3-misol. “Svetofor” dan foydalanish algoritmi.
svetofor chirog‘iga qaralsin;
qizil chiroq yongan bo‘lsa, to‘xtalsin;
sariq chiroq yongan bo‘lsa, yurishga yoki to‘xtashga tayyorlansin;
yashil chiroq yongan bo‘lsa, yurilsin.
4-misol. I bobda ko‘rib o‘tilgan birinchi misolni echish algoritmini quyidagicha bayon qilsa bo‘ladi:
1) EO‘M xotirasiga Vo va g o‘zgaruvchilarning sonli qiymatlari kiritilsin;
2) t ning qiymati t,V0/g formula bilan o‘isoblansin;
3) h ning qiymati h,V0t-gt2/2 formula bilan o‘isoblansin;
4) t va h o‘zgaruvchilarning sonli qiymatlari ekranga yoki qog‘ozga chiqarilsin;
5) o‘isoblash to‘xtatilsin.
Masalaning qo‘yilishida ko’tok 29,5 m/sek bilan te’ilsa, degan shart bor edi. Yag‘ni, Vo,29,5 va g ,9,81 bo‘lsa, t va h qancha bo‘ladi?
5-misol. I bobdagi ikkinchi misolning echish algoritmi quyidagicha bo‘ladi:
1) EO‘M xotirasiga (X0,U0), (X1,U1), (X2,U2) va (X3,U3) koordinatalar qiymatlari kiritilsin;
2) , , qiymatlar o‘isoblansin;
3) L1 ning qiymati va L2 ning qiymati bilan solishtirilsin, agar L1 ning qiymati kichik bo‘lsa, u o‘olda L3 ning qiymati bilan solishtirilsin, bunda ham L1 ning qiymati kichik bo‘lsa, unda shu kattalik masalaning echimi bo‘ladi;
4) agar L3 ning qiymati L1 ning qiymatidan kichik bo‘lsa, L2 ning qiymati bilan solishtiriladi, bunda ham L3 ning qiymati kichik bo‘lsa, u masalaning echimi bo‘ladi;
5) agar L2 ning qiymati L3 nikidan kichik bo‘lsa, u masalaning echimi bo‘ladi;
6) Masala echimi ekranga yoki qog‘ozga chiqariladi;
7) hisoblash to‘xtatilsin.
6-misol. I bobdagi uchinchi misolning echish algoritmi quyidagicha bo‘ladi:
1) mashina xotirasiga a va b ning qiymati kiritilsin;
2) to‘g‘ri to‘rtburchaklar soni n kiritilsin;
3) to‘rtburchaklar asosi (eni) o‘isoblansin: h,(b-a)/n;
4) 1-nchi to‘rtburchak balandligi (bo‘yi) aniqlansin: x1,a;
5) 1-nchi to‘rtburchak yuzi o‘isoblansin: S1,sqr(x1)*h;
6) S1 ning qiymati eslab qolinsin;
7) 2-nchi to‘rtburchakka o‘tilsin; x2,x1+h (balandligi shunga bog‘liq);
8) 2-nchi to‘rtburchak yuzi o‘isoblansin: S2,sqr(x2)*h;
9) S2 ning qiymati S1 ning qiymatiga qo‘shib qo‘yilsin va yig‘indi eslab qolinsin;
.................................
k-2) n-nchi to‘rtburchakka o‘tilsin: xN, x(N-1)+h,b;
k-1) n-nchi to‘rtburchak yuzi o‘isoblasin: Sn,sqr(b)*h;
k) Sn ning qiymati S1, S2,..., S(N-1) lar qiymatiga qo‘shilsin.
Algoritmni ishlab chiqish uchun avvalo masalaning echish yo‘lini yaxshi tasavvur qilib olish, keyin esa uni formallashtirish, yag‘ni aniq qoidalar ketma-ketligi ko‘rinishida yozish kerak.
Bu misollardan bitta umumiy tomonini kuzatish mumkin. Bu algoritmdan qanday maqsad ko‘zlanganligini bilmasdan turib ham uni muvaffaqiyat bilan bajarish mumkin. Demak, hayotda uchraydigan murakkab jarayonlarni boshqarishni yoki amalga oshirishni robotlar, kom’g‘yuterlar va boshqa mashinalar zimmasiga yuklashimiz mumkin ekan. Bu esa algoritmning juda muhim afzalligidir. Shunga ko‘ra, har bir inson o‘z oldiga qo‘yilgan masalaning echish algoritmini to‘g‘ri tuzib bera olsa, u o‘z aqliy va jismoniy mehnatini engillashtiribgina qolmay, bu ishlarni avtomatik tarzda bajarishni mashinalarga to’shirishi ham mumkin.
Algoritmni ishlab chiqishda masalani echish jarayonini shunday formallashtirish kerakki, bu jarayon etarli darajadagi oddiy qoidalarning chekli ketma-ketligini ko‘rinishiga keltirilsin. Masalan, biz ko‘pincha ko‘p xonali sonlar ustida asosiy arifmetik amallarni bajarishda vatandoshimiz Al-Xorazmiyning IX asrda yaratgan qoidalarini ishlatamiz. "Algoritm" atamasi ham ana shu buyuk matematik nomidan kelib chiqadi.
Shuning uchun algoritm deb, masala echimini tasvirlashning ixtiyoriy tasviri olinmasdan, balki faqatgina ma’lum xossalarni bajara oladiganlari qabul qilinadi. Ko‘rsatmalarning mazmuni, kelish tartibi, qo‘llanish doirasi va olinadigan natijadan kelib chiqib, algoritmning eng asosiy xossalari bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |