Yaponiya boshqaruvi
Yaponiya 1894-1896-yillardagi Birinchi xitoy-yapon urushida Sin sulolasini mag’lubiyatga uchratgandan so’ng, Koreya imperatori Gojongni qo’lga oldi. Chunki Koreya yarimoroli Yaponiya uchun strategik jihatdan muhim o’lka edi.O’n yildan so’ng, Yaponiya 1904-1905-yillardagi rus-yapon urushida Rossiya imperiyasini mag’ubiyatga uchratgandan so’ng, 1905-yilda Koreyani o’z protektoratiga aylantirdi, 1910-yilda esa uni anneksiya qildi. Koreys milliy ozodlik harakati qatnashchilari va ziyolilari mamlakatdan qochib ketishdi va ba’zilari 1919-yilda Shanxayda Li Sin Man boshchiiligida Muvaqqat Koreya hukumati tuzishdi. Bu quvg'inda bo'lgan hukumat kam sonli davlatlar tomonidan tan olingan. 1919-1925-yillarda va undan keyingi yillarda koreys kommunistlari yaponlarga qarshi ichki va tashqi urushlarning asosiy qo'zg'atuvchisi bo'lganlar. Koreya Yaponiya hukmronligi ostida Tayvan bilan birga sanoatlashgan koloniya hisoblangan. 1937 yilda mustamlaka general-gubernatori General Jiro Minami Koreyaning 23,5 million aholisini madaniy assimilyatsiya qilishga harakat qildi, ya’ni koreys tili, adabiyoti va madaniyatini foydalanish va o'rganishni ta’qiqlab qo’ydi, ularning o'rniga yapon tili, adabiyoti va madaniyatidan majburiy foydalanishni va ularni o'rganishni talab qildi. 1939 yildan boshlab, aholiga yapon nomlaridan foydalanish talab qilindi. 1938 yilda mustamlaka hukumati mehnatga chaqiruvni yo'lga qo'ydi. Xitoyda Milliy Inqilobiy Armiya va Kommunistik Xalq Ozodlik Armiyasi koreyalik vatanparvarlar Xitoyning bir qismini ham egallab ulgurgan Yaponiya harbiylariga qarshi mustaqillik uchun kurashchilarni qutqarishni tashkil etishga yordam berdi. Li Bom Sok boshchiligidagi koreyslarning milliy tayanch kuchlari Birma yurishida jang qilishdi (1941-yil dekabr - 1945-yil avgust). Kim Ir Sen boshchiligidagi kommunistlar Koreyada va Manchuriyada yaponlarga qarshi kurashdilar. Ikkinchi Jahon urushi davrida yaponlar urush uchun Koreyaning oziq-ovqat, chorva mollari va metallaridan foydalanganlar. Koreyadagi yapon qo'shinlari 1941-yildagi 46 ming askardan 1945-yilda 300 minggacha ko'paydi.Koreya kollaboratsionist koreys politsiyasi bilan birgalikda boshqariladigan 2,6 million majburiy ishchilarni yolladi; qariyb 723,000 kishi imperiyaning dengiz orti hududlariga va metropolitan Yaponiyaga ishlashga yuborildi. 1942-yilga kelib koreyalik erkaklar Yaponiya Imperial Armiyasiga chaqiriladilar. 1945-yil yanvariga kelib, koreyslar Yaponiya ishchi kuchining 32 foizini tashkil etdi. 1945 yil avgustda AQSh Xirosima va Nagasakiga atom bombalarini tashlaganida, halok bo'lganlarning qariyb 25% koreyslar edi. Urush oxirida boshqa dunyo kuchlari Koreyada va Tayvanda Yaponiya boshqaruvini tan olmadilar. Shu bilan birga, Qohira konferensiyasida (1943-yil noyabr) Xitoy, Buyuk Britaniya va AQSh ,,Koreya erkin va mustaqil bo'lishiga qaror qildi’’. Keyinchalik Yalta konferensiyasi (1945-yil fevral) Sovet Ittifoqiga Yaponiyaga qarshi urush harakatlarida qatnashish evaziga Yevropaning neytral zonalarini va Xitoy va Manchjuriyada ustunlik huquqini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |