Kirish Auditning maqsadi, malumot manbalari. Buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimi holatini tekshirish


Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditioning uslubi



Download 287,2 Kb.
bet4/4
Sana10.07.2022
Hajmi287,2 Kb.
#767814
1   2   3   4
Bog'liq
audit ab

Xodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisob-kitoblar auditioning uslubi
Korxona buxgalteriyasi har oyda xodimlarning shaxsiy schyotlariga hisoblab
yozilgan ish haqi va xodimning boshqa daromadlari, miqdori, ushlab qolingan
summalar va chegirmalar, shuningdek to`lanishi lozim bo`lgan summalar haqidagi
ma'lumotlarni kiritadi.
Shaxsiy schyotlarni to`ldirishda asos bo`lib ish vaqtidan foydalanilganlikni
hisobga olish tabeli, ishbay mehnat uchun topshiriqlar, bajarilgan ishlar uchun
topshiriq-buyurtmalar, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik to`g`risidagi varaqa,
mukofotlar to`lash, moddiy yordam ko`rsatish to`g`risidagi ma'muriyat buyruqlari
(farmoyishlari), korxonaga kelib tushgan ijro hujjatlari va boshqalar hisoblanadi.
Misol. «Fayz» OAJ XK ga jismoniy shaxs 2020-yil5 - apreldan oyiga 500000
so`m maosh bilan buxgalter lavozimiga ishga qabul qilindi. Xodim ilgarigi ish joyidan ma'lumotnomani taqdim etdi, unga ko`ra 202020-yilboshidan: daromad - 156 0000 so`mni, daromad solig`i - 302800 sumni tashkil qilgan. «Ish beruvchining buyrug`i (T-1-son shakl) bilan ishga qabul rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo`ladi. Buyruq mehnat shartnomasi mazmuniga to`liq mos ravishda chiqariladi hamda xodimga tilxat bilan e'lon qilinadi»
«Xodim shartnomada belgilangan kundan boshlab, (mazkur holatda – 2020-yil 5 - apreldan) mehnat majburiyatlarini bajarishga kirishishi lozim
Oyiga beriladigan maosh summasi - 500000 so`m ham mehnat shartnomasida
qayd etiladi.
Buyruqqa asosan xodimga shaxsiy varaqa (T-2-son shakl) to`ldiriladi, ish
boshlagan paytidan 5 kun o`tgach mehnat daftarchasida ishga qabul qilinganligi
haqida yozuv qayd etiladi1 hamda shaxsiy schyot (T-54-son shakl) ochiladi, unga ish haqini hisob-kitob qilish uchun zarur barcha ma'lumotlar kiritiladi. Oy tugagach, tabelchi yoki bunga vakolatli boshqa shaxs tomonidan rasmiylashtirilgan ish vaqtini hisobga olish tabeli (T-12-son, T-13-son shakllar) buxgalteriyaga topshiriladi. Tabelda tabel raqami, F.I.Sh., ishlangan soatlar soni, dam olish kunlari, turli sabablarga ko`ra ishga chiqilmagan kunlar soni ko`rsatilgan holda barcha xodimlarning ro`yxati aks ettiriladi. Buxgalteriya boshlang`ich tabel hisobi ma'lumotlari asosida 202020-yilaprel oyi uchun ish haqini hisoblab chiqaradi. Besh kunlik ish haftasi deyilganda, aprel oyida 22 ish kuni hisoblanadi. Xodim 15 - apreldan ishga qabul qilinganligi bois, agar ishgachiqmagan kunlar bo`lmasa, u mazkur oyda 20 ish kuni ishlagan bo`ladi. 202020-yilaprel oyi uchun hisoblab yozilgan ish haqi summasi 454550 so`mni
(500000 : 22 x 20) tashkil qiladi.

Auditorlik tekshiruvi jarayonida auditor mazkur xojalik operatsiyasiga 1buxgalteriya provodkasi to`g`ri berilganligiga e'tibor berishi kerak. 21-son BHMS ga muvofiq quyidagicha provodka berilishi nazarda tutilgan (8.4 -jadval)



«Har bir xodimni unga tegishli davrda to`lanishi lozim bo`lgan ish haqining
tarkibiy qismlari, olib qolingan ushlanmalar miqdori va asoslari, shuningdek
to`lanadigan umumiy pul summasi haqida yozma shaklda xabardor qilish lozim»
Ish haqi hisob-kitobi hamda to`lanishi hisob-kitob-to`lov qaydnomalari (T-49-
son shakl) yoki alohida hisob-kitob va to`lov qaydnomalarida (T-51-son, T-53-son
shakllar) amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishning mavsum davomida bir tekisda davom etmasligi hamda
boshqa holatlar (ko`pchilik ishlovchilar yoz oylarida ta'tilga ketadi) munosabati bilan ishchilarga mehnat ta'tili bir maromda berilmaydi. Auditor ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini to`g`ri aniqlash uchun yil davomida ta'tillarga haq to`lash bo`yicha xarajatlarni bir maromda kiritib borishni ta'minlash zarurligiga alohida e'tibor berishi kerak. Mehnat ta'tili vaqtiga to`lanadigan ish haqi xarajatlarini har oyda mahsulot tannarxiga belgilangan miqdorda kiritib borish zarur. Buning uchun mehnat ta'tiliga to`lanadigan ish haqi mahsulot tannarxiga yil davomida bir maromda o`tkazilishini ta'minlash uchun har oyda ma'lum miqdordagi mablag` korxona tomonidan zaxira qilib borilishi kerak. Jamg`arib boriladigan pensiya ta'minotiga o`tkazmalar bo`yicha quyidagicha (8.5-jadval) buxgalteriya yozuvlari amalga oshiriladi.

Ishbay ishchilarning ishlab chiqarish hisobini tashkil etish va nazorat qilish
hamda ish haqini hisoblash bo`yicha audit o`tkazganda auditor dastlabki hujjatlar,
ya'ni: naryadlar, marshrut haritalar, yo`l varaqalar, ish mahsuliga oid qaydnomalar,
bajarilgan ishlar bo`yicha dalolatnomalar va boshqalarni, korxonada ish mahsullari
va ishbay haqlar ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligini, dastlabki hujjatlarda
barcha tegishli rekvizitlar mavjud ekanligini tekshirishi lozim.
Vaqtbay mehnatga haq to`lashda tarif stavkalar va kontraktlar sharti to`g`ri
qo`llanilganligi tekshiriladi. Ish vaqtidan foydalanilganligi to`g`risidagi tabellar,
naryadlar va ish haqini hisoblash bo`yicha boshqa hujjatlarni tekshirganda ularga
uydirma (soxta) shaxslar kiritish hollari mavjudligi aniqlanadi. Buning uchun
naryadlarni berilgan sanasi bo`yicha tahlil qilish, naryaddagi va ish vaqtini hisobga
olish tabellardagi ishchilar familiyalarini xodimlar bo`limidagi shaxsiy tarkibni
hisobga olish ma'lumotlari bilan solishtirish lozim. Dastlabki hujjatlar bo`yicha avval to`langan summalar qayta hisoblanganligi, aynan bir shaxslar familiyalari bir necha marotaba turli hisob-kitob-to`lov qaydnomalariga kiritilganligi holatlari tekshiriladi.
Korxona xodimlarining shaxsiy tarkibida bo`lmagan va qisqa muddat ishlagan shaxslarga yozilgan naryadlar hamda sifatsiz ishlarni, yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish bo`yicha naryadlar alohida diqqat bilan tekshiriladi. Dastlabki hujjatlar va hisob-kitob qaydnomalarini tekshirganda arifmetik hisoblar to`g`riligiga katta e'tibor qaratiladi.
Auditorlik tekshiruvi vaqtida xodimlarni rag`batlantirishga qaratilgan turli
to`lovlar, ya'ni: ma'lum bir davrda ishlaganligi natijasiga ko`ra mukofotlar, tovon
tavsifidagi ish vaqtidan tashqari yoki tunda ishlaganligi uchun qo`shimcha to`lov va
ustama haqlar, ishlamagan vaqt, mehnat ta'tili, vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizlik
va boshqalar uchun to`lovlar hujjatlarda to`g`ri rasmiylashtirilganiga alohida e'tiborni qaratishi lozim. Bunda auditor har bir korxonada ichki moddiy rag`batlantirish va turli qo`shimcha to`lovlar va mukofotlarni hisoblash to`g`risida ichki Nizom ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo`lishi kerakligini unutmasligi zarur. Mukofotlarni hisoblash rahbar buyrug`i bilan rasmiylashtirilishi va mukofotlash to`g`risidagi ichki Nizomning tamoyillariga muvofiq bo`lishi lozim.
O`rtacha ish haqiga asoslangan hisoblar to`g`riligini tekshirganda o`rtacha ish
haqi to`g`ri belgilanganligini aniqlash, undan keyin esa, turli to`lovlar to`g`ri
hisoblanganligini tekshirish kerak. Aniqlangan kamchilik va xatolar bo`yicha
buxgalter tegishli tuzatishlarni kiritishi lozim.
Xulosa
Globallashuv sharoitida O'zbekiston iqtisodiyotini jadal rivojlantirish va liberallashtirish, jahon moliya bozoriga integratsiyalashuvini tezlashtirish va kapital bozorini hamda raqamli iqtisodiyotni yanada taraqqiy ettirish, zamonaviy korporativ boshqaruv printsiplarini joriy etish ustuvor vazifalar sirasiga kiradi. Tizim faoliyatini yanada takomillashtirish, boshqarishga oid qarorlarni qabul qilish va korporativ boshqaruvni yanada yaxshilash uchun auditorlik xizmatlari sifatini oshirish lozim bo'ladi
Yaqin paytga qadar amalda bo'lgan “Auditorlik faoliyati to'g'risida”gi qonun 2000 yilda qabul qilingan. So'nggi 20 yil ichida bu bozorda katta o'zgarishlar ro'y bergani va qator islohotlar amalga oshirilgani tufayli u bugungi kun talabiga to'liq javob bermasligi ayon bo'lib qolgan edi.
Zamonaviy talablar va xalqaro amaliyot printsiplariga asoslangan auditorlik faoliyatini tartibga solishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmini yaratish, qoida va normalarni hamda me'yoriy hujjatlarni yagona normativ-huquqiy hujjatda unifikatsiyalash va tizimlashtirish maqsadida 2021-yil 25-fevralda yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati to'g'risida”gi qonun qabul qilindi.
Qonun bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan auditorlik xizmatini tashkil etishga, ushbu kasbning nufuzini va ular ishining sifatini oshirishga qaratilgan bo'lib, pirovard natijada jamiyat manfaatlarini qondirishga va investorlar himoyasini kuchaytirishga yo'naltirilgan.
Ushbu huquqiy hujjatda amaldagi qonunning eskirgan va havolaki me'yorlari qayta ko'rib chiqildi va auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi yagona me'yoriy hujjat ko'rinishida to'g'ridan-to'g'ri amal qiladigan qonun sifatida qabul qilindi.
Dunyoda auditorlik xizmatlaridan foydalanish rivojlanib boryapti. Xususan, IFAC – Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining rasmiy hisobotiga ko'ra, 130 ga yaqin davlatda 175 dan ziyod professional buxgalterlar uyushmasi, 3 milliondan ziyod professional auditor, 100 mingdan ortiq auditorlik tashkiloti mavjud. Birgina Deloitte tashkilotining o'zi 150 ta davlatda 1600 dan ziyod shartnoma asosida auditorlik tekshiruvlarini o'tkazib, 46,2 milliard AQSH dollari miqdoridagi daromadni qayd etdi.
Respublikamizda 2021-yilning 1-yanvar holatiga 99 ta auditorlik tashkiloti faoliyat ko'rsatib kelyapti, auditorlar soni 572 kishini tashkil qiladi. 19 ta mahalliy auditorlik tashkiloti yirik xalqaro tarmoq va uyushmalar a'zolari hisoblanadi. YUrtimizda ham katta to'rtlik (Big-4) - “Ernst &Young”, “PricewaterhouseCoupers”, “Deloitte and Touche” va “KRMG” xalqaro auditorlik tashkilotlarining sho''ba jamiyatlari faoliyat yurityapti.
Qonun auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish, uni litsenziyalanadigan turlar tarkibidan chiqarish, maxsus vakolatli davlat organi sifatida Moliya vazirligi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari (Auditorlar palatasi hamda Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi) bilan birgalikda, moliya-xo'jalik sohasiga aralashmagan holda, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o'tkazish, majburiy auditorlik tekshiruvidan o'tishi zarur bo'lgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan tashkilotlar ro'yxatini shakllantirishni nazarda tutadi. Ayni kezda unda auditorlar malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, jahonning ilg'or tajribalarini tatbiq qilish, tartibga soladigan qoida va normalarni hamda me'yoriy hujjatlarni yagona normativ-huquqiy hujjatda unifikatsiyalash va tizimlashtirish, manfaatlar to'qnashuvining oldini olishga yo'naltirilgan auditorlar professional faoliyatining axloq qoidalarini joriy etish kabi muhim masalalar ham qamrab olingan.
Hujjatda qonunning maqsadi, auditorlik faoliyati to'g'risidagi qonunchilik, asosiy tushunchalar, printsiplar va uning standartlari yoritilgan. Mustaqillik, xolislik va halollik, kasbiy bilimga egalik hamda axborotning maxfiyligi sohaning asosiy printsiplari hisoblanadi. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni ishonchli axborotlar bilan ta'minlash maqsadida O'zbekistonda auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlar asosida amalga oshirish belgilangan. Bu esa, o'z navbatida, moliyaviy axborotlarning ishonchliligini oshiradi va axborot xatarini kamaytiradi.
Download 287,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish