chizma qog‘ozining yuqori chetki chizig‘i reysshinaning qirrasiga parallel bo‘lguncha buriladi va yuqoridagi o‘ng burchagi, keyin chap burchagiga qadoq qadaladi. Shundan so‘ng qog‘ozni tarang tortib pastki o‘ng burchagi, keyin chap burchagi ham qadoq yordamida mahkamlanadi. Ishlashga qulay bo‘lishi uchun chizma taxtasi stol ustida bir oz qiya joylashishi kerak. Buning uchun chizma taxtasining ostiga biron narsa yoki taxtadan yasalgan maxsus og‘ma burchakli taglik qo‘yiladi.
Reysshina. Reysshina uzun chizg‘ichdan va unga to‘g‘ri burchak ostida ikki qavat qilib mahkamlangan 2 ta kalta plankalar (yupqa taxtachalar) dan iborat (2.3shakl). Reysshinadan to‘g‘ri va unumli foydalanish uchun uning plankasi chap qo‘l bilan chizma taxtasining chap qirrasiga jipslashtiriladi. O‘ng qo‘l bilan reysshinaning chizg‘ichi chizma qog‘oziga bosiladi, so‘ngra chap qo‘l bilan reysshinaning dastlabki vaziyatini saqlagan holda gorizontal (yoki og‘ma) chiziq o‘tkaziladi. O‘tkazilgan chiziqqa parallel chiziqlar yasash uchun reysshinaning plankasi chap qo‘l barmoqlari bilan chizma taxtasining chap qirrasiga jips bosilgan holda pastga yoki yuqoriga siljitiladi, so‘ngra chiziq o‘tkaziladi. Chizmani reysshina yordamida bajarish ishini keskin tezlashtiradi va yasashda aniqlikni ta’minlaydi. Uchburchaklik va reysshina yordamida chizmada turli yo‘nalishda parallel va perpendikulyar chiziqlarni o‘tkazish mumkin (2.4-shakl).
2.3-shakl 2.4-shakl
Lekalolar. Sirkul yordamida chizib bo‘lmaydigan egri chiziqlarni chizish uchun lekalolar ishlatiladi (2.5-shakl).
Do'stlaringiz bilan baham: |