38-parallel atrofidagi janglar (1951-yil, yanvar-iyun)
General-leytenant Metyu Ridgvey 26-dekabr kuni AQSh sakkizinchi armiyasining qo'mondonligini qabul qilganida, KPA va xitoyliklar keyingi bosqich hujumlarini 1951-yil arafasida boshladilar. Tungi hujumlardan foydalanib BMT qo'mondonlik punktlari qurshovga olinib, kutilmagan tarzda juda ko'p sonli qo'shinlar tomonidan hujum uchradi. Hujumlar baland ovoz bilan: karnaylar va bonglar bilan amalga oshirildi, ular taktik aloqani osonlashtirish va dushmanni yo’lidan adashtirish maqsadida amalga oshirdi. Dastlab BMT kuchlari bu taktika bilan tanish bo'lmagan va natijada ba'zi askarlar qurollarini tashlab janubga chekinishgan. Bu hujum 1951-yil 4-yanvarda KPA va xitoyliklarga BMT kuchlaridan yengib, Seulni ikkinchi marta bosib olishga imkon berdi.
Bu muvaffaqiyatsizliklar general Makarturni Xitoy yoki Shimoliy Koreyaning ichki qismiga qarshi yadroviy qurol ishlatishni ko'rib chiqishga undadi, chunki bu orqali Xitoy ta'minot zanjirlarini uzib qo'yish mumkin edi. Ammo xarizmatik lider Ridgvey kelishi bilan sakkizinchi armiya jonlana boshladi.
BMT kuchlari g'arbda Suvonga, markazda Vonjuga va sharqda Samcheokdan shimolga chekindilar. Xitoyliklarning imkoniyati oshgach, endi Seuldan nariga o’tishni ham o’ylay boshlashdi. Bu orada uchta jang o’chog’iga Yalu daryosidagi chegaradan oziq-ovqat, o’q-dorilar va jangovar texnikalar yetkazilib turilgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qo'mondonligining havo ustunligidan to'liq foydalangan holda, X korpus Xan daryosi va Seul yaqinidagi Vonjuni egallab oldi.
Tez orada amerikaliklar Xan daryosining janubini va xitoyliklar tomonidan egallangan Xanson shahrini egalladilar. 7-martda sakkizinchi armiya yangi operatsiya boshladi, va 14-mart kuni KPA va xitoyliklar Seuldan chiqarildi. Bu shahar bir necha yil ichida to’rtinchi marotaba bosib olindi va bu bosqinlar shaharni xarobazorga aylanishiga, 1,5 million aholini 200 mingga qisqarishiga va shahar aholisining oziq-ovqat tanqisligidan qattiq aziyat chekishiga olib keldi.
1951-yil 11-aprelda Bosh qo'mondon Truman Koreyadagi bosh qo’mondon Makarturni lavozimidan ozod qildi. Ishdan bo'shatish uchun bir qator sabablar mavjud edi. Makartur xitoylar urushga kirmaydi, degan xato fikrlab, 38-paralleldan o’tdi va bu bilan ittifoqchilarning katta yo'qotishlariga sababchi bo’ldi. U yadro qurolidan foydalanish yoki foydalanmaslik Prezidentning emas, balki uning o'zi hal qilishi kerak bo’lgan ish deb hisobladi. Makartur, Xitoyni, agar taslim bo'lmasa, yo'q qilish bilan tahdid qilgan. Makartur butunlay g'alaba qozonishni yagona sharafli natija deb bilgan bo'lsa-da, Truman Osiyodagi urushga kirish to’g’ri yurish bo’lganiga shubha qildi va sulh, Koreydan chiqib ketishni to’g’ri yechim deb bildi. Makartur 1951-yil may va iyun oylarida Kongressda muhokama qilinib, u Prezidentning buyruqlariga bo'ysunmagani va shu bilan AQSh Konstitutsiyasini buzganligi aniqladi.
General Ridgvey Koreyadagi oliy qo'mondon etib tayinlandi; u Birlashgan Millatlar Tashkilotining qo'shinlarini muvaffaqiyatli qarshi hujumlar uchun qaytadan tartibga soldi, General Jeyms Van Flit esa AQShning Sakkizinchi Armiyasi qo'mondoni bo'lgan. Keyingi hujumlar asta-sekin KPA va xitoyliklar kuchlarini zaiflashtirdi; ,,Jasur’’ (Courageous, 1951-yil 23-28-mart) va ,,Tomagavk’’ (1951-yil 23-mart) operatsiyalari xitoyliklarni Keson va Seul o’rtasida tuzoqqa tushirish uchun havoda va quruqlikda amalga oshirildi. BMT kuchlari 38-paralleldan shimolga o’tdilar. 187-aviatsiya-havo qo'shinlari bo’linmasi ("Rakkasans") ikkinchi marta 1953-yil 23-mart yakshanba kuni Janubiy Koreyaning Munsan-ni shahrida jangda qatnashdi. Missiya Xitoy kuchlarini ortda qoldirib, ularning shimolga qarab harakatlanishiga to'sqinlik qilish edi. 60-chi Hindiston parashyut dala tezyordami operatsiyalarni tibbiy qoplam bilan ta'minladi, ADS va jarrohlik guruhini tashlab, tinch aholi orasidagi qurbonlardan tashqari 400 dan ortiq jangda halok bo'lganlarni davolash uchun xizmat qildi. Bu birlik gumanitar missiyada bo'lganligi sababli bu ish ularning maqsadlarining mohiyatini tashkil etdi.
1951-yil aprel oyida xitoyliklar navbatdagi bosqich hujumlariga o'tishdi, bu "Xitoyning bahorgi hujumi" deb nomlanadi. Hujum uchta dala qo'shinini (taxminan 700,000 kishi) jalb qildi.
Hujumning birinchi zarbasi Imjin daryosi bo’yidagi (1951-yil 22-25 aprel) va Kapyong jangida (22-25-aprel) qattiq qarshilik ko'rsatgan va Seul shimolidagi ,,Noma’lum chiziq’’ (“No-name Line”) da to’xtatilgan hujumning shiddatini yo’q qilgan 1-korpus kuchlariga tashlandi. 1951-yil 15-mayda Xitoy bahorgi hujumning ikkinchi qismini boshladi va sharqda ROK armiyasi va AQSh X korpusiga hujum qildi. Dastlabki muvaffaqiyatlardan so'ng, ular 20-mayga qadar to'xtatildi. Oy oxirida, AQShning Sakkizinchi Armiyasi qarshi hujumga o’tdi va 38-chi paralleldan shimolda joylashgan ,,Kanzas linyasi’’ qayta egallashga muvaffaq bo'ldi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining " Kanzas linyasi" harakati to'xtatildi va undan keyingi hujumkor harakatlar to'xtatildi, bu 1953 yilgacha tinchlik o'rnatilgunga qadar davom etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |