Kirish Bob. Abdurahmon Jomiyning “Musiqiy nazariyasi


Bob. Abdurahmon Jomiy mashxur asarlari



Download 427,86 Kb.
bet5/6
Sana25.02.2022
Hajmi427,86 Kb.
#463209
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdurahmon Jomiy yangi

2.Bob. Abdurahmon Jomiy mashxur asarlari.
2.2. Mavzu: Abdurahmon Jomiy musiqiy ilmi.
Abdurahmon Nuriddin Abdurahmon Jomiy 1414 yilning 7 noyabrida Xurosonning Jom shahri (1414-1492) da tug`ildi. Uning otasi Nizo-middin Ahmad yirik ruhoniy - shayxulislom edi. Jomiyning go`daklik chog`ida oila hirotga ko`chib boradi va o`sha yerda istiqomat qilib Abdurahmon Jomiy o`qishga juda erta kirishadi tez orada xat savodini chiqarib oladi va turli xil va havas bilan o`rgana boshlaydi. Jomiy maktab keyin hirotning Dilkash madrasasida ulkan adabiyotshunos olim Mavlono Jo`nayd qo`lida saboq ola boshlaydi. Jomiy xususan O`rta Osiyoning mashhur filologi Sa’daddin Mas’ud Taftozoniyning (1322-1389) «Muxtasar al-maonn» va «Mutavval» kitoblarini katta ishtiyoq bilan o`qiydi Jomiy Taftozoniyning shogirdi Jojarmiy va mashhur mudarris Aloiddin Aliy Samarqandiydan ta’lim oladi . U hirot tahsili bilan qanoatlanib qolmay, bilimini oshirish maqsadida Samarqandga keladi , Ulug`bek madrasasida o`qiydi, qozizoda Rumiy va mashhur olimlarning mashg`ulotlariga qatnaydi. U Bahovaddin Naqshbandning izdoshlari bo`lgan Shayx Sa’daddin Koshg`ariyga (1456 yilda vafot etgan) murid tushib, tasavvuf bo`yicha ta’lim oladi.
Tasavvufning nazariy masalalari bilan, ay-Shayx Muhyiddin ibn al-Arabiy (1165-1240) kabi tasavvuf faylasuflarining asarlari bilan shug`ullanadi, tarkidunyochilik va badbinlikni rad etadi, zohidlarga qarshi shafqatsiz kurashadi. Uning shogirdlaridan bo`lgan AbdulG`afur Loriy «Ustoz Jomiy o`z vaqtlarini ko`proq foydali ishlarga sarf qilarlar edilar va qolgan vaqtlarini kishilar tarbiyasi xalq xizmatiga bag`ishlar» deydi Kitob Jomiyning yaqin do`sti, ajralmas qamrog`i, mutolaa va ijodiyot esa uning doimiy mashg`uloti edi.

Jomiy bir qator badiiy, ilmiy va diniy-tasavvufiy asarlar yaratadi, hirot va boshqa shaharlarning ko`pgina ilm va san’at- adabiyot aqllariga ustoz hamda ilmiy va adabiy tortishuvlarning hakami (arbitri) bo`ladi. Uning obro` e’tibori kundan-kunga oshib boradi. Temuriy hukmdorlar, Husayn Boyqaro, shuningdek atrof o`lka va viloyatlarning hokimlari Jomiyni hurmat qilib, uni in’omlar bilan tag`dirlaydilar. Jomiy daromadlarini ko`proq obodonchilik ishlariga, ilm-fan, san’at va adabiyot ahillariga sarf qiladi. Masalan, u hirot yaqinidagi Xiyobonda ikki madrasa va bir xonaqoq quradi, Jomda bir masjid bino etadi, yer sotib olib masjidga vaqf qilib beradi. «Agar ro`zg`origa muhtoj bo`lgan kishini ko`rsalar,- deb yozadi Abdulg`afur Loriy,- darhol unga yordam berar. Biror ortiqcha narsalari bo`lsa, yo`qsillarga in’om qilar edilar». Jomiyning o`zi esa juda sodda va kamtarona hayot kechirgan. (Uning kamtarona hayoti va fazilatlari zamondoshlarining asarlarida hikoya qilib qoldirilgan.) 1472 yilning kuzida Jomiy Makkaga jo`naydi. U haj qilish bilan birga, Sharq o`lkalarida bo`lish, u yerlarning olim va shoirlari bilan tanishish, g`oyibona do`stlarini ko`rish umidida edi. Safar bir yilu 5 oy davom etadi. Jomiy safardan qaytib kelganidan keyin ijodiy ishlarini qizg`in davom ettiradi, yangi-yangi asarlar yaratadi, ko`p shogirdlar yetishtiradi, shuhrati oshib boradi. Qardosh tojik xalqining ulug` shoiri va mutafakkiri Nuriddin Abdurahmon Jomiy 1492 yilning 8 noyabrida vafot etdi. Uning o`limi ilm-fan, san’at va adabiyot uchun juda katta yo`qotish bo`ldi. Butun hirot qattiq motam tutdi. Yaqin va uzoq yerlardan ko`p kishi ta’ziyaga keldi. Jomiyning yagona o`qli Yusuf hali 15 yoshda edi. Jomiyning shogirdi, do`sti va hamkori Alisher Navoiy azadorlarga ham, motam marosimiga ham bir farzanddek bosh bo`ldi. Dafn marosimida minglab kishi qatnashdi. Shoirlar motam ta’rixi va marsiyalar bitdilar. Jomiy juda sermaqsul olim va yozuvchidir. U 50 yil chamasi davom etgan ijodiy faoliyatida ko`p badiiy, falsafiy, ilmiy va diniy-tasavvufiy asarlar yaratdi.


Bu asarlarning turli davrlarga mansub bo`lgan qo`lyozma nusxalari va nashrlari ko`pdir. Uning ayrim avtograflari ham saqlanib qolgan. Ularning ayrim na’munalari, O`zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda . Jomiy asarlarining boshqa nodir qo`lyozmalari XVI asrga mansubdir. Bulardan eng muhimi XVI asr boshlarida ko`chirilgan va Toshkentda Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan «Kulliyoti Jomiy» bo`lib, u 37 asarni o`z ichiga oladi. Jomiy asarlari O`rta Osiyo, Eron, Hindiston va boshqa joylarda bir necha bor nashr qilingan.


Jomiyning XV asr madaniyati tarixidagi o`rni ayniqsa uning badiiy asarlari bilan belgilanadi. Jomiy buyuk shoir va adibdir. U XV asr adabiyotida mavjud bo`lgan deyarli barcha janrlarda asarlar yaratdi, o`zidan oldingi ulug` so`z san’atkorlarining traditsiyalarini davom ettirdi va rivojlantirdi, badiiy yuksak asarlari bilan dunyo adabiyoti xazinasiga o`lmas obidalar qo`shdi. Lirika sohasida Sa’diy, hofiz va Kamol Xujandiylar bilan bir qatorda turgan Jomiy uch devon tuzib qoldirdi. Jomiy Mashhaddan qaytgan Navoiyga uchinchi devonining o`z avtografini hadya qilgan edi. Navoiy Jomiyga, Amir Xisrav Dehlaviy o`z devonlarining har biriga (jami besh devon) alohida-alohida nom bergani kabi, bu uch devonni ham maxsus nomlar bilan atashni maslahat beradi. Jomiy Navoiyning bu maslaqatini mamnuniyat bilan qabul qiladi va o`z devonlarini quyidagicha ataydi:1. «Fotihat-ush-shabob»-«Yigitlik ibtidosi» (1479 yilda tuzilgan):2. «Vasat-ul-iqd» - «O`rtacha marvarid shodasi» (1489 yilda tuzilgan);3. «Xotimat-ul-hayot»-«hayotning xotimasi» (1491 yilda tuzilgan).Bu devonlar lirik turning g`azal, ruboiy, qit’a, tarji’band, tarkibband, marsiya, hasidava boshqa janrlarida yozilgan she’rlardan iborat.Abdurahmon Jomiy boshqa ilimlar bilan bir qatorda musiqa ilmi bilan ham shug`ullangan. Intervallar nazariyasi o`tmishda Sharq atroflicha o`rganib kelingan. Lekin eski zamonaviy tushunchalar o`rtasida katta farq bor.

Masalan, nazariyada zul arba’jt’nt aniq maxraj uchga nisbati, uch kasr to`rt tushunilgan bo`lsa, u (kelishilgan) taxminan qabul qilingan tovush munosabati qilib olinadi. Shunga binoan, oldingi musiqashunoslar tomonidan har bir maqomning aniq raqamlar bilan belgilangan tovush ishlab chiqilgan. Ammo riyoziy uslubda ifodalangan bo`dlar doim ham mutloq birlik bo`lavermasligini e’tirof etish lozim. Bu fikr Abdurahmon Jomiyning "Risolayi musiqiy"sida ravshan bayon etilgan: "Shuni bilmoq kerakki, vujudga keltirilgan bu taqsimot emas, balki taqribdir. Zotan, sohibi amal barmoqi bu: past yoki baland qo`yilsa, nag`ma eshitilishida sezilarli farq bo`lmaydi. Xuddi shuningdek, agar bu taqsimda andak tafovutlar bo`lsa, anikugik nuqtai nazaridan muhokama, ta’na va e’tirozlar o`rinsizdir.Intervallar nazariyasi o`tmishda Sharq musiqashunoslari tomonidan atroflicha o`rganib kelingan. Lekin eski musiqashunoslik tili bilan zamonaviy tushunchalar o`rtasida katta farq bor. Forobiy, Ibn Sino asarlarida bo`dlar raqam va nisbatlar vositasida ifodalangan bo`lsa, endilikda ular so`z bilan belgilangan birliklar tarzida ishlatiladi. Masalan, nazariyada zul arba’ deganda aniq maxraj miqdori (to`rtning uchga nisbati, uch kasr to`rt) tushunilgan bo`lsa, amalda u (kelishilgan) taxminan qabul qilingan tovush munosabati qilib olinadi. Shunga binoan, oldingi musiqashunoslar tomonidan har bir maqomning aniq raqamlar bilan belgilangan tovush jadvali ishlab chiqilgan. Ammo riyoziy uslubda ifodalangan bo`dlar har doim ham mutloq birlik bo`lavermasligini e’tirof etish lozim. Bu fikr Abdurahmon Jomiyning "Risolayi musiqiy"sida ravshan bayon etilgan: Shu bilan birga, o`n yetti nag`ma maxrajlarini aniqlashning bu fanda so`nggi mezoni tinglashdir.A.Jomiyning "Musiqa risolasi" debochasida hamdu sano ruhidagi g`azal Saraxborlardan oldin usulsiz "katta ashula"ga o`xshatib aytiladigan lavhalarga aynan mos kelishligi e’tirof etildi.



Хulоsa

Jomiydan ulkan va rang-barang adabiy hamda ilmiy meros qolgan. Ba'zi olimlar Jomiy asarlarining umumiy soni 100 ga yaqin deb taxmin qiladilar. Navoiy "Xamsat ul-mutahayyirin"da uning 38 asarini nomma-nom sanab ko`rsatadi. Jomiy asarlari falsafa, tasavvuf, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, san'at sohalariga hamda nazm va nasrning har xil janrlariga oid. Jomiy o`z asarlarini fors-tojik tilida yozgan, arab tilini ham yaxshi bilgan. Uning ijodiy faoliyati ko`p qirrali bo`lsa ham u Sharq xalqlari madaniyati tarixida ko`proq genial shoir va mutafakkir-olim sifatida tanilgan. Bu jihatdan uning epik va lirik merosi hoyat diqqatga sazovordir. So`nggi asr adabiyotshunoslari haqli ravishda uni fors-tojik adabiyotining ilk taraqqiyot davridagi (X-XV asrlar) buyuk mutafakkir-ijodkor deb ataydilar.


Adabiyotshunos va tilshunos olim sifatida ham Jomiy xizmati ulkandir. U o`zining "Bahoriston" tazkirasida fors-tojik adabiyotining bir qancha namoyandalari va Navoiy haqida himmatli ma'lumotlar beradi. Uning "Risolai aruz" asari aruz haqidagi eng mukammal qo`llanmalardan biridir. Jomiy "Nafohot ul-uns" asarini yozish bilan tasavvuf tarixini o`rganishga katta hissa qo`shdi. Unda 616 ta mutasavvif hayoti va faoliyati haqida ma'lumot berilgan bo`lib, ulardan 34 nafari ayollardir. Ushbu asarni Navoiy ma'lum bir to`ldirishlar bilan o`zbek tiliga tarjima qilgan. Jomiy faqat mashhur so`fiylar haqida ma'lumot berish bilan cheklanmay, qator shoir va adiblarning hayoti va ijodiga ham to`xtaladi. Jomiy musiqa sohasida ham katta obro`ga ega bo`lib, "Nahshi Mulla" ("Nahshi Imoma") asari muallifidir. Sharq musiqa ilmi tarixida Jomiyning "Risolai musiqa"si ham alohida o`rin tutadi. Risola kirish, ikki yirik qism - "ilmi ta'lif" va "ilmi iyho'" hamda xotimadan tashkil topgan bo`lib, ular ichiga 23 faslni qamrab olgan.

Jomiy o`zining musiqiy nazariy va musiqiy estetik qarashlarida Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Safiuddin Urmaviy va Abdulqodir Marohiylarning mumtoz an'analarini davom ettirgan. Asosiy diqqatini o`sha davr amaliyoti bilan bog`liq bo`lgan parda (lad) tizimlari (jins, jam, "O`n ikki maqom", sho`'ba va b.) hamda usul (ritm) masalalariga qaratgan. Jomiyning musiqaviy tafakkuri adabiy-badiiy ijodida o`z ifodasini topgan. Abudrahmon Jomiy va Alisher Navoiy umrining oxirigacha ustoz-shogird bo`lgan. Navoiy o`zining barcha asarlarini Jomiy maslahati bilan yozgan, ularning birinchi o`quvchisi ham Jomiy bo`lgan. O`z navbatida ulkan mutafakkir ayrim kitoblarini Navoiy maslahati bilan yozgan. Jumladan, qo`lyozma daftarlarda tarqoq yurgan she'rlarini devon holiga keltirishni Jomiyga Navoiy maslahat bergan. Alisher Navoiyning "Xamsa" yozish niyatini birinchi bo`lib Jomiy qo`llab-quvvatlagan, unga yuksak baho bergan. Shuning uchun ham "Xamsa" ning har bir dostoni muqaddimasida Navoiy boshqa xamsanavislar qatorida Jomiyga ham alohida bob ajratib, uni daho shoir, masnaviy ustasi, mehribon ustod sifatida ta'riflaydi. Bir davrda, bir xil siyosiy-ijtimoiy va madaniy adabiy muhitda yashab ijod etgan, ustozlik va shogirdlik, murshidlik va muridlik odobini Shams Tabriziy va Mavlono Rumiydan keyin eng yuksak darajada ado etgan bu ikki siymoni bir-biridan ayri tasavvur qilish, Jomiyni o`rganmasdan Navoiyni, Navoiyni o`rganmasdan Jomiyni anglash mumkin emasligini mantiq va tafakkur kuchi bilan idrok etgan o`zbek navoiyshunos olimlarini ayni paytda, jomiyshunos deb atash ham mumkin. Aslida, birinchi Jomiyshunos olimning o`zi ham hazrat Alisher Navoiy hisoblanadi. Jomiydek buyuk qomusiy olim asarlarini tahlil va tadqiq etish, ularga haqqoniy, holisona baho berish, kerak bo`lganda Jomiyning shoirlik va olimlik sha'nini himoya qilish faqatgina Navoiydek zabardast shoir, mutafakkir va ulug` adabiyotshunos olim qo`lidan kelishi mumkin edi.


Navoiyning Jomiyga bahishlab yozgan "Xamsat ul-mutaxayyirin" asari, shuningdek "Mahbub ul-qulub"ning "Nazm gulistonining xushnaqma qushlari zikrida" deb nomlangan 16-faslida Ajam shoirlarini asosan to`rt guruhga bo`lib, Jomiyni har uchchala guruhga mansubligini ta'kidlab o`tishi, hech qanday shak-shubhasiz, uni ilk jomiyshunos olim sifatida namoyon etadi. Xuddi shu o`rinda hazrat Jomiyni ham birinchi navoiyshunos olim, deb atash mumkin. Zero, Jomiy o`zining "Bahoriston" va boshqa asarlarida Navoiy ijodiga yuksak baho berib, uning "o`zbek tili, o`zbek adabiyoti uchun kurashini, uning o`z halqi madaniyatini yuksaltirish yo`lidagi barcha intilishlarini quvvatlagan". Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy do`stligi - jon do`stlik. Xalq va Vatan manfaatlari yo`lida har qanday mashaqqatga bardosh berishga qodir do`stlik. El-ulus istiqboli yo`lida xizmat qilgan bu do`stlik mohiyati xalqimizning "Elni suygan - erga do`st" maholi mazmuni bilan uyg`un. Asarlari o`zbek tiliga tarjima qilinib bir necha marta nashr etilgan "hofiya sharhi risolasi", "Sharqi Mullo" (yoki "Mullo Jomiy") Markaziy Osiyo va Idil (Volga) bo`yi tatarlari madrasalarida arab tili, grammatikasidan darslik sifatida o`qitilgan. Shu munosabat bilan, Abdurahmon Jomiy ijodiga yoshlarni jalb qilish lozim. Bu ishda kutubxonalar adabiyotlar targ`ibotining kitob taqdimoti, ilmiy-amaliy konferensiya, kitobxonlar konferensiyasi, savol-javob kechalari, davra suhbati, bilimdonlar bellashuvi, mavzuli va munozara kechalari, uchrashuv va xotira kechalari, adabiy-badiiy sahnalashtirilgan musiqali kechalar, og`zaki jurnal, kitob ko`rgazmalari, asarlarining obzorlari va u haqidagi asarlarning turli-tuman shakl va usullaridan foydalanishlari mumkin.




Download 427,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish