1.3 Matematikani o’qitishning tadbiqiy yo’nalishini oshirish orqali ta’lim samaradorligiga erishish texnologiyalari
Matematika o’qitishning masalalaridan biri – o’quvchilarni ishlab chiqarish jarayonida fikrni jamlashga o’rgatish jarayonlarning ayrim tomonlarini funktsional bog’liqlikda ko’ra olish, agar iloji bo’lsa, ular orasidagi miqdoriy munosabatlarni ochib berish. Ta’lim uchun shunday amaliy materialni tanlash kerakki, u o’quvchilarga matematikani fan sifatida tushunishlariga yordam berish bilan birgalikda bu materialni egallash o’quvchilarda matematik bilimlarni ishlab chiqarish mehnatida foydalanish ko’nikmasining hosil bo’lishiga imkon yaratsin.
Amaliy mashg’ulot, tekshiruv-sinov darslarida kasbga yo’naltiruvchi masalalardan foydalanish vaqtida o’quvchilarning bilim darajasiga qarab, tabaqalashtirish maqsadga muvofiqdir. Bunda butun sinf uchun bir xil misollar tanlanadi, faqat bu misollarning shartiga o’zgartirishlar, yordamchi ta’riflar, formulalar kiritib yoki ularni chiqarib tashlash yo’li bilan masala osonlashtiriladi yoki murakkablashtiriladi. Birinchi darajali (eng yuqori) misollar eng kuchli o’quvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, bunda kerakli formulalar o’quvchining o’zi tomonidan aniqlanib, mutlaqo mustaqil ravishda yechiladi.
Matematika o’qituvchisi ham, boshqa umumta’lim fanlari o’qituvchilari ham har bir darsda o’quvchilar tomonidan turli hisoblashlarni bajarish jarayonida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar sabablarini o’z vaqtida o’rganishlari va tahlil qilishlari lozim.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, ko’p hollarda quyidagilar asosiy sabab bo’lishi mumkin: boshqa umumta’lim fanlarini yaxshi o’zlashtirilmagani yoki o’quvchilar matematikaning tegishli bo’limidan yetarli darajada bilimga ega bo’lmasligi.
Shuning uchun har bir fan o’qituvchisi matematikadan yetarli darajada bilimlarni egallamasdan turib, boshqa fanlarni yaxshi o’zlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelishi, kelgusi hayoti davomida o’z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishda muammolarga duch kelishini o’quvchilarga tushuntirib borishi talab etiladi.
Yuqoridagi fikrlar fanlarni integratsiyalash (lotincha “integer” - “umumiylik”, “integerara” - “umumiylikni to’ldirish, yaratish, tiklash” - degan ma’nolarni anglatadi) zarurligini ko’rsatadi.
Integratsiyalash - bu tabiiy bilimlarning turli ko’rinishdagi umumiyliklardan hosil bo’luvchi qonun-qoidalari majmuasi hisoblanib, u har bir kishini tabiat dialektikasiga chuqurroq kirishga imkoniyat yaratib beradi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan turli umumiyliklar minglab tushunchalar bilan o’zaro bog’langan bo’lib, ular tabiiy fanlar metodlari va ularning ilmiy natijalari yordamida o’rganiladi.
Fanlarning o’zaro integratsiyalashuvi ilmiy bilimlarning sintez qilinishi natijasida inson ongining moddiy dunyoning sir-sinoatlarini idrok qila olishi uchun eng qo’lay sharoit yaratiladi.
Agar biz ularni matematika bilan yaqinlashtirish niyatimiz bo’lsa, iloji boricha o’quv matematikasidan mehnat matematikasiga o’tish jarayonini yengillashtirishga erishmimiz kerak.
Ma’lumki, to’g’ri chiziqlar, tekisliklar, fazoviy figuralarning mavjudligi, to’g’ri chiziq, ikki nuqta orasidagi masofa va hokazolarni bilish har bir kasb egasining asosiy matematik bilimlarining minimal darajasini belgilaydi. Bunda matematikaning asosiy vazifasi ta’riflar, teoremalar, qonuniyatlar, formulalar va ularni tatbiqini o’quvchilar ongida to’ьri shakllanishiga erishish hamda tabiat, jamiyat qonunlarini o’rganishda ularga yordam berishdan iboratdir.
Shuning uchun ham, keskin o’zgarishlarni kutib o’tirmasdan, hozirga kunda mavjud bo’lgan reja, dastur, darslik va o’quv qo’llanmalaridan foydalangan holda bu ishni ijobiy hal eitish maqsadga muvofiq.
Lekin bu haqda so’z boshlashdan avval bitiruv malakaviy ishimizning asosiy atamalari bo’lmish – “Matematika o’qitishning tatbiqiy yo’nalishi” va “Amaliy yo’nalishi” deganda tushunchalarga aniqlik kiritish maqsadga muvofiq.
Matematika o’qitishning tatbiqiy yo’nalishi – ta’lim mazmuni va metodlarini matematikaning texnikada va turdosh fanlarda, kasbiy faoliyatda, xalq xo’jaligida va maishiy hayotda qo’llashga yo’naltirishdir.
Matematika o’qitishning tatbiqiy yo’nalishi:
Do'stlaringiz bilan baham: |