Kirish …2 asosiy qism frontal laboratoriya ishlari va tajribalar


SINFDAN TASHQARI KUZATISH VA TAJRIBALAR



Download 54,9 Kb.
bet3/8
Sana19.07.2022
Hajmi54,9 Kb.
#824670
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
fizika o\'qitishning 4ta turi tayyor

SINFDAN TASHQARI KUZATISH VA TAJRIBALAR
Sinfdan tashqari o ‘tkaziladigan (uy) kuzatish ishlari va tajribalar nazariya bilan amaliyotning bog‘lanish sohasini kengaytiradi, o ‘quvchilarni mustaqil izlanish ishiga o'rgatadi, fizika va texnikaga qiziqishlarini orttiradi.Uy tajribalarining 6-7-sinflarda bajarilishi muhimdir, ular sodda bo'lishi va o‘quvchilarning yoshiga mos tushishi lozim. 6—7-sinf ô ‘quvchilarining uylarida quyidagi asboblar bo‘lishi yetarlidir": masshtab chizg'ichi, menzurka, voronka, shaynli tarozi (toshlari bilan), dinamometr, termometr, magnit, ternir qipiqlari, ulagich simlar, rezinavashishanaychalar. O‘quvchilarga, masalan, quyidagicha topshiriqlar berish mumkin: Fanerning qalinligini, simning diametrini aniqlash. Yurakning har bir urishi orasidagi vaqtni aniqlash.Menzurka yordamida idishning hajmini aniqlash.Suvning qaynashini kuzatish.Suyuqlikning sirt tarangligini kuzatish. Uyda va tabiatda yorug'lik dispersiyasi, interferensiyasi va difraksiyasini kuzatish. Uyga tajriba va kuzatishni vazifa qilib berayotganda uning maqsadi va bajarish usullari aniq berilishi kerak. 0 ‘quvchilarga oldindan savollar berib qo ‘yilsa, ular tajribadan javoblar topadilar.Bajargan ishlari haqida qanday hisobot yozishlari tushuntiriladi. O‘quvchilarning uy tajriba va kuzatish islilarini muntazam ravishda tekshirib, baholab borilsa, u yaxshi yutuqlarga olib keladi.
FIZIKADAN MASALALAR YECHISH
FIZIKA MASALALARI TA’LIM-TARBIYA YOSITASI SIFATIDA VA UNING O‘QUV JARAYONIDAGI 0 ‘RNI
Fizika o‘qitishda masala yechish muhim ahamiyatga ega. Masala yechish — fizika o‘qitish jarayonining ajralmas qismi bo‘lib, u fizik tushunchalarni shakllantirishga katta hissa qo'shadi, fizik fikrlarni rivojlantiradi, bilimni amalda qo‘llash malakasini orttiradi. Fizika masalalarini yechish quyidagi hollarda keng q o ‘llaniladi: a) yangi axborotlar berishda; b) muammoli vaziyat hosil qilish vao'quvchilarga muammo qo‘yishda; d) amaliy malaka va ko‘nikmani shakllantirishda; e) o ‘quvchilar bilimining mustahkamligi va chuqurligini sinashda; f) materialni mustahkamlash, umumiashtirish va takrorlashda; g) texnika yutuqlari bilan tanishtirishda va politexnik ta’lim berishda; h) o ‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda. Masala yechish orqali o ‘quvchilarning mehnatsevarligi, sinchkovligi, mustaqil mulohaza yuritishi, o‘qishga qiziqishi va hulqi, qo‘yilgan maqsadga erishishdagi qat’iyligi tarbiyalanadi. Fizikadan masala yechish o ‘quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko'rsatadi, ularni olimlarning ishlari, fan va texnikaning yutuqlari bilan tanishtirib boradi. Masala yechish ko‘p hollarda fizika darslarining tarkibiy qismi bo‘lib keladi. 0 ‘qituychi yangi mavzuni bayon qilishda va uni mustahkamlashda, o‘tilganlarni takrorlashda, o ‘quvchilarning mustaqil ishlarida va bilimlarini sinab ko‘rishda masala yechishdan foydalanadi.Fizikaga qiziquvchi o ‘quvchilar bilan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda ham masalalar yechiladi, ular olimpiadaga tayyorlanadi. Olimpiadaga yechilishi qiyin va yangilik elementlarini o ‘z ichiga olgan masalalar tanlanadi. Masala yechish — olingan nazariy bilimni amaliyotga qo‘llashdir.Bu esa o ‘quvchilarning fizik tafakkurini (fikrlashini) rivojlantirishda, jumladan hodisalarni tahlil qilishda, ular haqidagi m a ’lumotlarni umumlashtirishda, o ‘xshash tomonlarini va farqini aniqlashda katta ahamiyatga egadir.
MASALALÄRNING TURLARI VA ULARNI YECHISH USULLARI
Fizika masalalari: 1) mazmuniga ko‘ra, 2) shartiga ko‘ra va 3) yechish uslubiga ko'ra bir necha turga bo‘linadi. 1) Mazmuniga ko‘ra masalalar mexanik, molekular fizika, elektr, optika, atom va yadro fizikasiga doir masalalarga bo‘linadi. Bundan tashqari konkret va abstrakt mazmunli masalalar ham mavjud. Abstrakt masalalarning mazmuni umumiylikka ega bo‘lib, hodisalarning mohiyatini ochib berishga qaratilgan. Konkret mazmunli masalalar esa amaliyot va o ‘quvchilarning hayotiy tajribalari bilan bog‘langanligi uchun katta ko‘rgazmalilikka ega. Konkret masalalar texnik mazmunli (politexnik ta’lim), tarixiy mazmunli (tarbiyaviy), qiziqarli mazmunli (qiziqishni uyg‘otuvchi) masalalarga b o ‘linadi.Sodda masala yechish deganda uni yechish vaqtida bittaikkita formula ishlatiladigan, bitta-ikkita xulosa chiqariladi99 gan, formulaning mazmunini izohlashga, sodda tajribani bajarishga m o ‘ljallangan masalalar tushuniladi. Murakkab masalalar — uni yechish vaqtida bir necha fizik qonuniyatlar qo‘llanadigan, fizikaning turli bo‘limlariga oid bilimlardan foydalaniladigan, bir necha xulosalar chiqariladigan, tajribani bajarishda yetarli malakaga ega boMishni talab etadigan masalalardir. Bu masalalar muammoli vaziyat hosil qilishni va yangilik elementlarini o ‘z ichiga olishi lozim. Ijodiy masalalar ikki xil bo'ladi: qidiruv va konstruktorlik masalalari. 2) Masala shartiga ko‘ra matnli, eksperimental (tajribali), grafik va rasmli masalalarga bo‘linadi. 3) Yechish usuliga ko‘ra masalalar sifat, hisoblash, grafik va eksperimental masalalarga ajratiladi. Sifat masalalarning mohiyati shundaki, ular hodisalarning fizik mohiyatini ochib berishga qaratilgan bo ‘ladi. Hisoblash masalalari bir necha matematik operatsiyalarni qoMlash orqali yechiladi. Matematik apparatning qo‘llanilishiga qarab masalalarni yechish usullari arifmetik, algebraik va geometrik usullarga bo‘linadi. Masala yechishdagi mantiqiy uslublar — analitik va sintetik yoki analitik-sintetik uslublardir. Analitik uslubda masalani nom a’lum kattalikning topilishidan boshlab yechiladi. Uni bir necha sodda masalalarga bo‘lib yuboriladi. Sintetik uslubda masalada berilganlar orasidagi bog‘- lanishlarni aniqlab borib, oxiri topilishi kerak b o ‘lgan bitta nom a’lumga ega bo‘lgan tenglikka boriladi.

Download 54,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish