Kirish 2 I bob asosiy qism 5



Download 0,88 Mb.
bet2/23
Sana18.02.2022
Hajmi0,88 Mb.
#450352
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Kirish (1)

KIRISH


«Jaxon tsivilizatsiyasiga daxldor bo’lgan eng zamonaviy ilmlarni egallamay turib, mamalakat taraqqiyotini ta’minlash qiyin»
Islom Karimov
Insoniyat tarixining ko’p asrlik tajribasi ezgu g’oyalardan va sog’lom mafkuradan maxrum biron-bir jamiyatning uzoqqa bora olmasligini ko’rsatdi. SHu bois, mustaqillik tufayli mamlakatimiz o’z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o’rin olish, demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlarni qo’ydi.
Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy poydevorini mustaxkamlash extiyojini tug’diradi. Demak, galdagi eng asosiy vazifa: yosh avlodni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi olijanob tuyg’ular ruxida tarbiyalash, yuksak fazilatlarga ega, ezgu g’oyalar bilan qurollangan komil insonlarni voyaga yetkazish, jaxon andozalariga mos, kuchli bilimli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir.
«Jaxon tsivilizatsiyasiga daxldor bo’lgan eng zamonaviy ilmlarni egallamay turib, mamalakat taraqqiyotini ta’minlash qiyin», - degan edilar 1-Prezidentimiz I. Karimov. O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy soxalarda yuqori natijalarga erishishi, jaxon iqtisodiy tizimida to’laqonli sheriklik o’rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabxalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko’lamlari qanday bo’lishiga xamda bu texnologiyalar ijtimoiy mexnat samaradorligini oshishida qanday rol o’ynashiga bog’liq.
1-Prezidentimiz Islom Karimovning ko’p yillik izlanishlari, asarlaridagi fikr-muloxazalariga tayanib yaratilgan «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» nomli risolada ta’lim-tarbiya jarayonining ixtiyoriy bosqichida amal qilish lozim bo’lgan quyidagi mezon va talablar keltirilgan:

  • o’quv mashg’ulotlarini olib borishda talabalarning yoshi, tafakkuri, dunyoqarashi va qiziqishlarini xisobga olish;

  • ta’lim-tarbiyaning ilg’or, ta’sirchan vositalaridan, zamonaviy o’qitish texnologiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanish;

  • ayrim tushunchalarni xaddan ziyod soddalashtirish, ta’limning eskicha uslub va tamoyillarini qo’llash natijasida fanning qadrsizlanishiga yo’l qo’ymaslik;

  • ta’lim jarayonida tazyiq o’tkazmasdan ma’rifiy asosda ish tutish, yoshlarning mustaqil va erkin fikrlash, baxs-munozara yuritish ko’nikmalarini oshirishga e’tibor qaratish;

  • o’qituvchi va tinglovchilar orasida o’zaro xamfikrlik va xamkorlik muxitini shakllantirish, mavzuning tushuncha va tamoyillarini sharxlashda xayotiy misollar, bugungi dunyoda ro’y berayotgan voqealar taxlilidan, matbuot materiallaridan keng foydalanish;

  • yoshlarda g’oyalar, o’z ma’no-moxiyatiga ko’ra bunyodkor yoki vayronkor bo’lishi xaqidagi xayotiy va xaqqoniy tasavvurlarni shakllantirish;

  • milliy istiqlol g’oyasining insonparvarlik moxiyatini ko’rsatish asosida mustaqillik biz uchun eng oliy qadriyat, uni asrab-avaylash esa xar birimizning muqaddas burchimiz ekanini talabalarning qalbi va ongiga singdirish.

Yuqorida aytilgan mezon va talablarga rioya qilgan xolda Respublikamizda, zamonaviy xisoblash texnikasi vositalaridan samarali foydalanishni uddalay oladigan, zamonaviy kompьyuterlardan amaliy ish faoliyatida keng foydalana oladigan yetuk kadrlar tayyorlash dolzarb vazifalardan xisoblanadi. SHuning uchun, kadrlar tayyorlash milliy dasturining ikkinchi bosqichida yuqori malaka, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun sifatli, jaxon andozalariga mos darsliklar, o’quv qo’llanmalari va ma’ruza matnlarini tayyorlab, chop ettirish masalasiga juda katta e’tibor berilgan.
Qadim zamonlardan beri inson o’z imkoniyatlarini kengaytirishga xarakat qilib, turli mexnat qurollarini yaratib kelgan. Masalan, uzoqni ko’rolmaslikni mikroskop, teleskop, radiolokator kabi buyumlarni yaratish bilan qoplagan bo’lsa, bir-biriga ma’lumotlar uzatishdagi cheklangan imkoniyatlarini telefon, radio va televideniya xisobiga kengaytirmoqda. Elektron xisoblash mashinalarining yaratilishi va ularning keskin rivojlanib borishi inson ongining imkoniyatlarini to’ldiribgina qolmay, uning turli-tuman ma’lumotlarni taxlil qilish va o’zining ish faoliyatida uchrovchi masalalar yechimini qabul qilish tezligini xam jadal sur’atda o’stiradi.
SHunday qilib, fan va texnikaning rivojlanishi va o’ta murakkab jarayonlarning xisob ishlarini sifatli va tez bajarilishini talab etayotgan bir paytda,- yuqori texnologiyali elektron xisoblash mashinalarining ishlab chiqilishi tabiiy bir xoldir. XXI asr – kompьyuterlashtirish asrida insoniyat faoliyatining barcha jabxalariga kompьyuterlar jadal sur’atda kirib bormoqda.
Zamonaviy kompьyuterlarning ko’payib borishi esa tabiiy ravishda undan foydalanuvchilarning safini ortib borishiga turtki bo’ladi. Odatda kompьyuterdan foydalanuvchilar sinfi juda xam xilma-xildir. Lekin, umumiy qilib ularni kompьyuterlardan o’z ishlarini bajarishda tayyor programma maxsuloti sifatida foydalanuvchi-operatorlar sinfi va ular uchun zarur bo’lgan programma ta’minotlarini yaratuvchi-dasturchilar sinfiga ajratish mumkin. Dasturchilar sinfini esa o’z navbatida shartli ravishda sistemali va amaliy dasturchilar guruxlariga ajratamiz.


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish