Amaliy mashg’ulot №14
Mavzu: Kesish asbobini yeyilishi, tokarlik dastgoh supportini elastikli xarakatni va ishlov berish rejimlarini kuchli va xaroratli avtomatik boshqarish tizimlariga misollar.
Dastgoh moslamalarini loyixalash ancha murakkab masala bo`lib, bunda ishlov berilayotgan zagotovka aniq o`rnatilishi va xar xil kuchlar ta`sirida siljimasligi talab etiladi. Ishlov berish chog’ida kesish kuchlari, og’irlik kuchlari, markazdan qochma va boshqa kuchlar ta`sir etadi. Bu kuchlar ta`sirida zagotovka siljimasligi (o`z holatini o`zgartirmasligi) uchun uni mahkamlash zarur.
Kisish kuchi - kattaligi, yunalishi va ta`sir urni bilan bu kuchlar uzgaruvchi faktor xisoblanadi. Urnatilmagan (neustanovivshimsya) rejimda kisish kuchi kattaligi noldan ma`lum bir maksimumgacha usib boradi. Urnatilgan (priustanovivshimsya) rejimda esa, bu kattaliklar doimiy bulmay, zagotovkani kuyimlari doimiy emasligi va materialni mexanik xususiyatlari ta`sirida tebranishga majbur buladi.
Kesuvchi asbob kesuvchi kismini utmas xolga kelishi sababli kesish kuchi kattaligi 10 - 30 % va undan katta kiymatlarga ortadi. Ishlov berishni ba`zi bir turlarida (yunish, kuchirish) kesish kuchи zarba xarakterida buladi.
Zagotovka ogirligi - kesish kuchi kattaligiga boglik bulgan takdirda xisobga olinadi. Zagotovka urnatuvchi elementlarga vertikal yoki ogma xolatda urnatilganida, uni ogirligi xisobga olinishi kerak. Agar zagotovkaga ishlov berish buriluvchi yoki aylanuvchi moslamalarda amalga oshirilsa, u xolda ogirlik faktori zagotovkani turli usullarda maxkamlash imkoniyatini yaratadi.
Kisuvchi elementlarga kuyidagi talablar kuyiladi:
1.Kisish vaktida bazalangan detalni xolati uzgarmasligi kerak.
2. Maxkamlangan detal deformatsiyalanmasligi va yuzalari shikastlanmasligi kerak.
3. Detalga ishlov berish vaktida bazalangan detal xolatini saklab turish uchun kam kisish kuchi keraк bulishi kerak.
4. Zagotovkalarni maxkamlash va kisish oz kuch sarflab, oz vakt ichida amalga oshirilishi kerak. Kul kuchi bilan kisiladigan kisish elementlariga 15 kGs (147N) dan oshmagan kul kuchi sarflanishи kerak.
5. Kesish kuchi kisish kurilmalariga ta`sir kilmasligi kerak.
6. Kisuvchi elementlarni konstruktsiyasi sodda, ishlatishga kulay va xavfsiz bulishi kerak.
Kisish kuchlarining yunalishlarini tanlashda kuyidagi koidalarga amal kilishi kerak:
1. Zagotovka bilan urnatish elementlarini yaxshi jipslashishi uchun kisish kuchining yunalishini urnatish elementlari yuzalariga perpendikulyar xolda yunaltirish kerak.
2. Bir nechta baza yuzalariga zagotovkani bazalashda kisish kuchini zagotovka bilan eng katta birikishda bulgan urnatish elementiga yunaltirish kerak.
3. Kisish mexanizmlarini ishini engillatish maksadida kisish kuchini zagotovkani ogirlik kuchi yunali-shiga mos tushishi kerak.
4. Kisish kuchi yunalishini kesish kuchi yunalishi bilan mos tushirish kerak.
5. Engil zagotovkalarga ishlov berishda kesish kuchini, ogir zagotovkalarga ishlov berishda esa ularni ogirligini xisobga olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |