Kirish. Asosiy qism Farzandlar tarbiyasida oilaviy



Download 70,7 Kb.
bet2/3
Sana18.02.2022
Hajmi70,7 Kb.
#451737
1   2   3
Bog'liq
Dilnozaxonn

Mavzuning dolzarbligi.
Ma’lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o‘zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo‘ladigan munosabatlari ham, ayniqsa shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo‘lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o‘ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi: hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari, vositalari taraqqiyoti, qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, umuman xalq xo‘jaligining barcha


1 Karimov. I. A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008 - 176 b.
jabhalarida yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo‘lgan inson omiliga, inson shaxsiga ham o‘ziga xos, yangicha talablar qo‘ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o‘zlarida ro‘y berayotgan ijtimoiy-psixologik, fiziologik va boshqa o‘zgarishlar odamlarning o‘zaro muloqot munosabatlari doirasini ma’lum darajada chegaralanib qolishiga, ularda o‘tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikni ma’lum darajada buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emotsional zo‘riqishlarning yuzaga kelishga asos bo‘lmokda. Bularning ta’siri oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda xam o‘z ifodasini topadi. Oilaviy munosabatlar o‘zining ko‘p qirraliligi bilan alohida xususiyat kasb etib, jamiyat taraqqiyotini belgilashda, ma’nan barkamol, ruhan sog‘lom avlodni voyaga yetkazish jarayonida ularning ijobiy yechimi katta ahamiyatga egadir. Agar har bir oilani tashkil etuvchilar o‘z muammolarini bahamjihatlik bilan, o‘zaro kelishuv asosida hal qilsalar, oiladagi tinchlik kafolatlanib, uning ma’naviy asoslari mustahkam bo‘ladi. Alohida ta’kidlash joizki, er-xotin, qaynona-qaynota, kelin-kuyov munosabatlarida, fikrlar va qarashlardagi paydo bo‘ladigan ayrim kelishmovchiliklar, qarama-qarshiliklar, ziddiyatlarni uni tashkil etuvchi shaxslar o‘zaro kelishib, muammoni konstruktiv tarzda yechishga qodir bo‘lsalar, oiladagi ijtimoiy-psixologik hamda ma’naviy muhit yosh avlod ongida insoniy munosabatlar to‘g‘risida teran va ijobiy tasavvurlar shakllanishiga imkon beradi. Shu bois ham mamlakatimizda oila va uning tarbiyaviy imkoniyatlari qadriyat sifatida yuksaklarga ko‘tariladi.
Mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A. Karimov, oilada hukmron bo‘lishi lozim bo‘lgan ma’naviy muhit va noyob udumlarimizning xosiyatlari haqida fikr bildirib: “Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir-birlariga nisbatan ezgulik bilan mehr oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas... O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining qarindosh- urug‘lari va yaqin odamlarning, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida
g‘amho‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir”.2 deb ta’kidlaganlar.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, oilaviy munosabatlar har doim ham bir tekisda silliq, risoladagidey kechavermaydi. Uy-ro‘zg‘or yumushlarini ado etish, er-xotinlik burchlari, ota-onaning farzandlar oldidagi majburiyatlari, farzandlarning kattalar oldidagi huquq va burchlarini ado etish jarayonida murakkab rollararo muomala va muloqot jarayonlari kechadiki, ularning deyarli barchasida shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar to‘qnashadi, ayrim xolatlarda fikr va qarashlardagi ziddiyatlar, qarama-qarshiliklar, kelishmovchiliklar, anglashilmovchiliklar shaxslararo nizolar tarzida namoyon bo‘ladi. Bu xolatlar al,atta farzandlar tarbiyasiga ta;sir etmay qoymaydi. Bu esa tarbiya jarayonida ijtimoiy normalarni amal qilishi yoki buzilishida nomoyon bo’ladi. Ayni shu maslalar mavzuimizning dolzarbligini belgilaydi.
Oila va oilaviy tarbiya muammolari bilan shug‘ullanuvchi olimlarning tadqiqotlarida asosiy e’tibor oila bo‘yicha amaldagi bo‘linishga va Bolalar tarbiyasida ota-onalarning faol darajasiga qaratiladi. Shuningdek, ota-onalarning, Bolalarning hamda aellarning bandligi va ularning Bolalar tarbiyasiga bo‘lgan ta’siri oilaning moddiy imkoniyatlari va turar joylariga bog‘lab o‘rganiladi. Jamiyatning moddiy va ma’naviy kamoloti yoshlarni turli ijtimoiy vazifalarni bajarishga, to‘plangan munosabatlarga doir tajribalar, moddiy va ma’naviy qadriyatlarga har tomonlama va uzoq tayorlash lozimligini talab etmoqda. Ijtimoiy-tarixiy va ilmiy manbalarning guvohlik berishicha, o‘zbek oilasining hayoti, undagi o‘zaro munosabatlar, uning urf-odatlari, an’analari va qadriyatlari, turmush tarzi, madaniyati, tarbiyaviy muhiti va mehnat shart- sharoitlari jiddiy ilmiy muammolar sifatida XX asrning 60-70 yillaridan e’tiboran o‘rganila boshlandi. Ana shu yillardagi dastlabki tadqiqotlar ko‘proq falsafiy, tarixiy, etnografik yo‘nalishdagi va oilaning tarbiyaviy va mehnat shart- sharoitlarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lsa, keyingi tadqiqotlar o‘z xarakteriga ko‘ra, oilaning madaniy, huquqiy, tibbiy, uning turmush tarzi, undagi tarbiya muhitining ahamiyati, o‘zaro munosabatlarning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Mazkur tadqiqotlar sirasiga
quyidagilarni keltirib o‘tish o‘rinlidir.
Jumladan, X.Toshtemirov, L.S.Yaxyoev, G.M.Hamidova, T.T.To‘ychieva, M.Xolmatovalar tomonidan oilaviy turmushning falsafiy jihatlari, oila-nikoh munosabatlarining takomillashish an’analari va hozirgi zamon o‘zbek oilasining turmush tarzi o‘rganilgan. Sh.A.Isroilov, F.M.Otaxo‘jaev va boshqalar o‘z tadqiqotlarida o‘zbek ayollarining huquqiy masalalari, oila-nikoh munosabatlarining huquqiy jihatlarini o‘rganganlar. M.R.Bo‘rieva o‘z tadqiqotlarida o‘zbek oilasining demografik jihatlarini tadqiq etgan. B.Z.Umarov esa o‘z ishlarida o‘zbek oilasining sotsiologik jihatlarini tadqiq etgan. Ayniqsa,
Respublikamiz pedagog olimlarining mazkur sohada amalga oshirgan tadqiqotlari e’tiborga loyiqdir. A. Q. Munavvarov, M. I. Sanginov, O.Musurmonova, H.Uzoqov, O.To‘raeva va boshqalar o‘z tadqiqotlarida o‘zbek oilasining o‘ziga xosligi, tarbiyaviy imkoniyatlari va shart-sharoitlari, o‘zaro munosabatlar shakllanishining ma’naviy asoslarini keng o‘rganganlar.
E.G‘ozievning oilaviy hayot muammolari sohasida olib borilayotgan tadqiqotlari diqqatga sazovordir. Olimning ta’kidlashicha, oilaviy munosabatlar turli negiz; iqtisodiy, mafkuraviy, hissiy irodaviy, axloqiy-aqliy, qarindosh- urug‘chilik, yaqinlik va do‘stlik- birodarlik asosida quriladi. Ana shu negizlar baquvvat oilada er-xotin totuvligi, oila barqarorligi, oilaning baxti va farovonligi ta’minlaydi. Olimning fikricha, bola tarbiyasida ana shu muhim asoslarga e’tibor berish va ba’zi bir narsalardan ogoh bo‘lish zarur.
E.G‘oziev o‘z tadqiqotlarida oilada yuzaga keladigan ziddiyatlar va oila buzilishlari haqida ham alohida to‘xtalib, tarbiyaviy qashshoqlik, oilada ortiqcha an’ana va marosimlarning mavjudligi, ichkilikka ruju qo‘yish, rashk, madaniy hordiq chiqarish imkoniyatining yo‘qligi, qarindosh-urug‘chilikdagi ko‘ngil buzar ishlar mavjudligini ko‘rsatib o‘tadi. Shuningdek, E.G‘ozievning bu sohadagi ishlari bilan tanishar ekanmiz, ularda o‘zbek oilasidagi shaxslararo munosabatning o‘ziga xosligi, oila barqarorligining ijtimoiy-psixologik mezonlari haqida ham qimmatli ma’lumotlar borligini ko‘ramiz.
V.M.Karimova o‘zbek yoshlarida oila to‘g‘risidagi ijtimoiy tasavvurlar shakllanishi, o‘zbeklarning oilaviy psixologiyasida tarbiyaning o‘ziga xos
tomonlari haqida salmoqli tadqiqot ishlarini olib borgan. Muallif tadqiqotlari davomida o‘zbek xalq og‘zaki ijodida, islom dinining muqaddas manbalarida, sharq mutafakkirlari asarlarida, taniqli pedagog va psixolog olimlar asarlarida oilaning farzand tarbiyasidagi ahamiyati, oilaviy hayot muammolariga doir materiallarni izchil o‘rganib, psixologik tahlillari asosida bir qator ilmiy g‘oyalarni ilgari surgan. Muallifning fikricha, oiladagi tarbiya nola xayot yolining debochasidir, u murakkab va ko‘p komponentli psixologik tizim bo‘lib, ularning tarkibiga oilaning umumiy qadriyatlari, shaxslararo munosabatlarga xos tasavvurlar, erkak va ayol fazilatlari, ularning oilaviy munosabatlardagi o‘rni va ahamiyati to‘g‘risidagi, oilaviy rollar va ularni amalga oshiruvchi ijtimoiy normalar, ustanovkalar, reproduktiv tarbiya usullari va boshqa ijtimoiy-psixologik tushunchalar kiradi.
Oilaviy-munosabatlar asosan shaxs ijtimoiylashuvining dastlabki davridanoq shakllana boshlaydi va uning o‘zgarishida ijtimoiy-psixologik omillar, ta’lim- tarbiya, oila muhiti, milliy-ma’naviy va axloqiy qadriyatlar, shaxsning muloqot muhiti va shaxsiy faolligi muhim rol o‘ynaydi. Oilaviy-munosabatlar har bir oila a’zosining bilish tizimida shakllangan ong tarkiblaridan iborat bo‘lib, shaxsning ijtimoiy va individual tajribasi sifatida uning oilaviy hayotga tayyorligini ta’minlaydi .
V.M.Karimova tadqiqotlarida oilaviy-munosabatlarning xarakteri farzand tarbiyasiga ta]siri bolaning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etishi, ya’ni oilaning katta yoki kichikligi, to‘liq yoki noto‘liqligi, undagi rollar, jinsiy o‘zaro munosabatlar haqida va reproduktiv tasavvurlar xarakterini belgilashi va shaxsiy ijtimoiy ustanovkalar yo‘nalishida aks etishi aniqlangan.
Oiladagi o‘zaro munosabatlarning asosini tashkil etgan oilaviy tarbiyaga oid masalalar va ularning differensiatsiyasi o‘zining yosh, hududiy va jinsiy xususiyatlariga ega bo‘lib, ular avvalo har bir oilaning ruhiy ma’naviy muhiti, u yerdagi milliy qadriyatlar, an’analar, rasm-rusumlar qanchalik saqlanib qolganligiga ham bog‘liqligi asoslangan Bu holat tarbiya jarayoniga katta ta’sir etishi muallif tomonidan psixologik nuqtai nazardan tahlil qilib, uning
sabablarini ko‘rsatib o‘tilgan.
M.G.Davletshin tadqiqotlarida o‘zbek oilasining etnopsixologik muammolari keng qamrovli o‘rganilgan, shuningdek, ta’lim tizimida o‘quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda etnopsixologik omillarni e’tiborga olish masalalari, etnopsixologik xususiyatlarning O‘zbekiston psixologiya fanida o‘rganilganlik darajalari nazariy yo‘nalishda tahlil qilinadi.
N.A.Sog‘inov o‘z tadqiqot ishlarida o‘zbek oilalarida kuzatiladigan ajralishlarning etnopsixologik xususiyatlari, uning farzand tarbiyasiga salbiy ta]sirlarini uning motivlari va sabablarini ilmiy asoslashga harakat qilgan. Muallif, hozirgi davrda oila buzilishining umumiy sabablariga to‘xtalar ekan, o‘zbek milliy- madaniy muhitida ana shu sabablarning qaysi birlari kuchliroq ta’sirga ega ekanligini o‘zbek qishloq va shahar oilalari misolida hamda erkak va ayollarda qanday kechish holatini aniqlashga erishgan.
M.A.Sog‘inovning ta’kidlashicha, o‘zbek oilalarida er-xotinlarni yoki ulardan birini ajralishga undovchi muhim sabablar sirasiga: turmush o‘rtog‘ining qo‘polligi, turmush o‘rtog‘ini hurmat qilmasligi: yosh oila hayotiga ota-onalarning noo‘rin aralashuvi: turmush o‘rtog‘ining oilaning umumiy masalalariga befarqligi va boshqalar kiradi.
Muallifning e’tirof etishicha, o‘zbek oilasidagi ajralish sabablari, motivlari va ularning qanday holatlarda «sabab» va qanday holatlarda «bahona» rolini o‘ynashi, ana shunday holatlarda ularning oldini olish choralari haqida to‘xtalib, mutasaddi xodimlarni yordamga chaqirish, yoshlarga esa zarur maslahatlar berish lozim .
A. Shojalilov tadqiqotlarida ham oila va oila-nikoh munosabatlari o‘rganilgan. Ba’zi bir yoshlar oila qurib ota-onalik funksiyasini yetarli darajada bajara olmasliklari, bu holat esa yosh oilalarda bir qator qiyinchiliklar va muammolarga sabab bo‘layotganligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shunga binoan, tadqiqotda yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash ishlarini kuchaytirish, ularning shu sohaga oid vazifa va burchlarini bajarishi murakkab hamda ko‘p qirrali jarayon ekanligi ta’kidlanib, oila qurgan yoshlar turmush tarzini kuzatib borish asosida undagi ixtiloflarning oldini olish va bartaraf etish uchun psixoproflaktik chora-tadbirlarni keng qo‘llash
zarurligi ta’kidlangan.
X.Karimovning ilmiy ishlarida o‘zbek oilasida er-xotin orasidagi nizolar boshqa millat vakillari (rus, ukrain va boshqa) oilalaridagi nizolardan farqlanishi, ya’ni o‘ziga xos etnopsixologik xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan o‘zbek oilalaridagi er-xotin orasida nizolarning kelib chiqishiga milliy-madaniy muhitiga xos bo‘lgan nikoholdi omillarining xususiyatlari: ya’ni ba’zida tanishish imkoniyatining bo‘lmasligi yoki qisqaligi ham ta’sir etishi, natijada yuzaga kelgan nizo sabablarini tomonlar o‘zidan qidirmasligi, uni bartaraf etishda ota-onalarga tayanish, oiladagi o‘zaro munosabatlar qo‘pollik asosiga qurilishi va boshqa bir qator salbiy holatlar yuzaga kelishi ko‘rsatib o‘tiladi.
X.Karimov tadqiqot ishlari natijalariga tayanib er-xotin o‘rtasidagi yuz beradigan nizoli holatlarning klassifikatsiyasini ishlab chiqqan. Nizolar klassifikatsiyasini asoslashda nizo sabablari, unda ishtirok etganlar soni, uning ifodalanish darajalari, nizo o‘chog‘i, yo‘nalganlik xarakteri, bosqichlari va boshqalar asos qilib olingan. Shu bilan bir qatorda, muallif tadqiqotlariga tayanib oilaviy nizolarning oldini olish yo‘llari, bartaraf qilish choralari, unda o‘zaro murosabatlar barqarorligini ta’minlashga bog‘liq tavsiyalarni ham ilgari suradi.
O.Shamievaning tadqiqotlari rahbar ayollar shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda rahbar ayollarning faoliyati ularning ijtimoiy-psixologik tuzilmasini ijtimoiy vaziyatlarga nisbatan xulqni muvofiqlashtirish jarayonida tarkib topishi, takomillashishi va rivojlanib borishi ilmiy asoslangan. Shuningdek, rahbarga xos shakllangan sifat va fazilatlar (ijtimoiy, psixologik va madaniy) oilada shaxslararo munosabatlarning barqarorlashuviga, undagi tarbiyaviy-psixologik, muhitning yanada yaxshilanishiga ijobiy ta’sir etishi ko‘rsatib o‘tilgan.
F.R.Ro‘ziqulov ilmiy izlanishlarida o‘zbek oilalarda ajralishning ijtimoiy- psixologik asoratlarini ilmiy asoslashga harakat qilgan. Muallif muayyan darajada ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot davomida oila-nikoh munosabatlari, uning barqarorligini ta’minlashning ba’zi omillari to‘g‘risidagi ilg‘or qarashlarni va hozirgi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan davlat ahamiyatidagi tadbirlarni tahlil
qilarkan, oila-nikoh munosabatlarining jiddiy jihatlaridan biri sifatida hali ham oilalarning buzilishi - ajralishlar borligini alohida ta’kidlab o‘tadi. F.Ro‘ziqulov ajralish miqdori haqida gapirar ekan, «Ajralish respublikamiz hududida istiqomat qilayotgan oilalarda Fransiya, Angliya, Germaniya, AQSh, Boltiq bo‘yi davlatlari, Rossiya va boshqa MDH mamlakatlaridagiga qaraganda, bir necha marotaba kam bo‘lsa-da, biroq o‘zbek oilalarida ajralish asoratlari nihoyatda ayanchli, noxush holatlar, kechinmalar, hodisalar keltirib chiqarishni hisobga olsak, uning miqdoriy ko‘rsatkichlari quyi ekanligi xotirjamlikka asos bo‘la olmaydi, deb ko‘rsatib o‘tadi. Muallifning tadqiqot xulosalariga ko‘ra, ajralish va uning asoratlari o‘zbek oilalarida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ko‘p bolalilik, uning murakkab tuzilmaliligi, qarindosh-urug‘chilik aloqalarining kuchliligi, oila-nikoh munosabatlarining etnik xususiyati ko‘proq saqlanib kelganligi, o‘zbek oilasida ajralish boshqa xalqlarnikiga nisbatan qoralanishi, er-xotinlarning turmush darajasi, bilim saviyasi, muloqot madaniyati va shu kabilar bilan asoslanadi.
Tarbiya har qanday jamiyatini muhim vazifasidir.Tarbiya – bu shaxsning ijtimoiy ma’naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta’sir ko‘rsatish jarayonidir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov; «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo‘lamiz» deb ta’kidlaganlaridek, “Ta’lim to‘g‘risida»gi” Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bugungi kunda shaxs tarbiyasiga jiddiy e’tiborni qaratmoqda. Tasavvur qiling: ilmi zo‘r, katta ixtirolarga qurbi yetadigan, qonunlarni yaxshi o‘zlashtirgan mutaxassis - ma’naviyatisiz, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lsa nima bo‘lishi mumkin? U o‘z manfa’atlarini o‘ylaydi, Vatan uchun biror narsa qurbon qila olmaydi, chunki u -xudbin. Unda mehrg oqibat, fidoiylik, vatanparvarlik, milliy g‘urur yo‘q. U muxtojlarga yordam bermaydi. Chunki unda tarbiya shakllanmagan. Insonning tabiatini ўzgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqacharoq qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari, hamda ishlab chiqarish munosabatlarining o‘sishi va o‘zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil - inson orttirgan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir. Shunday qilib, inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo‘lib, u kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin-asta tarkib topadi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi odam tugilib o‘sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri bo‘lsa, ikkinchisi odamga uzoq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta’lim-tarbiyaning ta’siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy yo‘l bilan beradigan irsiy omillarning ta’siridir.
Shunday qilib, insonning psixik taraqkiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
Lekin, inson shaxsining tarkib topishi, yuqorida aytib o‘tganimizdek, faqat shu ikkita faktorga emas, balki uchinchi bir faktorga ham bogliqdir. Bu faktor nasliy yo‘l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlarning ta’siridir. Odamga nasliy yo‘l bilan ayrim antomik va biologik xususiyatlari beriladi. Masalan: tanasining tuzilishi, sochi va quzlarining rangig ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tug‘ma ravishda berilishi mumkin. Lekin, shuni hech qachon esadan chiqarmaslik kerakkig odamga hech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlari bilan bogliq bo‘lgan sifatlari nasliy yo‘l bilan beriladi. Nihoyat, nodir hollarda ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqa, matematika qobiliyatlarda nasliy yo‘l bilan berilishi mumkin. Bunday imkoniyatlarning amalga oshirilishi, ya’ni ro‘yobga chiqishi uchun albatta ma’lum sharoit bo‘lishi kerak.
Hozirgi kunda xalqimiz orasidan yetishib chiqqan iste’dodli olimlar, muhandis- ixtirochilar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblari, iste’dodli artistlar, rassomlar va boshqa kishilarimizga nasliy yo‘l bilan berilgan barcha imkoniyatlarning ro‘yobga chiqishi uchun harkanday sharoit maydonga kelganligini dalili bo‘la oladi. Insoniyatni komil inson qilib, ularni baxtli etgan, yuksaklikka yetaklagan bu - yaxshi tarbiyadir. Tarbiyaning bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda, xalqning boy milliy-ma’ na viy, tarixiy an’analariga, urf-odatlariga іamda unutilmas qadriyatlariga asoslanib tashkiliy ijtimoiy – psixologik shakldagi vositalarni ishlab chiqish va uni amalda joriy etish borasida soha mutahasisslsridan yanada mas’uliyat talab etadi. Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi, uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla, do‘stlari, jamoat tashkilotlari, atrof muhit, ommaviy axborot vositalari, san’at, adabiyot, tabiat va boshqalar bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi barcha hayotiy ehtiyojlarni vujudga keltirishda o‘zaro hamkorlikning ta’sir doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta’minlash katta ahamiyatga ega.
Tarbiya kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilan boshlandi va rivojlanib bordi. Bola tug’ilishi bilanoq ota-onasining parvarishi orqali atrof-muhit bilan tanishadi. Insonning shakllan ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muhitdan ya’ni
ichkilikbozlik, giyohvandlik, kashandalik va boshqa illatlardan himoya qilish esa nihoyatda murakkab jarayon. O‘zbek halqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda qo‘llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o‘ziga xos urf-odati va an’analari, tarbiya g’oyalari va hayotiy tajribasi yillar davomida mukammallashib keldi . Hali tarbiya muassasalari bo‘lmagan davrdayoq, qabila a’zolarining bolalarda mehnatsevarlik, jangovorlik, axloq-odob, nafosat, do‘stlik, mehr – shafqatlilik, insonparvarlik xislatlarini shakllantirish va o‘stirish sohasidagi aql – idroki va usullari o‘sha davrdagi hayotiy tajribaning mevasi sifatida ijtimoiy hayotga bog’liq holda shakllandi va rivojlandi. Bola, asosan, oila muhitida tarbiyalanib, inson sifatida shakllanadi. Tarbiya esa hayotning eng muhim tergagi, ya’ni tayanchi hisoblanadi. Har bir bolani shunday tarbiyalash lozimki, u, avvalo, yaxshi o‘qishi va so‘ngra esa, yozishni o‘rganishi bilan eng yuksak pog’onaga ko‘tarilsin. Ma’lumki, sharqning buyuk allomalari ta’lim va tarbiya masalalariga alohida e’tibor berishgan. Abu Ali Ibn Sino ham mazkur ustuvor masalalarga doir bir qancha asarlar, o‘zidan boy ilmiy meros qoldirgan. Ibn Sino bolani maktabda o‘qitish oila jamiyatning asosiy instituti hisoblanishi, u tarbiya o‘chog‘i sifatida shaxsning shakllanishida muttasil ishtirok etadi. Oilaning ijtimoiy ahamiyatiga molik funksiyasini ta’minlanishida undagi ijtimoiy psixologik muhit, shaxslararo munosabatlar, sub’ektlarning kamolot darajasi belgilaydi. Agar rollar, status va o‘zaro hamjihatlik inqirozga yuz tutgan holatda oiladagi psixologik muhitni tasavvur qilishni o‘zi murakkabdir. Oilada shaxslararo munosabatlarning o‘ziga xos tomonlari uning barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Albatta, bu holatni asoslovchi omillarni tadqiq qilishda quyidagicha yo‘l tutishni lozim topdik: Hozirgi zamon oilalarida inqiroz shakllanishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini yoritish.Oilada shaxslararo munosabatlarda tenglikni ta’minlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari (fenomenlari)ni ochib berish. Zamonaviy oilalardagi ijtimoiy psixologik muhit, u bilan jamiyatning o‘zaro uyg‘unligi, sub’ektlarning maqsad va maslaklarining birligi, qadriyatlar darajasining saqlanayotganligi, etnik va madaniy muhitning undagi munosabatlarda saqlanishi, avlodlar o‘rtasidagi ziddiyatlarga
barham berish, ijtimoiy kutishlar, rollar taqsimoti so‘zsiz inqirozlarni oldini olishga puxta zamin hozirlaydi. Bugungi kunda oila muammosiga aloqador masala uning barqarorligini ta’minlash, undagi inqirozli holatlarni bartaraf etish chora- tadbirlarini ishlab chiqishga davat etadi.
Oilada bola nutqni egallashi uchun nutq sharoitida, mehnat qilish uchun mehnat sharoitida, aqliy taraqqiy etmog‘i uchun aqliy faoliyat sharoitida yashamog‘i kerak. Ana o‘shanda bolaning nimaga, qanday sohaga layoqati borligi namoyon bo‘ladi. fiziologik va psixologiya fanining ko‘rsatilishicha inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror xil qobiliyatni ro‘yobga chiqishi va rivojlanishiga ta’sir etadigan potensial imkoniyatlar, ya’ni shaxs xususiyatini ifodalaydigan layoqat bilan tug‘iladi. Tug‘ma layoqat o‘z holicha rivojlana olmaydi, go‘yo u «mudroq» holatda bo‘lib, uning uyg‘onishi rivojlanishi uchun qulay muhit kerak.Agar bola o‘z layoqatiga mos sharoitda o‘sib zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat erta ko‘rinib, rivojlanishi, aksincha bu bo‘lmasa yo‘q bo‘lib, ketishi mumkin.Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muammosi insoniyat oldida turgan eng muhim muammollardan biridir. U o‘zida jismonan sog‘lom, aqlan barkamol yangi avlodni voyaga yetkazishni, kishilarning mehnat qilishi, dam olishini va ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishini to‘g‘ri tashkil etishni, oqilona hayot kechirishi mujassamlashtiradi.Shuning uchun sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy-gigienik, ma’naviy jihatlarni har tomonlama o‘rganish, vujudga kelgan haqiqiy ahvolni hisobga olib tadqiq etish davr talabidir. O‘zbekiston aholisining hayot tarzini oiladan tashqarida tasavvur qila olmaymiz, shuning uchun sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bevosita oilaga, oilaviy hayot tarziga,
«oila-tabiat-jamiyat-inson» tizimiga bog‘liqdir.Zero, sog‘lom turmush tarzi va oilaning farovonligi iqtisodiyo va ma’naviy omillar bilan belgilanganda edi, u vaqtda aholining moddiy farovonligi oshgan sayin, sog‘liqni saqlash, uy-joy bilan ta’minlash masalasi to‘la hal etilganda sog‘lom turmush tarzining barqarorligini belgilovchi barcha o‘z-o‘zidan hal bo‘lgan va
jamiyat uchun nomaqbul bo‘lgan hodisalar ham yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lar edi.Mustaqillik sharoitida oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish oilalarning ma’naviy-ruhiy tiklanishi va poklanishi muammolariga ham alohida ahamiyat berishni taqozo etadi. Chunki ma’naviyatning yuksakligi oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda umuminsoniy va milliy tajribalardan foydalanib madaniy hayot kechirishni, bu sohada me’yorga rioya etishni talab qiladi.Shuningdek, sog‘lom turmush tarzining shakllanishiga sho‘rolar davridagi oila-nikoh munosabatlari, ekologik, demografik, ruhiy oqibatlar vash u kabilar o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Jumladan, sho‘rolar davrida o‘zga mafkura ta’sirida kirib kelgan giyohvandlik, ichkilikbozlik, ota-onalarning ahloqiy-ma’naviy buzuqligi natijasida nosog‘lom hayot kechirayotgan oilalar hozir ham topiladi. Bunday oilada tarbiyalanayotgan farzandlarning kelajagi qanday bo‘ladi degan savol sog‘lom fikrli jamoani tashvishlantirmay qo‘ymaydi.
Oilada sog‘lom muhit-turmush tarzini barqarorlashtirish, farzandlarni barkamol etib tarbiyalash, oilaning tarbiyaviy va ijtimoiy rolini bajarishda fuqaroliy ma’suliyatini oshirish lozim. Oilani, onalar va bolalarni muhofaza etishning kuchli ijtimoiy tizimini yaratish va amalga oshirish zarur.
1 Oilada sog‘lom farzandlarni voyaga yetkazishda oila byudjetini to‘g‘ri taqsimlash va oiladagi bolalarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish kata ahmiyatga ega. Oilaning moddiy farovonligi bolalar sog‘lig‘i va ularning sog‘lom turmush tarzida o‘z aksini topadi.

  1. Ovqatlanish sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omilidir. Ovqatlanish bizning hududimiz sharoitida g‘oyat kata o‘rin tutadi. Chunki vitaminlar yetishmaydigan, kimyoviy tarkibi past, sifatsiz ovqatlarni iste’mol qilish, ularning miqdori jihatidan ham nomunosibligi aholi salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

  2. Jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanish kishilarni, ayniqsa yosh avlodni sog‘lom barkamol bo‘lib vochga yetishiga, salomatligini mustahkam, ruhiyatini yaxshilashga olib kelishidan tashqari, kishilarda

hayotda to‘laroq va faolroq ishtirok etishga, o‘zlarining bo‘sh vaqtidan unumli, yaxshi foylana bilishiga ham imkon beradi, ijtimoiy faollikning boshqa shakllari rivojlanib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Oilaviy munosabatlar madaniyati takomillashgan oilalardagina sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga imkoniyat tug‘iladi. Sog‘lom turmush tarzi jismonan sog‘lom aqlan barkamol yangi avlodni shakllantirishni, mehnat qilish, dam olish va ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishga yordam beruvchi oqilona hayot tarzini tashkil etishni ifodalaydi. Sog‘lom turmush tarzi aholining farovonlik darajasini oshirish, sog‘liqni saqlash va maishiy xizmatni yaxshilash, demografik jarayonlarni maqbul holatga keltirish, ommaning ma’naviy madaniyati, ongliligi, axloqiy jihatdan tarbiyalanganligini o‘sib bori shva ijtimoiy mehnatdagi faolligi bilan belgiladi. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uy-joy sharoitini yaxshilash, oila byudjetini to‘g‘ri taqsimlashni, to‘g‘ri va sifatli ovqatlanishni, spirtli ichimliklar, giyohvandlik, chekishni qat’iyan mann etishni, muntazam ravishgda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishni, sanitariya-gigiena qoidalariga to‘la rioya qilishni, ma’naviy boy, sog‘lom intillektual egasi bo‘lishni talab qiladi. Oilani moddiy imkoniyatlarini yaratish, ota-onalarning ongliligi, ma’naviyatini boyitish sog‘lom turmush tarzini shakllantirish imkoniyatini tug‘diradi. Sog‘lom turmush tarzi esa farzandlarni jismonan sog‘lom, ma’nan boy qilib o‘stirishga imkoniyat yaratadi.
Boshqa xalqlar qatori o‘zbek oilalari ham milliy tarbiya an’analariga boy. Ularni tiklab, boyitib, zamonaviylashtirib, maktab tarbiyasi bilan uyg‘unlashtirish nafaqat har bir oila, balki butun O‘zbekiston ijtimoiy- ma’naviy hayotini boyitishga xizmat qiladi. Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasida ota-onaning bola tarbiyasi uchun davlat oldidagi javobgarliklarining qayd qilinishi, Prezident I.Karimov tomonidan 1998 yilning Oila yili deb e’lon qilinishi ota-onalar, mahallar oldiga qator yangi, milliy istiqloliy talablarni qo‘ymoqda.
Oila – milliy dunyoqarash manbai sifatida o‘quvchilarda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Tarixda o‘g‘il-qizlar o‘z ota-onalaridan o‘zlashtirgan dunyoqarashni sintez qilib, o‘z oilaviy dunyoqarashlariga aylantirganlar. Bu farzandlarining milliy dunyoqarashlariga shakl, mazmun berib, meros tarzida o‘tib keldi. Dunyoqarashning birligi – milliyligi tufayli avlodlar orasida hamfikrlilik, o‘zaro ishonch, izzat, maqsad, birligi, samimiylik tantana qilar edi.
Oila o‘g‘il-qizlarda milliy fe’l-atvor, husni xulq tarbiyasi manbai bo‘lib keldi. Ota-onalar har kuni, har soatda o‘zlari bilib-bilmagan holda tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, bolalariga hatti-harakatlar, yurish-turish, so‘zlash, kulish, ovqat yeyish, yuvinish, muomala qilish, mezbon va mehmon munosabati me’yorlarini singdirib kelmoqdalar. Ayniqsa, o‘g‘ilni- otalikka, qizni-onalikka, uy bekaligiga tayyorlash milliy tarbiyadagi ikki yo‘nalish-o‘g‘il va qiz bolalar tarbiyasi mavjudligini ko‘rsatadi. Maktabda ham anna shu xususiyat saqlanishi va rivojlantirilishi kerak.
Ota-ona obro‘si milliy tarbiyaning asosidir. Aynan shu omil orqali ular farzndlarining ongiga, xulq-atforiga ma’naviy ta’sir qiladilar. Ota-ona obro‘si o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan ne’mat emas. U ota-onaning bola tarbiyasi bilan maxsus shug‘ullanayotganligi yoki shug‘ullanmayotganliklari bilan belgilanadi.
Sobiq sho‘ro davrining 80 yillarida otalar tomonidan ushbu yo‘nalishdagi tarbiyachilik vazifalari qoniqarli bajarilmas edi. O‘tkazilgan tadqiqotlar sobiq ittifoqda har bir 9-bolaning otasizligi va umuman otalarning farzand tarbiyasiga bir kunda 8 daqiqagina vaqt ajratganligini ko‘rsatgan edi. Ota-ona obro‘sini ularning farzandlari shaxsi bilan qiziqishlari o‘quvchi farzandlarining rivojlana borayotgan ehtiyojlarini o‘rganib, boshqarib, qondirib borishlari oshiradi.
Olib borgan kuzatuvlarimiz hayotda ota-onaning tarbiyachilar sifatidagi obro‘larini tushiruvchi sabablar mavjudligini ko‘rsatdi. Bular:

  • ota-onaning o‘zlarining bolalarining boquvchilari sifatida anglab, tarbiyachi axloqsiz turmush tarzi;

  • oilalarda uchrovchi axloqsiz turmush tarzi;

  • ota-onaning bolalarga aytgan so‘zlari, pand-nasihat qilaverishlari, farzandlar bilan asosan buyruq, hukm orqali gapirishlari;

  • ota-onaning o‘quvchi farzandlarining hayoti, qiziqishlariga e’tiborsizliklari, ularga vaqt va diqqat ajratmasliklari, o‘quvchilarni oila yumushlariga jalb qilmaslik (ayniqsa o‘smirlar o‘zlariga nisbatan beparvolikdan qattiq iztirob chekadilar. Natijada ota-ona va o‘smir orasida sovuq munosabatlarining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi);

  • o‘kuvchi-farzandlar bilan munosabatda ularning yosh xususiyatlarini bilmaslik (boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ota-onaning qarashlariga, fe’l- atvorlariga taqlid qilib keladilar. Ana shuning uchun ham xalqimizda ularni

«shirin» deyishadi. O‘smirlik davri boshlangaya, bolada keskin o‘zgarish- o‘tmish davri boshlanadi. Ota-onalar va bolalar orasidagi ziddiyatlarning asosiy qismi shu davrga to‘g‘ri kelishining boisi ham shundadir. Ota- onaning o‘z farzandlariga xos yosh xususiyatlarini bilmasliklarining oqibati bolalarni – o‘smirlarning ota-onadan (ko‘pchilik hollarda otadan) qalban uzoqlashuviga olib keladi);

  • ota-onaning o‘zlarining farzandlari uchun har kun, har soat, har daqiqada shaxsiy namuna ekanliklarini anglay bilmasliklari;

  • o‘quvchi-farzand tarbiyasi uchun bor ma’suliyatni maktabga tashlab, o‘zini soqit qilish;

  • rag‘batlantirish va jazolashda tarbiyaviy maqsaddan kelib chiqa bilmaslik.

  • milliy qadriyatlarga hurmat hissini shakllantira bilmaslik, hafsalasizlik;

  • tan jazosi bilan qo‘rqitish;

  • ota-onaning farzandlar ko‘z o‘ngida janjal qilib turishlari;

  • unda oshkora ichkilikbozlik qilinishi, behayo so‘zlar, qarg‘ishlar, so‘kinishlar;

  • o‘z farzandini «eng yaxshi» deb hisoblash;

  • «biz qiynalganmiz, bolalarimiz rohat qilsin» Deya o‘quvchi farzandlarini erkalatib yuborish yasantirishga hirs qo‘yish yoki buning aksi

  • «bola qiynalib kata bo‘lsa, ota-onaning, mehnatning hayotning qadriga yetadi» deya ko‘r-ko‘rona qattiqqo‘llik, zarda qilaverish;

    • o‘quvchi farzandiga va’da berib, bajarmaslik;

    • maktab bilan ta’lim – tarbiyaviy hamkorlikdan «ish ko‘p, vaqt yo‘q» degan bahona bilan o‘zini chetga olish;

    • o‘quvchi bolalarni o‘z ajdodlari, shajaralari bilan tanishtirmaslik va hokazo.

Bu kamchiliklarni bartaraf qilishda otaning roli hal qiluvchi ahamiyatga ega. Zero «Otaning ochgan yo‘li bor, onaning bichgan to‘ni bor». «Otasi borning unumi bor, onasi borning tikishi bor». «Ota-olamning fikri», «Erta tur, otangni ko‘r, otangdan so‘ng otingni ko‘r», «Otangni ko‘rsang, otdan tush», «Ota bo‘lish oson, otalik qilish qiyin», «Ota – bolaga sinchi», «O‘g‘lingni sevsang, qo‘lingdek ishlat», «Otalar so‘zi xitob bo‘lur, ani yig‘mang kitob bo‘lur». . .
Onaning o‘zbek oilasidagi o‘rni alohida, jipslashtiruvchi ahamiyatga ega. Chunki «Onaga bo‘lgan muhabbat-Vatanga bo‘lgan muhabbatning kurmagi», «Onaning ko‘ngli bolada, bolaning ko‘ngli dalada», «Onang o‘gay bo‘lsa, otang o‘zingniki emas», «Bola-loy, ona –kulol», «Bola ham ona deydi, ona ham ona deydi», «Onangning yaxshiligini bemor bo‘lsang bilarsan» va hokazo.
Ota-onaning izchil tarbiyachilik mehnati ularni yaxshi farzandlarning ota-onalari bo‘lish sharafiga muyassar qiladi. «O‘g‘il-qizlarning fe’l-xulqi yaxshi yoki yomon bo‘lsa, uning sababchisi otav a onadir». (Yu.X.Xojib).
Hayotda ro‘y berayotgan ijobiy va salbiy holatlar, ko‘ngilsiz voqealar, kishilar o‘rtasidagi mehr-oqibatning susayishi, shaxslararo munosabatlarda
uchrab turadigan ruhiy emotsional zo‘riqishlar, baxtsiz oilalar soning ortib borishi, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning ko‘payib borayotganligi oiladagi ruhiy muhitga, oila a’zolarining o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlarga, oiladagi murakkab muammolarga bevosita bog‘liq bo‘lib, to‘g‘ri yo‘lga quyilmaganligi natijasida yuzaga keladi. Hozirgi davrning taqazosi ham oilaga xos Ushbu muammolarni to‘g‘ri ham qilmay turib, fozil jamiyatga erisha olmaslikni e’tirof etganligidan iboratdir.
Oila muammolarini o‘rganishda bugungi kunning ahamiyatli masalalaridan biri bo‘lgan oilaviy munosabatlar kata o‘rin egallydi. Uning ahamiyatli tomoni shundaki, kishining insoniy fazilati, jismoniy hamda ruhiy kamoloti oila bilan bog‘liq bo‘lgan holda, unda kechayotgan o‘zaro munosabatlarning ta’siri bilan shakllanadi va mukammallikka erishishga intiladi, hayotning har bir jabhasiga xos ham nazariy, ham amaliy yo‘l- yo‘riqlarni «qo‘lga kiritish» imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Oilaviy munosabatlar odatda oiladagi ota-onaning roli, er-xotin munosabatlari, farzandlarning o‘zaro munosabati hamda ularning ota- onalariga bo‘lgan munosabatlari, yaqin kishilar, qarindoshlar bilan muloqot qilish xususiyatlari nazarda tutiladi. Hamisha uning inson tarbiyasiga bo‘lgan ta’siri borasidagi turli masalalari doimo har bir davrning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Masalan, Sharqda, oilaning e’zozlanishi, oilaviy munosabatlar, ayniqsa har bir oila a’zosining o‘zaro muloqotiga jiddiy e’tirof berilishi haqida juda ko‘pgina manbalarda izoh berilgan.
Oilada ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda hamjihatlik, mehr- oqibat, o‘zaro hurmat, shirinsuhanlik, bir-biriga g‘amxo‘rlik kabi sifatlar, yosh avlodni maqsadga xos tarzda tarbiyalashda samaradorlikni oshiruvchi usullardan biri bo‘lib, taqlid qilish borasida yaxshi namuna hisoblanadi. Oiladagi o‘zaro munosabatlarni, yuz beradigan voqea ilg‘ab oladi. Shuning uchun ham namuna sifatida ota-ona shunday hislatlarga ega bo‘lishi kerakki, bulardan:

  1. mehnatkash;

  2. tartib intizom;

  3. mehr-muhabbatli;

  4. sabr toqatli;

  5. savodxon kabi shunday fazilatlarga ega bo‘lgan har bir ota-ona obro‘li farzandlarni tarbiyalash sohasidagi ta’sir kuchli bo‘ladi. Ota-ona obro‘sini ta’minlaydigan eng muhim omil ularning kundalik hayotdagi ibratli insoniy munosabatlari, mehnatdagi yuksak muvaffaqiyatlar, shuningdek ularning bilim doirasi, dunyoqarashi va axloq-odob bilan aloqador bo‘lgan xususiyatlari belgilovchi mezon hisoblanadi. Namunali munosabat o‘rnatilgan oilalarda sharqona tarbiyadagidek farzandlar samimiylik va sabr-toqatni, hurmat va ehtiromni o‘rganadi.

Oilaviy munosabatlarda ma’naviy ehtiyojga asoslangan aloqalardan biri-muloqot qilish jarayoni muhim hisoblanib, shaxs shakllanishida kata rol o‘ynaydigan namuna va taqlid singari shu darajada hal qiluvchi vazifani ado etadi. Chunki, kishi o‘zaro shaxslararo munosabatlar jarayoniga kirishishi bilangina atrof-muhitda sodir bo‘layotgan voqeiliklardan xabardor bo‘lib, ular o‘rtasida axborot ayirboshlash yuzaga keladi. Aslini olganda ham kishilar o‘z farzandlariga muloqot tarzida o‘qtirib o‘rgatadigan har qanday ilmiy, ijtimoiy tajribalari, malaka va bilimlari ham ijtimoiy-taraqqiyotning mahsuli sifatida kishilik
Oila – hayotiy mazmuniga hamda jamiyat tomonidan ma’qullanadigan xususiyatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy hodisa. Unda ijtimoiy hayotning barcha asosiy qirralari, vazifalari hamda xususiyatlari, sinkretik tarzda bo‘lsa-da, mujassamlashgan. Inson umri mobaynida oila ta’sirini sezib turadi, dastlab ota-onasining oilasida so‘ng o‘zi qurgan oilasida hayot kechiradi.
Har ikki holda ham oila shakllanadi. Inson oilada individual va ijtimoiy hayot ko‘nikmalarini hosil qilibgina qolmay, balki unda o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ota-ona maqomini ham oladi. Aksariyat tadqiqotlarda oilaning ijtimoiy institut sifatidagi to‘rtta asosiy vazifasi ajratib ko‘rsatadi.
Birinchi vazifa - farzandlar tug‘ilishi bilan bog‘liq.
Ikkinchi vazifa – yangi avlodni Ushbu jamiyat madaniyatidan bahramand etish.
Uchinchi vazifa – shaxsning o‘zini-o‘zi kamol toptirish, uning qobiliyatini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish.
To‘rtinchi vazifa – shaxsning muomala – muloqotga hissiy qo‘laylikka bo‘lgan psixologik ehtiyojni qondirishi.
Shaxs ijtimoiy faoliyatni shakllashdek yaxlit jarayonning bu qirrasiga ko‘plab omillar, jumladan oilaning moddiy farovonligi, ota-onaning saviyasi, oilaviy qadriyatlar tizimi bolaning ta’lim olish jarayonida ota- onaning ishtiroki singari jihatlar ta’sir ko‘rsatadi.
Oila moddiy farovonligining shaxs ijtimoiy faolligiga ta’siri baholashda kishilar ularning faqat daromaddagina emas balki har bir muayyan oilada mavjud bo‘lgan ma’naviy madaniy qadriyatlar tizimiga bog‘liqligi yo‘q. Chunki kata daromad moddiy ne’matlar sotib olish hamda dabdabali tantanalar va tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan badavlat kishi maqomini saqlab turish uchun butkul ishlatilib, shaxsni kamol toptiruvchi ma’naviy iste’molga sarflanmasligi mumkin.
Oila murakkab ijtimoiy guruh bo‘lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi. Shu sababdan turmushdagi va oila a’zolari munosabatlaridagi o‘zgarishlar uning moddiy-maishiy, iqtisodiy negizi o‘zgarishga bevosita bog‘liqdir.
Buyuk mutafakkirlarning fikricha, tarbiyachi bolalar bilan muomalada bosiq bo‘lishi, o‘quvchilar ta’limni qanday o‘zlashtirayotganini kuzatib borishi, o‘qitishi va tarbiya jarayonida har xil usullarni qo‘llashi, o‘quvchining xotirasi va boshqa aqliy qobiliyatini bilishi, bolalarni tarbiyalashda tegishli jazo choralariniqo‘llashi, ularni fanga qiziqtirishi, aniq adabiy tilda tushuntirishi bolalarda hissiyot uyg‘otadig an bo‘lishi zarur. Ta’lim-tarbiya haqidagi bu fikrlar yosh avlodni komil inson qilib voyaga yetkazishda xizmat qiladi. Abu Ali ibn Sinoning fikricha, insonning aqlan barkamol, jismonan yetuk, axloqiy

  • ma’naviy boy bo‘lishida tarbiyaning barcha turlarini uyg‘unlashgan holda olib borilishi katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Tarbiyaning asosiy vazifasi–shaxsning aqliy, axloqiy erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanish, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Buning uchun:

  • yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash;

  • hayot mazmunini tushunib olishga ko‘maklashish;

  • o‘zini o‘zi idora va nazorat qila bilishni shakllantirish;

  • o‘zining shaxsiy turmushga maqsadli yondashuvi;

  • ularda reja va amal birligi hissini uyg‘otish;

  • o‘quvchilarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar va vatanimizning boy ma’naviy merosi bilan tanishtirish;

  • madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga bo‘lgan talablarni shakllantirish - malaka hosil qildirish, tobora o‘stirib-boyitib borish va estetik tushunchalarni shakllantirish;

  • har bir o‘smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, ularni rivojlantirish kerak.

Yoshlar faoliyatining turli sohalarida joriy qilib ko‘rish lozim. Bolalar ijodini, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo‘llab-quvvatlash uchun doimo shart-sharoitlar yaratib berishimiz zarur. Farzandlarimizda inso np arvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish, bir- birini tushunadigan, o‘zaro mehribonlik, irqiy va milliy kamsitishlarga toqatsizlik va muomala odobini o‘rgatib, ularning ongiga singdirib boriladi. Tarbiyaning avvalo turgan o‘rni uyda, oila ichida, keyingisi maktablardadir. Shunday bo‘lsa ham, lekin tarbiya eng ko‘p oilaviy muhitga va ota-onaga tegishlidir. Tarbiyaning yaxshi bo‘lishi tarbiyachilarning nechog‘lik yetuk bo‘lishi ularning yetarli darajada tarbiya ko‘rganligiga bog‘liqdir. Yoshlar, jumladan talaba– o‘quvchilar, voyaga yetmaganlar ta’lim – tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi muassasalar, idoralar, komissiyalar, mahalliy tashkilotlar tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda izchillik va nazoratni to‘la ta’minlaganligi natijasida huquqbuzarlik , aqidaparastlik illatlarining oldi olinayapti
Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda muqaddas kitob Qur’oni Karim, Hadisi sharifdan foydalanash juda muhim. Mahmud Qoshg‘ariyning
«Devoni lugatit turk»,Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‘u bilik», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yassaviyning «Hikmatlari», Alisher Navoiyning shoh asarlari, hikmatlari muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Manaviy qadriyatlar va g‘oyalar har hil millat talabalarini birlashtiradi, o‘quv va mehnat faoliyatlarini uyushtirishda yordam beradi. Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas. O‘zbek xalqi ko‘p asrlik tarixiy taraqqiyotida katta madaniyatni yaratdi. U yaratgan boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo‘lib hizmat qiladi. Ismoil Al-Buxoriy, al-Xorazmiy, Beruniy, Forobiy, Abu Ali Ibn Sino Fariddin Attor, Marg‘iloniy Alisher Navoiy, Nizomiy Ganjaviy va boshqa buyuk mutufakkirlarning asarlari orqali o‘quvchilar go‘zal axloq,, baxt, insof, poklik, iffat, sabr-matonat, mehr-shafqat, ota-onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo‘ladilar. Insoniylik o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy
xususiyatlarini, ya’ni odamlar o‘rtasida o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lish, do‘stlik, ota-onaga sadoqatlik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Ota-bobolarimiz bolalarda yoshlikdan ana shunday go‘zal fazilatlarni qaror toptirishga katta ahamiyat berganlar.
O‘zbek oilasida bola tarbiyasi haqida gapirganda, keyingi avlodlarga boy meros qoldirgan O‘rta Osiyoning buyuk mutafakkirlarini eslash muhimdir. Ular hozirgi kunlarimizda ham o‘z ahmiyatini yo‘qotmagan tarbiya, shaxsni kamol toptirish, oilada bolani tarbiyalashning yo‘llari haqida qimmatli fikrlarni bayon etganlar. Bir yigit Ibn Sinodan «Bola tarbiyasini qaysi» yoshdan boshlash kerak? – deb so‘rabdi. Ibn Sino:
«O‘g‘lingiz necha yoshda» deb savol beribdi va uning bir yarim oylik bo‘ldi, degan javobini eshitgach «Siz bir yarim oy kechikibsiz?» - debdi. Bugungi kunda bolani haqiqatan tug‘ilgan kunidan boshlab tarbiyalash kerakligiga hech kim shubha qilmaydi, bu bizning psixologlarimiz va pedagoglarimiz tomonidan isbotlangan.
Abu Ali Ibn Sino oilaviy tarbiyaning umumiy asoslarini bayon etishga harakat qilgan. «Aga oila tarbiya usullaridan to‘g‘ri foydalansa, - deb yozgan edi olim, - o‘z hayotida baxtga erishadi». Buning uchun tarbiyaning to‘g‘ri metodlari bayon etilgan «Tadbiri manzil» kitobida aks etgan. Ibn Sino oilada bolani tarbiyalash, ahvolidan qat’i nazar, ota-onaning asosiy burchi deb hisoblangan, o‘z qusurlarini bartaraf qilgan kishigina boshqalarni tarbiyalashi mumkinligini ta’kiflagan. Ibn Sino bolani tarbiyalash omillarini tahlil qilib, ulardan eng to‘g‘risi – bolalar bilan birga bo‘lish va ijobiy misollardan foydalanib, alohida0alohida suhbatlashish, uning izzat nafsiga tegmaslik, deb o‘qtirgan. Ibn Sino tarbiyada otaning rolini ifodalashga kata ahamiyat bergan. «Ro‘zg‘orshunoslik» kitobida «Otaning bolalarga munosabati» degan bob bor. Unda olim jumladan: «Onalar o‘z tabiatlariga ko‘ra yumshoq ko‘ngildirlar va o‘zlarining erkalashlari bilan bolaning xarakterini buzadilar», - deydi. Ibn Sinoning fikricha, oilada asosiy tarbiyachi ota bo‘lishi, u maqsadga erishmoq uchun bolani ba’zan jazolashi,
ba’zan rag‘batlantirish, vaqti-vaqti bilan maqtashi, ba’zan tanbeh berish, vaqtida qo‘rqitib qo‘yish, hatto jismoniy jazolashi lozim.
Oilada bola tarbiyasi to‘g‘risida Alisher Navoiyning ajoyib fikrlari bor. Navoiyning fikriga ko‘ra, eng muhimi bolalarni sevish, «Bolaga, degan edi ulug‘ shoir, - kichikligidan boshlab yoshini hisobga olgan holda axloqiy tarbiya bermoq zarur»3. taniqli shoir va pedagog Abdulla Avloniy oilada bolalar tarbiyasi to‘g‘risida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ajoyib fikrlarni bayon qilgan. O‘zining «Yashnagan o‘lka va ahloq» degan kitobida yozganidek, bolaning sog‘lig‘i va baxti avvalo uning yaxshi tarbiyalanishiga, badanining tozaligiga, e’tiqod hosil qilishiga, yaxshi xulqqa ega bo‘lishiga, uni g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlardan ogohlantirilishiga bog‘liq. Bolani tarbiyalashni tug‘ilgan kunidanoq boshlash zarurligi quyoshday ravshan va aniq, uning organizmini mustahkamlash, aqliy qobiliyatini donishmandlik nuri bilan yoritish, uni axloqiy kamol toptirish, xotirasini mashqlantirish kerak.
Bola tarbiyasi bilan birinchi navbatda ota-onalar shug‘ullanishi lozim.
«Bolalarni tarbiyalash – onaning burchi va otaning muqaddas majburiyati». Mashhur pedagog Hamza Hakimzoda Niyoziy oila tarbiyasi masalasini, ota- onalar bilan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat masalasini yangicha tahlil qildi. U birinchi navbatda tan jazosini qo‘llashga qarshi chiqdi, uning fikricha, tan jazosi bola ruhini razil yoki yovuz va qaysar qilib qo‘yadi. Hamza oila tarbiyasida bolalar bilan ko‘proq bog‘langan onalarning rolini yoritishga kata ahamiyat beradi. Ona o‘z bolasiga mehr-muhabbat va mohirlik Bilan ta’sir ko‘rsatib borishi zururligini o‘qtiradi. Bolalar va yoshlarga ishontirish vositasi bilan burch tuyg‘usini singdirish lozim, deb hisoblaydi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy ota-onalarning bolani tarbiyalashdagi rolini yuqori baholab, «avvalo ularning xulqi namunali, qusursiz bo‘lmog‘i, ular yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lishlari zarur», - degan.U farzandlarni

3
tarbiyalash bilan shug‘ullanmaydigan hamda o‘zlarining nomunosib xulqlari bilan ularning axloqiy rivojlanishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan ota- onalarni keskin tanqid qilgan edi. U o‘z farzandlarini tarbiyalamay, ularni faqat moddiy ta’sinlanishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladigan ota-onalarga qattiq tanbeh berar edi. Hamza «O‘z bolalarni yomon tarbiyalagan onaning jazosi» hikoyasida bolalarni yomon tarbiyalashning fojiaviy oqibatini tasvirlaydi. Unda o‘g‘lining o‘g‘rilik qilishdan ko‘z-yumgan, aksincha, uni bu ishga rag‘batlantirgan, o‘g‘li qo‘lga tushib, osishga hukm qilingan onaning ayanchli ahvoli bayon qilingan. Hamza o‘z hikoyasini «Agar farzand yomon bo‘lsa, bunga ota-onalar sababchi», - degan so‘zlarni aytgan. Hamzaning ta’kidlashicha, axloqiy poydevori oilada qo‘yiladi va ota- onalar buning uchun javobgardir. «Agar, - deydi Hamza, - ota-onalar o‘z farzandlarini ilk yoshidan boshlab yaxshi tarbiya qilganlarida edi – zabonlarimizni yolg‘ondan, qo‘llarimizni jinoyatdan tiygan, quloqlarimizni tuhmat va g‘iybatdan asragan, ular bizni har qanday yomonlik va


baxtsizlikdan saqlagan bo‘lur edilar».
Istiqlol va ozodlik uchun kurashgan jadid ziyolilaridan biri, shoir alloma Abdurauf Fitrat ham jamiyat rivoji va millat taqdirini oila taqdiri bilan, ularning mustahkam va farovon bo‘lishi bilan bog‘liqligini o‘z asarlarida qayta-qayta ta’kidlaydi. «Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik esa, shu millat oilalarining intizosiga tayanadi. Qaerda oila munosabatlari kuchli intizomga tayansa mamlakat va millat ham muncha kuchli va muazzam bo‘ladi», - deb yozadi Fitrat. Abdurauf Fitrat Sharq va G‘arb olimlarining asarlarini o‘rganib, 1914 yilda «Oila yoki oila boshqarish tartibi» nomli oila masalasidagi mukammal yo‘riqnomani yaratadiki, u hozirgi kunimiz uchun ham o‘ta dolzarb va ahmiyatlidir.
Fitrat turmush qurish yoshi, homiladorlik va xomilador ayollarga munosabat haqida tibbiyot nuqtai-nazardan kelib chiqib fikr yuritadi. U bola tarbiyasini ona qornidaligidayoq boshlashni maslahat beradi: Ona qornida
bola paydo bo‘lganidan so‘ng uning hayot-mamoti ota-onaga bog‘liq. Shuning uchun ham ular bolaning nobud bo‘lishiga olib keladigan ishlarni qilmasliklari shart. Masalan, homiladorlikning ikkinchi oyidan to‘rtinchi oyigacha ko‘p onalar bola tushiradilar. Buning sabablari qo‘rquv, kamquvvatlik, og‘ir ishlarni bajarish va ko‘p qayg‘urish bo‘ladi.
Homilador ayolning gigienasi, uning toza-bahavo joylarda dam olish, iste’mol qilishi lozim bo‘lgan taomlari haqida ham muhim ko‘rsatmalar beriladi. Abdurauf Fitratning oila va oilaviy munosabatlarga oid ayrim fikrlarigina keltirdik. Uning farzand tarbiyasi to‘g‘risidagi fikrlari hozirgi kunimiz uchun ham dolzarb bo‘lib, ularning barcha ijobiy va ibratli tomonlarini hayotimizda qo‘llashimiz mumkin.
Sadriddin Ayniy o‘z ma’rifatparvarlik qarashlarida vatanparvarlik, insonparvarlik, xalqparvarlik g‘oyalarini ilgari suradi. Uning fikricha, tarbiyaning asosiy maqsadi bolani vatanga, xalqqa sadoqatli qilib kamol toptirishdir. U ijodiy va ma’rifiy faoliyatlarida, o‘qish kitoblarida bu g‘oyani bolalar ongiga singdirishga harakat qildi. Ayniy xalqning aql- zakovatini, kuch-qudratini o‘zaro do‘stlikda, mehr oqibatda ko‘rdi, bolalarda xalqqa xos bu fazilatlarni tarkib toptirishga da’vat etadi.
Ayniy axloqiy tarbiyalangan bola hech vaqt yolg‘on gapirmasligini hamma vaqt chin so‘zli, sof vijdoli bo‘lishini aytadi va saxiylik, hayrixoxlik, kamtarlikni axloqiy fazilat hisoblaydi va tarbiyada bolalarda bu sifatlarni rivojlantirishni o‘qtiradi. Ayniy ahloq haqidagi qarashlarida kamtarlikni eng yuksak insoniy fazilat ekanligini alohida ta’kidlaydi. Uning o‘qtirishicha, bolalarning kamtarlik ruhida tarbiyalashda shaxsiy namuna, o‘rnak bo‘lishi muhim omildir. Ayniy mehnatni ulug‘laydi, mehnat insonga hurmat, obro‘, baxt baxsi eshitishini ta’kidlab oilada bolani yoshlik bahtidan mehnatga ko‘niktirish kerakligi aytadi. Navoiyning o‘qdirishicha, tarbiyaning maqsadi yosh avlodni xalqparvar, bilimli, eng yaxshi fazilatlarga ega kishi qilib yetishtirishdir. Navoiy bolaning voyaga
yetishishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga, tarbiya- natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo‘lib o‘sishiga ishonadi.
Navoiyning o‘qtirishicha, yosh bola yaxshi nima-yu, yomon nimaligining farqiga bora olmaydi, chunki uning tushunish fikrlash, muhokama qilish qobiliyati o‘smagan bo‘ladi. Shu sababli, u o‘z xususiyatiga ko‘ra, biror salbiy ta’sir natijasida yaramas, noto‘g‘ri yo‘lga tushib ketishi mumkin. Demak, bolani juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq darkor. Bunda Ibn Sino bolada axloqiy xislatlarni mehnat, jismoniy va aqliy tarbiya bilan uzviy birlikda shakllantirishni bolani haqiqiy inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi. Ibn Sino ahloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bola bilan, nafsiga, g‘ururiga tegmagan holda, yakkama-yakka suhbatda bo‘lish, unga nasihat qilishni ma’qul usul hisoblaydi. Nasihat qilishda suhbatdoshga nihoyatda hurmat Bilan yondoshish, uni kamsitmaslik, ortiqcha so‘z aytib, uni zeriktirmaslik kerak.


Xulosa.

Xulosa qilib aytish mumkinki, shaxs tarbiyasida ota-ona bilimlarini doimiy oshirib borishlari lozim. Yagona haqiqat shuki, uyda ota-ona, maktabda ustoz va murabbiylar ma’naviy boy, dunyoqarashi keng bo‘lishlari zarur. Shundagina o‘sib kelayotgan avlodlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olish mumkin. Eng muhimi ularning psixologik rivojlanishi, ruhiyatidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi. Bu esa o‘z o‘rnida munosabatlarni to‘g‘ri rivojlanishiga, ularni hayotini oldindan ko‘ra bilishga, kelajagini porloq qilib voyaga yetkazishga katta yordam beradi.


Ota-onaning o‘z farzandi tarbiyasiga e’tibor bermasligi, uni o‘z holiga tashlab qo‘yishi, bu sohadagi vazifalarga bir tamonlama qarash ota-onaning burchini jamiyat oldidagi ma’suliyatini his qilmaslikdir. Har bir ota-ona o‘z farzandi tarbiyasi bilan asosli ravishda shug‘ullanishi, buning uchun esa ta’lim-tarbiya ishining o‘ziga xos tomonlarini, qonuniyatlarini, bolaning pedagogik-psixologik va yosh xususiyatlarini, jismoniy va fiziologik rivojlanish qonuniyatlarini bilishlari, yosh avlodni tarbiyalash sohasidagi muvoffaqiyatlariga erishishning asosiy omilidir.



Download 70,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish