Kirish Asosiy qism Qoraqalpog’iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi haqida



Download 0,61 Mb.
bet1/2
Sana08.03.2022
Hajmi0,61 Mb.
#486319
  1   2
Bog'liq
2 5355150071455289807


Mavzu: Qo’yqirilganqal’a haqida
Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

  1. Qoraqalpog’iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi haqida

  2. Muzeydagi Qo’yqirilganqal’a yodgorligidan topilgan eksponatlar haqida

  3. Qal’a nomining kelib chiqishi haqida

  1. Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
O’rta Osiyo jahon tarixiy jarayonlarida har vaqt ulkan axamiyat kasb etib kelgan, shuning uchun unga turli mamlakat olimlarining qiziqishi yuqori bo’lgan. Hozirgi vaqtda uning mintaqalari hududida turli soxadagi ko’plab xalqaro va qo’shma ekspeditsiyalar faoliyat olib bormoqda.
Mustaqillik sharoitida jamiyatdagi yangi o'zgarishlarni amalga oshirish jarayonida, jamiyat a'zolarini erkin, demokratik tafakkur va milliy g'oya ruhida tarbiyalash vazifalarini bajarishda tarix fanining ahamiyati ortib bormoqda. «Albatta har qaysi xalq yoki millatning ma'naviyatini uning tarixi, o'ziga xos urf-odat va an'analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi»1. O'zbekiston Respublikasidagi muzeylar va tarixiy me'moriy yodgorliklar millatning madaniy uyg'onishi, milliy g'oyani targ'ib etish, xalq ongida milliy g'urur va qadriyatlarni kuchaytirishda, mustaqillik g'oyalariga sodiqlik hissiyotini, demokratiya va taraqqiyotga ishonchni mustahkamlashda muhim rol` o'ynaydi. Muzeylar nafaqat tabiat va jamiyatning noyob hamda xilma-xil ashyolari xazinasi, balki muhim ilmiy, ma'rifiy-tarbiyaviy, ijtimoiy kommunikatsiyaning muhim halqasi va markazlari hamdir.
Muzey nafaqat O'rta Osiyodagi, balki dunyodagi moddiy va ma'naviy madaniyat osori-atiqalari saqlanadigan eng yirik muassasalardan biri sifatida, ularni tadqiq etish, sistemalashtirish, ilmiy kataloglashtirish, namoyish etishga tayyorlash bo'yicha ham keng faoliyat ko'rsatmoqda. Muzey boy arxeologik, numizmatik, etnografik buyumlardan tashqari, uning ilmiy kutubxonasida, o'rta asrlarga oid qo'lyozmalar, XIX asrga mansub noyob nashrlar, yangi va eng yangi tarixga oid hujjatlar arxiviga ham egadir. Davlat e'tibori, olim va muzeyshunoslar sa'y-harakati natijasida bu dargoh muzey sohasidagi eng zamonaviy talablarga javob beradigan ilmiy-ma'rifiy maskanga aylandi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi Markaziy Osiyodagi eng qadimiy muzeylardan biri hisoblanadi. Uning tarixi 1929-yilda To’rtko’l shahrida Qoraqalpog’iston o’lkashunoslar jamiyati tomonidan tashkil etilgan ko’rgazmadan boshlangan. Hozirgi kunda muzey Nukus shahrida joylashgan va 3 bo’limga bo’lingan: tabiat, arxeologiya va etnografiya, zamonaviy tarixga oid 65000dan ziyod eksponatlardan iborat.


Muzeyda qadimgi hayvon va o'simliklarning qoldiqlari, Orol dengizining noyob va allaqachon yo'qolib borayotgan qushlari va hayvonlari tulumlari namoyish etiladi. Eksponatlar orasida “So’nggi Turon yo’lbarsi” noyob va diqqatga sazovor. Bu turdagi yo’lbarslar bir vaqtlar Oltoydan Qora dengizgacha bo’lgan hududda yashagan. Afsuslar, ular chiroyli terisi uchun qirib tashlangan. Ohirig Turon yo’lbarsi 1949-yilda mahalliy aholi tomonidan Amudaryo deltasida o’ldirilgan. Bundan habar topgan O’lkashunoslik muzey direktori hayvonning tanasini muzeyga olib kelib, uni hech bo’lmasa tulum sifatida saqlab qolish uchun barcha choralarni ko’rgan.
2019 yil 29-avgust kuni Nukus shahrida Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyining yangi inshooti foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg’i Kengesining birinchi Raisi, O'zbekiston Qahramoni M. Erniyazov chiqib so'zlab, yig'ilganlarni mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi, muzey inshootining foydalanishga topshirilishi bilan qutlagan edi. Undan keyin O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatıning a'zosi G. Annaqlicheva, O’zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalarida xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, belgili qo'shiqnavis N. Muxammeddinov bu muzeyning tarixi, milliy meroslarimiz bilan qadriyatlarımızni birgalikda saqlash, uni kelajak avlodga yetkazishdagi o'rniga to'xtab o'tdi.
Zikr etilganidek, so'nggi yillari elimizda Prezidentimizning boshlamasi madaniyatning, adabiyot, san'at sohalari rivojlantirishga alohida e'tibor qaratılmoqda. I. V. Savickiy nomidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi davlat san'at muzeyida, Qoraqalpoq davlat Yosh tomoshachilar va Qo'g'irchoq teatrlarida, Mo'ynoq tumanidagi Madaniyatning shu'basi, Amfiteatr va boshqada inshootlarda olib borilgan qurilish va shu asnoda rekonstruksiya yumushlari buning yaqqol misolidir. Nukus shahrida yangidan qurib bitkazilgan Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi inshooti shahrimizning kórkiga ko'rk qo'shish bilan bit qatorda, aholimizni, shuningdek, yoshlarimizni tariximizga, madaniyatimızga, milliy urf -odatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

Darvoqe, muzey har bitta xalqning qadimgi davridan bugungi kunga qadar saqlanib kelgan shajarasidir. Shunday ekan, muzey orqali o'sha o'lkada umr kechirgan xalqning tarixini, davr ruxini sezishimizga bo'ladi. Ma'lumki, qayerda madaniyat, ma’rifat qádirlansa, ko'z qorachig’idek saqlansa, o'sha yerning farzandlari komil insonlar bo'lib yetishadi.


Shunday ajoyib fazilatli xalqning tarixini, san'at asarlarini o'zida jamlab, deyarli 90 yildirki beminnat xizmat qilib kelayotgan, o'zining boy eksponatlariga ega sobiq Qoraqalpoq davlat O;kashunoslik muzeyiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-dekabrdegi «2017-2018-yillarda mamlakat muzeylarining ishlarini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo'yicha chora-tadbirlarni tasdiqlash haqida» gi qarori asosida Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi degan nomlari berildi. Qarorning ijrosini ta'minlash doirasida 2017-2027-yillarda muzey inshootlarini qurish, rekonstruksiyalash, yirik tuzatish va uskunalashning manzilli yo'nalishi qabul qilindi. Ushbu asosda muzeyding yangi inshootining qurilishi boshlanib, uni «Nukus uy joy qurilish» mas'uliyati cheklangan jamiyati jamoasi sifatli etib bitkazib, elimimiz mustaqilligining 28 yillik bayrami oldidan xalqimizga in'om qilindi.
“-Bunday e'tibor va shu asnoda g'amxo’rlık respublikamızning tarix, etnografiya, madaniyat, san'at va ekologiya yo'nalishidagi ichki turizmni bundan buyon ham rivojlantirish, respublikamızga kelayotgan chet ellik turistlarning oqimini ko'paytirish, bu yerdagi eksponatlarnı avaylab saqlash va uni kelajak avlodga keng tanishtirib borishday xayrli vazifalarni yuklaydi,-degan edi muzey direktori Venera Matekeeva. Milliy arxitexturaviy namunada qurilgan inshootda barcha qulayli shart-sharoitlar yaratilgan. Xususan, zamonaviy uskunalar bilan ta'minlangan jamg'arma xonasi, vitrina, audiogidlar bilan ta'minlangan kórgazma zali keluvchilarning xizmatida.
Arxeologik ekspozitsiyalar, Qadimgi Xorazm qal’alarining beqiyos maket va artefaktlaridan iborat. Shu jumladan, qo’y shoxli hayvon shaklidagi lekin inson qifoyali, 2500 yil avval Sulton Uvays tog’laridagi toshlardan o’yilgan kapitel ana shunday noyob artefaktlar qatoriga kiradi. Yana bir noyob eksponat: mil. av. VI-V asrlarga oid, hayvon oyoqlariga o’xshash uch oyoqli, ot shaklidagi dastali bronza qozondir.
Kapitel Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi arxeologik kollektsiyasining noyob eksponatlaridan biridir. 1966 yilda Nukus shahridan janubda 81 km uzoqlikdagi, Nukus-To'rtko'l avtomagistralidan 400 m sharqda Sultonuvays tog' tizmasidan ikkita baraban ustunlari va ikkita kapitel topilgan. Kapitel kulrang, mayda donli marmardan hayvon shaklida, oyoqlari ostiga kichik dumlari tiqilib yotgan va odam yuzi kabi qurilgan. Ushbu topilmalarning barchasi miloddan avvalgi V-IV asrlarga tegishli. 

Etnografik ko’rgazmalar qatoriga: qadimiy milliy libos, zargarlik buyumlari, yurta bezaklari, gilamlar, milliy musiqiy asboblar, qurol-yarog’lar, va ot anjomlari kirgan.
Muzeyning tarixiy to’plamlari esa qo’lyozmalar, ilk nashr etilgan kitoblar, tangalar, doston qahramonlari va tarixiy shaxslarning portretlari, shuningdek, XX asrning boshlaridan buyon mintaqaning rivojlanishini aks ettirgan fotosuratlardan iborat.
Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi Qoraqalpog’istondagi yirik muzeylardan biridir. Muzey 2 qavatli qilib qurilgan bo’lib uning tashqi dizayni ham o’ziga xos va betakrordir. Muzeyda Qoraqalpog’istonning deyarli barcha hududlaridan topilgan qadimgi arxeologik buyumlar, eksponatlar joy olgan. Muzey tarixiy davrlarga qarab bo’limlarga bo’lingan. U yerda qadimgi tosh davridan to o’tgan asrning 60-70- yillarigacha bo’lgan davrni aks ettirgan tarixiy eksponatlarni ko’rish mumkin. Muzeyga kiraverishda qoraqalpoq xalqining milliy tarixini aks ettirgan O’tov – “Qora uy”ni ko’rish mumkin. Meni muzeyda hayron qoldirgan eksponatlardan biri bu Qo’yqirilganqal’aning zamonaviy qilib ishlangan tashqi va ichki ko’rinishi aks ettirilgan maketi bo’ldi.
Qo’yqirilganqal’a — To’rtko’l shahridan 12 km shimoli sharqda joylashgan. Rejalashtirilishi aylana shaklda, devor bilan o’rab olingan, umumiy hajmi – 86,5 m 0,6 ga. Yodgorlikning markaziy qismida ikki qavatli inshoot qurilgan, aylana holda, 44.4 m, inshootdan 14,5 m uzoqlikda ikki qatorli mudofaa devor qurilgan. Devor o’z navbatida to’qqizta burjga ega, kirish qismi sharqiy devorda joylashgan. Darvoza bir necha aylanma yo’laklarga ega bo’lib, “Labirint”ga ega to’g’riburchak shaklda yon tomonga o’sib chiqishi 18 m, ikki yon tomoni yarim aylanali burj bilan kuchaytirilgan umumiy hajmi 0,3 ga. Qal’a xandak bilan o’rab olinib,kengligi 15 m, chuqurligi 3 m. Markaziy inshootning birinchi qavati 8 xonadan iborat bo’lib, uning balandligi 8,5 m. Tashqi devor avval paxsadan, keyin to’rt tomoni teng xom g’ishtdan tiklangan, qalinligi 7,2 m. Uy xonalarini ajratgan devor 0,6 – 1,9 m paxsa keyin xom g’ishtdan qurilgan. Uy xonalari balandligi 3,6 m. Ikkinchi qavat yopiq yo’lak orqali davom etib, devorlari nayza o’qi shinaklarga ega. SHarqiy tomondan pandus orqali markaziy inshootga kirilgan bo’lib ikkinchi qavatda joylashgan. Burjlar yon tomonga emas, balki inshoot devoridan birmuncha yuqoriga o’sib chiqqan. Darvoza tashqi devorning sharqiy tomonida joylashgan. Yodgorlik S.P. Tolstov rahbarligida Xorazm ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan topilib, 1951 – 1957 yillarda qazish ishlari olib borildi va olingan ashyolarga qarab, birinchi qavat mil. avv IV asrlarga oidligi aniqlangan. Devor yaqinidan kengiligi 10 metr keladigan xandak utgan. Yodgorlikda madaniy hayot milodiy IV asrda barham topgan.
Qo’yqirilgan qal’a qazish ishlari to’liq o’tkazilgan kam sonli qadimiy inshootlardan biri bo’lib, u o’zining o’ziga xos me’morchiligi bilan ajralib turadi. Dastlab, u ikki qavatli doira shaklidagi, tuynukli ikki qavat aylana devor bilan mustahkamlangan va kengligi 15 m. va chuqurligi 3 m. bo’lgan xandaq bilan o’ralgan inshoot bo’lgan. Olimlarning fikricha, dastlab Qo’yqrilgan qal’a muqaddas bino hisoblanib, u astronomik tadqiqotlar olib borish uchun ehtimol bilan, Fomalgaut yulduzi uchun bag’ishlangan.
Ilk Qo’yqrilgan qal’a (mil.av.IV-III asrlar) butun inshootning mahobati bilan, jumladan markaziy binosi, mudofaa tizimining rivojlanganligi va katta omborlari bilan ajralib turgan. Ushbu omborlardagi tamg’alangan xumlarda va bug’doy saqlash uchun kovlangan chuqurlarda oziq-ovqat mahsulotlari zahiralari saqlangan. Garchi inshoot saqlanib qolmagan bo’lsa ham, unga tegishli mifologik syujetli badiiy sopol idishlari, isiriqdonlar, pog’onali qurbongohlari, ba’zilari Xorazm panteoni ma’budlarini aks ettirgan terrakota haykalchalar saqlanib qolgan. Ko’p yillar davomida yodgorlikning qarovsiz holati davrida uning katta ibodatxona markazi sifatidagi an’anasi saqlanib qoldi va unga ossuariylar joylashtirildi.
Bino tashqi aylanasining qurilishi -(mil.av.I asr-mil. IVasr) undagi bir biridan alohida joylashgan aholi yashash majmualari, alohida oshxona va omborxonalar, suf va turlli xil o’choqlarga ega diniy marosimlarni o’tkazishga mo’ljallangan xonalar bilan ajralib turadi.
Qazilma ishlari davomida topilgan terakotta va alebastr haykalchalar, sopol suvdondagi relyeflar, haykaltaroshlik sopol savatcha va ossuariylari, devoriy tasvirlar bo’laklari va toshga o’yilgan yozuvlar Qadimgi Xorazmning o’ziga xos san’atini ask ettiradi. Ushbu topilmalar orasida Markaziy Osiyoga oid qadimgi qo’lyozmalarning namunalari ham mavjud.
Bir tomoni Qizilqum, ikkinchi tomoni Qoraqumga tutash qadimiy Amudaryoning quyi qismi qo'sh sohilidan o'rin olgan ko'hna Xorazm davlati ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi.. Bu yodgorlikka bejiz to'xtalmadik.Negaki, uch ming yillik tarixga ega bu obida rasadxona bo'lib qolmay, matematika, geometriya, trigonometriya, fizika, astronomiya, astrologiya va geodeziya kabi fanlar rivoj topgan o'quv markazi ham edi. Ammo nima uchun “Qo'y qirilgan qal'a” deb atalgan u? Bu savolga ellikqal'alik tarixshunos olim Samandar Ismoilov quyidagicha izoh beradi: “Agar gapni uzoqdan boshlasak, bunday nomlanishi, aniqrog'i, shu nomda ilmda qayd etilishining sababi, o'tgan asrning o'ttiz yettinchi yilida Amudaryoning o'ng sohilidagi tarixiy obidalarni aniqlash va ularni ro'yxatga olish maqsadida kelgan arxeolog S.P. Tolstov fotograf Ye A. Polyakov hamda Beruniy tumanidagi “Sakson bir” ovulida istiqomat qiluvchi tuyakash Sansizboy O'rumov degan qozoq chol hamrohligida tuyalarda sahro kezib, mashaqqat chekib, mavjud ko'hna obidalarning barchasini birma-bir suratga olib, ro'yxatga tirkab chiqadi. Shaxsan men arxeolog Sergiy Tolstov rahbarligidagi ekspeditsiya a'zolaridan so'nggi nafasimgacha minnatdorman. O'sha kezlarda aksariyat qadimiy qal'a va qo'rg'onlarning haqiqiy nomi unut bo'lib, ba'zilari mahalliy aholi tomonidan turlicha nomlanib, ayrimlari butunlay nomsiz edi. S. O'rumov obidalar nomini o'z tilida ifoda etgani sababli ko'pgina qal'a va qo'rg'onlar nomi fanda qozoq tilida qayd etilgan, masalan, Jonboshqal'a deganday.” Xullas, Bozorqal'a, Qo'yqirilganqal'a, Qizilqal'a, Teshikqal'a, Dumonqal'a, Qavatqal'a, Burgutqal'a kabi o'nlab yodgorliklar yerli kishilar tomonidan qanday atalgan bo'lsa, xuddi shu nomda tarix sahifasidan o'rin olgan. Bundan tashqari, keksa otaxon ayrim nomsiz qal'alarni tashqi ko'rinishiga qarab o'zicha nomlab ketavergan. Bu odat mahalliy aholiga xos bo'lib, obidalarni nomlashda uning tashqi ko'rinishiga ko'proq e'tibor berishgan. Masalan, Teshikqal'a – shu kungacha saqlanib qolgan devorlaridan birida kattakon teshik bo'lgani uchun, Burgutqal'a – bir devori qo'nib turgan burgutday qo'nqayib turgani sabab, Qizilqal'a – quyoshning chiqish va botish paytida qal'a devorlarining qizarib ko'rinishi tufayli shunday nomlangan. Qo'yqirilganqal'aga kelsak, aytishlaricha, qaysi bir zamonda qal'a poyida o'tlab yurgan qo'y suruvi bo'rilarning kutilmagan hamlasidan nobud bo'lgan va Qo'yqirilganqal'a degan nom shundan qolgan ekan.
Xo'sh, mazkur qal'aning qadimiy haqiqiy nomi nima?
Qal'aning qadimiy haqiqiy nomi “Xadarkat”dir.
Qadimda Xadarkat, endilikda Qo'yqirilgan qal'a degan nomga ega bo'lgan yodgorlik o'tmishiga chuqur nazar tashlaganimiz sayin ko'zimizga u o'zgacha ko'rinib, qalbimizda hayrat hissini tuya boshlaymiz. Biroq, bundan uch ming yil narisida donishmand ajdodlarimiz samoviy yoritgichlarning o'rni va holati hamda harakat qonuniyatlarini aynan, ushbu nuqtadan turib kuzatishganini idrok etishimiz baribir oson kechmaydi. Ammo bu ayni haqiqat – o'tgan asrning elliginchi yillarida bir guruh arxeolog olimlar bilan qal'ada qazish ishlarini olib borgan S.P. Tolstov mazkur obida nafaqat rasadxona, balki me'morchiligi jihatidan Markaziy Osiyodagi eng qadimgi qal'aligi haqida Moskvaga hisob berib turilgan. O'sha paytda ayrim yodgorliklar, jumladan, Qo'y qirilgan qal'aning yoshi ham bir necha asrga yoshartirgan holda ko'rsatilishi arxeologlardan qat'iy tarzda talab qilingan. Arxeologlar bu yo'riqqa so'zsiz itoat etmoqqa majbur bo'lishgan. Bu bilan demoqchimanki, qadimiy bu rasadxona dunyoning boshqa joylariga nisbatan ancha burun, ya'ni miloddan avvalgi IV asrda emas, balki miloddan burungi VIII asrda bunyod etilgan. Bu o'z-o'zidan arifmetika, matematika, geometriya, trigonometriya, fizika kabi fanlar bizda ancha oldin rivojlanganini bildiradi. Bu holatni tarixiy ma'naviy taraqqiyotga taqqoslab, miloddan avvalgi Iv asrda yashab o'tgan antik davrining buyuk olimlari Platon va Aristotel dunyoviy fanlar rivojida katta ishlar qilishganini nazarda tutar bo'lsak, bizda bu sa'y-harakat ancha burun boshlanganini idrok etish qiyin emas. Diyorimizda rasadxona qurilishi va dunyoviy fanlar rivojlanishi davri hozirga qadar tarix kitoblarida yozilganiga nisbatan qariyb ming yil oldinga to'g'ri keladi.

Shu o'rinda, yana bir ma'lumot, Qo'yqirilganqal'a nafaqat astronomik kuzatishlar markazi, balki dastlabki Xorazm yozuvining beshigi ham bo'lgan. Arxeologlar fikriga ko'ra, Markaziy Osiyoga taalluqli yozuvning eng qadimgi namunalari aynan, ushbu qal'adan topilgan. Bu yozuvlar Oromiy xati asosidagi Xorazm alifbosida bitilgan bo'lib, olimlar bu noyob osor miloddan avvalgi III asrga taalluqli ekanini aniqlashga muyassar bo'lgan. Xorazm yozuvi dunyodagi dastlabki yozuvlar – Fors mixxati, Finiqiy va Oromiy alifbolari bilan deyarli bir davrda paydo bo'lgan. S. Ismoilov bunga qo'shimcha qilib shunday deydi: Agar “Avesto”ning milloddan avvalgi vIII asrda yozilganligini nazarda tutar bo'lsak, Xorazm yozuvi undan ancha oldin paydo bo'lgan.”


Shundan keyin u kishi Qo'yqirilganqal'dan topilgan yana bir osor haqida so'zlaydi. Bu osor qal'a devoriga bitilgan matematik formulalar ekan. S. Ismoilov qal'a bo'lmalaridan birining o'tgan grek olimlari Gipparx va Ptolomey asarlarida uchraganidek, Kosinus atamasi v–XIII asrlarda hind olimlari asarlarida ham mavjud ekan. Markaziy Osiyoda dastlab Abul Vafo Buzjoniy sinuslar jadvalini tuzgan. XIII asrda yashab o'tgan Nasriddin At-Tusiy “To'la to'rtburchak haqida” asarida bu atamalar haqida ma'lumot bergan. Abu Rayxon Beruniy, Ulug'bek, Koshiy asarlarida trigonometrik teoremaga oid atamalar yanada boyitilgan. Yevropada uyg'onish davrida dastlab ingliz olimi Broduardin (1290-1349 y.) asarida ham bu atamalar ishlatilgan. Keyinchalik bu fan o'n beshinchi asrda yashab o'tgan nemis olimi Iogan Myuller, polyak olimi Kopernik hamda Lobachevskiy asarlarida rivojlantirilib, hozirgi zamon fani darajasiga ko'tarilgan. Xo'sh, bu nimani anglatadi? Qo'yqirilganqal'a devoridan topilgan teorema formulalari, shuningdek, kosinus teoremasi formulasi yer yuzining boshqa joylariga nisbatan qariyb 900 yil oldin bizda yaratilgan ekan. Bu noyob osorlarning devor yuzida saqlanib qolishiga kelsak, rasadxonada talabalarga dars ham berilganini unutmaslik lozim.
Darvoqe, keyingi paytda ilm ahlidan ayrim kishilarni bu darajada murakkab qal'a loyihasini tuzish hamda uni qurishda qanday o'lchov uskunasi qo'llanilgani juda qiziqtirgan. Axir, bu qadar aniq, bu darajada murakkab o'lchamdagi loyihani yaratishning o'zi bo'lmaydi. Ammo, aksiga olganday, qal'ada qazishma ishlarini olib borgan arxeologlar tomonidan o'lchov uskunalari haqida hech qanaqa ma'lumot qoldirilmagan. Bu esa olimlar orasida turli qarashlarning yuzaga kelmog'iga sabab bo'lgan. Qadimshunos M. S. Lapirov-Skoblo o'z ilmiy maqolalaridan birida quyidagi fikrni olg'a surishga uringan: “Qo'yqirilganqal'a qurilishida o'lchov uskunasi sifatida arqondan foydalanilgan, ya'ni arqondagi bir tugun xonaning enini, ikkinchi tugun xona uzunligini, boshqa tugunlar paxsaning qalinligi, balandligi va boshqalarni belgilab olish vositasi bo'lgan.” S. Ismoilov bu fikrga qat'yan qarshi chiqadi: “Fan yutuqlari asosida bunyod etilgan murakkab qal'a qurilishida uzunlik o'lchovi sifatida oddiy arqondan foydalanilgan, degan fikr mutloqa asossiz. Agar olim “Avesto”dan boxabar bo'lganda, bu gapni aytmoqdan tiyilgan bo'lardi. Сhunki bu muammo yechimi muqaddas “Avesto”da aniq keltirilgan. Bu fikrga qo'shilishni istamagan odam “Avesto”ning – taniqli olim M. Ishoqov tomonidan tarjima qilingan – “Videvdod” va “Yasht” kitoblarini bemalol varaqlab ko'rmog'i mumkin.” Agar mazkur kitoblarni varaqlaydigan bo'lsak, quyidagi ma'lumotlar bilan tanishmoq mumkin: “xatra” – bir chaqirim masofaga, “ashtr” – bo'g'in yoki barmoq eniga, “ashti” – to'rt barmoq eniga tengligi va shuningdek,“vetosiy” – o'n ikki barmoq hajmdagi uzunlik o'lchovi, “frabazu” – bilak hajmidagi uzunlik o'lchovi, “vaybazu” – miqdori tugal bo'lmagan, ya'ni turlicha aytilgan uzunlik o'lchovlarini bildirgan. Xo'sh, endi mushohada qilib ko'raylik,“Avesto”ni o'qigan va undagi bilimlardan to'la bahramand bo'lgan qadimgi ajdodlarimiz nahotki, o'lchov asbobi sifatida arqondan foydalangan bo'lsa? Qadimgilar har qanday qurilish ishlarida, astronomik kuzatishlarda, yer va masofani o'lchashda turli o'lchov birliklari va uskunalaridan hamisha unumli foydalanib kelishgan va bu narsa tarixiy bitiklarda ham o'z aksini topgan. S. Ismoilov ta'biri bilan aytganda, o'sha davrda fan va madaniyat nechog'li rivojlanganini qal'a bag'ridan topilgan turli haykallar ham aytib turibdi. Otashparastlik dini ma'budasi – Anaxita, onalar ma'budasi – Xorazm madonnasi, ma'buda Mina va boshqa shu kabi osorlar o'z-o'zidan paydo bo'lmagan. Bu kabi misollarni istagancha keltirish mumkin.

Tadqiqotlar davomida yuzlab noyob topilmalar qazib olingan va muzey fondidan joy olgan. Bizga ma’lumki, o’sha davr xalq hunarmandchiligining mahalliy xomashyosi asosan tuproq hisoblangan. Loydan yasalgan sopol idishlarga kulollar turli shakl va bezak berganlar. Ulardan ko’pincha suv va oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda foydalanilgan.


Albatta, muzeylarni tashkil qilish va uni materiallar bilan boyitish, aholi o'rtasida keng miqyosda qidiruv va yig'uv ishlari bilan shug'ullanish evaziga hamda madaniyatimiz tarixini oydinlashtiruvchi daliliy ashyolarni qazuv yo'li bilan topish asosida amalga oshiriladi.
Muzey ekspozitsiyalariga qo'yilgan qadimiy davrlarga oid ashyoviy dalillar, buyumlar, qadimiy madaniyat va san'atdan darak beruvchi idishlar, ularning qoldiqlari qanday qilib topilgan degan haqli savolga asos bo'ladi. Bular arxeolog olimlar, arxeologiya fani jonbozlari tomonidan qo'lga kiritilgandir. Arxeolog olim yerni qazadi, qazuv orqali o'tmish yodgorliklarini topadi, ularni o'rganadi. Shuning asosida qadimiy xalqlarning turmush tarzi, madaniyati, tarixini tadqiq etadi.
Qo’yqirilganqal’a yodgorligidan topilgan ayrim arxeolgik topilmalar hozirda Qoraqalpog'iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyida ko’rgazmaga qo’yilgan. Bu buyumlar muzey kolleksiyasini har jihatdan boyitib turadi.
So’nggi yillarda Qo’yqirilganqal’a arxeologik yodgorligiga e’tibor ancha kuchaydi. Uni ilmiy jihatdan chuqur o’rganish maqsadida bir qator ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu tarixiy obidaga qaratilayotgan e’tiborni biz yaqinda muomalaga chiqqan 20000 so’mlik kupyurada aynan shu qal’aning rasmi aks ettirilganligidan ham bilishimiz mumkin. Bu ham albatta tarixda qolarli voqea bo’ladi deb o’ylaymiz. Bu ishlar natijasida aholining milliy o’zlikni anglashiga, tarixiy obidalarga yaxshi munosabatda bo’lishga, ularni kelajak avlodga ham tanishtirishga keng imkoniyat yaratiladi.
Qo’yqirliganqal’a Amudaryo bo’ylaridagi mingqal’alardan biri deb keltiriladi rivoyatlarda. Amudaryoning o‘ng sohili hududidagi qal’alar: Jonbosqal’a, Ayozqal’a 1, 2, 3, Katta va Kichik Qirqqizqal’a, Qulqal’a, Qumbosganqal’a, Dumanqal’a, Akshaxon, Tuproqqal’a, Qizilqal’a, Qo‘rg‘oshinqal’a, Aqchungul, Kuyukqal’a, Gaurqal’a (Sulton Uvays tog‘i), Tukqal’a, Jildikqal’a, Burgutqal’a, Ellikqal’a, Uyqal’a, Katta Guldursun, Bozorqal’a, Angkaqal’a, Pilqal’a, Odamliqal’a, Doshqal’a-2 , Tuproqqal’a, Eresqal’a kabi qal’alar bilan birga Qo‘yqirilganqal’a ham xuddi shu yerlarda joylashgan. Uning tarixi ham yuqorida tilga olingan qal’alar kabi uzoq va boydir. Uning hali o’rganilmagan tomonlari ancha ko’pdir. Balki keying tadqiqotlarda bu obidaning ko’plab sir-asrorlarini bilib olishimiz mumkindir.

Xulosa
Muzeylar ma’lum davr tarixi haqida aniq ma’lumotni o’zida mujassam etgan tabarruk dargoh. Unda bo’lgan kishi eksponatlar orqali bevosita shu davrga sayohat qiladi. Tarix esa, Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, o’zligimizni anglash yo’lidagi buyuk manba hisoblanadi. Tarixni bilishda, o’zlikni anglashda o’tmishimiz ko’zgusi bo’lgan muzeylarning ahamiyati beqiyosdir.
Qo’yqirilganqal’a vatanimiz tarixi qadim davrlardan boshlab shakllanganini ko’rsatadi. Bu shahar o’z davrining mustahkam qal’a shahri bo’lganligi bilan alohida ajralib turgan. Bu yodgorlikdan topilgan diniy jihozlar O’rta Osiyoda qadimdan diniy ananalarning mavjud bo’lganligini ko’rsatadi. Topilgan ibodatxona o’zining aniq rejali ekanligi bilan davr memorchiligi haqida ham malumotlar beradi. Vatanimiz tarixini o’rganishda o’z o’rniga ega ekanligi bu shahar haqida chuqurroq bilim olishimiz undaydi.
Muzeylar tarixiy xotirani jonlashtirish omili bo'lib xizmat qilar ekan, unda namoyish etilayotgan materiallar ashyoviy dalil sifatida o'z davriga xos xususiyatlarni aks ettirganligi Bilan, o'sha davr madaniyati, san'atidan beradigan xabari bilan juda qimmatlidir. Ular xalqimizning yuksak rivojlangan madaniyati, adabiyoti, san'ati hamda ma'naviy dunyoqarashiga asoslangan xususiyatlari bilan tomoshabin e'tiborini qozonadi. Unda bevosita shu buyumlarda aks etgan joziba, sehr, geometrik aniqlik, kimyoviy barkamollik, qurilish-arxitektura inshootlarining o'ta aniq va pishiq loyihalariga nisbatan inson aqlini lol qoldiradigan bir ta'sirini uyg'otadiki, bu uning beixtiyor faxrlanish, qoyil qolish va undan o'rnak olib yangi san'at asarlarini yaratish sari ilhom uyg'otadi.
Arxeologik qazuvlar vaqtida topilgan materiallar, kashfiyotlar shunchalik muhim, ko'p va katta ilmiy ahamiyatga egaki, birinchidan eng qadimiy madaniyatimiz, ajdodlarimiz turmush tarzi, mehnat faoliyati, san'ati, hunarmandchiligidan ma'lumot beradi, ikkinchidan muzeylar faoliyatida daliliy ashyolar sifatida, ko'rgazmali qurollar sifatida xizmat qiladi. Shunday qilib, arxeologik izlanishlar, qazuv va yig'uv ishlari natijasida muzeylar boyib, mazmun jihatdan ham kengayib boradi.


Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish