Kirish bet


Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish



Download 86,98 Kb.
bet15/34
Sana07.01.2022
Hajmi86,98 Kb.
#329316
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
Bog'liq
tayyor referat bahodir

4.3 Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish.

Dissertastiya mavzusining tanlanishi. Ilmiy tadqiqot ishining muvaffaqiyati dissertastiya mavzusining to’g’ri tanlanishiga bog’liq bo’ladi. Uni shunday tanlash kerakki, bu tadqiqotchining imkoniyatlari, bilimlari, qiziqishlarini yuqori darajada ochib berilishiga imkon yaratishi lozim. Tabiiyki, tadqiqotchi u yoki bu mavzu bo’yicha qanchalik ko’p shug’ullangan va bu borada nashr ishlari, ilmiy ma’ruzalari mavjud bo’lsa, bu mavzu bilan bog’liq original g’oyalar shunchalik ko’p bo’ladi, ilmiy ish shu qadar yaxshi va mazmunli chiqadi.

Dissertastiya mavzusini tanlashda ruhiy omillar sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Dissertastiyani yozish va himoya qilish uzoq muddatli jarayon bo’lib, odatda bir necha yilni o’z ichiga oladi va shu nuqtai nazardan marafoncha yugurishni eslatadi. Shuning uchun avval boshdanoq tadqiqotchi o’zini qiyinchiliklarni sabot bilan engib o’tishga, ishning boshlang’ich va keyingi bosqichlarida kuchini to’g’ri taqsimlashga, uning optimal maromi va tartibini ishlab chiqishga, agar maqsadga erishish uchun taktikani o’zgartirish zarur bo’lsa, bunday o’zgarishlarni amalga oshirishdan cho’chimaslikka moslashtirishi lozim.

Ilmiy darajaga erishish – tadqiqotchi individual biografiyasining o’ta ahamiyatli dalili hisoblanadi. Unga tadqiqotchi o’z hayotining bir necha yillarini baxshida etadi, uning kelgusidagi insoniy va ilmiy taqdiri ko’p hollarda himoya qilish holatiga bog’liq bo’ladi. Ilmiy darajani tadqiq etuvchilarni ikki toifadagi kishilarga ajratish mumkin. Birinchi toifa vakillari – amaliyotchilar bo’lib, ular uchun ilmiy ish faqat o’z mutaxassisliklari bo’yicha amaliy vazifalarni hal etish vositasi bo’lib hisoblanadi. Ilmiy ish keyinchalik mazkur sohada muvaffaqiyatli ishlash uchun ularga o’zlarining kundalik faoliyatlaridagi qandaydir asosiy muammoni chuqurroq bilishga imkon yaratadi. Boshqa guruh – nazariyotchilar bo’lib, ular uchun nomzodlik dissertastiyasini himoya qilish – bu faqat uzoq ijodiy yo’lning (bu yo’lda ularni ham doktorlik dissertastiyasi, ham monografiya va h.k.lar kutadi) bir bosqichi hisoblanadi. Ular uchun nomzodlik dissertastiyasi mavzusini tanlash ko’p yillarga mo’ljallangan ilmiy izlanishlar yo’nalishlarini strategik tanlash bo’lib qolishi lozim. Shuning uchun, tadqiqotchi dissertastiya mavzusini tanlash chog’ida o’zining qaysi guruhga mansubligini aniqlab olishi zarur. Bundan uning o’z ishiga nisbatan qo’yuvchi talablar, ya’ni bu amaliyotga olib chiquvchi tor ixtisoslashgan yoki nazariy jihatdan mahsuldor va istiqbolli, sof ilmiy mavzu bo’lishi aniqlanadi.

Agar tadqiqotchi birdaniga dissertastiya ishi mavzusini tanlay va shakllantira olmasa, bu holat uni u qadar tashvishga solmasligi lozim. Tabiiyki, hali ilmiy ish tajribasi etarli bo’lmagan chog’ida insonda his etish istiqbollari, dolzarblikni sezish, u qadar aniq tushunmagan va his etmagan narsasini lo’nda va terminologik jihatdan to’g’ri ifodalash mahoratining etishmasligi ham mumkin. Mavzu tanlashdagi mushkullikni bartaraf etishda ilmiy rahbarning yordami muhim hisoblanadi. Bundan tashqari quyidagi choralarni amalga oshirish ham maqsadga muvofiqdir:



  • ilmiy kutubxona yoki O’zR OAK ma’lumotlar bazasidagi himoya qilingan dissertastiyalar katalogiga murojaat qilish;

  • bilimning aralash sohalariga e’tibor qaratish zarur: ba’zida ikkita fan, masalan, iqtisodiyot va sostiologiya, sostiologiya va filosofiyaning kesimida shunday mavzularni topish mumkinki, ular ma’lum tadqiqot istiqbollariga ega bo’lishiga qaramay, fanning u yoki bu sohasining e’tiboridan chetda qolgan bo’ladi;

  • muammoni ko’rib chiqishning metodologik rakursi katta ahamiyat kasb etadi. Ba’zan rakursni almashtirish, yangi nuqtai nazarni ilgari surish – bu birlamchi ilmiy ishlanma mavzusidir;

  • ilmiy davriy nashrlarni, maxsus nashrlarni ko’zdan kechirish, shug’ullanilayotgan fan bo’yicha klassiklar ishlari ustida fikr yuritish ham mavzu tanlashda qo’l kelishi mumkin. Umuman olganda, tadqiqotchi o’z ilmiy ixtisosligi bo’yicha qanchalik ko’p adabiyotlarni o’qisa, unga o’z yo’nalishini tanlash shu qadar oson bo’ladi.

Mavzu tanlab bo’linganidan so’ng ishning navbatdagi bosqichi boshlanadi. Bunda tanlangan mavzuni tahlil qilish hamda malakaviy talablarga muvofiq keluvchi aniq ifodalarda aks ettirish kerak. Bu sirtdan qaragandagiday u qadar oson ish emas. Tadqiqotchi mazuning dolzarbligini, ishlab chiqiluvchi qoidalarning ilmiy yangiligini, ularning amaliy va nazariy ahamiyatini aniqlab olishi lozim.


Download 86,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish