Galogenlarning fizik xossalari Ftor o’ziga xos o’tkir hidli sariq tusli gaz, nafas yo’li shilliq pardalarini achitadi va nafasni bo’g’adi. Gaz holatdagi ftor suyuq HF da eriydi. Qattiq ftor -228 °C dan past temperaturada monoklinik tuzilishga, undan yuqorida esa kub shaklli molekulyar panjara hosil qiladi. Xlor sarg‘ish - yashil tusli gaz, uning qaynash harorati -34oC, qotish harorati -101,0 oC. Uy haroratida bir hajm H2O da 2,3 hajm Cl2 eriydi. Xlorning suvdagi eritmasi «xlorli suv» dan + 8 oC dan past haroratlarda Cl2 · 8H2O tarkibli xlor gidrat ajratib olinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |