Demak, birinchi qatorda to'rtta, keyingisi uchta, undan keyingi-sida ikkita harf mavjud. Mazkur harflar ishtirokida kim ko'proq so'z topish o'yini o'ynaladi. O'quvchilar daftarlariga topgan so'zlarini yozadilar: mol, tol, mis, kino va h.k. Agar mazkur o'yin alifbe-gacha bo'lgan davrda o'tkazilsa, unda o'yin shartlari o'quvchilarga og'zaki tushuntiriladi va boshqa ishlar ham og'zaki bajariladi. Bun-fla qatorlardan birortasida harf o'rnida bitta bo'sh katakcha shaklini tavsiya etish hamda o'quvchilarga bo'sh katakchaga o'zi ma'qul ko'rgan harfni qo'yish imkoniyatini berish mumkin. Albatta, bu holda o'quvchida mustaqil fikrlash uchun ko'proq imkoniyat yuza-ga keladi.
Bo'g'in ustida ishlashga oid didaktik o'yinlardan savodga o'rgatish davridеk, imkoniyatga qarab yoki og'zaki yoxud yozma tarzdaquyidagi topshiriqlardan foydalanish tavsiya etiladi. O'qituvchi sinf xattaxtasiga birgina so'zni yozadi. Masalan: kaptar so'zi. Uni bo'g'inlarga ajratiladi: kap-tar. Endi har ikki bo'g'indan yana yangi so'zlar tuziladi: kap-kir, tar-vuz. O'yinni o'quvchilar jamoasining qiziqishini, tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda davom ettirish, yozma ishlar o'tkazish mumkin. Kataklarni to'ldiring» topshirig'iga asosan tayyorlangan quyidagi rebus o'yin ham o'quvchilarning bo'g'inga oid bilimini mustahkamlash maqsadida amalga oshiriladi.
Buning uchun sinf xattaxtasiga quydagicha katakchalar chiziladi:
O'qituvchi tomonidan katakchalarning biriga yoki ikkitasiga istalgan bo'g'in yoziladi. Qolgan kataklarni o'quvchilar o'zlari mustaqil to'ldirishlari lozim. Albatta bunda havola etilayotgan harflar soni ikkita bo'lsa, u so'zning birinchi bo'g'inini tashkil etishi tushuntiriladi.
Yuqoridagi o'yinlarni o'tkazish uchun o'qituvchi qirqma bo'sh kataklarni kerakli miqdorda oldindan tayyorlab qo'yishi alohida ahamiyatga ega. Bu qirqma bo'sh kataklardan savodga o'rgatish davri, keyinroq ona tili darslarida ham foydalanish mumkin.
XULOSA
Alifbo davrida esa harf terish kartoni va abak yordamida turli xil analitik-sintetik ishlarni uyushtirish, rasm asosida suhbat, ovoz chiqarib yoki ichda o’qish, qayta hikoya qilishga tayyorlanish, berilgan bo’g’inlar yordamida so’zlar tuzish, gaplarni to’ldirish, o’qilgan matnga oid rasm chizish, namuna asosida yozish, tushirib qoldirilgan harf yoki so’zni o’rniga qo’yib yozish, berilgan predmetlarni ma’lum belgisiga ko’ra guruhlash va umumlashtirish kabi mashqlarni qo’llash, bu jarayonda texnika vositalaridan unumli foydalanish zarur. Mustaqil ish sifatida tarqatma materialda berilgan so’zni o’qish, unli va undosh harf tagiga chizish, so’zni bo’g’inlarga ajratish kabi mashqlarning berilishi o’qituvchiga juda qo’l keladi.
Oz komplektli maktablarda texnika vositalaridan foydalanish ham katta ahamiyat kasb etadi.
Komplekt sinflarni to’g’ri taqsimlash va birlashtirish, dars va mustaqil ishlarni mohirlik bilan uyushtirish va rejalashtirish, didaktik materiallardan, ko’rgazmali vositalardan unumli foydalanish yo’li bilan oz komplektli sinf o’quvchilarining bilimlarni puxta o’zlashtirishlariga erishish mumkin.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ta’lim berishning ilg’or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o’quv-uslubiy majmualarini yaratish kabilar umumiy o’rta ta’limning asosiy vazifalaridan biri sifatida ta’kidlangan.
Ilg’or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o’qituvchi va o’quvchi faoliyati doirasini aniq belgilab beradi.
Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o’qishga o’rgatish yo’l-yo’riqlarini o’qish metodikasi ishlab chiqadi. O’qish metodikasi kichik yoshdagi o’quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi.
O’qish darslarining samaradorligi ko’p jihatdan ta’lim metodlarining to’g’ri tanlanishiga bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |