KIRISH
Asosiy qism
1. O’quvchilar jamoasini shakllantirish
2. O‘quvchilarni tarbiyalashda jamoaning roli.
3. Shaxsga jamoaviy-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish.
4. Ta’lim-tarbiya va rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro munosabat muammosi
5. Shaxs xulq-atvori normalari va sanksiyalar.
XULOSA
ADABIYOTLAR RO’YXATI
Yosh avlodni o’qitish va tarbiyalashning sifati o’qituvchiga uning tayyorgarligigi va mahoratiga bog`liq. Talabalarni tayyorlashda tarbiyaviy ishlar metodikasi fani aloxida o’rin tutadi, bu bilan qurollantiradi, pedagog faoliyatiga ijodiy yondoshish yo’llarni ko’rsatadi va pedagogik fikrlash madaniyatini tarbiyalaydi. Hozirgi davr talablari shundan iboratki, o’qituvchi tarbiyachini mutaxassis sifatida tayyorlashda o’quv jarayonida tarbiyaviy vazifalarni darsdan tashqari vaqtda jamoatchilik, oila, maktab yordamida hal qilish kerak. Talabalar o’quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borishda va ularni ishlab chiqarishda faol qatnashadilar va jamoatchilik yondoshuviga o’z hissalarini qo’shadilar. Tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ma`naviy qiyofasi o’quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta`sir ko’rsatadi. Sinf rahbari uchun malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishni o’zi etarli emas. U o’z tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o’z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta`sir o’gkazadi. CHunki, tarbiyachilik qobilyati juda ko’p sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon dildan ko’ngil qo’yish, bolalarga bo’lgan cheksiz, muhabbat muomala nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq temperament, oqil va adolatlilik namunasi, alohida nazokat sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi. Bunga yana tarbiyachilik texnikasi qo’shimcha ishda muvaffaqiyat ta`minlanishi tabiiydir. Tarbiyachilik texnikasi sinf rahbarining asosiy qurolidir.
Respublikamiz hukumati xalq ta`limi sohasida o`rtaga qo`yayotgan vazifalarni bajarish ko`p jihatdan o`qituvchilikka bog’liq. Yangi iqtisodiy siyosatga o`tish sharoitida ta`lim-tarbiyadan ko`zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o`quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e`tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib o`stirish o`qituvchi zimmasiga yuklatilgan.
O`zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo`shayotgan ijodkor o`qituvchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Ayniqsa, islohotlar davrida bunday murabbiylar el-yurtga tanilmoqda. Har yili eng yaxshi o`qituvchini aniqlash uchun o`tkazilayotgan maktab ko`riklari, tuman, viloyat, Respublika tanlovlari ana shu yutuqlarga omil bo`lmoqda. Maktablarda «metodist o`qituvchi», «katta o`qituvchi», «O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan o`qituvchi» unvonlariga sazovor bo`lgan o`qituvchilar soni tobora ko`paymoqda.
Xalqimizning kelajagi, mustaqil O`zbekistonning istiqboli ko`p jihatdan o`qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o`qitish va tarbiyalash ishiga bo`lgan munosabatiga bog’liq.
So`nggi yillarda pedagogika institutlarida, universitet-larda, pedagogika bilim yurtlarida o`qituvchilar tayyorlashni yaxshilashga qaratilgan ko`pgina ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, bo`lajak o`qituvchilarning kasbiy tayyorligini kuchaytirish, ixtisosga doir fanlarni chuqur o`rgatish va pedagogik mahoratni egallash, nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llashga o`rgatish masalalariga e`tibor kuchaydi. Shunindek, bo`lajak o`qituvchilarga pedagogika, ruhshunoslik, usuliyotga doir fanlarni o`rgatish ko`lami yanada kengaydi. Pedagogika oliy o`quv yurtlarida bir qancha ixtisosliklar bo`yicha besh yillik o`quv rejalari joriy etildi.
Uzluksiz pedagogik ta`lim g’oyalari amalga oshirilmoqda. SHu munosabat bilan o`qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishi davlat va jamoatchilikning diqqat markaziga bo`ladi. Bu tadbirlar universitet va pedagogika institutlarining maxsus fakul’tetlarida, malaka oshirish institutlarida amalga oshirilmoqda. O`qituvchilarni falsafiy jihatdan keng fikrlovchi, mulohazali bo`lishlariga e`tibor berilayotir. Sinfiy, tarbiyaviy qarashlarning biryoqlamaligidan, ayrim shaxs va guruhlar manfaatidan umuminsoniy qadriyatlar ustun turishi ta`kidlan-moqda.
O`zbekiston hukumati maktab o`qituvchilarining haftalik o`quv ishlari hajmini kamaytirdi, maoshini oshirdi. O`quvchilarning daftarlarini tekshirgani uchun, shuningdek, «Xalq o`qituvchisi», «Xizmat ko`rsatgan o`qituvchi», «Metodist-o`qituvchi»larga va ilmiy darajasi bor o`qituvchilarga qo`shimcha haq to`lash joriy etildi. Pedagogika o`quv yurtlarida ta`lim olayotgan talabalarning stipediyalari oshirildi, ovqatlanishi uchun, shaxsiy uylarda yashagani uchun ularga qo`shimcha po`l to`lanadi.
Har bir ishning o‘ziga xos, ma’lum qonun-qoidalari bo‘lganidek, bola tarbiyasining ham o‘ziga xos bir qator muhim qonun-qoidalari borki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bolulishini ta’minlaydi. Chunonchi,
tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi;
tarbiyaning hayot, mehnat bilan, 0‘zbekistonimizning mustaqilligi, gullab yashnashi yo‘lida qilinayotgan fidoiy ishlar bilan bog‘lanishi;
o‘quvchini jamoada, jamoa orqali tarbiyalash;
tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik;
tarbiyaviy ishlaming izchilligi, muntazamligi hamda birligi;
tarbiyada o‘quvchilarning yoshi va o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish.
Quyida tarbiya jarayonining qonun-qoidalarini ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |