KIRISH
Bolalar tarbiyasida oila va mahallaning o‘rni muhokama qilindi
“Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan Senatning qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi hamkorligida yoshlarni ota-onalar hamda keksalarni e'zozlash ruhida tarbiyalashda mahalla va oilaning o‘zaro hamkorligini takomillashtirishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Unda Senat va “Mahalla” a'zolari, jamoatchilik vakillari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir ishtirokchilari bolalar tarbiyasiga alohida ahamiyat qaratish lozimligi, bunda nafaqat ota-onaning, balki mahallaning o‘rni ham muhimligini ta'kidlab o‘tishdi. Bundan tashqari, bolalar tarbiyasi o‘z navbatida kelajak avlodni milliy qadriyatlar bilan tanishtirish vazifasini bajarishi ta'kidlab o‘tildi.
O‘z navbatida, kompyuter o‘yinlarining ziyoni haqida yana bir bora gapirib o‘tildi.
“Afsuski, bugun kompyuterda bolaning ongi, dunyoqarashini o‘stiradigan o‘yinlar juda kam. Kompyuter qarshisida bola, deylik, bino, xiyobon, bog‘ yaratishni o‘rgansa, uning ham ongi rivojlanadi, ham mantiqiy fikrlashni o‘rganadi. Zero, bular zamirida hurmat, e'zoz tushunchalari mujassam. Nega bugun mutaxassislarimiz shu haqda bosh qotirmaydi?”, - dedi Olmazor tuman Komiljon G‘ofurov nomli mahalli raisi Hamidjon Musayev “Oila davrasida” gazetasiga bergan intervyusida.
“...Birinchi galda oilada otaning rolini kuchaytirish lozim, - qo‘shimcha qildi “Oila” respublika ilmiy-amaliy markazi direktori Hafizaxon Mamadaliyeva. - Negaki ota – oila ustuni, bu, ayniqsa, o‘g‘il bola tarbiyasida juda muhim. Biroq hozir tarbiya aksariyat hollarda onalar zimmasiga tushib qolmoqda. Ota faqat ro‘zg‘or tashvishlari bilan ovora bo‘lib qolib, farzand tarbiyasiga yetarlicha vaqt ajrata olmayapti”.
1-MAXALLA TARBIYA MASKANI.
Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotida mahallaning rolini kuchaytirish, huquq va vakolatlarini yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mahalla azaldan tarbiya maskani, mehr-oqibat, ahillik va totuvlik o‘chog‘i bo‘lib kelgan. Mustaqillikyillarida mahallaning nafaqat shakli, balki, mohiyati ham o‘zgardi, vakolat hamda vazifalari ko‘lami kengaydi. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda fuqarolar bilan ishlashning yangicha tizimi yaratilib, hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilayotir.
Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan mingdan ziyod mahallada ham bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
“Qumqishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini Toshloq tumanidagi namunali mahallalardan biri. 2 ming 500 dan ziyod aholi istiqomat qilayotgan mahalla mustaqillik yillarida zamonaviy qiyofa kasb etib, tobora chiroy ochmoqda. Keng va ravon ko‘chalar, ko‘rkam uy-joylar obodlikdan, orastalikdan nishona. Mahallada vaqtini bekor o‘tkazadigan kishini uchratmaysiz. Kimdir do‘ppi, adras to‘qish bilan mashg‘ul bo‘lsa, boshqasi tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Tomorqadan yaxshi daromad olayotgan oilalar ko‘pchilikni tashkil etadi.
– Mahalla ma’naviyat maskani, ahillik qo‘rg‘onidir, – deydi “Qumqishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Muhammadjon Rustamov. – Oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, jamiyatda mehr-oqibat va totuvlik muhitini yanada mustahkamlashda mahallaning o‘rni tobora ortib bormoqda. Mahallamizda aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi, oilalarni mustahkamlash, bandlik masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu vazifalarni amalga oshirishda mahalla qoshidagi komissiyalar hamda keksa avlod vakillari tajribasidan samarali foydalanilmoqda. “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorlik mexanizmi, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyatini oshirish, yoshlarni turli yot g‘oya va illatlardan himoyalashda muhim ahamiyat kasb etayotir. Davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida“Bola tarbiyasi – kelajak mevasi”, “Ilm ol, hunar o‘rgan”, “Tanlagan kasbing – sening kelajaging” kabi mavzularda o‘tkazilayotgan tadbir va tanlovlar ham samarali bo‘lmoqda.
Darhaqiqat, yosh avlodga zamonaviy ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida, yuksak fazilat sohibi etib tarbiyalash katta mas’uliyat talab etadi. Ushbu mahallada bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovor. Jumladan, nuroniylar, ibratli oilalar vakillari, o‘qituvchilar, shifokor va huquqshunoslardan iborat “Ota-onalar universiteti” jamoat tuzilmasi yoshlar ongu shuurini milliy hayot tarzimizga zid va zararli g‘oyalar, “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoyalash, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga xizmat qilmoqda.
– Ochig‘ini aytish kerak, ayrim ota-onalarning nikoh va oila to‘g‘risidagi eskicha qarashlari tufayli hali hayotda o‘rin topmagan, ruhan va jismonan oila qurishga tayyor bo‘lmagan qizlarning turmushga berilishi ayanchli oqibatlarga olib kelmoqda, – deydi mahalla fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shahodat O‘sarova. – Bunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlari izchil yo‘lga qo‘yilgan. Tadbirlar doirasida ota-onalar va yoshlar bilan alohida suhbatlar tashkil etilib, farzandlarining ta’lim olishi, hunar egallashi zarurligi, erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari atroflicha tushuntirilmoqda.
Mahalla qoshida tashkil etilgan xotin-qizlar bilan ishlash hamda voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyati ham bu boradagi tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilayotir.
2-BOLA TARBIYASIDA OILA,MAXALLA MAKTAB XAMKORLIGI KONSPENSIYASI
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa‘y harakatlarini birlashtirish maqsadida 1993 yilda ishlab chiqilgan ―Oila, mahalla, maktab hamkorligi Konsepsiyasi yoshlarni istiqlol g`oyalariga sadoqatli, ma‘naviy barkamol, vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish borasida muhim dasturilamal bo`ldi. Mamlakatimizda keying yillarda qabul qilingan ta‘lim va tarbiya to`g`risidagi qator me‘yoriy hujjatlar, jumladan O`zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to`g`risidagi Qonuni, ―Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi bozor iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va makatab nufuzini yanada yuqori pog`onaga ko`tarishni taqazo etadi.
Zero, ta‘lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir Prezidentimiz ta‘kidlaganidek: birinchidan, yosh avlodga o`zligimizni, muqaddas an‘analarimizni anglash tuyg`ularini, xalqimizning ko`p asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo`yilgan oliy maqsad va vazifalarni anglash singdirish; ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo`lgan hurfikrlikdan qat‘iy nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan yagona g`oya – milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; uchinchidan, yoshlarni baynalminal, jahon hamjamiyatida, xalqaro maydonda O`zbekistonga munosib hurmat tug`dirish uchun intilish ruhida tarbiyalash; to`rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash; beshinchidan, yosh avlodni ulug` ajdodlarimizning munosib vorislari ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash ruhida tarbiyalash O`zbekistonda o`quvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb masalasidir. Davlatimiz rahbari ko`rsatib berganidek, ta‘lim-tarbiya sohasidagi islohotlar: birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta‘sir ko`rsatishga, umuman mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o`zgartirishga; ikkinchidan, insonning hayotda o`z o`rnini topishini tezlashtirishga; uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishga; to`rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to`la ro`yobga chiqarishga, beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod, zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo`lgan, kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga qaratilgan. Mazkur Konsepsiyada taraqqiyotimizning ma‘naviy – axloqiy negizi – milliy va umuman insoniy qadriyatlar uyg`unligi ekanligi e‘tirof etiladi, milliy va umuminsoniy tarbiyaning quyidagi o`zaro aloqalar uyg`un yo`nalishlari belgilab olindi: Milliy tarbiya yo`nalishi orqali o`zlikni anglash, vatanparvarlik, milliy g`urur, millatlararo muloqat madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy odob, fidoyilik kfazilatlari shakllantiriladi. Umuminsoniy yo`nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, ekologik, gigiyenik va boshqa tarbiya yo`nalishlari amalga oshiriladi. Bu Konsepsiyaning milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablariga mosligini ta‘minlaydi. Sog’lom oilada barkamol avlod voyaga yetadi. Mamlakatimizda oilalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ayniqsa, yosh oilalar uchun qulay turmush sharoitini yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli ishlar ana shu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.
Oilalarning mustahkamligi va turmushning obodligi kelajak avlodning komil inson bo`lib yetishi uchun tayanch hisoblanadi. Ushbu yilda ham ishlab chiqilgan Davlat Dasturi asosida hamkorlik ishlarini tashkil etish zarur. Bunda oilaning ham, makatb va mahallaning ham tashabbuskorligi va o`zaro hamjihatliligi talab etiladi.
Oila kabi mahalla ham jamiyatini shakllantirishning ajralmas qismidir.
Vatanimiz tarixi guvohlik beradiki, o‘zbek jamiyatida jamoa bo‘lib yashashning sinalgan shakli mahalladir.
„Mahalla" so‘zi arabcha „Mahallun" so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, aholi yashaydigan joy, guzar, uy-joy mavzelari degan ma'noni anglatadi. Mahalla shaharlar ichidagi kichik hududiy birlik bo‘lib, o‘tmishdan meros bo‘lib kelmoqda.Bejizga yurtboshimiz ―Mahalla – yurt mustahkam bo`lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi, deb ta‘kidlamagan. ―Bir bolaga yeti mahalla – ota – ona degan naqldan kelib chiqib kelajak avlodni tarbiyalash va unga ta‘lim berish jarayonini amalgaoshirish borasida kichik Vatan bo`lmish mahallaning oldida quyidag vazifalar turadi: mahalla faollari tomonidan tarbiya muassasalari bilan birgalikda ta‘lim-tarbiya jarayonida amalga oshirilishi kerak bo`lgan masalalarni muhokama qilishda qatnashishi va oqilona yechimlarini topishda faollik ko`rasatilishi; mahalla o`z hududidagi ijtimoiy va iqtisodiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlab, ularni qo`llab-quvvatlab va farzandlarining bilim va tarbiya olishlariga bosh-qosh bo`lishi; ma‘nan nosog`lom oilalarni mahalla yig`inlarida muhokama qilish, ularga nisbatan jamoatchilik choralarini ko`rish;mahalla hududidagi o`quv-tarbiya muassasalariga iqtisodiy va ijtimoiy yordam ko`rsatilishini qo`llab-quvvatlash; ota-onalar orqali bolalarni tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, milliy g`urur, vatanparvarlik, milliy odob, mafkuraviy onglilik, baynalmilallik kabi xislatlarni singdirishni har tomonlama rag`batlantirish;yoshlarga diniy mashablar va sektalar, aqidaparastlikning mohiyatini to`g`ri anglab yetishiga ota-onalar orqali ta‘sir ko`rsatish, ulug` ajdodlarimizning tarbiyaviy o`gitlarini singdirib borishga jamoatchilikni safarbar qilish; mahalla yig`inlarida milliy davlatchilik va milliy mafkura g`oyalarini,respublikamizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda erishilgan turli tadbirlar tashkil qilish;
―Ma‘naviyat va ma‘rifat,
―Sog`lom avlod uchun,
―Mahalla,
―Ekosan,
―Umid,
―Ulug`bek,
―Nuroniy,
―Kamolot
jamg`armalari, xotin-qizlar qo`mitalari, turli jamiyatlar, birlashmalar va ijodiy uyushmalarni yosh avlod milliy istiqlol g`oyalari asosida tarbiyalash ishiga muammoli masalalarning yechimini topishga faol jalb qilish;mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarining imkoniyatlarini o`quv-tarbiya muassasalari moddiy negizini mustahkamlashga jalb qilish mahalla hududida o`quv-tarbiya muassasalari bilan birgalikda turli ko`rik-tanlovlar, sport musobaqalari, anjumanlar, bayram va bellashuvlar tashkil qilish; turli yo`nalishda iqtidorli bo`lgan o`quvchi bolalarni maktablar tavsiyasiga ko`ra ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan qo`llab-quvvatlash; - ilg`or pedagog xodimlar, tarbiyachilarga mahalla imkoniyatlaridan kelib chiqib, har tomonlama yordam ko`rsatish;farzandlariga ta‘lim va tarbiya berishda ijobiy natijalarga erishayotgan, namunali oilalar hayot tajribasini ommalashtirib, mahalla hududida ―Oila saboqlari mashg`ulotlarini tashkil qilish;
- mahallada istiqomat qilayotgan xalq ustalari, san‘atkorlar, ziyolilar va barcha ijod ahlining imkoniyatlaridan foydalanib, turli to`garak va ―Usta-shogird rusumida billim va kasb berish faoliyatini tashkil qilish;
mahalla hududidagi ishlab chiqarish korxonalari tomonidan mahallada istiqomat qilayotgan va moddiy qiynalgan yoshlar uchun ish joylari kvotasining ajratilishiga erishish; har bir yosh fuqaroda O`zbekistonda, uning tabiatiga muhabbat, tarixiga qiziqish, mahalla obodonchiligi, ahilligi uchun javobgarlik ruhinishakllantirish. Bugungi kunda mamlakatimizda ushbu ulkan va mas‘uliyatli vazifalarni amalga oshirishda ―Kichik biznes va tadbirkorlikning ahamiyati ortib bormoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida, avvalambor, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitini yaratish, aniq maqsadlar ko`zlangan istiqbolli rejalarni amalga oshirishda hal qiluvchi kuch va ta'sirga ega bo`lib bormoqda.
Ishbilarmonlikning faol qo`llab-quvvatlanishi xalqimiz turmush farovonligini oshirish omili bo`lib qolmoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar strategiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, oilaviy biznesni tashkil etish, yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, doimiy ish ơrinlari yaratish orqali oilalar turmush farovonligini oshirishga alohida e'tibor berilishi tijorat banklari kredit siyosatida ơz aksini topdi.
3-BOLA SHAXSINING RIBOJLANISHIDA TARBIYANING TUTGAN O’RNI
insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirishi yo’lida, tarbiyachi rahbarligida va oila hamkorligida amalga oshirilib boriladigan ijtimoiy jarayonlardan biridir. Tarbiyachi va ota-onalar tomonidan bolani har tomonlama yetuk bo’lib yetishishi uchun berilayotgan tarbiyaga tashqi muhit ham o’z tasirini ko’rsatmay qolmaydi. Berilayotgan yoki bola tomonidan qabul qilinayotgan tarbiya orqali bolada yangi fazilatlar hosil bo’ladi va tug’ma ravishdagi kamchiliklarni ham bartaraf etsa bo’ladi. Tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Asosiy qism: Endi biz bolaga qanday tarbiya berish va qachondan boshlab uni tarbiyalash kerak? - degan savolga e’tibor qaratishimiz lozim. Har bir shaxs oilada tug’ilib, ijtimoiy hayotga mana shu o’z koshonasi orqali kirib boradi va hamma tarbiya shu oiladan boshlanadi. Demak, bu fikrdan kelib chiqib, biz bolaga tarbiya berishni nafaqat tug’ilgandan so’ng, balkim ona qornidaligidayoq berib borishimiz masadga muvofiq bo’ladi. Bizning bunday usulda beradigan tarbiyamiz bolani rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bola tug’ilgan zahotiyoq atrof muhitga bo’lgan moslashish hissi uyg’onadi. Asta-sekin ulg’aya boshlagach, har bir narsani farqlaydigan va ko’rgan narsalariga taqlidchan bo’lib voyaga yetadi. Bola tarbiyasi, uning yetuk va barkamol bo’lib tarbiyalanishi onalar uchun eng muhim vazifadir. O’ylaymanki, har bir onalar bunday mas’uliyatli ishga bor kuchlari bilan kirishadilar. Har bir ona bolalarga tarbiya berayotganlarida o’z shaxsiy tarbiya vositalaridan va usullaridan foydalanishi kerak. Hozirgi jamiyatda ayrim onalar umuman olib qaraganda bolaning oila a’zolari tomonidan amalga oshirilayotgan eng katta xatolaridan biri, ularning faqatgina bola ‘’Maktabgacha ta’lim tashkilotlari’’ga borgandagina, shu muassasa tarbiychilari tomonidan tarbiya va ta’lim beriladi deb o’ylashlaridir. Biz onalar tomonidan tor doirada o’ylanayotgan bunday fikrlarga hozirgi davrda aynan qarshi chiqmasdan ilojimiz yo’q. Chunki, vatanimizning har tomonlama rivojlanishi shu murg’ak qalbli o’sib kelayotgan bolalar qo’lidadir. Bolaga tug’ilgandan boshlab ta’lim-tarbiya berish usullari Masaru Ibukaning “Uchdan keyin kech”nomli kitobida o’z aksini topgan. U kitobda bolani har tomonlama rivojlantirish, barkamol qilib tarbiyalash va albatta jamiyatda o’z o’rnini topa olishi uchun eng avvalo, ota-onalar va so’ngra, tarbiyachilar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar haqida yaqqol fikrlar bildirilgan. Bola ta’lim-tarbiyasining rivojlanishida turli xil omillar ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi kunga qadar barchamizning ongimizda rivojlangan bir tushuncha, ya’ni nasl tushunchasi Masari Ibukaning kitobida qoralanadi. Qadimgi bahslardan biri insonni uning nasli shakllantiradimi yoki u oladigan ta’lim-tarbiyami? Ammo bugungi kunga qadar biror ishonchli nazariya bu bahslarga chek qo’ymaydi. Nixoyat, bir tarafdan miyaning fiziologik tadqiqoti, ikkinchi tomondan bolalar psixologiyasini o’rganish natijalariga ko’ra, bola aqliy qobiliyatining rivojlanish kaliti-bu uning birinchi uch yilida, ya’ni miya hujayralarining rivojlanish davrida olgan shaxsiy tajribasidir. Bu so’zlardan shunday "Science and Education" Scientific Journal March 2021 / Volume 2 Issue 3 www.openscience.uz 297 hulosaga kelish mumkunki, xech bir bola u yoki bu qobiliyati bilan dunyoga kelmaydi. Tug’ilgan-dan boshlab uch yilda olgan asosiy ta’lim-tarbiyasi uning kelajagi uchun ajralmas poydevor hisoblanadi. Bolaning qay darajada bilimli bo’lishi, o’sha davrdagi o’qitish usuliga bog’liq bo’ladi. Bu davr erta ta’lim deb nomlanadi. Erta ta’limning yagona maqsadi bolani aqilli va sog’lom, o’tkir zexnli va gapga quloq soladigan qilib tarbiyalashdir. Barcha bolalar, agarda ularda tug’ma, jismoniy nosog’lomlik va aqli zaiflik bo’lmasa, ular bir xilda ong bilan tug’iladi, hech bir bola ona qornidan biron bir bilimni bilib tug’ilgan emas albatta. Bolalarning qay darajada kamol topishi ota-onalarga bog’liq. Bolalarga bu davrda kerakli bo’lgan ta’limtarbiyaning berishning asosiy sabablaridan biri bu inson miyyasi, taxminan 1,4 milliard hujayradan iborat bo’lishi, biroq yangi tug’ilgan chaqaloqlarda uning aksariyati hali shakllanmaganligidir. Miyya hujayralari alohida-alohida tarqoq holda ishlamaydi. Miyyaning mikro sur’atiga qaraydigan bo’lsak, tug’ilgandan so’ng vaqt o’tib ongi rivolangan sari uning hujayralari orasida shoxlar paydo bo’ladi. SHu jarayonlarda biz bolalarga ta’lim-tarbiya bersak maqsadga muvofiq bo’ladi. Zero bu shoxlar shunchaki shox emas, balki meva beradigan shoxlar bo’lib yetishsa. Tug’ilgandan keyin birinchi olti oy davomida miyyaning salohiyati 50%, uch yoshgacha esa 80%ga yetadi. Ana ko’rdingizmi bu darajadagi rivojlanish shuncvhaki rivojlanish emas, balki natija beradigan qilib tarbiyalash lozimligini ko’rsatib turibdi. Demak biz “bolaga tarbiya qachondan boshlab berilishi kerak?” degan savolga anniq javob oldik. Bola tug’ilgandan boshlab unga tarbiya berish lozim. Bu haqida buyuk shaxslar ham o’z fikrlarini bildirganlar. Xususan, Yusuf Xos Xojibning uqtirishlaricha har bir kishi jamiyatga munosib bo’lib kamol topmog’i kerak. Buning uchun u tug’ilgan kundan boshlab zarur tarbiyani olmog’i lozim. Farzandlar tarbiyasi nixoyatda erta boshlanmog’i shart. Shundagina ularning noo’rin xatti-harakatlariga berilishining oldi olinadi. Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beriladi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk bo’lib o’sishiga ishonadi. Yosh bolani juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur deb uqtiradi. Allomalarimizning fikrlari yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga to’laqonli mos ekanligi biz va sizga yaqqol ko’rinib turibdi. Endi bu yosh davrida bolaga qanday qilib ta’lim va tarbiya berish mumkun degan savol tug’iladi albatta. Bu savolning javobini quyida berilgan ma’lumotlar orqali topamiz. Bola tug’ilgandan so’ng, u gapirishni, o’qishni, yozishni bilmasa ham unda sezgi a’zolari juda kuchli rivojlangan bo’ladi. Hozirgi zamon onalaridan farzandlariga bo’lgan juda kata e’tibor talab qilinadi. To’g’ri, endi tug’ilgan go’dakka bu narsa bunday, u narsa unday deb yoki qilayotgan ishing to’g’ri, aksincha noto’g’ri deb tarbiya berib bo’lmaydi. Lekin onalar va otalr ular uchun tarbiya manbai hisoblanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, avvalo ota-ona birinchi navbatda oliy darajada tarbiyalangan bo’lishi kerak. Shundagina ular farzandalari uchun o’zlari hohlagandek "Science and Education" Scientific Journal March 2021 / Volume 2 Issue 3 www.openscience.uz 298 tarbiyani bera oladilar. Go’dak hali yosh bo’lishiga qaramay ota va ona munosabatlarini kuzatuvchisi va ularning bir-biriga bo’lgan muomalasidan asosiy tarbiyani oluvchi hisoblanadi. Chaqaloq ularning bir-birlariga qanday munosabat bidirayotganini ularning yuz tuzilishidan bemalol bilib turadi. Shuning uchun bolalarga tarbiya berayotganlarida nihoyatda ehtiyotkoronalik bilan munosabt bildirishlari lozim. Bolalarda birinchi uch yilliklarida olgan bilimlari ularning kelajakda o’z faoloyatlarini bemalol yurita olishlari uchun asosiy poydevor hisoblanadi. Bu davirda xalqimizning ongiga singib qolgan bir tushuncha “Hali yoshda” deb nomlangan tushuncha bularning o’z farzandlariga bo’lgan mehribonchiliklarini emas, balki jabr qilayotganliklaridan dalolatdir. Bu davrda bolaga nimani o’rgatsa shuni to’laqonli qabul qiladigan yosh hisoblanadi. Bolalar bilan ko’proq muloqotda bo’lish ham ularning tarbiyalanishi uchun asos bo’lib hizmat qiladi. Bolalar hali yosh bo’lishlariga qaramay, ular yuqoridagi fikirlarimizda ta’kidlaganimizdek hamma narsani tushunadi. Suhbatlashishdan mahrum qilingan go’dak aqliy qobilyati zaif va xulq-atvori og’ir bo’lib ulg’ayadi. “Inson jamiyat mahsuli va undan ayro yashay olmaydi” deyishadi. Bolalar bilan suhbatlashish, ularning dunyo qarashlarini har taraflama rivojlantrib boradi. Bolalarda bu davrda ularga o’z hayot yo’llarini qurishida asosiy bo’lgan sohalarga boy davr hisoblanadi. Bu yoshdan ota-onalar bolalarga kerakli ko’nikmalarni berib borsalar, kelajakda otaonalar ham bolalar ham qiynalmaydilar. Ota-onalar bolalarga ular uch yoshgacha bo’lgan davrda ma’sul bo’lsalar, o’z vazifalarini to’laqonli amalga oshirsalar keying bosqich bu tarbiyachilar bilan birga hamkorlikdagi bosqich hisoblanadi. Bu davr ham bolalar hayotida o’ta muhim davrlardan biri hisoblanadi. Bola bu yoshida Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga borish orqali boshqa bolalar bilan munosabat, o’zaro aloqa o’rnatishni o’rganadi. Tarbiyachi tomonidan beriladigan har qanday bilim bolalar ongida tez tasavvurlarni hosil qiladi. Har bir tarbiyachi, bolalarga ularning yoshidan kelib chiqib mashg’ulotlar olib boradilar. Mashg’ulotlar bolalarni har tomonlama rivojlantrishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. Tarbiyachining yurishturishi, kiyinishi, so’zlashi va barcha amalga oshiriladigan ishlari bolalar uchun istasa istamasa o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. Shuning uchun avvalo, tarbiyachining o’zi tarbiyalangan bo’lishi kerak. Bundan tashqari Anton Semenovich Makarenkoning “Tarbiyaviy ta’sirning g’oyat qudratli ta’sir ko’rsata olishiga ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo’lsa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi bo’lsa, buning uchun u tarbiyadan, o’z bolaligidan qarzdordir” – degan so’zlari orqali hozirgi zamon tarbiyachisiga qo’yiladigan vazifalarning nihoyatda murakkabligiga e’tibor berishimiz lozim. Xulosa: Ota-onalar va tarbiyachilar oldida bolani nafaqat maktabga, balki katta hayotga tayyorlashdek muhim vazifa turar ekan, ular bu vazifalarnga ma’suliyatli holda yondoshishlari lozim. Zero “O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida”. Tarbiyachi "Science and Education" Scientific Journal March 2021 / Volume 2 Issue 3 www.openscience.uz 299 tomonidan beriladigan har qanday bilim bolalar ongida tez tasavvurlarni hosil qiladi. Har bir tarbiyachi, bolalarga ularning yoshidan kelib chiqib mashg’ulotlar olib borilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. F. Qodirova, Sh. Toshpo’latova, M. A’zamova Maktabgacha pedagogika T. : Ilm-ziyo. 2019-yil 2. Sodiqova Sh. A Maktabgacha pedagogika T. : Tafakkur bo’stoni 3. “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi. 4. Ibuka Massari “Uchdan keyin kech” T. : Akademnashr 2019
Do'stlaringiz bilan baham: |