Pul qiymat o`lchovi
Avval ta`kidlaganimizdek, har qanday tovar mehnat natijasida yaratiladi. Tovarga sarflangan mehnat miqdori uning qiymatini belgilaydi. Pul esa barcha tovarlarning qiymatini belgilash va ularning bahosini aniqlashda vositachi bo`lib xizmat qiladi.
Tovar qiymatining pulda ifodalanishi baho yoki narx deyiladi. Ana shu sababli turmushda u yoki bu tovarning qiymati deyilmaydi, balki bahosi yoki narxi deb aytiladi. Tovar qiymati qancha yuqori bo`lsa, uning bahosi shuncha qimmat va aksincha, qancha past bo`lsa, bahosi shuncha arzon bo`ladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar bahosi uning qiymati asosida shakllanadi, ya`ni tovar bahosi uning qiymatiga teng bo`lishi kerak. Ammo tovar bahosiga uning qiymatidan tashqari juda ko`p omillar, shu jumladan bozordagi talab va taklif, raqobat, tovarning foydaliligi kabilar ta`sir etadi, ya`ni:
1-rasm. Tavar bahosiga ta’sir etuvchi omillar.
Bu omillarning biri tovar bahosini ko`tarsa, boshqasi pasaytiradi. Masalan, qiymatning pasayishi narxni arzonlashtiradi, talabning ortishi esa uni qimmatlashtiradi. Foydalilikning yuqori bo`lishi baland narxni taqozo etsa, raqobat kurashi hamda taklifning ko`payishi uni pasaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |