Kirish. Budjet tizimi va uning prinsiplari reja: budjet tizimi haqida tushuncha budjet tuzilishining tarkibi



Download 20,86 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi20,86 Kb.
#332830
1   2
Bog'liq
BUDJET TIZIMI VA UNING PRINSIPLARI

Budjet tizimi

Davlat byudjet

Budjet tizimi

Budjetlararo

munosabatlar

shakllari

Budjet tasnifi

Budjet munosabatlarining huquqiy asoslari

Davlat ixtiyoridagi markazlashgan pul fondlarini tuzish va ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan pul munosabatlari

Davlat boshqaruvining barcha pog‘onalariga mos keluvchi turli darajadagi byudjetlar yig‘indisi

Budjet jarayonida turli darajadagi byudjetlar o‘rtasida sodir bo‘ladigan iqtisodiy-huquqiy munosabatlar majmui

Budjet daromadlari, xarajatlari va taqchillikni moliyalashtirish manbalarining turli belgilariga ko‘ra guruhlanishi

Davlat boshqaruvining har bir pog‘onasida budjet jarayonida sodir bo‘ladigan budjet munosabatlarini tartibga soluvchi qonuniy-huquqiy va me’yoriy hujjatlar

Unitar (yagona) davlat – bu tarkibidagi ma’muriy-hududiy birliklar (tuzilmalar) o‘z davlatchiligiga yoki muxtoriyatiga ega bo‘lmaydigan davlat tuzilishidir. Mamlakatda yagona konstitutsiya, hamma uchun umumiy bo‘lgan huquq tizimi va yagona hokimiyat organlari, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarni markazlashtirilgan boshqarish tizimi amal qiladi. Unitar davlatlarga Qozog‘iston, Yaponiya, Shvetsiya, Fransiya, Polsha, O‘zbekiston kabi davlatlar kiradi.

Federativ asosda tarkib topgan davlatlarda uch pog‘onali Budjet tizimi amal qiladi:

* federal budjet (turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi, masalan: davlat budjeti, markaziy budjet, federal budjet);

* federatsiya sub’yekt(a’zo)larining budjetlari;

* mahalliy (munitsipal) Budjetlar.

Federativ tipdagi davlatlarga Rossiya Federatsiyasi, Germaniya Federativ Respublikasi, AQSh, Kanada, Meksika, Avstriya kabi davlatlar kiradi.

Jahon amaliyotida davlat tuzilishining shakllariga mos ravishda bir qancha Budjet tuzilishi modellari amal qiladi:

* markazlashmagan model;

* markazlashgan model;

* aralash model.

Budjet tuzilishining markazlashmagan modelida markaziy va mahalliy budjetlar avtonom (mustaqil) bo‘lib, ularning har biri o‘z xarajatlarini to‘liq qoplay oladigan daromad manbalariga ega bo‘ladi.Markazlashgan model barcha darajadagi budjetlarni yagona davlat budjetida birlashtirishni nazarda tutadi, bunda markaziy budjet barcha mahalliy budjetlar uchun (daromadlilik darajasini) tartibga soluvchi vazifani bajaradi.

Budjet tuzilishining aralash modeli barcha darajadagi Budjetlarni yagona davlat budjetida birlashtirishni nazarda tutadi, lekin bunda har bir yuqori turuvchi Budjet quyi budjetlarning daromadlilik darajasini tartibga solish vazifasini bajargani holda, har bir mahalliy budjetning ham o‘z xarajatlarini qoplashga mo‘ljallangan o‘z daromad manbalari mavjud bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining Budjet tuzilishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining har yili qabul qilinadigan “O‘zbekiston Respublikasining davlat Budjeti to‘g‘risidagi” Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy

ko‘rsatkichlari va davlat budjeti parametrlari prognozlari to‘g‘risida”gi Qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida belgilanadi.

Budjet birinchi navbatda aniq olingan vaqt davomida daromadlar va xarajatlarni prognoz qiladi. U shu bilan birga asosli huquqlar asosida xarajatlar qilish va daromadlarni yig’ish demakdir. Davlat budjeti o’zining resurslari hisobi va bu resurslarni ma’muriy va ijtimoiy talablar uchun katta miqdordagi xarajatlarning qoplanishidir. E.Bukning fikriga ko’ra, budjet 3 ta komponentdan tashkil topgan: moliyaviy reja; bajariladigan ish tartibini tuzish, tasdiqlash, rejani ijro etish va nazorat qilish; va ayrim hukumat vakillari bu har bir rejani bajarishga va shu tartibda ijro etishga ma’suldirlar."

Budjet xususiyatlari:

* Bu o’tgan tajriba asosida ishlab chiqilgan tizimli, tashkiliy va ijroiy reja va dasturdir.

* Bu aniq reja emas, lekin amaliy ish uchun qonuniy metoddir.

* Budjet hisobi taxminiy farazlarga asoslanmasligi va xolisona haqiqiy hisob-kitoblarga asoslangan holda bo’lishi lozim.

*Hukumatning barcha yillik daromadi va xarjatlarini qadamba-qadam tizimli ko’rsatishi lozim.

* Budjet muvofiqlashtirilgan mukammal hisob-kitobdir.

* Umuman, bu moliya yili bilan mos keluvchi yillik rejadir.

*Budjet tayyorgarligi va taqdimotini xususiy bo’lmagan a’zo budjetni qonuniy taqdim etish imtiyoziga ega.

* Parlamentar demokratik budjet qonuniy sanksiyalardan oldin qo’yiladi.

*Sanksiyalar e’loni xarajatlarni samarali boshqaradi.

Budjet tizimining yagonaligi printsipi budjet hujjatlari va budjet hisobotlarining shakllari, budjet tasnifi yagona bo’lishi hamda budjet tizimi budjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, budjet hisobini yuritish va budjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutishini anglatadi.

Budjet tizimining O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi printsipi Budjet tizimi O’zbekiston Respublikasining ma’muriyhududiy tuzilishiga muvofiq bo’lishi lozimligini anglatadi.

Budjet tizimi Budjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi printsipi:

* Budjet tizimi budjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yig’indisining hajmiga muvofiq bo’lishi kerak;

* Budjet tizimi budjetlarini tuzish va ijro etishda budjetlarning mablag’lari mazkur budjetlarning balansliligini ta’minlash uchun ular o’rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.

* Budjet tizimi budjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish printsipi.

* Budjet tizimi budjetlarini tuzishda Budjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi.

* Budjet tizimi budjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati printsipi. Budjet tizimi budjetlarining mablag’lari muayyan budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilarga ushbu mablag’lardan belgilangan maqsadlarni moliyalashtirishda foydalanish uchun ajratiladi

* Budjet tizimi budjetlarining mustaqilligi printsipi.

* Budjet tizimi budjetlari mustaqildir.

* Budjet tizimi budjetlari mablag’laridan foydalanishning natijadorligi printsipi. Budjet jarayoni ishtirokchilari budjet tizimi budjetlarini tuzish va ijro etishda o’zlariga berilgan vakolatlar doirasida budjet tizimi budjetlarining belgilangan hajmdagi mablag’laridan foydalangan holda natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi.

* Kassaning yagonaligi printsipi. Budjet tizimi budjetlarining barcha daromadlari Yagona g’azna hisobvarag’iga kiritiladi va ularning xarajatlarini to’lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshiriladi.

* Budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi printsipi.Budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi printsipi Budjet jarayonining har bir ishtirokchisi Budjet jarayonining har bir bosqichida o’z harakatlari uchun javobgar bo’lishidan iboratdir.

Ochiqlik prinsipi:

* Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg’armalar budjetlarini ko’rib chiqish hamda qabul qilish tartib taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini;

* Tasdiqlangan davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari to’g’risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini (chop etilishini);

*Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg’armalari budjetlari ijrosining borishi to’g’risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining rasmiy veb saytida joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi.



Budjet tizimi murakkab mexanizm bo’lib, muayyan mamlakatning o’ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va boshqa xususiyatlari asosida va ta’sirida shakllanadi.Budjet tizimini professorlar T.S.Malikov va N.X.Haydarovlar quyidagicha ta’riflaganlar: “Budjet tizimi bu turli darajadagi bu djetlar va budjet mablag’lari oluvchilar yig’indisini, budjetlarni tashkil etishni va tuzish tamoyillarini ifodalaydigan, budjet jarayonida ular o’rtasida, shuningdek budjetlar hamda budjet mablag’lari oluvchilar o’rtasida vujudga keladigan o’zaro munosabatlar majmuidir. Ko’pchilik hollarda, soddaroq tarzda, budjet tizimi deyilganda, mamlakatdagi mavjud budjetlar to’plami (majmui) tushuniladi”.
Download 20,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish