4.1 Suv o’tlar asosida ozuqa oqsili tayyorlash texnologiyasi
Dunѐning ko‘plab mamlakatlarida bir hujayrali suv o‘tlari: Chlorella va Scenedesmus shuningdek, Spirulina avlodiga mansub ko‘k-yashil suv o‘tlardan ozuqa oqsili tayѐrlash yo‘lga qo‘yilgan. Bu o‘simliklar quѐsh nuri energiyasidan foydalanib karbonat angidrid, suv va mineral moddalardan oqsil va boshqa organik moddalar sintez qiladilar. Ularni o‘stirish uchun ko‘p miqdorda suv, kerakli miqdorda ѐrug‘lik va harorat bo‘lsa kifoya. Issiq janubiy mintaqalarda suv o‘tlarini ochiq havzalarda o‘stirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsada, ѐpiq yarimsteril holatda o‘stirish yuqori sifatli oqsil moddalari va boshqa organik moddalar ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi.
Xlorella va ssenedemus avlodlariga mansub suv o‘tlari o‘zlarining o‘sishlari uchun neytral muhitni talab qiladilar, ularning hujayra qobiqlari mustahkam sellyulozadan tashkil topganliklari uchun ham hayvon organizmida yaxshi hazm bo‘lmaydi.Ularning yaxshi so‘rilishlari uchun maxsus ishlov berish talab qilinadi.
Spirulinalar hujayralari xlorellaga nisbatan 100 marotaba kattaroq, ammo qalin sellyuloza qobig‘i bo‘lmaganligi uchun ular organizmda yaxshi so‘riladilar. Spirulinalar ishqoriy muhitda o‘stiriladi (rN-10-11),tabiatda ham ishqoriy ko‘llarda ѐki havzalarda ko‘proq tarqalgan.
Suv o‘tlari biomassa to‘plash tezligi bo‘yicha achitqi zamburug‘lari va bakteriyalardan pastroq bo‘lsada,qishloq xo‘jalik o‘simliklaridan ancha ustunlikka ega. Ochiq tipdagi maxsus o‘stirgichlarda o‘stirilganda 1 gektar maydondan yiliga 70 tonna quruq biomassa olish mumkin. Taqqoslash uchun
quyidagi sonlarga e’tibor bering: 1 gektar maydondan 3-4 tonna g‘alla; 5 tonna sholi; 6 tonna – soya; 7 tonna makkajo‘xori olish mumkin, xolos.
Xlorella va ssenedesmus hujayralarida oqsil miqdori (quruq massaga nisbatan) 45-55%, spirulinada esa 60-65% tashkil etadi. Suv o‘tlaridagi oqsil tarkibidagi almashinmaydigan aminokislotalar miqdori ham baland, faqat metionin kamroq, xolos. Suv o‘tlarida to‘yinmagan ѐg‘ kislotalari ham ko‘proq sintez bo‘ladi (ba’zi birlari almashmaydigan ѐg‘ kislotalari safiga kiradi). Shuningdek, provitamin A–karotin (150 mg% gacha), V guruhiga kiruvchi vitaminlar ko‘plab sintez qilinadi. Suv o‘tlari tarkibidagi karotin miqdori beda uniga nisbatan 7-9 marotaba ko‘proq. Bir hujayrali suv o‘tlarida nuklein kislotalar miqdori (4-6%),bakteriyalarga nisbatan kamroq bo‘lsada,o‘simliklardan olinadigan oqsil tarkibidagidan (ularda 1-2%) ko‘proqni tashkil etadi.
Suv o‘tlari hujayralaridan oqsil massasi olish texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat: maxsus tanlangan shtammni o‘stirish (ochiq ѐki ѐpiq tipdagi o‘stirgichlarda); suv o‘tlarini suvdan ajratish(separatsiya); suspenziya holatidagi mahsulot olish; pastasimon ѐki quruq kukun holatidagi mahsulot tayѐrlash. Suv o‘tlari hujayralarini suvdan ajratish ko‘p miqdorda energiya talab qilaѐtgan jaraѐndir. Chunki suvning miqdori juda ham ko‘p, quruq moddalar miqdori esa juda ham kam. Suv o‘tlarini o‘stirish ѐpiq va ochiq usulda amalga oshiriladi. Yopiq usulda o‘stirish to‘liq boshqarilsada, o‘stirish texnologiyasi murakkab va uning tannarxi yuqoridir. Ochiq usulda o‘stirish yarim boshqariladi va o‘stirish texnologiyasi oddiy, tannarxi esa ancha arzon.
Dunѐni bir qancha mamlakatlarida (Yaponiya, Isroil, Bolgariya, Meksika, Turkmaniston, O‘zbekiston va h.k.) suv o‘tlarini ochiq usulda o‘stirish texnologiyasi yaratilgan. Ular bir-birlariga o‘xshash bo‘lganliklari sababli, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, professor Ahror Muzaffarovich Muzaffarov tomonidan yaratilgan ustqurmaga diqqatingizni tortishni ma’qul ko‘rdik:
Suv o‘tlari o‘stirish ustqurmasining uzunligi 10 metr, eni 2 metr, chuqurligi 30 smli oxur (lotok) shaklidagi, o‘zidan suv o‘tkazib yubormaydigan ustqurmada 15 sm chuqurlikda 3 tonna xlorella suspenziyasi yetishtirish mumkin. Buning uchun ustqurmaga 3 tonna suvga 600 g ammoniyning sulfatli tuzi, 90 g kaliy digidrofosfat, 240 g magniyning sulfatli tuzi, 300 g natriy gidrokarbonat va 3-5 xil mikro- elementlar qo‘shib eritiladi va unga 30 l 1—15 kun davomida o‘stirilgan xlorella suspenziyasi quyilib, suv maxsus nasos ѐrdamida aralashtirib turiladi.O‘stirish davomida karbonat angidrid (SO2
) maxsus balonlarda minutiga 0,1-0,2 l miqdorda rotometr orqali o‘lchab yuborib turiladi.
O‘zbekiston sharoitida tabiiy quѐsh ѐrug‘ligi yetarli bo‘lib, harorat 16 dan 39 S orasida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Oradan 9-10 kun o‘tgach (ѐz kunlari 6-7 kunda) 1 l ozuqa muhitida 1,5-3,0 gramgacha xlorella hujayralari saqlagan suspenziya yetilib tayѐr bo‘ladi. Xlorellani qish faslida ham o‘stirib, foydalanishga ehtiѐj bo‘lganda, dastgohning ustini oyna ѐki polietilen plenkasi bilan ѐpish kifoya. Tayѐr suspenziyadan buzoqlarni oziqlantirishda foydalanish mumkin.
Bitta buzoqqa bir kunda 3-6 l, katta ѐshli hayvonlarga esa 8-10 l suspenziya
berish tavsiya etilgan. Kovush qaytaradigan hayvonlarda 50% o‘simlik oqsilini xlorella oqsili bilan almashtirish mumkinligi isbotlangan.
Suv o‘tlarini oqava suvlarda o‘stirish katta ahamiyatga ega. Masalan, ssenedesmus ѐki xlorella chorvachilik kompleksi oqava suvlarda o‘stirilganda 15 kun davomida, iflos oqava suvlarni organik moddalardan butunlay tozalash mumkin, bunda suvni rangi o‘zgarib, hidi yo‘qoladi. Suv o‘tlarini sanoat oqava suvlarida ѐki issiqlik beruvchi stansiyalarni oqava suvlarida o‘stirilganda ortib qolgan issiqlik hamda texnologik jaraѐnda ѐki har xil chiqindilarni ѐqishdan paydo bo‘lgan karbonat angidridi ishlatiladi, oqibatda esa qo‘shimcha biomassa olinadi.
Xlorella o‘stirish bo‘yicha eng yirik kompaniya – «Xlorella San Kompani» Yaponiyada tashkil etilgan. Bolgariyaning issiq suv tabiiy manbalarida xlorella va ssenedesmus o‘stirish usullari yaratilgan. Shu mamlakat olimlari tomonidan qobig‘ida sellyuloza saqlamaydigan xlorella shtammlari yaratilgan, bu esa olingan biomassaning hayvon organizmida tez hazm bo‘lishini ta’minlaydi. Spirulina markaziy Afrika va Meksikani ishqoriy tabiatli suv saqlagan ko‘llarida ko‘plab ekilib, biomassa to‘playdi. Spirulina biomassasidan oqsil va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan eng yirik kompaniya Meksikaning «Sosa Tekskoko» firmasidir. Italiyada dengiz suvlarida spirulina ekib o‘stirish hamda ѐpiq tipdagi o‘stirgichlarda biomassa olish ustida ilmiy izlanishlar davom ettirilmoqda.
Spirulina suv o‘tining biomassasi oshqozon fermentlari tomonidan yaxshi parchalanishi hamda undagi oqsil miqdori juda ham baland bo‘lib(70% gacha), organizm uchun zarur bo‘lgan aminokislotalarga boy bo‘lganligi sababli, u oqsilga boy bo‘lgan konditer taomlar tayѐrlash uchun ishlatiladi. Spirulina servitamin va noѐb ѐg‘ kislotalar manbai sifatida, tabletka holatida tibbiѐtda ham ishlatilib kelinmoqda.
Sanoat sharoitida ishlatiladigan suv o‘tlarining qo‘shimcha oqsil manbai sifatida chorvachilikda hamda odamlar ovqatlanishida muvoffaqiyatli ishlatilishi dunѐ olimlari oldida har xil yo‘nalishda ya’ni: seleksiya, genetika, biokimѐ va boshqa sohalarda izlanishlar olib borishning bosh masalalardan biri qilib qo‘ydi. Maqsad yanada hosildorroq, fotosintezni jadalroq olib boradigan, almashinmaydiganaminokislotalarga boy, sovuqroq sharoitda ham yaxshi o‘sib rivojlana oladigan, organizmda yaxshi so‘riladigan, vitaminlarga boy shtammlar yaratishdir. Bunday maqsadga albatta gen muhandisligi usullarisiz yetishish amri maholdir.
O‘zbekistonda suv o‘tlaridan unumli foydalanish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan. Yuqorida keltirib o‘tilganidek, bu ishlarga akademik A.M.Muzaffarov boshchilik qilganlar. Bugungi kunda domlaning shogirdlari b.f.d., professor X.A.Berdiqulov, b.f.d., professor R.Sh.Shoyaqubov, b.f.d., professor J.Q.Qutliyev va boshqalar suv o‘tlari asosida yangi zamonaviy biotexnologiyalar yaratish yo‘lida samarali mehnat qilmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |