Foyda olishning asosiy manbalari quyidagilar:
birinchi manba korxonaning mahsulotning u yoki bu turini ishlab chiqarishdagi monopoliya holati yoki mahsulotning nodirligi hisobiga shakllanadi. Bu manbaning saqlanishi mahsulotni doimiy ravishda yangilab borishni ko`zda tutadi ;
ikkinchi manba ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati bilan bog’liq. Undan foydalanish samaradorligi bozor kon`yunkturasini bilish hamda ishlab chiqarishning rivojlanishini, doimiy ravishda o`zgarib turuvchi bozor konyunkturasiga moslashtirish qobiliyatiga bog’liq bo`ladi.
Foyda miqdori korxonaning mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha yo`nalishini to`g’ri tanlash (doimiy ravishda talab darajasi yuqori bo`lgan mahsulotni tanlash); mahsulotlarini sotish va xizmat ko`rsatish uchun raqobatbardosh sharoitlarni yaratish (baho, yetkazib berish muddati, xaridorlarga xizmat ko`rsatish, sotuvdan keyingi xizmat ko`rsatish va hokazo); ishlab chiqarish hajmi (ishlab chiqarish hajmi qanchalik katta bo`lsa, daromad miqdori shunchalik ko`p bo`ladi); ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish tuzilmasi bilan bog’liq bo`ladi;
uchinchi manba korxonaning innovatsion faoliyatidan kelib chiqadi. Undan foydalanish doimiy ravishda texnologiyalarni takomillashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni yangilash, uning raqobatbardoshligini ta`minlash, mahsulot sotish hajmi va foyda miqdorini oshirishni anglatadi.
Korxonaning balans foydasi foydani taqsimlash ob`yektidir. Foydani taqsimlash deganda uning bir qismini byudjetga jo`natish tushuniladi . qonunchilikka asosan foydaning soliq va boshqa majburiy to`lovlar shaklida byudjetga kelib tushuvchi qismi tartibgi solinadi. Korxona ixtiyorida qoluvchi daromad qismi , undan foydalanish yo`nalishlari korxona zimmasida bo`ladi.
Foydani taqsimlash tamoyillari quyidagilardan iborat bo`ladi:
- korxonaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijasida oladigan foydasi davlat va korxona o`rtasida xo`jalik sub`yekti sifatida taqsimlanadi;
- foydaning davlatga to`lanuvchi bir qismi soliq va yig’imlar ko`rinishida byudjetga kelib tushadi. Soliqlar tarkibi va foizi, ularni hisoblash tartibi va byudjetga to`lanuvchi boshqa to`lovlar qonunchilik tomonidan belgilanadi;
- soliqlar to`langandan so`ng korxona tasarrufida qoluvchi foyda miqdori, uning ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat natijalarini yaxshilashdan manfaatdorligini kamaytirmasligi lozim .
Korxonada foydani taqsimlash va undan foydalanish tartibi uning Nizomida belgilab qo`yiladi hamda vakolatli iqtisodiy xizmat xodimlari tomonidan tayyorlanib, korxona rahbariyati tomonidan tasdi qlanuvchi qoidalar yordamida aniqlanadi.
Mahsulotni sotishdan olinadigan foyda miqdori ichki va tashqi omillarga bog’liq bo`ladi.
Ichki omillar - korxonada zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy qilish, xo`jalik yuritish darajasi, rahbariyat va menedjmentning mas`uliyati, mahsulotning raqobatbardoshligi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish darajasidir. Korxona faoliyatiga bog’liq bo`lmagan tashqi omillar qatoriga esa, bozor kon`yunkturasi, iste`mol qilinuvchi modiy-texnik resurslarning bahosi, amortizatsiya me`yori, soliq tizimi kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |