Kirish asosiy qism bob o’quvchilarga geometrik elementlarni o’rgatish


Ko’pburchaklar va ularning elementlari



Download 299,85 Kb.
bet4/9
Sana09.07.2022
Hajmi299,85 Kb.
#767442
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1.2 Ko’pburchaklar va ularning elementlari.
Ko’pburchaklar bilan o’quvchilar hali maktabgacha bo’lgan yoshlaridayoq uchrashishgan. O’qituvchining vazifasi o’quvchilarning geometrik figuralar haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularni figura elementlarini ajrata olishga o’rgatish, figuralarni chizishga o’rgatish, figuralarning ba’zi xossalari bilan tanishtirishdan iborat. 1- sinfda o’quvchilar ko’pburchaklarning nomlarini aytish, burchaklari va tomonlarini farqlashni o’rganadilar.
O’qituvchi o’quvchilarga sodda yassi va fazoviy figuralar haqida tushuncha beradiKvadrat, uchburchak, doira, beshburchak va h.k.lar yassi figuralarga misol bo’ladi.

Kub, prizma, silindr, shar, konus, parallelepiped, piramida fazoviy figuralarga misol bo‘la oladi.

Ko’pburchaklarning burchak va tomonlari uchta, to’rtta, beshta va undan ortiq bo’ladi.



1-sinda o‘quvchilarga ko’pburchaklar haqida quyidagicha savollar berish mumkin.

  1. Har qaysi figuraning nomini ayting.

  2. Ko’pburchaklar tomonlarini sanang.

  3. Hamma figuralarni bir so‘z bilan nima deb aytish mumkin?

2-sinfda to’g’ri to’rtburchak va kvadratning quyidagi xossalari o’rgatiladi.  Hamma burchaklari to‘g‘ri bo‘lgan to‘rtburchak to‘g‘ri to‘rtburchak deb ataladi.  To‘g‘ri to‘rtburchakning qarama-qarshi tomonlari bir-biriga teng bo‘ladi.
To‘g‘ri to‘rtburchakning to‘rtta uchi, to‘rtta burchagi, to‘rtta tomoni bor.  Barcha tomonlari bir-biriga teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak kvadrat deb ataladi. Kvadratning to‘rtta uchi, to‘rtta burchagi, to‘rtta tomoni bor.
O’quvchilarda to’g’ri to’rtburchak va kvadratning xossalari bo’yicha ko’nikma va malakalarini mustaxkamlash uchun quyidagicha savollar berish mumkin.
1) Ko‘pburchaklardagi to‘g‘ri, undan katta va kichik burchaklarni aniqlang.
2) Chizmada nechta kvadrat, nechta to‘g‘ri to‘rtburchak bor? Daftaringizga chizing va uni bo‘yang.
3) Shunday kvadrat chizing va uning perimetrini toping. Shuni eslatib o’tamizki, geometrik figuralar modellari nabori “Birinchi sinf uchun matematikadan namoyish materiali”da, shuningdek birinchi sinf o’quvchilari uchun matematika yig’malarida bor. Geometrik figuralar modellarini o’quvchilarning o’zlari mustaqil yaratishlari maqsadga muvofiqdir.
O’qituvchi qog’ozdan qirqilgan har xil ko’rinishdagi, har xil rangdagi va har xil kattalikdagi uchburchaklardan foydalanib, o’quvchilarni uchburchak bilan tanishtiradi. Tanishtirishni o’qituvchilar uchun mo’ljallangan metodik qo’llanmada tavsiya etilganidek amalga oshirish mumkin: “Bular uchburchaklar.
Bu figuralar bir-biridan farq qilsa ham, ularning hammasi bir xilda “uchburchaklar” deb ataladi. Uchburchakning yana bitta elementi - burchakni ajratishda uni ko’rsatish bilan bir qatorda katta ko’rsatmalilik uchun uchburchakning bir qismini - uning burchagini uzib olish kerak. Sinfda o’quvchilarning atrofidagi narsalar, uy xonalarining jihozlari, ko’chalar, shahar dahalari tavsiflangan rasmlar qaraladi.
O’quvchilarning grafik malakalari hali endi shakllanish bosqichida bo’lganligi sababli topshiriqlarni bajarish uchun ularga tarqatma material-turli o’lchamli turli rangli geometrik shakllar taklif qilinadi (ularni mehnat darslarida tayyorlash mumkin). O’quvchilar dastlab o’qituvchi rahbarligida, keyin esa mustaqil ravishda turli o’lchamli to’g’ri to’rtburchaklarni kombinatsiyalab, barcha mumkin bo’lgan real ob’ektlarning aplikatsiyalari - binolar, avtobuslar, sovitkichlar, temir yo’l vagonlari va h.k.ni hosil qiladilar. Hosil bo’lgan tasvirlarning ko’rinishi o’zgartiriladi (masalan, “binoni” tasvirlayotgan to’g’ri to’rtburchakka “rasmlar” va “g’ildiraklar” qo’yib, avtobus tasvirini hosil qiladilar.
Bunday ishni bajarish natijasida o’quvchilar ushbu hulosaga kelishlari kerak: odam atrofidagi ob’ektlarning juda ko’pchiligi bitta geometrik shaklga keltiriladi. Mazkur shaklni o’quvchilar empirik tadqiq etadilar: buklash bo’yi bilan qarama-qarshi tomonlar uzunliklarini, burchaklar kattaligini taqqoslaydilar, ustma-ust qo’yish orqali shaklning burchaklarini to’g’ri burchak bilan taqqoslaydilar: natijada o’quvchilar, masalan, ushbu xossalar ro’yxatini hosil qiladilar: to’rtta uchga ega; to’rtta burchakka ega; to’rtburchak; qarama-qarshi tomonlari teng; barcha burchaklari teng; barcha burchaklari to’g’ri burchak. So’ngra o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida bu ro’yxat ustida ishlashga kirishadilar.
Unda faqat barcha modellar ega bo’lgan xossalarnigina qoldiradilar (tadqiqot vaqtida kvadratlar bilan ish ko’rgan o’quvchilar xossalar ro’yxatiga “barcha tomonlari teng” jumlasini kiritishni talab etishlari ham mumkin); ba’zi xossalarni umumiyroq va shakli bo’yicha qisqaroq xossalar bilan almashtiradilar.
Modelning yakuniy tavsifi bunday bo’ladi:
1) to’rtburchak;
2) qarama-qarshi tomonlar teng
3) barcha burchaklar to’g’ri burchak. O’quvchilarga to’g’i to’rtburchakni yasash usuli o’rgatiladi.
Keyinchalik uning xossalaridan ba’zilari matematik til yordamida yoziladi: ABCD, AB = CD, AB = BC. Tavsiflangan bu ish uncha katta bo’lmagan parchalar ko’rinishida o’tkazilishi mumkin.



Download 299,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish